B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


m um kin.  Biroq  Bobur  M irzoning  oshiqona  g'azallarida  hayotiy


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
#20418
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71

m um kin.  Biroq  Bobur  M irzoning  oshiqona  g'azallarida  hayotiy 

voqelikdan  ko'p jabr ko'igan  hukmdor-shoir siymosi  shu  qadar yorqin

www.ziyouz.com kutubxonasi



gavdalanadiki,  she’rxon  beixtiyor  uning  qiyofasini  ro'parasida 

ko'rgandek bo'ladi:

M ening  ko'nglum ki,  gulning  g‘unchasidek  tah-batah  qondur, 

Agar  yuz  ming  bahor  o‘Isa,  ochilm og'i  ne  imkondur.

Agar  ul  qoshi  yosiz  bog*  gashtin  orzu  qilsam,

Ko'zumga  o'qturur  sarv-u  ko'ngulga  g'uncha  paykondur.

Shoir  ko‘nglini  g'unchaga  tashbeh  etarkan,  uni  yashil  pardalami 

yorib,  endi jam olini ko‘z-ko ‘z qilishga hozirlik ko'rayotgan «tah-batah» 

qizil yaproqlari bilan qonga evrilgan qalbi  orasida o‘xshashlik  borligiga 

diqqatni jalb etadi.  Baytda g'unchadagi go'zallik bilan jabr-sitamlardan 

qon  yutgan  ko'ngul  o'rtasida  o'zaro  zidlik  hosil  qilingan.  Bu  qarama- 

qarshilikning paydo bo'lishida har ikkala o'xshashlikdagi qizil rang asos 

bo'lib xizmat qilgan.  Keyingi misrada tazod yanada tadrijiy rivojlantirilgan. 

G'unchaning bahor kelishi bilan sekin-asta ochilib gulga aylanishi tabiiy, 

biroq she’r qahramonining ko'ngli yuz-m ing bahor kelsa ham ochilishi— 

shodlanishi imkonsizdir.  Keyingi bayt oshiqona mohiyat kasb etib, unda 

yigitning  ma’shuqasiga  bo'lgan  sadoqati  «o‘q»-«sarv»,  «g'uncha»- 

«раукоп» tashbehi vositasida badiiy ifoda etilgan.

Bobur  Mirzo  g'azaliyotida  borliq go'zalligidan  zavqlanish,  o'lchab 

berilgan  ummi  behuda  sarflamaslikka  da’vat  ruhida  yozilgan  g'azallar 

ham  uchraydi:

Yoz  fasli,  yor  vasli,  do'stlam ing  suhbati,

She’r  bahsi,  ishq  dardi,  bodaning  kayfiyati.

Yoz  faslida  chog'ir  ichmakning  o'zga  holi  bor,

Kimga  bu  nash’a  muyassar  bo'lsa,  bordur  davlati.

Ishq  dardini  chekib,  har  kimki  topsa  vasli  yor,

U l  zamon  o'lg 'ay  unut  yuz  y ilg 'i  hijron  shiddati. 

Do'stlam ing  subbatida  ne  xush  o'lg'ay  bahsi  she’r,

To  bilingay  har  kishining  tab’i  biria  holati.

G ar  bu  ishni  muvofiq  topsang  uch  vaqt  ila,

M undin  ortuq  bo'lm ag'ay,  Bobur,  jahonning  ishrati.

LafF-u nashr badiiy san’atidan mahorat bilan foydalanish Bobur Mirzo 

she’riyatidagi  yetakchi  uslubiy  jilolardan  biridir.  Yuqoridagi  g'azalning 

matlaida laff-u nashri nomurattab qo'llanganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. 

Undagi tartibning o'zgaiganligi birinchi misrada keltirilgan tushunchalaiga 

ikkinchi misrada o'm i almashgan holda hukm chiqarilganligidir. «Yor vasli» 

bilan «ishq dardi» orasida mutanosiblik mavjud bo'lsa,  «yoz fasli»ga «she’r

www.ziyouz.com kutubxonasi



bahsi»dan ko'ra «bodaning kayfiyati» uyg'unroqdir. Zero, yoz yigitlik ramzi 

bo'lsa,  «bodaning  kayfiyati»  undan  masrurlik,  shodlanishni  ifodalaydi. 

«Do'stlaming  suhbati»  esa  «she’r  bahsi»  bilan  qiziydi.  Shoir  g'azalning 

beshinchi  baytida  ayni  fikiga  urg'u  beiganligi  ham  mulohazalarimizni 

quwatlaydi. Eng muhim xulosa g'azal maqtaida o'z ifodasini topgan: Aytilgan 

uch  ish  uch  vaqtda  muvofiq  topilsa,  jahonning  ishrati  bundan  ortiq 

bo'lmaydi.  Ko'rinadiki,  g'azalda  hayotsevarlik,  insonparvarlik  g'oyalari 

yetakchilik qiladi.  Borliq go'zalligidan bahra olish,  umrning takrorlanmas 

qimmatli  onlarini  shod-u  xurramlik  bilan  do'stlar  davrasida  o'tkazish 

g'azaldagi  uch  tayanch  fikr  sifatida  namoyon  bo'ladi.  Do'stlar  davrasi 

bilimdonlik maydoni hisoblangan she’r bahsi bilan yanada farahli ekanligi, 

ishq  dardida  o'rtanib  mahbuba  vasliga  vosil  bo'lish  oliy  saodat  sanalishi 

baytlar bag'riga singgan olijanob g'oyalaidir.

Bobur  Mirzo  g'azaliyoti  rang-barang  mavzularda  ijod  etilganligi, 

unda  muallifning  samimiy  hislari  va  taassurotlari  ravon  uslubda  badiiy 

ifodalanganligi bilan nihoyatda qimmatlidir. G'azallardagi boburona uslub 

unda tasvir  etilgan  mavzuni  she’rxon  ko'z o'ngida  aniq gavdalanishiga 

imkon yaratadi.  Eng muhimi, ulaming badiiy jihatdan mukammalligidir. 

Bobur  M irzo  badiiy  jihatdan  barkam ol  g'azallari  bilan  A lisher 

Navoiydan keyin o'zbek g'azalchiligi taraqqiyotiga munosib hissa qo'shdi.

12.4.  Shoim ing  ruboiy  va  tuyuqlari  tahlili

Bobur M iizo she’riyatida ruboiy janrida bitilgan asarlar ham alohida 

ahamiyatga  mohk.  Sharq  mumtoz  adabiyotida  asosan  ilohiy-irfoniy, 

ijtim oiy-siyosiy  mohiyat  kasb  etgan  ruboiy  jamming  mavzu  doirasi 

keyinchalik  ancha  kengayib  bordi.  Turkiy  adabiyotda  Alisher  Navoiy 

o'zining  ruboiylari  bilan  bu  janrda  rang-barang  mavzuda  ijod  qilish 

mumkinligini  amalda  isbotlagan  bo'lsa,  Bobur  Mirzo  shu  an’anani 

yanada  ravnaq  topishida  o'z  hissasini  qo'shdi.  Shoiming  ruboiylari 

g'azallarida kuzatilgani kabi sodda va ravon uslubda ijod etilgan.  Ijodkor 

g'azallarining aksariyati oshiqona mavzuda bitilgan va ularda o'm i bilan 

shoiming  hasbi  holiga  murojaat  etilgan  bo'lsa,  ruboiylarida  shoiming 

ko'rgan-kechirganlari, taijim ai holi, vatan sog'inchi va hijron iztiroblari 

mavzui yetakchiiik qiladi.  Shuningdek,  shoir orifona, oshiqona, axloqiy- 

ta’lim iy  mohiyat  kasb  etuvchi  ruboiylaming  ham  muallifidir.

Bobur M irzo  she’riyatida  Allohga  solih banda bo'lish  um idi  balqib

www.ziyouz.com kutubxonasi



tuigan,  uning  rizoligiga  erishishdek  ulug‘  saodatga  musharraf  bo'lish 

orzusi ufuigan hamda ulug' Tangrining buyukligini vasf etuvchi ruboiylar 

mavjud. Jumladan, quyidagi ruboiy Bobur Mirzoning hayot sinovlaridan 

o'tgan bukilmas irodasi Allohning rizoligiga erishish yo'lida ham benazir 

ekanligini  dalillaydi:

Yo  qahr-u  g'azab  biria  meni  tufiroq  qil,

Yo  babri  inoyatingda  mustag'raq  qil.

Yo  rab,  sengadur  yuzum  qaro,  xoh  oq  qil,

H ar  nav’e  sening  rizong  erur,  andoq  qil.

Shoir Allohga  murojaat  qilib,  Yaratgan istagiga  ko'ra,  uning  qahr-u 

g'azabiga  uchrab tuproq,  ya’ni xor-u zor bo'lishga ham yoki  Uning lutf- 

u karamidan bahra olib, inoyat dengizida cho'mishga ham tayyor ekanligini 

e’tirof etadi.  She’r qahramoni bir banda sifatida Tangri oldida gunohkor 

ekanligini  «sengadur  yuzum  qaro»  jumlasida  badiiylashtiradi.  So'nggi 

misrada  esa  Allohning  rizoligiga  erishish  istagida  har  narsaga  tayyor 

tuiganligi o'z aksini topgan.  X V  asrda Movarounnahr-u Xurosonni idora 

qilayotgan  temuriy  hukmdorlar orasida  naqshbandiya  tariqatining  ulug' 

peshvolariga  e’tiqod  qo'yish  odat tusini  olgan  edi.  Temuriy shahzodalar 

ulug'  shayxlarga  yuksak  hurmat  ko'rsatish  ruhida  tarbiyalanib,  ulaming 

komil inson haqidagi yuksak axloqiy-ta’limiy qarashlaridan juda erta bahra 

olishga ulgurardilar.  Bobur Mirzo ham Faig'ona viloyatida dong taratgan 

naqshbandiya tariqatining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri Xoja Abdullo 

Mavlono qoziy hamda Movarounnahr-u Xurosonda buyuk ma’naviy aibob 

sifatida tanilgan Xoja Ahror Valiyga ulkan ixlos qo'ygan edi. «Bobumoma»da 

bu ikki ulug' zotdan birining sharofatli duolari, birining esa ruhiy madadi 

bois  yosh  shahzoda  tang  ahvoldan  omon  qolganligiga  dalolat  beruvchi 

lavhalar  keltirilgan.  Ulardan  ba’zilarini  yuqorida  ko'rib  o'tdik.  Bobur 

M irzo  she’riyatida  naqshbandiya  tariqatining  o'lmas  g'oyalari  badiiy 

ifodasini  topganligiga  shubha yo'q.  Shoir  ruboiylarida  ilohiy  va  majoziy 

ishqni  bir o'zanga  solingan  holda  ravon  uslubda  vasf etilishining  sababi 

ham  uning  qalbi  botiniy  ma’rifat  nurlari  bilan  yoritilganidir.  Mana  bu 

ruboiylarga  e’tibor  qiling:

Ey  yor  sening  vaslingga  yetmak  m ushkil,

Farxunda  hadisingni  eshitmak  mushkil.

Ishqingni  dag'i  bartaraf etmak  m ushkil,

Boshni  olibon  har  sari  ketmak  mushkil.

Yoki:

www.ziyouz.com kutubxonasi



Keldim   sanga  yuz  umid  bila,  ey  mob,

Lekin  yondim  yuzingni  ko‘rmay,  yuz  oh.

Hamsuhbat-u  hamrohni  netay  u  yo‘lda,

Dardlng  manga  hamsuhbat-u  ishqing  hamroh.

Zakovatli  shoiming  mazkur she’rlaridagi  mazmunni  istang samoga 

ulang,  xohlang yeiga olib tushing.  Har ikki holatda ham bosh mohiyat— 

ishq  va  sidq,  ishq  va  dard,  ishq  va  sadoqat,  ishq  va  ishonch  kabi 

tuyg'ulaming ohori saqlanadi. Oshiqning ma’shuqa dardi va vasliga yetmoq 

ilinjidan o'zga tashvish va taraddudi  yo'q,  bo'lishi  ham  mumkin  emas. 

Bobur  Mirzoning  qalbida  yongan  ishq  alangasi  uni  sira  tark  etmagan. 

To ‘g‘ri,  u  komil  muslim  bo'lgani  holda  shariatning  barcha  talablariga 

rioya  qila  olmadi.  Sharobga  ruju  qo'ygan  paytlari,  ma’jun  kayfi  bilan 

diliga taskin bergan damlari bo'ldi.  Lekin shu bilan bir qatorda u o'sha 

gunohlaridan  komil  sadoqat  bilan  tavba  ham  qildi.

Bobur  Mirzo  yuksak  nazokatli  inson  sifatida  ko'ngilchan,  mehr- 

shafqatli shaxs edi. Q izi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» asaridagi 

juda ko'p lavhalar shunday xulosaga kelish uchun asos beradi. Aytilganlaiga 

qanoat  hosil  qilish  uchun  asardan  bir  lavha  ko'chirish  foydadan  xoli 

emas:  «Rano  Sango  bilan jang  bo'ldi.  Xudoning  inoyati  bilan  podsho 

g'alaba  qozondilar va  g'oziy  bo'ldilar.  Rano  Sangoning  fathidan  bir yil 

o'tgach,  onam—Mohimbegim  (Humoyun  Mirzoning  onasi)  Kobuldan 

Hindistonga jo'nadilar. Men ham podsho dadamni ko'igani u kishi bilan 

biiga bordim. Onam ko'lga yetganlarida podsho hazratlari uch otliq mahofa 

yubordilar...  Podsho dadam hazratlari to ot keltuigunlaricha sabr qilmay, 

piyoda yo'lga tushib,  Nincha Mohim uylari oldida biz bilan uchrashdilar. 

Onam  otdan  tushmoqchi  bo'ldilar,  lekin  podsho  dadam  qo'ymasdan 

o'zlari  onamning  otlari jilovidan  ushlab,  o'z  uylariga yetguncha  piyoda 

ketdilar...»  (Humoyunnoma.  Toshkent:  «Fan»,  1959,  35-b.)  Bobur 

M iizo  ruboiylaridan birida  ifodalangan lavhani  xotiiga keltiradi:

Sen  gulsen-u  men  haqir  bulbuldurmen,

Sen  shu’lasen-u  men  ul  shu’lag'a  quldurmen.

Nisbat  yo'qtur  deb  ijtinob  aylamakim,

Shahmen  elga,  vale  sanga  quldurmen,  - 

deb  yozgan  edi.  Ruboiydagi  G u l-u   Bulbul,  Shu’la-yu  Parvona, 

Shoh-u  Gadolarga  yuzaki  qarab,  hayotiy  oshiq-u  ma’shuqalaming 

o'xshatilmishlari  sifatida  sharhlash  mumkin.  Aslida  mazkur  majoziy 

timsollar tasawuf mulkidir.  Masalaning zaminiy jilosini inobatga oladigan

www.ziyouz.com kutubxonasi



bo‘lsak,  Bobur  M irzo  faqat  yozmagan,  balki  naqshbandiyaning  ilm  va 

amal,  ishq va amal xususidagi qat’iy talablarini ado etishga ham harakat 

qilgan.

Bobur  Mirzo  she’riyatida,  jumladan,  ruboiylarida  Vatan  sog‘inchi 

va hijron iztiroblari eng ko'p nazaiga tashlanadigan tuyg'ulardir.  Shundan 

bo'lsa kerak ayrim tadqiqotchilar «Hajriy»  Bobuming ikkinchi taxallusi 

degan  fikrga  uig'u  berdilar.  Vatanni  unda  turib  ardoqlash  bilan  uni 

yo'qotib  sevish  o'rtasida  yer-u  osmoncha  tafovut  borligi  ayon.  Bobur 

Mirzo qalb nidolari  mag'zini teranroq chaqmoq uchun ikkinchi holatni 

loaqal  tasawur  qilib  ko'rmoq  lozim   bo'ladi.  Bobur  M irzo  jism an 

Vatandan  uzilgan  bo'lsa-da,  u  ruhan  Vatan  bilan  yashab  o'tdi. 

Qachonlardir ona  yurtga  qaytish  uchquni  uning  qalbida  so'nish  bilgan 

emas.  Fikrim izga daho shoiming mana bu satrlari guvohdir: 

Beqaydmen-u  xarobi  siym  erraasmen,

Ham  mol  yig'ishtirur  laim  ermasmen.

Kobulda  iqomat  yetti  Bobur,  dersiz,

Andoq  demangizlarki,  muqim  ermasmen.

Fikrim izcha,  ushbu  ruboiy Bobur M irzo  ijodining  1512-yilg a qadar 

bo'lgan  davriga  taalluqli.  Chunki u  hali bu  yillarda  Movarounnahrdan 

butkul  ko'ngul  uzmagan  edi.  Uchinchi  yurishning  muvaffaqiyatsizligi 

uning shirin orzularini chil-parchin qildi.  Shundan keyin uning yuragida 

o'z  sarhadlarini  Hindistonga  qarab  kengaytirish  orzusi  makon  tutdi. 

Ba’zan  shoir  misralarida  umidsizlikning  ko'zga  tashlanishi  ham  o'sha 

murakkab  ruhiy  isyonlaming  mevasidir.

Tuz  oh,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,

Yuz  oh,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur.

Sarrishtayi  ayshdin  ko'ngulni  zinhor 

Uz,  oh,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur.

Barcha  urinishlari  zoye  ketgan  shoir  o'lim   to'shagidagi  so'nggi 

nafasida  ham  yurtining  bir  tilim   qovunini  qo'msab,  ochiq  ko'z  bilan 

foniy dunyo bilan vidolashgan. Yurt va yurtdoshlari diydori bu jahongashta 

Vatan  fidoyisi  uchun  hamon  qiyomat  qarzdir.

Istiqlol sharofati tufayli Bobur Mirzo shaxsi va ma’naviy olami qasrida 

ham xush  havolar esdi.  Zug'um va zo'ravonlik chekindi.  Ulug'  shoir va 

sarkarda  haqida  erkin  gapirish  bizga  nasib  qildi.  Bu  boradagi  armonlar 

ushala  boshladi.  Buyuk  davlat  va  ma’naviyat  arbobi  tavalludining  510 

yillik to'yi tantanalari bu yo'ldagi ulkan umidli qadamdir.  Shu munosabat

www.ziyouz.com kutubxonasi



bilan Andijonda  uning mahobatli  haykali o‘matildi.  Yuksakda,  ot ustida 

o'tiigan bu zoti mukarram ona yurt jamoliga suqlanib, to'yib-to'yib boqish 

sharafiga  erishdi.  Yurtdoshlari  azim   bir  bog‘  Ьафо  qilib,  uning  bir 

go‘shasida  Bobur  Mirzoning  ramziy  qabrini  o'matdilar.  Asliga  qaytgan 

(tuproqdan  bunyod  bo‘lib,  tuproqqa  aylangan)  shoir  muqaddas  Vatan 

bag‘rida  erkalanib  orom  olmoqda.  Suronli  hayotini  ezgulikka  baxshida 

etgan insonga  uning nashidasi  ikki  chandon bo'lib  qaytdi.

Bobur  Mirzo  she’riyatidagi  muallifning  yuksak  badiiy  salohiyatini 

ko‘z-ko‘z qilib turuvchi janrlardan biri tuyuqdir.  Shoir an’anaviy tuyuq 

janrida  ijod  qilish  bilan  cheklanib  qolmay,  uning  to'rt  misrasi  ham 

tajnisli qofiyadan tarkib topgan, tajnis radif o'm ida qo'llangan,  tajnisdan 

oldin  hojib  mavjud  bo'lgan,  shuningdek,  qit’a  shaklidagi  tuyuqlami 

yaratdi.  O'shalardan birini tahlil jarayoniga tortishga harakat qilamiz: 

Vasldin  so'z  derga  yo'q,  yoro  manga,

H ajr  aro  rahm  aylagil,  yoro  manga.

0 ‘qung  yetti  ko'p  yomon  yoro  manga,

M ahram i  Iutfimg  bila  yoro  manga.

Bobur Mirzoning boshqa tuyuqlari singari ushbu she’ri ham oshiqona 

mavzuda ijod  etilgan.  Uning an’anaviy tuyuqlardan  (odatda,  tuyuq a-a- 

b-a tarzida qofiyalanadi)  farqi har to'rtala misrasining ham o'zaro tajnisli 

qofiyalanganligidadir. Tuyuqda oshiqning ruhiy holati o'z ifodasini topgan 

bo'lib,  shaklan  bir  xil  bo'lgan  to'rt  so'z  uning  she’rxon  ko'z  o'ngida 

yanada aniq gavdalanishiga bois bo'lgan.  Qofiyalanuvchi «yoro» so'zi ilk 

misrada  «majol,  quwat»,  ikkinchi  misrada  «ey  yor»,  uchinchi  misrada 

«yarn, jarohat» so'nggi satrda esa «yara, yordam ber» ma’nosida qo'llangan. 

She’r  qahramoni  vasldan  so'z  aytishga  majoli  yo'qligini  «yoro»  so'ziga 

uig'u  berish  bilan  badiiy  ifoda  etadi.  Keyingi  misrada  hajming  iztirobli 

qiynoqlariga dosh berolmasligiga amin bo'lgan oshiq yoridan rahm aylashni 

o'tinadi.  Uchinchi  misrada  esa  oshiqning  ma’shuqa  o'qidan  yomon 

yaralanganligi  o 'z  ifodasini  topgan.  Yom ing  o'qi—uning  nigohlari, 

oshiqning  yaralangan  uzvi  esa  -   shubhasizki,  uning  qalbidir.  Qalbdagi 

jarohatni bartaraf etish uchun yoming oshiqqa yaqinlik va lutf ko'rsatishi 

yordam bo'la oladi. Ko'rinadiki, shoir oshiqning hajr iztiroblaridan ozurda 

bo'lgan ko'ngil kechinmalarini tuyuqning janriy xususiyatlaridan mahorat 

bilan foydalanib badiiy ifoda etgan. Tuyuqning bu turi birmuncha murakkab 

bo'lib,  u  shoirdan  to'rt  misrasi  ham  tajnisli  so'z  qo'llashni  talab  etadi. 

Buning  uchun  ijodkor  tildagi  shakldosh  so'zlaming  turli  ma’nolarini

www.ziyouz.com kutubxonasi



teran tushinmog'i lozim.  Bobur Mirzo ana shu talablarga javob beradigan 

shoirgina emas,  balki undan ham ancha yuqori turadigan ijodkor edi.  Bu 

hoi  uning  qalami  mahsuli  bo'lgan  ruboiy  va  tuyuqlarida  ham  yaqqol 

namoyon  bo'ladi.  Shoir  ruboiylari  o'zining  purm a’noligi  hamda 

taxallusning turli satrlarda qo'llanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. 

Umuman  olganda,  shoir o'zbek  mumtoz  adabiyotida  har  ikkala  kichik 

janming ravnaq topishiga munosib hissa qo'shdi.

12.5.  «Bobumoma»-qomusiy  asar

Zahiriddin  Muhammad Bobur o'z davrining  katta bilimdoni  sifatida 

asrida mavjud bo'lgan barcha bilimlami puxta o'igandi va o'zlashtirdi.  Undagi 

ana shu donishmandlik zarrama-zarra asarlariga ko'chib bordi.  Xususan, 

o'lmas  «Boburnoma»ga  kelib  muallifdagi  keng  qamrovli  bilim  zahirasi 

o'zining butun tajassumini topdi.  Natijada qomusiy asar — «Bobumoma» 

vujudga  keldi.  Ushbu javohir xazinasi  paydo  bo'lgan  zamonidayoq,  o'zi 

va  muallifiga  beqiyos  shuhrat  keltiigan  ediki,  bu  an’ana  hoziiga  qadar 

davom  etmoqda.  «Bobumoma»  va  uning  muallifi  bu  sha’n -u   shavkatga 

to'la sazovor. Chunki «Bobumoma» badiiy, tarixiy, yodnoma asar sifatida 

adabiyotshunos va  tarixchi,  tilshunos va  urfshunos,  tabiyot  va jug'rofiya 

sohasi, shuningdek, yana bir qator mutaxassislaiga qimmatli ma’lumotlar 

bera oluvchi bebaho ganjinadir. Shuning uchun ham bu asar turli davrlarda 

yashab, turfa tillarda so'zlashgan sharqshunoslar diqqatini jalb etdi, dunyo 

kengliklarida aks-sado berib keldi.

«Bobumoma»—Zahiriddin  Muhammad  Bobuming  goh  ixtiyoriy, 

goh  majburiy  tarzda  janggohlarda  kechgan  saiguzashtlarining  aql  va 

ko'ngil  mezonlarida  o'lchangan  esdaliklaridir.  Bu  tarixiy-badiiy  asar 

1494—1530-yillardagi,  Bobur  Mirzoning  Faig'ona  viloyatining  hokimi 

bo'lganidan  boshlab  Kobulda  o'zini  podshoh  deb  e’lon  qilgani  va 

nihoyat,  Hindistonda  boburiylar  sulolasiga  asos  solishi  bilan  bog'liq 

voqealami  o'z  ichiga  qamrab  oladi.  Asar dastlab  «Vaqoye»  nomi  bilan 

atalganligini  muallifning  o'zi  ruboiylaridan  birida  eslatib  o'tadi:

Bu  olam  aro  ajab  alam lar  ko'rdum,

Olam  elldin  turfa  sitam lar  ko'rdum .

H ar  1dm  bu  «Vaqoye»ni  o'qur,  bilg'aykim ,

Ne  ranj-u  ne  mehnat-u  ne  g'am lar  ko'rdum .

Bobur  Mirzo  esdaliklari  keyinchalik  «Voqeoti  Boburiy»,  «Tuzuki

www.ziyouz.com kutubxonasi



Boburiy»,  «Tavorixi  Boburiy»,  «Boburiya»  tarzda  atalib,  nihoyat, 

«Bobumoma»  nomi  bilan  shuhrat  qozondi.  Jahondagi  eng  nodir  memuar 

namunasi sifatida e’tirof etilgan bu noyob durdonaning yozilishi tarixi haqida 

turli xil fikrlar bildirilgan.  Ko‘pchilik tadqiqotchilar Bobur M iizo  dastlabki 

yillardan  boshlab  o'z  saiguzashtlari  va  turli  xil  tarixiy  voqealami  xotira 

daftarlarida aks  ettirib boigan va  keyinchalik hayotining  Hindiston davrida 

«Bobumoma»ni yozgan, degan fikmi ilgari suradilar. Taniqli adabiyotshunos, 

akademik  B.  Valiyxo'jayev  «Bobumoma»ning  yozilish  sanasi  925-hijriy  — 

15 18 -15 19-yildan boshlanib, keyingi yillarda sodir bo' lgan voqealar tarixiylik 

tamoyiliga  ko'ra  ketma-ket  yozib  borilganligini  keltirilgan  asosli  dalillaiga 

tayanib  e’tirof etadi.  Shuningdek,  olim  «Bobumoma»da  hijriy  910,  9 15- 

924,  927-93 l-yillardagi,  ya’ni  16 yillik voqealar bayonining uchramasligim 

mavjud qo'lyozmalardagi kamchiliklar sifatida emas, balki muallifhing o'ziga 

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling