B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


siyosat deb  ataladi.  Davlatning  monopoliyaga  qarshi  siyosati  asosini  monopoliyaga qarshi qonunchilik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/110
Sana08.02.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1176902
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
Bog'liq
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

siyosat deb 
ataladi. 
Davlatning 
monopoliyaga 
qarshi 
siyosati 
asosini  monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi . 
 


80 
7.3. Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari 
Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo‘lganidek, monopoliyaning 
ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Monopoliyaning asosiy ijobiy va 
salbiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz. Uning ijobiy tomoni asosan, quyidagi ikki 
jihat orqali namoyon bo'ladi. Birinchidan, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, u 
ma'lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib 
keladi. Ikkinchidan, monopolist bo'lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha 
korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika 
taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko'proq rag'bat va imkoniyat mavjud 
bo'ladi. Chunki uncha yirik bo'lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, 
moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo'lib, ular ishlab chiqarishga 
yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko'ra, ko'proq 
joriy daromadga e'tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g'oyalar raqiblar 
tomonidan juda tez o'zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g'oyalarni 
amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha 
foydanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo'lib, 
innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi. 
Uchinchidan,ba‘zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz 
ishlashini ta‘minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning 
vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta‘minlab beriladi.Raqobat bu sohalar 
faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr 
energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo‘l va avia 
sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta 
rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini 
kuzatishimiz mumkin . 
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin: 
1. 1. Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning 
yuqori foyda ketidan quvib, sun‘iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash 
vositasida narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‘lmagan 
turlarini, past texnikaviy darajsini va sifatini hamda sotishning yomon 
sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat 
sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga 
solish mexanizmi ishdan chiqadi . 
2. Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona 
tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan 
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini 
pasaytirib, ba‘zi hollarda xonavayron bo‘ladilar. O qibatda ishlab chiqarish 
qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. 


81 
Jamiayt boyligi resurslarning oqilona raqobatli bozor taqsimoti sharoitida 
qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi . 
3. Daromadlardagi tengsizlikning kuchayayishi. Bu holat ham narxlarning 
monopol tarzda oshirilishi yoki pasaytirilishi hamda yuqori foyda olinishi bilan 
bo‘g‘liq bo‘lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling