B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


Mehinbonu Farhodning o'limiga bir onadek aza tutgan bo'lsa-da, awalo


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71

Mehinbonu Farhodning o'limiga bir onadek aza tutgan bo'lsa-da, awalo, 

qam alda  qolgan  xalqning  ayanchli  ahvoli  va  arkoni  davlatning 

mulohazalariga  tayanib,  Xusravning takffini  qabul qiladi.  Shirin  esa bir

www.ziyouz.com kutubxonasi



necha bor o‘z joniga qasd qilishga urinadi, biroq atrofdagilar bunga mone’lik 

qilishadi.  U  juda ham beqaror, betob bo‘lib qoladi.  Mehinbonu Xusravdan 

ruxsat  olib,  Shirinni  istirohat  uchun  Farhod  keltiigan  suv va  qurdiigan 

qasr tomon yuboradi.  Bu orada  Shiringa oshiq bo'lib  qolgan  Xusravning 

o'g'li Sheruya o'z otasini o‘ldiradi. Voqealar rivojida Shopur tutqunlikdan 

ozod  bo'ladi.  Shirin  Farhodning jasadi  qo'yilgan  uy  eshigini  ichkaridan 

mahkamlab,  oshig'i bag'rida  mangu uyquga  ketadi:

Bu  yanglig*  uyqu  ko*rgach  sarvi  cholok,

Anga  ham  xobaliq  qildi  havasnok.

Qo*yubon  ro‘y-barro‘,  do‘sh—bardo‘sh,

Bo‘lub  o*z  bedili  biria  hamog*ush.

Ko‘nguldin  shu’laliq  ohe  chiqordi,

Ko'zi  hamxobadek  uyqug'a  bordi.

Ne  uyqu,  kimsa  andin  qonmas  uyqu,

Qiyomatqa  degil  uyg‘onmas  uyqu  (8,  446).

Shirin husn-u malohatda yakto bo'lgan,  Farhodning mahbubi  Mutlaq 

visoliga erishish yo'lidagi mazhar bo'lish bilan bir qatorda, oshig'i singari 

ulug'  niyatni  ko'nglida  tukkan  oshiq  edi.  Uning  ham  jism i  hajr 

qiynoqlaridan afgor bo'lib borar,  ko'ngli g'ashlik saltanati  hukmronligiga 

tobe’  bo'lib qolgandi.  Farhodning mangu orom olayotganini ko'rib unga 

havas qiladi. Xayolan sevgilisining yuziga-yuz, taniga-tanini qo'yib, o'zini 

uning og'ushida ko'radi.  Ko'nglidan o'tli bir oh chiqib, ko'zi Farhodniki 

singari  mangu  uyquga  ketadi.  Ko'rinadiki,  Farhod  va  Shirinning  o'lim i 

ular qalbidan o'rlagan o'tli oh natijasida sodir bo'ladi.  Bu Suqrot bashorat 

etgan  chaqin  bo'lib,  uning  shu’lasidan  ishqi  majoziy  harorat  olib,  ishqi 

haqiqiyga aylanadi.  Bu sevishganlar ruhining jism  zindonidan ozod bo'lib, 

abadiylik  olamiga  ravona  bo'lishidir.  Ayni  choqda  ranj-u  mashaqqatlar 

natijasida  poklangan  ko'ngil  hijron  iskanjalaridan  jonini  o'tli  bir  oh 

bilan  xalos  etadi.  Shunday  o'lim   Mehinbonu  qismatida  ham  uchraydi. 

Ulug'  shoir  Shirinning  jonsiz  tanini  ko'rgan  Mehinbonuning  foniy 

dunyoni tark etishini  quyidagicha tasvirlaydi:

Chu  Bonu  ko'rdi  mundoq  turfa  holat,

Anga  xud  bor  edi jondin  malolat;

Chiqib  gardun  son  afg*oni  oning,

Fig*oni  biria  chiqti joni  oning.

Chu  Shirin joni  erdi  onsiz  o'ldi,

Damekim  o'ldi  onsiz,  jonsiz  o'ldi  (8,  447-448).

Dostonning  asosiy  voqealari  qirqqa  yaqin  fazl  egalarr  bo'lgan

www.ziyouz.com kutubxonasi



donishmandlaming bir xil tush ko‘rishi hamda Farhodning ko‘kaldoshi 

Bahromning  Arm an  o‘lkasiga  lashkar  tortib  Sheruyani  mag‘lub  etishi 

va  yurtda  adolat  o‘rnatilishi  bilan  nihoyalanadi.  Asardagi  tush  lavhasi 

undagi  yetakchi  g'oyani  teran  tahlil  etish  uchun  muhim  ahamiyat 

kasb etadi.  Unda tasvirlanishicha, benihoya go‘zal jannat bog‘ida Farhod 

va  Shirin  bir  qasr  ichra  nurdan  yasalgan  taxt  uzra  barqaror  turadilar. 

Mehinbonu ham shu yerda,  sevishganlaming ota-onalari ham bu zavq- 

u shavqdan bahramand emishlar. Shoiming xulosasiga ko‘ra,  ishq o‘tida 

poklanganlar  va  ularning  yaqinlari  Farhod-u  Shirinning 

Vujudin  o‘rtab  ul  so‘z-u   gudozi,

Haqiqatqa badal bo‘Idi majozi (8,449)-  tufayli bu saodatga 

loyiq  ko‘rildilar.

Dostonda  idrok  etilishi  nihoyatda  murakkab  bir  mavzudan  bahs 

etiladi.  Jum ladan,  Xoqon,  M ulkoro,  Bahrom ,  Q oran,  M oniy, 

Mehinbonu,  Shopur  singari  obrazlar  ham  zohirbin  kishilar  vakili 

bo‘lsalar-da,  ular  ilohiy  fayzdan  bahramand  bo'lib,  kom illik  sari 

intiluvchi Farhod va Shiringa zulm qilishmaydi, ularga madadkor bo'lishga 

tayyor  turishadi.  Xusrav,  Buzrug  Um m id,  Sheruya,  makkora  zol  esa 

nafs bandalari,  ulaming qalbi zulm va qabohat,  m akr-hiyla maskanidir. 

Alisher Navoiy Farhod va Shirin singari komil insonlami kom il jamiyat 

vujudga  keltirishi  va  avaylab  asrashi  lozimligidan  o'quvchilarga  saboq 

beradi.  Bahromning g‘alabasi, Arman o'lkasida adolatning tantana qilishi 

buning  yorqin  namunasidir.  Asardagi  Suhaylo,  Xizr,  Suqrot  obrazlari 

orqali  haqsevarlik,  insonsevarlik  g‘oyalari  ilgari  suriladi.  Shuningdek, 

ular  vositasida  inson  olamning  gultoji  ekan,  uning  tafakkur  doirasi 

kengligi,  ma’rifati,  hamida axloq-u najib fazilatlari bilan o‘zini kom illik 

rutbasida ko'rishga qodirligiga ishora etiladi. Doston so'ngidan Shoh G'arib 

Mirzoga nasihatlaming o‘rin olishi zamirida esa ulug‘ shoiming adolatli 

jamiyat  qurish  orzusi  o‘z  ifodasini  topgan.

9.4.  «Layli  va  Majnun»  —  ishqiy,  fojiaviy  doston.  Asaming  tuzilishi, 

yetakchi  obrazlari  va  badiiyati

Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni musulmon mintaqa 

xalqlari adabiyotida keng shuhrat qozongan Layli va Majnunning dardchil 

ishqiy saiguzashtlariga bag'ishlangan. Bu sayyor mavzu nihoyatda qadimiy 

bo‘lib,  manbalarda  e’tirof etilishicha,  uning  badiiy  talqini  namunalari 

V II asming ikkinchi yarmidan arab adabiyotida vujudga kela boshlaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Dastlab  qadimgi  ko‘chmanchi  arab  qabilalari  orasida  paydo  bo‘lgan 

mazkur  mahzun  qissaning  tarixi  va  tadrijiy  takomiliga  doir  ilm iy 

tadqiqotlarda Majnunning tarixiy shaxsligi masalasi munozarali ekanligi 

qayd etiladi. Jumladan,  arab  manbalarining ayrimlarida el orasida Bani 

Om ir qabilasiga mansub b o iib ,  Majnun  nomi  bilan tanilgan  shaxsning 

haqiqiy  nomi  Qays  ibn  M ulawah  yoki  Qays  ibn  Muod  bo‘lganligi 

haqida  ma’lumot  beriladi.  Shuningdek,  ba’zi  manbalarda  Majnunning 

haqiqiy  nomi  Mahdiy  ibn  Muod  yoki  al-Buxturiy  ibn  al-Ja ’d  tarzida 

ham uchraydi. Qays o‘z qabiladoshi Laylini sevgan va shu muhabbatning 

hijron  iztiroblariga  doir  mungli  she’rlar  ijod  etgan.  Shunday  qaydlar 

IX   asrda  yashagan  Ibn  Qutaybaning  (vafoti  889)  «Kitob  ush-she’r  va 

shuaro» asarida ham mavjud. V III asr va IX  asming boshlarida yashagan 

ba’zi  arab  tarixchilari,  jum ladan,  Avon  ibn  Hakim   al-Q albiy  (vafoti 

764)  hamda  Hishom  al-Q albiy  (vafoti  819)lar  esa  Majnunning  tarixiy 

shaxsligini inkor etishadi.  Ulam ing fikricha,  Majnun tarixiy shaxs emas, 

uning  nomi  majoziydir,  uning  nomi  bilan  bog'liq  she’rlar  esa,  o'z 

yaqin  qarindoshlaridan  birining  qiziga  oshiq  bo'lgan  um m aviylar 

xonadoniga mansub bir yigitning g'azallari bo'lib,  u o'z nomini oshkor 

etmaslik  uchun  Majnun  taxallusini  qo'llagan.  Y   yetti  yildan  ziyodroq 

davr  ichida  musulmon  davlatlarida  sayohatda  bo'lgan  fors-tojik  adibi 

Nosir Xusrav esa o'zining «Safarnoma» asarida Arabistonda unga Layli 

hamda Majnun nomi bilan bog'liq joylaming xarobalarini ko'rsatishgani 

haqida  ma’lumot  beradi.  Ko'rinadiki,  Majnunning  tarixiy  shaxsligi 

qanchalik  bahsli  bo'lsa,  uning  to'qimaligi  va  unga  nisbat  berilgan 

she’rlaming muallifi  masalasi  ham shunchalik munozaralidir.  Shunday 

qilib,  mavzu  tarixiga  oid  aksariyat  ilm iy tadqiqotlarda qayd etilishicha, 

dastlab  Majnunga  nisbat  berilgan  mungli  she’rlar zamirida  V III  asrda 

arab  adabiyotida  uning  sevgisiga  oid  rivoyatlar paydo  bo'la boshlagan.

IX   asrdan boshlab esa bunday to'qima voqealar miqdor jihatidan ancha 

ko'payib  keng  xalq  ommasi  orasida  shuhrat  qozongan,  uning  yangi- 

yangi tahrirlari paydo bo'lgan.  X  asrga kelib  Majnun nomi,  unga nisbat 

beriluvchi  she’rlar  hamda  uning  Layliga  bo'lgan  yoniq  muhabbati 

haqidagi  voqealar  tizmasi  Arabiston sarhadlaridan  oshib,  sayyor syujet 

sifatida musulmon xalqlari orasida keng tarqala boshlaydi.

Layli va Majnun haqidagi dardchil ishqiy sarguzashtlar va bu mahzun 

voqealar  tizimining  to'laqonli  badiiy  asar  sifatida  shakllanib,  yozma 

adabiyotdan  mustahkam  o'rin  olishida  taniqli  ozar  shoiri  N izom iy 

Ganjaviyning  «Layli  va  Majnun»  (1188)  dostoni  asos  bo'ldi.  Albatta,

www.ziyouz.com kutubxonasi



bizning  bu  ta’kidim izning  shu  mavzuda  yaratilgan  barcha  mustaqil 

asarlarga  tegishli  ekanligi,  yangi  manbalarda  kashf  qilin ib,  ayni 

yo‘nalishning  o ‘q  ildizlari  V I I I-I X   asrlarga  (hatto  undan  oldinroqqa 

ham)  daxldor  bo‘lib  qolishi  mum kinliginii  ham  esdan  chiqarmaslik 

lozim.  Shuningdek, yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, she’riy satrlarda 

Layli va Majnunlar nomining tilga olinib, ulaming nomurod muhabbatiga 

doir armonli lavhalaiga ishora qilish johiliyat davridan boshlanib, hoziiga 

qadar davom etayotganligi adabiy haqiqatdir.  Shayx Nizom iyning asari 

esa  nomlari  qayd  etilgan  maxsus  badiiy  yaratmalar  ijod  qilinishining 

debochasi hisoblanadi. Turk adabiyotshunosi Agah Sirri  Levend «Агар, 

fors va turk adabiyotlarinda  Layli va  Majnun hikoyasi»  (Anqara,  1957) 

nomli  tadqiqotida  ayni  mavzu  bilan  bog'liq voqealar asosida  yuqorida 

sanalgan tillarda yuz ellikdan ortiq nomdosh, biroq bir-birinini mutlaqo 

aynan  takrorlamaydigan  dostonlar  bunyodga  kelganligini  e’tirof etgan 

edi.  Salohiyatli olim mazkur kitobida o'zi qo‘lga kiritishga erishgan asarlar 

haqida  mulohaza  yuritadi,  mavjud  ma’lumotlami  umumlashtirishga 

muvaffaq bo'ladi.  Asar  oxirida  Layli  va  Majnun  mavzuidagi  dostonlar 

va ulaming muallifi to‘g‘risida ixcham ma’lumotnomadan iborat ro'yxatni 

ilova  qiladi.  Biroq Agah  Sirri  Levendning  bu  qaydlarini  ham  hali tugal 

deb  bo'lmaydi.  Chunki o'sha  mavzuda juda  katta jug'rofiy  hududlarda 

yozilgan  barcha  asarlar  ro'yxatini  bir  muallifning  tugal  to'plashi  qiyin, 

albatta.  Masalan,  Shamsuddin Shohin (1859-1893)  1888-yilda Buxoroda 

tojik  tilida  «Layli  va  Majnun»  dostonini  yozdiki,  bu  asar,  hatto  shu 

muborak zaminda istiqomat qilayotgan ko'pchilik mutaxassislarga ham 

tanish  emas.  Bunday  dalillam ing yana  ko'plab  topilishi  muqarrardir.

Ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy «Xamsa»ning uchinchi dostonini 

ijod  etayotganida,  N izom iy  Ganjaviy,  Am ir  Xusrav  Dehlaviy,  Ashraf 

Marog'aviy,  Shayxim  Suhayliylaming  shu  mavzuda  yozilgan  asarlari 

bilan yaqindan tanish edi.  Buyuk salaf va tengdoshlarining ushbu mavzuga 

oid masnaviylariga yuksak ehtirom bilan baho bergan ulug'  shoir «Layli 

va  Majnun»  dostonini yozishdan  ko'zlagan  maqsadi bu sayyor syujetni 

yanada  takomillashtirish,  unga  sayqal  berib,  yangicha jilo   baxsh  etish 

ekanligini  quyidagi  misralarida aks  ettiradi:

Awalda  ko'p  ayladim  taamul,

To  ko‘ngluma  kirdi  bu  taxayyul.

Kim ,  Ganjada  ganjlar  yoshurg'on,

H ar  ganjigakim  yasadi  qo'rg'on.

Yo  bind  najodi  hinduviyzod,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Kim ,  qasrlarini  qildi  obod.

Ham   qal’a  uchun  kerakdurur  shahr,

Ham   qasrg‘a  bog‘-u   sabzadin  bahr.

Bo'lsa  manga  fiirsat  ul  qadar  chog‘

Kim ,  shahr  ila  tarh  solibon  bog'.

Bog'ini  riyozi  xurram  etsam,

Shahrini  savodi  a’zam  etsam  (9,  43-44).

Shoir  ko‘chirilgan  iqtibosning  dastlabki  baytida  ko‘ngliga  mana  shu 

o'y kelguniga qadar juda teran mulohaza yuritganini ifoda etadi. Shubhasizki, 

bu taxayyul «Layli va Majnun» dostonining loyihasi (dastlabki chizgilari) 

umumiy rejasi edi.  Bunday ishoralar parchaning keyingi misralarida yanada 

tepanroq  badiiy  in ’ikosini  topgan.  Jum ladan,  «G anjada  ganjlar 

yoshuig‘on»,- deganda, ulug' shoir Nizom iy Ganjaviyning «Panj ganj»ini 

nazarda  tutadi.  Har  ganjdan  yasalgan  «qo'ig'onlar»  esa  o'sha  ganjina 

tarkibidagi dostonlardir. Ayni masnaviylari bilan Nizom iy Ganjaviy Sharq 

xalqlari  orasida  mashhur  bo‘lgan  sayyor  syujetlami  bir joyga  to‘pladi, 

ularga  badiiyat  libosini  kiygizib,  har  birini  ulkan  bir  qo'rg'on  monand 

to'laqonli badiiy asar holida yozma adabiyot olamiga oUb kirdi.

A jnir  Xusrav  Dehlaviy  ham  o‘z  navbatida  o‘sha  «qo‘ig ‘onlar»ni 

yangi  go‘zal  qasrlar  bilan  obod  qildi.  Alisher  Navoiy  mantiqiy-badiiy 

tafakkurini  tadrijiy  rivojlantirar  ekan,  qasmi  ko‘zni  qamashtiruvchi 

bog‘-u   bo'stonlar  bilan  bezash  lozim ligini  ta’kidlaydi.  Alisher  Navoiy 

nigohida,  L a y li  va  M ajnunning  d ardchil  ishqiy  sarguzashtiga 

bag'ishlangan  Nizom iy  Ganjaviy  dostoni  bir  qo'rg'on  bo'lsa,  Xusrav 

Dehlaviy masnaviysi unga yanada ko'rkamlik baxsh etgan qasrdir.  Ulug‘ 

shoir  o'zining  turkiyda  bunyod  qilingan  dostoni  haqida  ham  badiiy 

mushohada  yuritishni  unutmaydi.  Alisher  Navoiyning  talqinicha,  o'z 

qalami  tuhfa  qilgan  doston  o'sha  «qal’a»lar  ichra  «savodi  a’zam»  — 

ulkan  shahar  hamda  qasrlar  husniga  husn  qo'shuvchi  «riyozi  xurram»

— gullab-yashnagan bog'dir. Baytlarda keltirilgan bunday ajoyib tamsillar 

vositasida  Alisher  Navoiy  salaflar  yaratgan  asarlardan  yuksak  badiiy 

zavq  olib,  ta’sirlanganini,  ular  istiqbolida  turib,  o'sha  masnaviylar 

«panjasiga  panja  urishga»  yaroqli  doston  yozishday  g'oyat  murakkab 

vazifani  bo'yniga  olganligini  o'quvchilardan  sir  tutmaydi.

Alisher  Navoiy  «Layli  va  Majnun»  dostonining  xotimasida  ham 

salaflari  ijodi  hamda  o'z  asarining  fazilatlari  xususida  qiyosiy  badiiy 

mushohada yuritadi:

Men  xastaki,  bu  raqamni  chektim,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tabriri  uchun  qalamni  chektim.

Yozmoqta  bu  ishqi jovidona,

Maqsudum  emas  edi  fasona.

Mazmunig‘a  bo‘Idi  ruh  mayli,

Afsona  edi  aning  tufayli

Lekin  chu  raqamga  keldi  mazmun,

Afsona  anga  Ubosi  mavzun.

Bu  erdi  g‘arazkim  ul  guruhe 

Kim ,  so‘?da  ayon  qilib  shukuhe,

Bu  nomrf  uchun  bo‘lub  raqamkash,

Safha  yuzin  ettilar  munaqqash.

G ar  nuktalari jahonni  tutti,

G ‘avg‘oIari  ins-u jonni  tutti.

Chun  forsi  erdi  nukta  shavqi,

Ozroq  erdi  anda  turk  zavqi,

U l  tU  bila  nazm  bo‘ldi  malfuz.

Kim ,  forsi  anglar  o‘ldi  mahzuz.

M en  turkcha  boshlabon  rivoyat,

QOdim  bu  afsonani  hikoyat

Kim ,  shuhrati  chun jahong‘a  to‘lg‘ay,

Turk  eliga  dog‘i  bahra  bo‘lg‘ay  (9,  3 10 -3 11).

Keltirilgan  mazkur  iqtibosda  ulug'  shoir  ushbu  sayyor  mavzuning 

badiiy talqini  xususidagi  ikki  muhim jihatga  o'quvchi  e’tiborini  qaratadi. 

Dastlab  asar  muallifmmg  bu  «jovidona»  —  abadiy  ishq  haqida  doston 

yozishdan  muddaosi  shunchaki  afsona  so'zlash  bo'lmay,  balki  bag'rida 

turk  xalqi  «zavqi»ni  yashirgan  davrning  ulug‘  dardlarini  badiiy 

umumlashtiruvchi  bir  doston  yozishdan  iboratligiui  yoniq  satrlarda 

ifodalashga erishadi. «Afeona anga Ubosi mavzun» misrasi orqali turkiy dostonda 

qadimiy mavzu har jihatdan yangicha badiiy jilo topganligiga ishora qilinadi. 

Bu  holat,  ayniqsa,  qahramonlar  ichki  kechinmalari  tasvirida  yaqqol 

namoyon bo'ladi. Asardagi tabiat manzaralari ham doston ishtirokchilarining 

murakkab  ruhiy holati badiiy ifodasiga xizmat  qildiriladi.

«Layli  va  Majnun»  dostoni  «Xamsa»  tarkibidagi  nisbatan  ixcham 

masnaviylardan  biri  bo'lib,  aruzning  hazaji  musaddasi  ahrabi  maqbuzi 

mahzuf (m af ulu mafo’ilun faulun —v v -v - v—) bahrida bitilgan.  Doston 

38 bobdan iborat.  Asaming dastlabki to'qqiz bobi an’anaviy muqaddima 

(hamd,  na’t,  ustozlar,  Sulton  Husayn  Boyqaro,  Badiuzzamon  Mirzo 

madhi  va  «U l  tun  mahobati  ta’rifi»)  bo'lib,  10-bobdan  asar  asosiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



voqealarining badiiy ifodasi boshlanadi. Masnaviyda qalamga olingan Layli 

va  Majnun  fojiaviy  ishqiy  sarguzashtlari  tasviri  sevishganlaming  vafoti 

bilan intiho topadi.  Dostonnning so'ngi uch bobi uning xotimasidir. Unda 

«Ishq  ta’rifidakim...»,  shahzoda  Sulton  Uvays  Bahodir  madhi  hamda 

ulug‘  shoir  «dard  navhasi»  («dard  nolasi»),  deya  e’tirof etgan  «Layli  va 

Majnun»  voqealari  yakuniga bag'ishlangan boblaiga ham o'rin berilgan.

Asaming  «U l  tun  mahobati  ta’rifi»  nom li  9-bobini  o'ziga  xos 

boshlanma  tarzida  talqin  etish  mumkin.  Ulug'  san’atkor  bu  bo'limda 

navoiyona bir uslub bilan buyuk ustozlari asarlariga bo'lgan o'zining cheksiz 

ehtiromini  go'zal  badiiy  ifoda  etadi  hamda tun  va  hotif (g'aybdan  ovoz 

beruvchi)  obrazlari  vositasida  «M a’nisi  daqiqu  lafzi  shirin»,  «dard-u 

so'zi  ko'prak»  bo'lishi  nazarda  tutilgan  dostonining  asosiy  voqealari 

tasviriga  kirishadi.  Tun,  chaqin,  yomg'ir  timsollari  va  ishqqa  berilgan 

ta’rif-u   tavsiflar  orqali  ulug'  shoirning  tayanch  m uddaosi  asar 

qahramonlari  ruhiy  holati  va  ichki  kechinmalarining jozibador  tasvirini 

yaratish ekanligi anglashilib turadi.  Ulug' shoirning vujudi qorong'u zulmat 

asiri  bo'lganda,  u  taxayyul  otiga  erk beradi.  Xayol tavsani  (chopqir oti) 

Arabistonga  yetishi  bilan  ishq  hidini  tuygani  bois  chopishdan to'xtaydi. 

Axir,  u  ishq  vodiysiga  yetgan  edi-da!  Bu  vodiydan  o'tish  esa  nihoyatda 

mushkul.  Boz  ustiga  otning  oyog'i  ham  oqsoqlanib  qoladi.  Bu  ham 

yetmaganidek, bulut ko'z yummay yosh to'ka boshlaydi. Tungi shamolning 

dahshat  solib  esishi  yomg'ir shiddatini kuchaytiradi.  Ba’zan-ba’zan  Tur 

tog'i  uzra  chaqnagan  chaqin  quyosh  Sharqni  yoritganidek  tog'ni 

shu’lalantiradi.  Mana shunday vahimali tun bag'ridagi chaqin yog'dusida 

Hay qabilasi ko'zga tashlanadi. Xayolot olamiga g'arq shoir bunday hayratli 

manzaradan  ko'z ocholmay qoladi.  U   (shoir -   satrlarda harakatlanuvchi 

qahramon)  tong  yeli  tun  kulini  supurganidagina,  bir  lahza  orom  oladi. 

U   yana  aql-u  hushini  egallagan  tun  tafsilotlari  haqida  o'z-o'ziga  savol 

bilan murojaat qiladi: «Bu tunmi yoki balo dashtidan nishona — qorong'u 

kunmi?!  Har  tomondan  ofat  yog'iladi,  nahotki,  jahonda  shunchalik 

ko'p  jaholat  bor  bo'lsa?!  Bu  qanday  zulm atli  vodiy  ekanki,  hatto, 

nafas yo'lini qorong'ulik tutadi?!» Ulug' shoir—she’r qahramoni poyonsiz 

savollariga javob topishga ulgurolmay g'oyibdan nido  keladi:

Kim :  «Keldi  bu  dasht—ishq  dashti,

Jon  ofati  keldi  sarguzashti.

H a r  barqki  ko'rdung  ozari  ishq,

H a r  lam’asi  barqi  xanjari  ishq.

H ar  tiyra  sahob  zulmat  andud,

www.ziyouz.com kutubxonasi



Gardun  uza  ishq  o‘tidin  dud.

Yomg‘ur  dema,  qatrai  bahoron,

Ishq  aylabon  anda  tiyrboron.

Darranda  sibo’kim  solib  sho‘r,

Bu  dashtda  har  taraf ushog‘  mo‘r  (9,  53).

Shu  tariqa  hotif  —  g‘oyibdan  kelgan  sado  ulug‘  shoirga  Layli  va 

Majnunning jonso'z ishqi haqida hikoya qiladi. Ayni mavzuda o'ziga qadar 

qalam tebratgan ulug' salaflr hamda unga shunday noyob asami bunyod 

etish  uchun  to'g'ri  yo'l  ko'rsatgan  hotifga  tasannolar  aytiladi:

U l  nav’ki  hotif  yetti  irshod,


Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling