B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/110
Sana08.02.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1176902
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
Bog'liq
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov

 
 
 
 
11.2-rasm. Ishlab chiqarishning asosiy omillari 
P. Druker iqtisodiy nazariyaga ―ish bilimlari‖ atamasini muomalaga kiritar 
ekan, ―bilimlar jamiyati‖da bazis iqtisodiy resurslar – kapital, tabiiy resurslar yoki 
ishchi kuchi emas, balki bilimlar deb tasdiqlagan. U ―bilimlar hal qiluvchi iqtisodiy 
resurs va dominant bo'lib, ehtimol tutilgan raqobat ustunligining yagona manbaiga 
aylandi‖ , deb ko'rsatgan. 
A. Marshall moddiy ne'matlar yaratish insonni rivojlantirish bilan bevosita 
bog'liq, degan xulosaga kelgan. Uning fikricha, ―Boylik yaratish – inson hayotini 
saqlab turish, ehtiyojlarini qondirish, jismoniy, aqliy va hissiy kuchlarini 
rivojlantirish vositasidir. Bunda insonning o'zi – boylikni yaratishning asosiy 
vositasi, ayni paytda, uning o'zi boylikning pirovard maqsadi bo'lib xizmat qiladi‖. 
Bu davrlarda ishlab chiqarish jarayonlarida insonning o'rni va roli muhimligi 
e'tirof etilishiga qaramasdan, ekstensiv omillar ustuvorlik qilardi. Aksariyat ishlab 
chiqarishlarda ish kuni davomiyligi 18 soatga yetkazilib, xodimlarning dam 
olishiga atigi 6 soat vaqt qoldirilardi. Bunday tamoyilga amal qilish ularga ham 
ijtimoiy, ham fiziologik nuqtai nazardan o'ta zararli ekanligi inobatga olinmasdi. 
Faqat XIX asrning o'rtalariga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat tamoyillari qayta 
ko'rib chiqila boshlandi. Bunda 1850 yilda Lorents fon Shteyn tomonidan 
muomalaga ―ijtimoiy davlat‖ tushunchasi kiritilishi alohida ahamiyatga ega bo'ldi.
Ishlab chiqarishning asosiy omillari 
Yer
Kapital
Мehnat 
Tadbirkorlik 
qobilyati 
Tabiiy
resurslar 
ishlab chiqarish 
vositalari 
Mehnatga layoqatli 
inson va uning 
salohiyati 
Ishlab chiqarishni 
tashkil etish va 
boshqarish qobilyati 
Moddiy omillar 
Inson omili 


131 
Uning fikricha, davlat barcha fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashi kerak, 
zero alohida bir shaxsning rivojlanishi jamiyatning rivojlanishi sharti sifatida 
namoyon bo'ladi. ―Ijtimoiy davlat‖ atamasining paydo bo'lishi davlatning ijtimoiy 
siyosatini tubdan o'zgartirish zaruratini anglatardi.
Germaniyada XIX asrning 80-yillarida ―ijtimoiy davlat‖ atamasi bilan bir 
qatorda boshqa – ―farovonlik davlati‖ tushunchasi paydo bo'ldi. ―Farovonlik 
davlati‖ning ijtimoiy siyosati barcha fuqarolar turmush darajasini oshirishga 
yo'naltirilishi zarurligini bildirardi. Ya'ni, davlat fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini 
kafolatlashi, o'z zimmasiga ijtimoiy mas'uliyatni olishi zarur edi.
Ijtimoiy davlat tamoyili qator mamlakatlarning rasmiy doktrinasiga aylandi. 
Bu tamoyil 1919 yilgi Veymar Respublikasining Konstitutsiyasida va 
Chexoslavakiyaning 1920 yilgi Konstitutsiyasida huquqiy jihatdan mustahkamlab 
qo'yildi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling