B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning “O‟zbek modeli”
11.9-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning “o'zbek modeli” ―O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati, aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo'yicha erishilgan yutuqlar yetakchi xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilib, xolisona baholanmoqda‖ . 1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, ya'ni uning siyosatdan ustun bo'lishini ta'minlash. Bu, aslo, siyosatning ikkinchi darajali ekanligini anglatmaydi. Iqtisodiyot va siyosat alohida-alohida amal etmaydi. Ular uzviy bog'liq, bir yaxlitlikning ikki tomonidir. Ushbu o'zaro bog'liqlikda iqtisodiyotga yagona Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning “O‟zbek modeli” Iqtisodi yot ning m afkur adan xoliligi Davlat -bos h isloh otchi Qonun ust uvor lig ini t a‘ min lash Kuchli ijti moiy si yosat Islohotl arni bosqic hma -bosqich va izchil oli b boris h 143 tizimning birlamchi bo'g'ini sifatida ustunlik beriladi. Davlatning iqtisodiy siyosati iqtisodiyot barqaror yuqori sur'atlarda o'sishini ta'minlashi, uning rivojlanish strategiyasini belgilab berishi kerak. Iqtisodiyot va siyosat yaxlitlikda asosiy ijtimoiy maqsad – aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyalanganligi darajasini oshirib borishga da'vat etilgan. 2. Davlat – bosh islohotchi. Markazlashgan, ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tish ziddiyatli va muammoli jarayondir. Bu esa kuchli davlat boshqaruvini talab etadi. O'tish iqtisodiyoti sharoitlarida islohotlar tashabbuskori davlat bo'ladi, milliy iqtisodni rivojlantirishning ustuvor yo'nalish- larini ishlab chiqaradi, mamlakat ijtimoiy hayotida tub o'zgartirishlarni amalga oshiradi. 3. Qonun ustuvorligini ta'minlash. Keng ko'lamli tub islohotlarga kirishib, ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiyot shakllantirilar ekan, eng avvalo, bu yangilanishlarning huquqiy asosi yaratilishi kerak. Ayni paytda, barcha sohalarda qonunga qat'i rioya etilishi, uning ustuvorligi ta'minlanishi lozim. Faqat huquqiy demokratik davlatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirishda salmoqli natijalarga erishilishi mumkin. 4. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. O'zbekiston o'ziga xos demografik xususiyatga ega. Sobiq tuzumdan aholi, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qiladigan fuqarolar katta qismining nochorligi, murakkab ijtimoiy muammolar meros bo'lib qolgan. Shu bilan birga avvalgi ittifoq tasarrufida bo'lgan yirik korxonalarning bankrotlikka uchrashi, xo'jalik aloqalarining uzilishi mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlash muammosini nihoyatda keskinlashtirib yubordi. Ayni paytda, mamlakatning jahon xo'jaligiga integratsiyalashishi ichki bozorlardagi narx-navoni dunyo bozorlaridagiga mutanosiblash-tirishni talab etardi. Talab va taklifga asoslangan narx-navo bozor mexanizmlarining joriy etilishi aholi, ayniqsa, uning kam ta'minlangan qismini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun kuchli va ta'sirchan ijtimoiy himoya mexanizmlari yaratish zaruratini kuchaytiradi. Faqat shunday sharoitlardagina jamiyatda barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlab turish va tub bozor islohotlarini amalga oshirish mumkin. 5. Islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish. Ayrim mamlakatlarda bo'lganidek, O'zbekistonda bozor munosabatlariga ―falaj qilib davolash‖ orqali o'tishning iloji yo'q edi. Shoshqaloqlik bilan qisqa muddatda bozor mexanizmlarini joriy etish to'planib qolgan nihoyatda murakkab ijtimoiy muammolarni keskinlashtirishi, aholini yanada qashshoqlashtirib yuborishi mumkin edi. O'zbekistonda islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish, shuningdek, tegishli huquqiy asoslar, bozor infratuzilmalarini yaratish, mulkchilik, qishloq xo'jaligida chuqur o'zgartirishlar qilish, keskin raqobat 144 muhitida samarali faoliyat olib borishga qodir bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash, kishilarda yangi iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning bozor sharoitlariga moslashishi uchun muayyan vaqt talab etilishi bilan ham izohlanardi. Markazlashgan-rejali, ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot va bozor iqtisodiyoti – mutlaqo o'zgacha, bir-biriga aslo mos kelmaydigan xo'jalik tizimlaridir. Shu sababli markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o'tish mavjud xo'jalik mexanizmlarini modernizatsiya qilish yoki takomillashtirishni emas, balki hayot sinovida o'zining raqobatbardosh emasligini ko'rsatgan bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi, sifat jihatdan tubdan yangi tizimga o'tishni talab etardi. O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish muammolari sobiq tuzumdan meros bo'lib qolgan quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlar bilan izohlanardi: • murakkab demografik vaziyat, aholining, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining turmush darajasi pastligi; • iqtisodiyotning asosan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishga yo'naltirilganligi; • iqtisodiyotning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish darajasiga, demak-ki ob-havo omillariga qaramligi; • iqtisodiyotning respublikaga yonilg'i-energetika resurslari, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari – don, go'sht-sut, kartoshka, shakar va hokazolarning chetdan keltirishlariga qaramligi; • ishlab chiqarish umumiy hajmida tayyor pirovard mahsulot salmog'ining pastligi; • ishlab chiqarishning texnologik darajasi pastligi; • ishlab chiqarishdagi eskirib qolgan mashina-uskunalardan foydalanilishi oqibatida ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'la olmaydigan mahsulot ishlab chiqarilishi; • bozor infratuzilmalarining shakllanmaganligi, aholining yangi sharoitlarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun zarur iqtisodiy-xuquqiy tayyorgalikka ega emasligi; • ayrim mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashganligi. O'zbekistonda davlat mustaqilligiga erishganidan so'ng ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tish juda noqulay sharoitlarda boshlandi. Bu davrda boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalardan farqli ravishda O'zbekiston tub iqtisodiy islohotlarni aholining turmush darajasi ko'rsatkichlari eng past bo'lgan holatda o'tkazishga majbur bo'ldi. Respublika aholi jon boshiga real daromadlar, o'rtacha ish haqi va pensiyalar miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlari, pulli xizmatlar, 145 turarjoy maydoni, ijtimoiy-madaniy muassasalar tarmoqlari bilan ta'minlanish darajasi bo'yicha Sobiq ittifoqda oxirgi o'rinlarni egallardi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov davlat mustaqilligiga erishilmasdan ilgariroq shunday deb ta'kidlagan: ―Iqtisodiyotimiz bir yoqlama tarzda, faqat xomashyo yetishtiradigan holga tushib qolganini va kompleks rivojlanish yo'liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga o'tkazilmaganini qayd etishga to'g'ri keladi. Sanoatda tayyor mahsulot ulushi bor-yo'g'i 50 foizni tashkil etadi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 80 foizdan ko'prog'i mutlaqo qayta ishlanmasdan respublika tashqarisiga chiqarilmoqda. Respublikadan olib ketilayotgan mahsulotning uchdan ikki qismi xomashyo, materiallar va chala mahsulotlar ekanligining o'zi ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishining chuqur nomutanosibliklaridan darak beradi‖ . Sobiq tuzum O'zbekistonni o'zining xomashyo bazasiga aylantirgan, xususan, paxta yetishtirishga ixtisoslashtirgan edi. Ammo paxta yetishtirish uchun mehnat sarfining 86,0 %i respublika hissasiga to'g'ri kelgan holda uni qayta ishlashdan olinadigan daromadning atigi 16,0 %i O'zbekistonga tegardi. Buning oqibatida sobiq ittifoqda oyiga 75 rubldan kamroq daromad oladigan aholining ulushi 12,0 %ni tashkil etgani holda respublikada bu ko'rsatkich qariyb to'rt baravar ko'p – 45,0 %ga yoki 8,8 million nafarga yetgandi. O'zbekiston aholisi o'rta hisobda go'sht, sut va ular mahsulotlari, tuxumni Sobiq ittifoqdagi o'rtacha ko'rsatkichdan ikki baravar kam iste'mol qilar edi. Buning ustiga bu yerdagi 1,0 million nafarga yaqin mehnatga layoqatli aholi ijtimoiy ishlab chiqarishda o'zi qodir bo'lgan ishni topa olmasdi . Respublika aholisi ko'pchilik qismining turmush darajasi kambag'allik darajasidan past edi. Buning ustiga aholining demografik tarkibida boqimandalar ulushi juda salmoqli edi. Xususan, mamlakat aholisining to'rtdan uch qismi o'z tirikchiligini mustaqil o'tkazishga qodir bo'lmasdan, davlat tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlashga ehtiyoj sezardi. Ana shunday sharoitlarda aholiga kuchli ijtimoiy kafolatlar bermasdan turib, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning imkoniyati yo'q edi. Shu bilan birga avvalgi tuzumdan meros bo'lib qolgan taqsimlash munosabatlariga, odamlardagi boqimandalik kayfiyatiga barham berish talab etilardi. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirayotgan davlat o'tish davrida o'z ijtimoiy siyosatida quyidagilarga alohida e'tibor berishi talab etiladi: • iqtisodiy faoliyatning erkinligi, bu – aholi farovonligini oshirishning asosidir; • mehnatga layoqatli aholining mehnat faolligini oshirish, bu – oila farovonligini ta'minlashning shartidir; • aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish, bu – amalda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini davlat tomonidan moddiy qo'llab-quvvatlashdir (11.10-rasm). 146 Bu hisobga olingan holda ushbu davrda O'zbekistonda davlat ijtimoiy siyosati asosan quyidagilarga qaratildi: • aholi daromadlarini tartibga solish; • aholini ijtimoiy himoya qilish va fuqarolarning ijtimoiy kafolatlarini ta'minlash; • ish bilan bandlik muammosini hal etish; • sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va ijtimoiy soha tarmoqlarini moliyalashtirishni qayta tashkil etish; • respublikada demografik vaziyatni yaxshilash. Davlat ijtimoiy yo'naltirilgan bozor munosabatlariga o'tishning murakkab davrida iqtisodiyot, ayniqsa, uning asosini belgilaydigan tarmoqlarni har taraflama qo'llab-quvvatlash, narx-navolarni tartibga solib turish, ularga soliq solish va qarz berishda imtiyozlar yaratish, shuningdek, bevosita yordam ko'rsatish choralarini ko'rdi. Shu bilan birga davlat iqtisodiy erkinliklarning kafolati bo'ldi, bozor institutlarini yaratish uchun qulay sharoit yaratdi, ishbilarmonlik tuzilmalari shakllanishi va rivojlanishini dastakladi.Davlatning ijtimoiy siyosatida mehnat muammolari alohida o'rin tutadi. Jamiyat a'zolari turmushining moddiy asosini tashkil etadigan mehnat bu sohadagi muammolarni davlat tomonidan ish beruvchilar va kasaba uyushmalar bilan birgalikda, ijtimoiy sheriklik asosida hal etishni talab etadi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling