B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Birinchi-jamiyat aʼzolarining mehnat va dam olishga qaratilgan siyosiy yoʼlini ishlab chiqish: Ikkinchidan
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
Birinchi-jamiyat aʼzolarining mehnat va dam olishga qaratilgan siyosiy
yoʼlini ishlab chiqish: Ikkinchidan-aholiga ijtimoiy turmush xizmatlarini koʼrsatishning samarli yoʼllarini ishlab chiqish: Uchinchi-aholiga nafaqa va imtiyozlar berish, ijtimoiy himoyalash siyo- satini olib borish. 2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mamlakatdagi Jamoasi va BMTning rezident bo‗lmagan agentliklari Umumiy Mamlakat Tahlilini (UMT) yakunladilar; ushbu xujjat BMTning tashkilotlar oilasi tomonidan O‗zbekiston hukumatini rivojlanishning ustuvor yo‗nalishlarida, shu jumladan Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishda qo‗llab-quvvatlashi mumkin bo‗lgan tahliliy asoslarni belgilab berdi (BRM). Ammo shu vaqtdan beri COVID-19 pandemiyasi O‗zbekiston jamiyati va iqtisodiyotiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. 2020 yil oxiri va 2021 yil boshlarida iqtisodiy tiklanishning ba‘zi bir alomatlariga qaramay, pandemiyaning o‗zbek jamiyatiga ta‘siri juda kuchli bo‗ldi va u hali ham davom etmoqda; COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun hukumat xarajatlarining ustuvor yo‗nalishlari qayta taqsimlanganligi haqida gapirmasak ham, pandemiya nafaqat xalq salomatligini, balki biznes va savdoni ham qamrab oladi, iqtisodiy o‗sishni pasaytiradi, ta‘lim tizimiga og‗irlik keltiradi, va kambag‗al va marginal (qasshoklikga tushib qolgan) odamlar sonini ko‗paytiradi. Shunday sharoitda BMT Mamlakat Jamoasi (BMTMJ) 2019 yilda va 2020 yil boshida kelishilgan asosiy tahlilni qayta ko‗rib chiqishni va COVID-19 122 tomonidan yuzaga keltirilgan uzilishlarni inobatga olgan holda O‗zbekiston oldida turgan rivojlanish muammolarini jamoaviy tushunishni takomillashtirishni zarur deb bildi. Shunday qilib, ushbu UMT hukumatning tezkor ehtiyojlarini qo‗llab- quvvatlovchi tahliliy bazani takomillashtirish istagini hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy yo‗nalishini tiklash va yaxshilashga yordam berishning uzoq muddatli maqsadini aks ettiradi. Shu munosabat bilan, yangilangan UMT, BMT oilasining qiyosiy ustun- liklarini inobatga olgan holda, O‗zbekistonni BRMga erishishda yordam beradigan tashabbuslarini qo‗llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berishda davom etmoqda, xususan ―hech kimni ortda qoldirmaslik‖ va inson huquqlari - 2030 yil Dasturidagi ikki ajralmas tamoyilga alohida urg‗u berilayapti. COVID-19 epidemiyasidan oldingi ta‘sirchan taraqqiyot Koronavirusdan oldin O‗zbekistonda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab olgan keng va tarkibiy o‗zgarishlar yuz berdi. Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida ushbu o‗zgarishlar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda sezilib turdi, bu Sovet davridan keyingi davr uchun xos bo‗lgan 27 yillik kuchli markazlashgan boshqaruvdan uzoqlashishni anglatadi. Ijtimoiy adolatni taʼminlash odil ijtimoiy siyosatning maqsadidir. Tarixan oʼzini oqlagan insonparvar ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi jamiyatda ijtimoiy adolatni taʼminlashdir. Ijtimoiy adolat tenglik va erkinlik soʼzlari bilan hamoxang boʼlib, u doimo va koʼpchilik tomonidan qoʼllanib keladi. Turli darajadagi deputatlikka nomzod boʼlgan birorta shaxs ijtimoiy adolat soʼzini chetlab o‘ta olmaydi, doimo uni himoya etish maqsadida soʼz beradi. Ijtimoiy adolat soʼzi nimani anglatadi va hozir mamlakat raxbariyati tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy siyosat kanday roʼyobga chikarilmokda. Boshqa hamma ijtimoiy voqelik kabi ―ijtimoiy adolat‖ tushunchasi tarixiy yaʼni har bir aniq vaziyatda jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Xatto Аrastu farovonlik va baxt-saodat tushunchalarini odamlar oʼzlari olib borayotgan hayotdan tashkil boʼlgan deb toʼgʼri koʼra olgan. Ijtimoiy sohada bundan buyonga rivojlanishga yangicha nazar tashlash uning olib boraetgan ahamiyatni toʼla-toʼkis baxolash zarur. Chunki ayni shu sohada mehnat-kashlarning hayotiy manfaatlariga daxldor boʼlgan iqtisodiy faoliyat natijalari roʼyobga chikadi. Аyni shu sohada jamiyatning insonparvarlik tabiati namoyon boʼladi. Jamiyatda siyosiy hokimiyat amal qilishi, uning chegaralari, qoidalariga doimiy ta'sir ko'rsatuvchi kuchlar mavjud. Agar biz siyosiy hokimiyatni-barcha guruhlar manfaatlari borasidagi doimiy o'zaro bog'liqlik va o'zaro ta'sirning oliy ko'rinishi tarzida baholaydigan bo'lsak, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslar siyosiy hokimiyatning asosiy subyektlari, deb qaralishi lozim bo'ladi. Ammo, shaxs hayotda turli rollar va turli vazifalarda namoyon bo'lishini yaxshi bilamiz. 123 Masalan, yigit (qiz) oilada - farzand, o'quv dargohida - talaba, to'garakda - shogird, siyosiy harakat yoki uyushmada - xayrixoh, faol a'zo yoki yetakchi singari rollarni bajaradi. U turli maqsad va vazifalar doirasida faoliyat ko'rsatadi. Bundan tashqari, yosh, jins, millat, kelib chiqishi, egallayotgan (yoki egallab bo'lgan) kasbiga ko'ra bog'liqliklar ham mavjud. Shunday qilib, inson o'z ijtimoiy yoki siyosiy faoliyatini turli guruhlar ichida olib boradi. Siyosiy fanda ana shu faoliyatlarning hammasi emas, faqat hokimiyatga qaratilganlarigina o'rganiladi. Deylik, tadbirkor o'z ish faoliyati yuzasidan turli jamoalar, guruhlar bilan bog'lanadi, ular bilan birgalikda yoki ularga zid ravishda harakat qiladi. O'z - o'zidan tushunarliki, tadbirkorning bu faoliyati politologik tahlil obyekti bo'la olmaydi. Ammo, tadbirkor o'z muammolarini siyosiy hokimiyat orqaligina hal qila oladigan hollar mavjud. Masalan, soliq siyosatini o'zgartirish, davlat miqyosida u yoki bu qonunni qabul qilish yoki bekor qilish. Bu holda tadbirkor o'ziga o'xshash boshqa tadbirkorlar bilan uyushadi, yoki agar shunday uyushma mavjud bo'lsa, unga murojaat etib, hokimiyat organlarida o'z manfaatini himoya qiluvchi qaror qabul qilinishini talab etadi. Shu tarzdagi bosimni kuchaytirish maqsadida ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik, mutaxassislar muhokamaga tortiladi v h. Siyosatda uyushgan ijtimoiy guruhlar ta'siri samarali, deb hisoblanishi ana shundan. Tadbirkorning shu tarzdagi faoliyati - bevosita politologik tahlil obyektini tashkil etadi. Shunday qilib, jamiyatni undagi mavjud ijtimoiy guruhlar yoki qatlamlar nuqtai nazaridan o'rganish-siyosiy fandagi yana bir muhim yo'nalishlardan biridir. Jamiyatlar barcha davrlarda ichki bo'lingan. Taraqqiyot davomida bu bo'linish murakkablashib borib, jamiyatlar bag'rida yangidan - yangi qatlamlar vujudga kelgan. Ijtimoiy qatlamlarning siyosatdagi muhim o'rnini allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk, buyuk Amir Temur alohida ta'kidlagan. Jamiyatlarning rivojlanishi bilan bu o'rin yanada mustah- kamlandi. Demokratik jamiyatda ijtimoiy guruhlar siyosatning faol subyektiga aylanadilar. Boshqacha qilib aytganda, demokratik jamiyat o'z manfaatlariga ega bo'lgan va shu manfaatga erishish uchun faoliyat ko'rsatuvchi turli ijtimoiy guruhlarning birligidir. Jamiyatni aynan shu tarzda qarash va o'rganish demokratik an'anaga xosligini yana bir bor ta'kidlaymiz. Siyosiy tizimlarning ichida faqat demokratiyagina guruhlarning keng siyosiy ishtiroki, muhokama, murosaga asoslanadi. Demak, "xalq" deb ataluvchi yaxlit birlik aslida har xil manfaatlar, ehtiyojlarga ega turli ijtimoiy guruhlardan iborat ekanligi va bu hol qonuniyligi e'tirof etildi. Bu guruhlar jamiyatda tutgan o'rinlari, ega bo'lgan resurslari, uyushish darajasiga ko'ra farqlanadi. Shuningdek, bu guruhlar o'rtasidagi farqlar demografik, etnik, konfessional bo'lishi mumkin. Ijtimoiy qatlamlashuv-o'zaro bog'liq va pog'onalashuv asosida tashkil topgan 124 qatlamlar birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi. Har qanday jamiyatni turli omillarga asosan turli xil ijtimoiy guruhga bo'lish mumkin. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling