B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy siyosatga kirish O\'quv qo\'llanma B X Azizkulov, B K Janzakov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida ijtimoiy siyosat ustuvorliklari
11.10-rasm. O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida ijtimoiy siyosat ustuvorliklari O'zbekistonda mehnat sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilar belgilab olindi: Ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida ijtimoiy siyosat ustuvorliklari Ijtimoiy siyosat strategiyasi Kutilayotgan samara Iqtisodiy faoliyat erkinligi Aholi mehnat faolligini oshirish Manzili ijtimoiy himoya Aholi farovonligini oshirish Oila farovonligini ta‘minlash Aholining nochor toifalarini muhofaza qilish 147 • mehnat qonunchiligini takomillashtirish, mehnat va unga haq to'lash sohasida davlat kafolatlari, imtiyozlari va kompensa-tsiyalarini kengaytirish; • mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligi davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; • yuqori samarali mehnat motivatsiyasi va rag'batini kuchaytirishga qaratilgan iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish; • xodimlar mehnatiga, mulkchilik shaklidan qat'i nazar, ish haqi to'lash tizimini tartibga solish; • mehnat, moddiy, texnikaviy va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosida mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish; • aholi soni o'sishining prognozlari, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda jamiyatning mehnat salohiyatini shakllantirish. 1992 yilda qabul qilingan ―Aholining bandligi to'g'risida‖gi qonun, 1996 yilda kuchga kiritilgan O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi mehnat sohasidagi quyidagi muhim muammolarni hal etishni ta'minladi: • davlatning aholining ish bilan to'la bandligini ta'minlash bo'yicha majburiyatini bozor iqtisodiyotining talab va taklif qoidasi asosiga qo'ydi; • ish bilan bandlik xizmatlarini tashkil etishning va ular amal etishining huquqiy asoslarini yaratdi; • ishsizlik bo'yicha nafaqalar to'lashni moliyalashtirish uchun ish bilan bandlik jamg'armasi tashkil etildi. Ish bilan bandlik muammosi, ayniqsa, respublikaning qishloq joylarida nihoyatda keskin edi. Shuning uchun mamlakatda fuqarolar tomorqalarini kengaytirish to'g'risida maxsus qaror qabul qilindi. Bu qishloq aholisining natural daromad yangi manbalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan birgalikda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning mashaqqatli oqibatlarini birmuncha yumshatdi. Shaxsiy tomorqa xo'jaliklari uchun 500,0 ming gektardan ko'proq yer ajratildi. Natijada qishloq aholisining tomorqa xo'jaliklaridagi yer maydonlari 2,5 baravarga kengaydi. Shaxsiy tomorqalarni kengaytirish hisobidan 600 ming qishloq aholisi mehnat faoliyatiga jalb qilindi. O'zbekistonda davlat tomonidan ish bilan bandlikni tartibga solishning dastlabki bosqichida (1991-1999 yillar) davlat milliy va mintaqaviy darajada mehnat bozorini tartibga solishning ma'muriy shakllarini qo'llashiga to'g'ri keldi. Ushbu davrda mehnat xizmatiga talabni uning taklifiga mutanosiblashtirish uchun qator ishlab chiqarishlarda to'liqsiz ish haftasi va to'liqsiz ish kuni tartibi joriy etildi. Korxonalarda ish bilan bandlik darajasini saqlab turishga intilishlar ko'p hollarda katta va tobora ortib borayotgan moliyaviy taqchillikni keltirib chiqardi. Hamma uchun yagona bo'lgan qat'i byudjet cheklovlarini joriy etish va to'lovga 148 qodir bo'lmagan korxonalarni bankrot deb e'lon qilish xodimlarni ommaviy ishdan bo'shatishga olib kelardi. Bu bosqichda xususiy sektor nisbatan tez rivojlanayotgan bo'lsa ham, dastavval u ish bilan bandlikni zarur darajada ta'minlash uchun qodir emasdi. Davlat tomonidan ish bilan bandlikni tartibga solishning keyingi bosqichida (2000 yildan boshlab) mamlakat makroiqtisodiy vaziyatida ro'y bergan ijobiy o'zgarishlar mehnat bozoriga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O'zbekistonda mehnat resurslari muttasil ortib borayotganligi hisobga olingan holda yangi ish o'rinlari yaratishning izchil tizimi yaratildi. Yangi ish o'rinlari investitsiya dasturlari, mahalliylashtirish dasturlari, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash tarmoq dasturlari, vaqtincha ishlamayotgan korxonalarni, shu jumladan tijorat banklari balansiga berilgan korxonalarni tiklash, kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivoj-lantirish, kasanachilikni, birinchi navbatda, sanoat korxonalari bilan mehnat shartnomasi bo'yicha kooperatsiyalashishga asoslangan kasanachilikni hamda hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fermer va dehqon xo'jaliklarini, ayniqsa, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikka, shuningdek, meva-sabzavot va boshqa turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tuzilmalarni tashkil etish va rivojlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirishni kengayti-rish hisobiga yaratilmoqda. Bu hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga taxminan 1 millionta yangi ish joylari yaratish imkonini bermoqda. Davlatning aholini ish bilan ta'minlashni tartibga solishda quyidagi usullardan foydalanmoqda: 1. Huquqiy-qonunchilik usullari (mehnat shartnomalari tuzish, ish vaqti, ish vaqtidan qo'shimcha vaqt ish davomiyligini tartibga solish, ish bilan bandlik davlat jamg'armalariga majburiy to'lovlarni joriy etish, aholining nochor qismi uchun kafolatli ish joylari sonini kvotalash va hokazolar). 2. Tashkiliy usullar (ish bilan bandlik va aholini ish bilan ta'minlash xizmatlari, mehnat bozoriga xizmat ko'rsatuvchi axborot tizimlarini, kasbga yo'naltirish hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish). 3. Iqtisodiy usullar ( byudjet siyosatida yangi ish o'rinlari yaratishni rag'batlantirish uchun ish beruvchilar, ayniqsa, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish, soliq yukini kamaytirish, ishga muhtoj aholini mehnat bozorida raqobatbardosh kasblarga o'rgatish va hokazolarni ustuvor yo'nalish sifatida belgilash). O'zbekistonda islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalda kompensatsiya funktsiyasini bajardi. Bunda asosiy e'tibor oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlarining iste'mol darajasini kamaytirmaslik, ularni kafolatli ravishda xarid qilish 149 imkoniyatlarini yaratish, ichki bozor barqarorligini, aholi daromadlari bilan narx- navolar darajasidagi tafovutni bosqichma-bosqich mutanosiblashtirishga qaratildi. Ijtimoiy himoya butun tizimida bozor iqtisodyotiga o'tish sharoitlarida eng nochor ahvolga tushib qolgan aholi toifalari – nogironlar, pensionerlar, ko'p bolali va kam ta'minlangan oilalarga samarali yordam ko'rsatish ustuvor yo'nalishga aylandi. Shu maqsadda aholining ushbu toifalari uchun hayotiy zarur mahsulot va tovarlarni xarid qilish, kommunal va transport xizmatlarini to'lashda qo'shimcha imtiyozlar berildi. Ayni paytda, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori sezilarli darajada oshirildi. Narx-navolar ortishi munosabati bilan ish haqi darajasini muntazam qayta ko'rib chiqish ham aholini ijtimoiy himoya qilish choralaridan biri bo'ldi. 1991 yildan boshlab ish haqini oshirish bo'yicha yettita hujjat qabul qilindi. Ushbu maqsadlar uchun 500,0 mlrd. so'mdan ko'proq mablag' sarflandi. 1993 yil yanvaridan boshlab mamlakatda barcha xodimlar uchun Yagona tarif setkasi joriy etildi. Ushbu tadbir mehnatga haq to'lash butun tizimini tartibga solish bilan bir qatorda turli kasb va hunarga ega xodimlar ish haqining ob'ektiv nisbatini o'rnatish, ish haqi miqdorini eng kam ish haqi miqdori bilan qat'i bog'lab qo'yish maqsadlariga xizmat qildi. Yagona tarif setkasining joriy etilishi aholiga ijtimoiy kafolatlarni mustahkamlash, eng avvalo, kafolatli ish haqi darajasini belgilashga xizmat qildi. Davlat byudjetidagi kamomadga qaramasdan ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari – sog'liqni saqlash, ta'lim, jismoniy tarbiya, madaniyat va boshqalarning moddiy bazasini mustahkamlash choralari ko'rildi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling