B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


tushunish  buyuk  so'z  san’atkori  dostonining javharini  yo'qqa  chiqarib


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71

tushunish  buyuk  so'z  san’atkori  dostonining javharini  yo'qqa  chiqarib 

qo'yish  bilan  barobardir.  Ta’kid  etilganidek,  ozar shoiri  Orif Ardabiliy 

«Farhodnoma» dostonini yozib, Farhodni bosh qahramonlik shohsupasiga 

olib  chiqqan  edi.  Bulardan  tashqari,  asar nomining  o'zgartirilishi  ham 

doston  ruhini  tubdan  o'zgartirishga  olib  kelmasligi  tayin.  Jumladan, 

Alisher  Navoiy  talqinidagi  Farhod  ham  shahzoda.  Chin  mamlakati 

xoqonining yakka-yu yagona va tilab  olingan farzandi edi.  Zarrin taxt, 

behisob mulk, davlat-u saltanat unga muntazir. Masalaning bu jihati uni 

Xusravga yaqinlashtirib qo'yadi. Ammo Alisher Navoiyni o'ylatgan, qalam 

ushlatgan  mavzuning bu  kabi  shakliy jihatlari  emas  edi.  Barhayot  ishq 

mojarolaridan  «Mavzun  bir  libos»  sifatida  foydalangan  muallif sayyor 

an’anaviy  mavzu  mohiyatini  yangi  o'zanga  burib  yuborish  orqali 

kuzatilgan maqsadini naqshbandiya tariqati ma’naviy-axloqiy talablariga 

muvofiq  keladigan  komil  inson  hamda  shahzoda  timsolini  yaratishdan 

iborat  bo'lgan.  Ulug'  shoir  bunday  ezgu  niyatni  «Hayrat  ul-abror» 

dostonining 21-bobidayoq muxlislariga ma’lum qilib qo'ygan edi. Mazkur 

bob Bahouddin Naqshband va Xoja Ahrori Valiy madhiga bag'ishlangan

www.ziyouz.com kutubxonasi



ekan,  muallif o'zining shu ta’limot muridi ekanligi bilan faxr etadi. Ana 

shu ulug*  ta’limot  mas’uliyati Alisher Navoiy badiiy tafakkuri va  sohir 

qalamini mohiyatan yangicha jilodagi doston yozishga undadi.  Shuning 

uchun ham «Farhod va  Shirin»da muayyan  shaxsdan umum  manfaati, 

shohdan ulus ehtiyoji, aysh-u ishratdan ishq dardi, hijron azoblari ustun 

qo'yiladi. Shuning uchun ustozlari sha’nini daxlsiz bilgan Alisher Navoiy 

sharqona  va  tariqat  odobi  doirasida  ulaming  ayrim  g'oyalariga 

qo'shilmasligini ma’lum qiladi. Ulug' shoiming quyidagi misralarini xuddi 

shu ma’noda qabul qilmoq o'rinlidir:

Vale  chekkanlar ushbu jomdin  roh,

Sarosar bo'ldilar Xusravga  maddoh.

Ki,  mulki andoq-u  oyini mundoq 

Sipohi  andoq-u  tamkini  mundoq...

Topib gah  Maryam og'ushida  orom,

Shakar halvosidin  gohi  olib kom.

Yaqindurkim  bu shohi  noz  parvard,

Erur  dard-u  balo  oyinidin  fard  (8,  45-46).

«Rosti-yu rusti» niginida naqshlangan va unga amal qilishga hamisha 

tayyor turgan shohgina raiyat g'amida bo'ladi.  Bunday shoh behisob 

mol-mulk  va  go'zallar  og'ushida  farog'at  topish  ilinji  bilan  nafas 

olmaydi.  Ishq  —  ilohiy  javhar,  uni  muqaddas  bilgan  oshiqning 

ma’shuqani ishrat manbaiga aylantirishi noravo. Ishq — dard-u balolar 

olovida toblanib, poklanishi mumkin. Ishq — mehnat, bunyodkorlik, 

fidoyilik, jasorat bilan nurli. Ana shular Xusravda yo'q. Shuning uchun 

ustozlar qalamida sayqallangan Xusrav Alisher Navoiy tabiatiga mos 

kelmaydi. Shuning uchun ulug' Navoiy barcha ibratli fazilatlarga ko'ra 

Xusravning  ziddi  bo'lgan  Farhod  timsolini  yaratish  ishtiyoqi  bilan 

qalam surdi.  XV asrning ikkinchi yarmi Xurosonda murshidi komili 

hazrat Jomiy bo'lgan naqshbandiya tariqatiga sidqan ixlos qilish bilan 

qanoatlanmaydi, inson manfaati va poklikdan o'zga iddaosi bo'lmagan 

o'sha o'lmas g'oyalami badiiy ijod olamida keng targ'ib qilgan Alisher 

Navoiy «Farhod va Shirin»da ham ayni g'oyaviy uslubiga sodiq qoladi, 

«Dil ba yor-u dast ba kor»ni farzona Farhodning ham harakat dasturiga 

aylantiradi.  Muallifning  bunday  urinishi  dostonning  boshlanish 

boblarida kelgan mana shu satrlardayoq namoyon bo'ladi: 

Zaruratkim solib bir o'zgacha  tarh,

Bu  mehnatnomani  qilgimdurur  sharh  (8,  46).

Ana shu ishoradan ravshanki, dostonda ifodalangan sevgi sarguzashtlari

www.ziyouz.com kutubxonasi



mehnat,  hunar,  qahramonlik, jasorat,  sadoqat, yuksak insoniy birodarlik 

singari  qator olijanob  g'oyalami yuzaga  chiqarish uchun xizmat  qilgan. 

Shu  bois Alisher  Navoiy tasviridagi  Farhodni yuz baloga giriftor qilgan 

yagona dard — bu uning Shiringa bo'lgan samimiy va beg'ubor muhabbati 

bo'ladi. Aslida bu javonmardning, ya’ni Farhodning fe’l—atvori va tabiatiga 

ishq o'ti  endi ta’sir qilayotgani yo'q.  U  dunyoga ko'z ochgan kundanoq 

uning qismatida ishqiy mojarolar bitilgan edi. Shahzoda va taqdiri toj-u taxt 

qurshovida  bo'ladigan  Farhodni  nimalar  kutmoqda  edi,  degan  savolga 

shoir uning  ismi birinchi  sharhi  munosabati  bilan yozadi:

Jamolidin  ko'rungach  farri  shohi,

Bu fardin yorudi  moh  to bamohi.

Quyub yuz himmat-u  iqbol-u  davlat,

Hamul far soyasidin  topdi ziynat.

Bu javharlarg'a chu  isnod  topti,

Murakkab  aylagach  Farhod  topti  (8,  67).

Muammo qoidalariga amal qilgan ulug' shoir shu olti satrda shahzoda 

Farhod nasibasiga nimalar bitilganligi, aniqrog'i, shu muborak ismning 

birinchi  sharhini  berayotir.  «Farri  shohiy»dan  (shohlik savlati,  izzati, 

qadr-u  q:mmati)  «Far»ni  (porloqlik,  hashamat,  shukuh,  bezak)  olib, 

unga  «Hi nmat»,  «Iqbol»  (arab  yozuvida  alif bilan  yozilishi  nazarda 

tutilgan)  \a  «Davlat»  so'zlarining  bosh  harflarini  ilova  qilish  orqali 

(Far  — h  — о  -d)  yasalishi  ko'rsatilmoqda.  Boshqacha  aytganda,  toj 

kiyib, taxtda o'tiiganida Farhodga o'sha fazilatlaming hamdam bo'lishi 

tayin edi. Odam Ato singari zuvalasi ishq sharobi-la qorilgan bu farxunda 

shahzoda nomining ikkinchi talqini esa quyidagicha beriladi. Bu o'rinda 

ham ulug'  shoir muammo  qonun-qoidalariga ko'ra  ish ko'radi:

Bu  nav’  ermas  ato  qo'ymadi  otin 

Ki,  ko'rgach ishq  aning  pokiza zotin.

Anga farzona  Farhod ism  qo'ydi,

Hurufi  ma’xazin  besh  qism  qo'ydi*

Firoq-u  rashk-u  hajr-u oh  ila dard,

Biror harf ibtidodin  aylabon fard.

Borin  ustodi  ishq  etgach  murakkab,

Tarakkubdin  bu  ism  o'ldi  murattab  (8,  67).

Parchadan ikki jiddiy xulosa o'rtaga chiqadi. Birinchidan, tug'ilgan yosh 

chaqaloqqa bu ismni otasi qo'ygani yo'q. Azal kotiblari uning peshonasiga 

ishqiy qismatni katta qilib yozib qo'ygani uchun ham «Ustodi ishq» unga 

Farhod nomini ravo ko'rdi.  Ikkinchidan, ushbu nom shunchaki qo'yilgan

www.ziyouz.com kutubxonasi



emas. U «tarakkub» (bir necha moddaning birikishidan hosU qilish) talaboti 

asosida yuzaga kelgan sirli nomdir. Chinakam ishq yo'lini tanlab olgan va uni 

yuksak ilohiy ne’mat maqomida qabul qilgan oshiq hech qachon arzongina 

visol nashidasi payida bo'lmaydi. «Otadan o'g'il»-deganlariday Odam Atoning 

zurriyodi  bo'lgani  uchun  ham  Farhod  pokiza  ishqning  kuyish,  kuydirish 

orqali poklanishga olib boruvchi tanti yo'liga munosib ko'rildi. Bunday sharafni 

uning nasibasiga «Ustodi ishq»-Alloh munosib ko'rgani uchun ham «firoq», 

«rashk»,  «dard»,  «oh»,  «hajr»  so'zlari  birinchi  harflarini  tarakkub  etishni 

loyiq topdi. Aksariyat hollarda arab yozuvida «а» harfi ifodasini topmay qoladi. 

Shu qoidaga asosan Farhoddan ikkinchi harf «fard» bo'lgani, ajralib chiqqani 

(yozilmasligi)  uchun  nom  so'zning  arab  alifbosidagi  imlosida  uning 

ko'rilmasligi  lutf san’ati orqali shama’  qilinadi.

Alisher  Navoiy  Farhodning  ma’naviy-jismoniy  kamolotini  uning 

bolalik yillaridan boshlaydi:

Uchunchi  oy ravon  bo'ldi  savodi,

Burung'i  yilda  Qur’on  bo'ldi yodi.

Agar bir qatla ko'rdi har sabaqni,

Yana ochmoq yo'q erdi ul  varaqni...

O'qub  o'tmak,  uqub o'tmak shiori,

Qolib yodida safha-safha bori  (8,  70).

Farhodning  hunarga  bo'lgan  ishtiyoqi  yilning to'rt  fasliga  moslab 

uning uchun bunyod etilayotgan hashamdor qasrlar qurilishi jarayonida 

yanada  yorqinroq  ko'zga  tashlanadi.  Shu  o'rinda Alisher  Navoiyning 

naqshbandiya  tariqatining  sidqiy  muridi  ekanligini  yana  bir  karra  his 

qilish  qiyin  emas.  Asaming  faqatgina  XV  bobida  naqqosh,  naqshin, 

naqshpayvand,  naqshband  kabi  so'z-u  birikmalar  15  martaga  yaqin 

ifoda etiladi. Shuningdek, Farhodning qurilish jarayonida qo'l keladigan 

hunarlarni,  ayniqsa,  teshaga  suv  berib  toblash,  tosh  kesish,  naqsh 

solishni  mohirlik  bilan  o'iganishida  ham  o'sha  mayl  seziladi.  Aslida 

asaming  12-bobidan  Farhodni Shaxs,  Oshiq,  ma’naviy-ma’rifiy olami 

shakllangan  Inson  pag'onasiga  ko'tarish  uchun  tayyorlash  jarayoni 

boshlanadi,  «Tabiiy,  riyoziy,  ilohiy» fanlami  mukammal o'zlashtirgan 

Farhod qiyosida «Arastu kichik bir shogirdi»ga aylanib qoladi. Farhod— 

shahzoda,  uning  istiqbolida  taxt  turibdi.  Toj-u  taxt  esa  qo'shin  bilan 

himoya qilinadi.  Uni sarkarda boshqarishi,  ehtiyoj tug'ilganda oldinda 

shohning o'zi ot surishi va birinchi qilichni uning o'zi chopishi lozim. 

Shuning  uchun  Xoqon  suyukli  Farhodini  jismoniy  jihatdan 

shakllantirishga  alohida  e’tibor  qiladi.  Mualifning  o'z  e’tirofi  bilan

www.ziyouz.com kutubxonasi



aytganda:  «Bo'lub o‘n yoshqa umrining mururi, yigirma yoshcha qadd- 

u  jism -u   zo‘ri»  bo'lib  qoladi.  Pahlavonsifat  Farhod  harbiy  ilm -u  

mashqlarni ham maromiga yetkazib o'rganadi.  Natijada «Q ilichi zaibasi 

olinda  har  marz,  Shigof  andoqki  suvdin  yer  aro  darz»  darajasiga 

ko'tariladi.  Bunday qudrat-u  shiddat  faqat  harb  maydoni uchun  emas, 

balki  ishq-u  hunar olami  uchun ham  zarur edi.  Shundan bo‘lsa  kerak, 

dostonning  14-bobida  M ulkoro  sarkorligida  yilning  to‘it  fasliga 

m o'ljallangan  to'rt  qasrning  bunyod  etilishi  tashvish-taraddudlari 

boshlanadi.  K eyin g i  boblarda  esa  (14 -15 -b o b la r)  Farhodning 

toshyo‘nuvchi  Qoran,  m usaw ir—naqqosh  M oniy  bilan  tanishuv 

jarayonlari kechadi.  Farhod—Alloh marhamatiga muyassar inson.  Uning 

kuch-quwatiga munosib fahm-u farosati,  aql-u zakovati,  zehn-u idroki 

bor.  Alisher  Navoiy ana  shu  tarzda uni  komillikning  ibratli  maqomiga 

ko'tarish  uchun  tayyorlay  boradi.  Farhod  Qoranning  po'lat  teshaga 

suv berishi  sir-и  asrorini  o'iganadi.  Bunday tesha xoroni—tog‘ning  eng 

qattiq  toshini  pichoq  suvni  yoxud  yog‘ni  kesganday  kesadi.  Alisher 

Navoiy  ijodiy  uslubining  tarkibiy  qismi  bo'lgan  dalillash,  ishontirish 

san’atlariga «Farhod va Shirin»da ayricha uig‘u beriladi. Shundan bo'lsa 

kerak,  asarda vazifasiz,  muallaq turuvchi  lavhani topib bo'lmaydi.  Ana 

shu  ma’noda m uallif Farhodning kasb o'rganishini asoslash barobarida 

uni  hunarli,  iymon  —  e’tiqodi  but,  Alisher  Navoiyning  o'z  so'zlari 

bilan  aytganda  «Demonkim  ko'ngli  pok-u  ham  o 'zi  pok,  tili  pok-u 

so'zi  pok-u  o'zi  рок»  naqshbandiya  soliki  maqomiga  ko'tarib  qo'yadi. 

Alisher  Navoiy  talqinicha,  Farhod  o'n  to'rt  yoshida  balog'atga  yetdi, 

uning  qalbida  ishq o'ti  paydo  bo'ldi.  Aslida  Farhod  qismatida  ishqdan 

dardnoklik  и  dunyoga  kelgan  kundan  mavjud  edi.  Biroq  shahzoda  va 

uning  atrofidagilar  bu  hazinlikning  sababini  idrok  etolmasdi.  Xoqon 

buyrug'i  bilan  qurdirilgan  yilning  to'rt  fasliga  mos  hashamatli  qasrlar 

ham  Farhod  qalbidagi  tushkun  kayfiyatni  dunyo  go'zalliklari  bilan 

forig'  etish yo'lidagi bir urinish bo'ldi.  Chin hukmdori faizandi ko'nglini 

g'ashlik g'uboridan ozod qilish maqsadida bir yil davomida to'rt qasrda 

bazm  uyushtirdi.  Biroq  bunday  tadbirlar  bilan  shahzoda  holida  hech 

qanday  o'zgarish  paydo  bo'lmadi.  Xoqon  dilbandining  ruhiyatidagi 

o'sha  tushkun  kayfiyatni  siquv  ostiga  olish  orzusi  bilan  yashar,  ammo 

o'zining  barcha  sa’y-harakatlari  besamar  ketishidan  ajablanardi.  U  

mamlakat taxtini shahzodaga topshirish vaqti keldi, deb o'ylaydi. Xoqon 

Farhodning  bu  ishga  har jihatdan  mos  ekanligini  yurak-yurakdan  his 

etardi.  T o j-u   taxt  o'g'lini  anduhlar girdobidan xalos etishiga  ishonardi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



U   saroy  ahlini  chaqirib  ulkan  yig‘in  o'tkazadi.  Farhodga taxti  oldidan 

joy berib  dilidagilam i tiliga  keltira boshlaydi.  Shoh Alloh beigan  toj-u 

taxtdan  minnatdorligini,  buning  ustiga  Tangri  unga  Farhoddek  solih 

farzand  in ’om  etganidan  mamnunligini  bayon  etadi.  Keyinchalik 

muddaoga  o‘tib,  yagona  tilagi  o'zining  farzandi  aijum andini  taxt  uzra 

ko'rish  ekanligini  Farhodga quyidagicha  ma’lum  qiladi:

K i,  o*lmasdin  burun  ochib  ko'zumni,

Sarir  uzra  yigit  ko'rsam  o'zumni.

K i,  ya’ni  toj-u  taxt-u  saltanat  ham,

Sipoh-u  mulk-u  mol-u  mamlakat  ham.

Bori  bo'lsa  sening  biria  muzayyan,

Seni  o'z  o'muma  qilsam  muayyan.

Sanga  tutsam  musallam  podsholiq,

Xaloyiq  ustida  kishvarxudoliq.

Manga  shahlikda  qulluq  ham  qil  emdi,

Atoliq  ham,  o'g'ulluq  ham  qil  emdi  (8,  114).

Farhod  qalbini  xufton  qilgan  g‘am -anduh  bulutlarini  quyosh 

yanglig'  kuydiruvchi  cho'g',  uni  oyinafom  etib,  shahzoda  ko'ngliga 

ma’shuqi  Mutlaq jam olini jilvalantiruvchi  o't  dunyo  zeb-u  ziynatlari- 

yu  amal  martabasi  bo'lmay,  balki  azal  kotiblari  uning  peshonasiga 

bitgan  ishq  edi.  Shu  bois  u  juda  ko'p  hayotiy  dalillar  keltirib  Xoqon 

taklifini  rad  etadi.  Biroq  Chin  hukmdori  qarorida  sobit  tuigani  uchun 

yosh  shahzoda  otasining  ko'ngil  istaklariga  qarshilik  ko'rsatishga 

botinolmaydi.  Vaziyat  undan  bir  oz  chekinishni  talab  etmoqda  edi. 

Vujudga kelgan siyosiy holatni to'g'ri baholay olgan Farhod taklif etilgan 

ishining ulug'ligi-yu o'zining hali yosh va tajribasizligini, shu choqqacha 

barcha ishlardan g'ofil bo'lib,  faqat aysh-ishrat bilan band bulganligini, 

shu  sababli  podshoh  inoyat  etsa,  b ir-ikki  yil  kichik  xizmat  bilan 

boshqaruv sirlarini o'zlashtirishi lozimligini bayon etadi. Xoqonga uning 

fikri  ma’qul  bo'ladi.  Alisher  Navoiy  asardagi  ushbu  badiiy  lavhalar 

vositasida  Farhodni  temuriy  shahzodalarga  ibrat  qilib  ko'rsatish  bilan 

bir qatorda doston qahramonining qalban mol-dunyoga qiziqmasligi va 

darvesh tabiatligini namoyon qiladi.  Shuningdek,  shoir yana o'sha fikrini 

dalillash  ijodiy  uslubiga  sodiq  qolib,  Xoqon  xazinasidan  o'rin  olgan 

sandiqda  pinhon  tutiluvchi  Iskandar  oynasiga  e’tibomi  qaratadi.  Bu 

bilan  ijodkor  asar  tugunini  voqealar  rivojiga  ulash  im konini  yaratadi. 

Sandiqda yashirin saqlanuvchi tilsimlangan oyna har biri Aflotunga teng 

to'rt yuz  nafar dono  olimlar tomonidan yaratilgan bo'lib,  uning tilsim i

www.ziyouz.com kutubxonasi



yechilsa,  oyna  g‘ayb  sirlarini  oshkor  qila  boshlashi  lozim .  Biroq  bu 

ishni amalga oshirish g'oyatda murakkab edi.

Iskandar  oynasini  ko'rishni  istagan  kishi  Yunonistonga  safar  qilib, 

Suqrot  yashaydigan  qorong'u  g'oiga  yetib  borishi  lozim  bo'lgan.  Bu 

yo'lda uch manzil bo'lib, ulaming har birida bir ofat bor edi.  Birinchisida

—  Ajdarho,  ikkinchisida—Axriman  dev,  uchinchisida  bulardan  ham 

mudhishroq  balo  kishiga  ro'baro'  keladi.  Mana  shu  ofatlardan  g'olib 

kelgan  insongina  so'nggi  —  to'rtinchi  m anzil—Suqrot  yashaydigan 

qorong'u g'orga yetadi. Agar Suqrot tirik bo'lsa, uni izlab kelgan kishini 

mushkullardan xalos etadi.  Biroq u hayot qaydida bo'lmasa, uning ruhiga 

tavajjuh  (chuqur  tafakkuiga  berilib  o'zi  istagan  odamni  huzuriga  olib 

kelish va  u bilan  yuzlashish)  qilishi  lozim bo'lgan.  Shundagina  Suqrot 

ruhi  keluvchiga  uning  kelajagini  aytib  berarkan.

Iskandar  oynasi  tilsimining  yechimi  nimada  ekanligini  anglagan 

shahzoda  yunon safariga  chiqishni  ixtiyor etadi  va  bu  qaroridan  atobegi 

Mulkoroni  voqif qiladi.  Xoqon  vaziri  bilan  ayni  masala  xususida  uzoq 

bahslashgandan  so'ng,  Farhod  bilan  biiga  borishni,  ya’ni  yunon  mulki 

tomon  lashkar  tortishni  m a’qul  ko'radi.  Tan iq li  adabiyotshunos 

N .Kom ilov  Farhodning  yunon  safarini  suluk  yo'liga  kirib,  ma’rifat 

manzillarini  (maqomotni)  bosib  o'tish  deb  biladi.  Chin  shahzodasi  zo'r 

qobiliyat  bilan  zohiriy  bilim lam i  o'zlashtirgan,  ammo  ular  tilsimotlar, 

ya’ni  ilohiy  sir-asrom i  ochishga  kifoya  qilmaydi.  Olimning  fflaicha: 

«Irfoniy-botiniy  bilim lam i  egallab,  ilm   ul-yaqin  darajasidan  haq  u l- 

yaqin darajasiga ko'tarilish ko'ngil oynasida g'ayb jam olini aks ettira olish 

uchun esa u  (Farhod)—piri  komil ta’lim ini  olishi  kerak edi.  Farhodning 

xazinadagi  ko'zguni  b illu r  sandiq  ichidan  ololm ay  (chunki  u 

tilsimlangan)  Yunonistonga  safari,  Suqrot  huzuriga  otlanishiga  zamrat 

shundan  kelib  chiqadi»  (Kornilov  N .  Tasawuf.  Bitinchi  kitob.  Tokent: 

«Yozuvchi»,  1996,  204-bet).  N .Kom ilovning  mazkur  tadqiqotida 

dostondagi obraz va timsollaming ramziy-majoziy xususiyatlari ham juda 

to'g'ri  tahlil  qilingan.  Jumladan,  Farhodning  Yunonistonda  hakim 

Suhayloga  uchrashi  —  shahzodaning  tariqat  yo'lidagi  birinchi  piridan 

saboq  olishidir.  Hakim   Suhaylo  besh  yuz  yil  hayot  qaydida  bo'lib, 

Farhodning  kelishini  ilhaqlik  bilan  kutadi.  U   qadimgi  Eron  afsonaviy 

donishmandi  va  munajjimi  Jomospning  bashoratida  C hin  shahzodasi 

Iskandar tilsim ini echadi,-deya fikr bildirilganligini aytadi hamda Farhod 

yengib  o'tishi  kerak  bo'lgan  to'siqlar  ajdaho  va  devdan  xabar  beradi. 

Shuningdek, shahzoda Axriman devni yengib juda katta boylikka ega bo'lishi,

www.ziyouz.com kutubxonasi



biroq  bulaming  hammasi  Xoqonga  tuhfa  qilinishi  lozimligi,  o‘zi  uchun 

esa  Suqrot  bilan  uchrashish  va  Iskandar  tilsimiga  nazar  solish  kifoya 

ekanligi Jomosp bashoratida qayd etilganligini bayon etadi. Hakim Suhaylo 

Farhodning  tariqat  yo‘lidagi  ilk  pin  bo'lganligi  bois  unga  ilohiy  ishq 

sirlarini  o‘rgatadi.  Aw alo,  ta’kidlash  o'rinliki,  dostonda  keltirilgan  bu 

obraz  bilan  aloqador  badiiy  timsollaming  ma’no-mohiyati  majozda  o‘z 

ifodasini topgan.  Jumladan,  Suhaylo  Farhodga ajdarhoni yengish uchun 

bir  necha  otashgohlardan  yurib  yiqqan  samandar  yog‘ini  tuhfa  etadi. 

Samandar  —  afsonaga  ko‘ra,  o‘tda  kuymaydigan  qush  bo'lib,  u  -   ishq, 

ajdarho  esa  —  nafs  timsoli.  Demak,  Farhodning  pin  unga  ishq  bilan 

ko‘ngilni oyinafom etish, nafsni mag'lub qilish sirlarini o‘igatadi. Shahzoda 

Suhayloning  so‘zIariga  amal  qilib,  Axriman  devni  o‘ldiradi.  Uning 

bo‘ynidagi  lavhani  ohb  o‘sha yordamida Jamshid jom ini  qo‘lga  kiritadi. 

Jom  aylanasida  esa  Suqrot  huzuriga  olib  boruvchi  yo‘1  haqidagi  yozuv 

mavjud  edi.  Ayni  choqda,  dostonda  ifodalangan  dev  saltanat—hokimlik 

ramzi bo‘lib, jom —Farhodning ishq o‘ti bilan shaffoflanayotgan qalbidir. 

Shahzodaning  ishqqa  tashna  qalbi  ulug‘  pirga  tomon  intilishda  davom 

etadi.  Zero,  tasawuf ta’limotiga ko‘ra,  shayxlar o‘z  muridlarini  ma’lum 

muddat  taitiiya  qilgandan  so‘ng,  salohiyati  o‘zlaridan  yuqori  bo‘lgan 

boshqa  pirlardan  ta’lim  olishni  tavsiya  etganlar.  Farhod  ham  Suhaylo 

yordamida kom illik sari  ildamlayotgan bo‘lsa-da,  hali u tilsimni yechish 

imkoniyatiga  ega  emasdi.  Shahzodaning irfoniy bilimlarining oshganligi 

esa  X izr alayhis-salomga duch kelishida  namoyon bo'ladi:

Padid  o‘ldi  falakdek  marg'zore,

Quyosh  yanglig*  ichinda  chashmasore.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling