B. X. Qodirov, X. H. Matyaqubov, B. B. Qodirov
Download 5.01 Kb. Pdf просмотр
|
- Навигация по данной странице:
- MONOGAMIYA
- NEONTROPLAR
- PETROGLIF
- POLIGAMIYA
- O’ZLASHTIRUVCHI XO’JALIK
- SHAMANIZM (SHOMONLIK)
- MAVZU. O’ZBEK XALQINING KELIB CHIQISHI VA SHAKLLANISH JARAYONI TARIXIDAN. AJDOD
- AVLOD
- ETNIK JARAYON
- ETNOGENEZ
MONOTEIZM (yunoncha “mono” – yakka, bitta, “theos” – xudo) – yakka xudolik dini. Faqat bitta xudoga sig‟inuvchi, birgina xudoni e‟tirof etuvchi e‟tiqod shakli. Zardushtiylik, xristianlik, islom dinlari monoteistik dinlar hisoblanadi. MONOGAMIYA (yunoncha “mono” – yakka, “gamos” – nikoh) – yakka nikohlilik, ya‟ni bir erkakning bir ayol bilan yakka nikoh asosida yashashi. NEANDERTAL – ibtidoiy odam turi. Neandertal odamlari bundan 100-40- ming yil avval yashashgan. Bu davr odamlarining suyak qoldiqlari birinchi marta (1856-yil) Germaniyanng Neandertal vodiysidan topilgani uchun shu nom berilgan. Neandertal odamiga tegishli suyak qoldiqlari O‟zbekistondan Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g‟oridan ham topilgan. NEOLIT (yunoncha “neo” yangi, “litos” tosh ) – yangi tosh davri. 6-4-ming yilliklarni o‟z ichiga oladi. Neolit davriga kelib insoniyat dehqonchilik, chorvachilik, kulolchilik, to‟qimachilik va boshqa hunarmandchilik sohalarini o‟rgandi. Insoniyat tarixida ishlab chiqaruvchi xo‟jalik tarixi boshlandi. Bu davrda O‟rta Osiyoning janubiy mintaqalarida ilk dehqonchilik madaniyati (Joytun madaniyati), shimoliy mintaqalarida esa ovchi baliqchilar madaniyati (Kaltaminor) shakllandi. NEONTROPLAR (yunoncha “neo” – yangi, “antropos” – odam) – yangi odamlar. Zamonaviy qiyofadagi Kromanon odamlari fanda shunday yuritiladi. PALEOLIT (yunoncha “paleos” – qadimgi, “litos” – tosh) – qadimgi tosh davri. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr bo‟lib 2,5-mln. yildan 12-ming yillikkacha bo‟lgan davrni o‟z ichiga oladi. Paleolit davri o‟z 10 navbatida ilk paleolit (2,5-mln. – 100-mingginchi yilliklar), o‟rta paleolit (100-40- ming yilliklar) va so‟nggi (yuqori) paleolit (40-12-ming yilliklar) bosqichlariga bo‟linadi. Paleolit davri shuningdek, shell, ashel, muste, orinyak, solyutre va madlen kabi arxeologik bosqichlarga ham bo‟linadi. Shel – paleolit davrining ilk bosqichi bo‟lib, bu davrda pitekantrop odam turi yashagan. Ashel – paleolit davrining ikkinchi bosqichi bo‟lib, bu davrda asosan sinantrop odamlari yashashgan. Ashel davrining oxiriga kelib yerda iqlim soviy boshlagan va muzlik davri boshlangan. Muste – paleolit davrining o‟rta bosqichi. 100-40-ming yilliklarga to‟g‟ri keladi. Bu davrda yer iqlimi ancha sovuq bo‟lib, neandertal turidagi odamlar keng tarqalgan. Orinyak, Madlen, Solyutre so‟nggi paleolit davri madaniyati bosqichlari hisoblanadi. PALEONTROP (yunoncha “paleos” – qadimgi, “antropos” – odam) – qadimgi davr odamlari. Paleontroplar asosan o‟rta paleolit davrida (100-40-ming yilliklar) yashaganlar. Neandertal odamlari paleontroplar deb ham yuritiladi. PATRIARXAT – ota urug‟i davri. Urug‟chilik tuzumining matriarxatdan keyingi ikkinchi bosqichi. Ibtidoiy jamoa davrida mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida kundalik ehtiyojdan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarishning paydo bo‟lishi bilan jamiyatda onalar o‟z o‟rnini otalarga bo‟shatib berishga majbur bo‟lgan. Miloddan avvalgi 4-3-ming yilliklardan boshlab patriarxat davriga o‟tila boshlangan. PETROGLIF (yunoncha “petra” – tosh, “glyphe” – o‟yish) – ibtidoiy odamlarga tegishli qoyatosh bitigi yoki tasviri. PITEKANTROP (yunoncha “pitek” – maymun, “antropos” – odam) – maymun odam demakdir. Indoneziyaning Yava orolidan 1890-yilda topilgan ibtidoiy odam turi. Ular taxminan, 1-mln. yil avval yashagan. POLIGAMIYA (yunoncha “poly” – ko‟p, “gamos” – nikoh) – ko‟p nikohlilik. Ko‟p xotinlilik yoki ko‟p erlilik. Bir erkakning bir necha xotin bilan nikohda yoki aksincha, bir xotinning bir necha erkak bilan nikohda bo‟lib yashashi. Poligamiya ibtidoiy jamoa tuzumi davri (matriarxat)ga xos bo‟lib, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va sinfiy jamiyatning shakllanishi bilan bu nikoh shakliga asta-sekin barham berilib, monogam oilalar paydo bo‟ladi. POLITEIZM (yunoncha “poly” – ko‟p, “theos” – xudo) – ko‟pxudolik dini. Politeizm ibtidoiy davr odamlariga xos bo‟lib, unga ko‟ra har bir qabila yoki urug‟ning o‟z xudosi va e‟tiqod shakli mavjud bo‟lgan (fetishizm, animizm, shomonlik, totemizm va boshq.). Insoniyat jamiyati taraqqiy eta borgan sari ibtidoiy odamlar ko‟p xudolikdan yakkaxudolik dinlariga o‟ta boshlaganlar. Bu ishlab chiqaruvchi xo‟jalik shakllarining paydo bo‟lishi natijasida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilib, sinfiy jamiyat va davlatchilik bosqichiga o‟tish jarayoni bilan bir vaqtda sodir bo‟lgan. SIVILIZATSIYA (lotincha “civilis” – fuqaro jamiyati, harbiylarsiz va cherkovsiz hayot) – jamiyat erishgan moddiy va ma‟naviy taraqqiyot darajasi. Faqat 11 insonga xos sun‟iy olamni moddiy va ma‟naviy jihatdan takomillashuvidagi muvaffaqiyatlari ko‟rsatkichi. Insoniyat jamiyatining hayvonot olamidan asosiy farqi shundan iboratki, inson o‟z mehnat faoliyati, aql va zakovati bilan yaratgan sun‟iy dunyoda yashaydi. Tabiatda uy-joy, non, mashina, kitob va shu kabi moddiy va ma‟naviy ne‟matlar tayyor holda uchramaydi, ularni tabiat yaratmaydi. Ularni odam o‟z mehnati va aql- zakovati bilan vujudga keltiradi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi ana shu sun‟iy narsalarning soni va sifati bilan belgilanadi. Tarix fani shu ma‟noda sivilizatsiya – tarixiy taraqqiyotni o‟rganuvchi fandir. Insoniyat tarixi doimo bir tekisda rivojlanmagan. Tarixda yuz bergan davriy madaniy yuksakliklar sivilizatsiyalar tarixini tashkil etgan. Taniqli olim, akademik A. Asqarov kishilik tarixi o‟z taraqqiyot yo‟lida 5 marta sivilizatsion yuksalishlarni boshidan kechirdi deb, ularni quyidagicha ko‟rsatadi: Birinchi sivilizatsiya dastlab, miloddan avvalgi 3-ming yillikda Yefrat va Dajla, Nil va Hind daryolari havzalarida yuz berdi. Shuning uchun u tarixga “Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi” nomi bilan kirdi. Uning ta‟sir doirasi miloddan avvalgi 3-ming yillikning oxirlarida Xurosonga va 2- ming yillik boshlarida esa Movarounnahrga yoyildi. Ikkinchi jahon sivilizatsiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillikning o‟rtalarida Gretsiya va Rimda yuz berdi. U tarixda “Antik davr sivilizatsiyasi” nomi ostida ma‟lum. Uning ta‟sir doirasi makedoniyalik Iskandarning qadimgi Sharqqa tomon harbiy yurishlaridan so‟ng O‟rta Osiyoga kirib keldi va u “Osiyo-Yevropa ellinizm sivilizatsiyasi”ning shakllanishiga olib keldi. Uchinchi sivilizatsiya o‟chog‟i Movarounnahr va Xuroson bo‟lib, ushbu hududlarida milodiy IX-XIII asr boshlarida yuz berdi va uning ta‟sirida Yevropa uyg‟ondi. To‟rtinchi sivilizatsiya XIV-XV asrlarda Yevropa va Osiyoda yuz bergan uyg‟onish davri bilan bog‟liq va nihoyat beshinchi sivilizatsiya jamiyat rivojlanishining barcha jabhalarini qamrab olgan XX asr sivilizatsiyasidir. Sivilizatsiyalar oraliqida notekis rivojlanishlar, uzoq yillar davom etgan turg‟unliklar va tez-tez davriy inqirozlar yuz berib turgan. TOTEMIZM – biror urug‟ yoki qabila ibtidosiga sig‟inish e‟tiqodi. Totem so‟zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida “uning urug‟i” ma‟nosini anglatadi. Uning mohiyati “odamlarning hayvonot va o‟simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor” deb e‟tiqod qilishdir. Totem – biror urug‟ yoki qabila ibtidosi, urug‟ asoschisi, ajdod, urug‟ jamoalari topinib, uni muqaddas tutgan hayvon. URUG’ JAMOASI – birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroqqa ega bo‟lgan qon-qarindoshlar jamoasi. Urug‟ jamoasi so‟ngi paleolit davriga kelib (miloddan avvalgi 40-35-ming yilliklarda) paydo bo‟lgan. ZINJANTROP – “ishbilarmon odam”. Zinjantrop odamzodning ilk ajdodlaridan bo‟lib, uning suyak qoldiqlari Sharqiy Afrikaning Zinj qishlog‟i yonidagi Olduvoy darasidan topilgan. Odamzodning kelib chiqishi shajarasida zinjantroplar avstralopiteklar bilan pitekantroplar orasini to‟ldiruvchi bo‟g‟in deb hisoblanadi. O’ZLASHTIRUVCHI XO’JALIK – tabiat in‟om etgan narsalardan foydalanib hayot kechirish. Kishilarning eng qadimgi mashg‟uloti bo‟lgan termachilik va 12 ovchilik o‟zlashtiruvchi ho‟jalik deb yuritiladi. O‟zlashtiruvchi xo‟jalik tarzi odam paydo bo‟lganidan to mezolit-neolit davriga qadar davom etgan. SHAMANIZM (SHOMONLIK) (tunguscha “shomon” – sehrgarlik) – sehrgarlik (afsun, magiya) ma‟lum bir natijalar olish uchun ilohiy kuchlarga ta‟sir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual, urf-odatlar majmuasidir. Shomonlik e‟tiqod shakli ibtidoiy urug‟chilik davrida paydo bo‟lgan. Shamanizm urf-odatlari bilan maxsus odamlar – shamanlar, afsungarlar shug‟ullanganlar. Odamlar ularning ruxlar bilan muloqotda bo‟lish, ruxlarga jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanliklariga chuqur ishonganlar. Afsungarlik maqsadlariga ko‟ra quyidagilarga bo‟linadi: 1) Zarar keltiruvchi yovuz afsungarlik; 2) Harbiy afsungarlik (bu dushmanga qarshi ishlatiladi); 3) Sevgi afsungarligi (undan “issiq” yoki “sovuq” qilish maqsadida ishlatiladi); 4) Tibbiy afsungarlik (undan davolash maqsadida foydalanish); 5) Ob-havo afsungarligi. Shamanizm hozirda ham zamonaviy dinlarda va turli xalqlar urf-odatlarida saqlanib qolgan. CHOPPER – ibtidoiy odamlarning tosh qurollari. Ular qo‟pol daryo toshlari bo‟lib, bir tomoni o‟tkirlashtirilgan bo‟ladi. MAVZU. O’ZBEK XALQINING KELIB CHIQISHI VA SHAKLLANISH JARAYONI TARIXIDAN. AJDOD (arabcha “bobo” so‟zining ko‟pligi) – bobo degan ma‟noni bildirib, shaxsning ilgarigi o‟tgan ota-bobolarini anglatadi. ASSIMILATSIYA (lotincha “assimilatio” – o‟xshash, muvofiqlashish) – etnografiya va sotsiologiyada qabila, elat yoki xalqlarning bir biriga qo‟shilib, aralishib ketishi. Bu jarayonda qorishib ketgan ikkita etnik qatlamdan biri o‟z tili, madaniyati yoki boshqa o‟ziga xos etnik belgisini ikkinchisi foydasiga yo‟qotib yuboradi. Masalan: o‟zbek xalqining etnik asosini tashkil etgan vatanimiz hududidagi qadimgi sug‟diylar, baqtriyaliklar va xorazmliklar turkiy xalqlar bilan qorishib, vaqt o‟tishi bilan o‟z tillari, yozuvi va madaniyatini ham unutib turkiylashib ketganlar. AVLOD (arabcha “valad” – bola so‟zining ko‟pligi) – umumiy ajdodlaridan qarindoshlik munosabatlari bilan bir xilda uzoqlashgan kishilar guruhi. AVTOXTON (yunoncha “autochtones” – mahalliy, shu joyga xos, tub joy aholisi) – geologiya, biologiya, etnografiya fan sohalarida ishlatiladigan tushuncha. Etnografiyada o‟zga hududlardan ko‟chib kelmay, ma‟lum bir hududda azaldan yashab kelayotgan mahalliy yer egasi bo‟lgan tub joy aholisi. AYMOQ – 1) mo‟g‟ul va turkiy xalqlarda qadimgi urug‟larning parchalanishidan kelib chiqqan turli tarmoqdagi o‟zaro qon-qardosh oilalar birlashmasi yoxud ittifoqi. 2) O‟rta asrlarda mo‟g‟ullarda yirik yer-mulk, ba‟zan xonlik. 3) Aymoqlar – bugungi Afg‟oniston va O‟zbekistonda yashovchi bir qancha turkiy qabila va urug‟larning umumiy nomi. DEMOGRAFIYA (yunoncha “demos” – xalq, “grapho” – yozaman) – aholining joylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o‟rganuvchi ijtimoiy fanlardan 13 biri. Aholi sonining o‟zgarishi, uning bandligi, tabiiy ko‟payishi va ko‟chib yurishlari (migratsiya) ni o‟rganish demografiyaning markaziy masalasi hisoblanadi. EL – bu atama eng qadimgi turkiy so‟zlardan hisoblanadi. El avvalo bir joyning odamlari ma‟nosini bildiradi; Xorazm eli, Qoshqar eli. Bir qabilaga mansub kishilarga qo‟llaniladi; qipchoq eli, mang‟it eli. El so‟zi ba‟zan xalq, millat ma‟nolarida ham ishlatiladi. XX asr boshlarida “El bayrog‟i” gazetasi ham chiqqan. Yurt, mamlakat ma‟nolarida ham qo‟llaniladi. Masalan: qozoq eli deganda qozoq xalqini ham, Qozog‟iston Respublikasini ham tushunishimiz mumkin. Yoki bo‟lmasa, chet ellar deganda, xorijiy xalqlarni ham, xorijiy mamlaktlarni ham anglash mumkin. El iborasida, shuningdek, ittifoq, totuvlik, ahillik ma‟nolari ham bor. “El bo‟ldi”, deganda do‟stlashdi, birlashdi ma‟nosi anglashiladi. Elning ana shu ma‟nosidan elat atamasi kelib chiqqan. ELAT – kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatning kelib chiqishiga bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning uyushuvi asos bo‟lgan. Uni xalqning millat bo‟lib shakllanishidan oldingi bosqichi deb ham ataydilar. Til jihatdan bir yoki o‟zaro yaqin qabilalarning uyushuvi elat bo‟lishning asosiy shaklidir. Bir qabilaning boshqasi tomonidan istilo qilinishi natijasida, bir necha qabila aralashib, elat paydo bo‟lgan. Masalan: fransuz elati gall, german qabilalarining rimliklar bilan o‟zaro aralashuvidan shakllangan. Elat o‟z qiyofasini saqlab qolishi uchun hamda ravnaq eta borib, xalq va millat darajasiga yetishi uchun ham o‟z davlatiga ega bo‟lishi shart. O‟z davlatisiz elat yo‟q. Bo‟lsa-da, elat shaklida uzoq yashay olmaydi, hukmron elat uni o‟ziga “yutib” yuboradi. Etnografiya fanida qoidaga ko‟ra o‟rtoq, dehqonchilik bilan shug‟ullanuvchi aholiga nisbatan “xalq”, ko‟chmanchi chorvador aholiga nisbatan “elat” tushunchalari ham qo‟llaniladi. ERON – Amudaryodan janub tomon yoyilgan hududlar. Avestoda Eron haqida gap ketganda ko‟chmanchi chorvador turlardan farqli ravishda, dehqonchilik bilan shug‟ullanuvchi urug‟ va qabilalar yurti tushunilgan. Chorvador oriylarning shimoliy mintaqalardan kelib Eron adirlariga o‟rnashib qolgan joylar Avestoda “Ariana” deb nomlangan. Eron Ariana so‟zining yangi shaklidir. ETNIK JARAYON – kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‟lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‟shilib, aralashib borish jarayoni. ETNIK TARIX – biron bir xalqning etnik shakillanishi nihoyasiga yetganidan keyingi tarixi. O‟zbek xalqining etnik tarixi XI-XII asrlardan doshlandi va u XIX asrning oxiri XX asrning boshlarigacha davom etdi. XX asr boshlaridan o‟zbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi. Bu tarixiy jarayon hozirgacha davom etmoqda. ETNOGENEZ (yunoncha “etnos” – xalq, “genesis” – tug‟ilish) – biron bir xalqning kelib chiqish jarayoni. ETNONIM – biron bir xalqning nomi. 14 MASSAGETLAR – O‟rta Osiyoning tog‟lik, cho‟l va sahro yerlarida istiqomat qilgan ko‟chmanchi chorvador qabilalar. Massagetlar, tadqiqotchilarning fikriga ko‟ra aynan sak qabilalarining yirik harbiy-siyosiy uyushmasidir. Olimlar massaget so‟zini ikki xil – “ulug‟ getlar” (O. Franke) yoki “yirik sak o‟rdasi” deb tarjima qilishadi. Shuni ta‟kidlash joizki, “massaget” so‟zining aniq etimologiyasi (kelib chiqishi) masalasi to‟liq o‟z yechimini topmagan. Massagetlar asosan Amudaryo va Sirdaryo orasidagi sahrolarda yashaganlar. Miloddan avvalgi VI asrda ular yirik harbiy qabila ittifoqiga birlashganlar. Ahmoniylar podshosi Kir II miloddan avvalgi 530-yilda massagetlar yurtiga yurish qilganda o‟z ajalini topgan edi (To‟maris jasorati). MENTALITET (lotincha “mens” – aql, fahm, zehn, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi, ma‟naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‟ziga xos an‟analari, rasm-rusmlari, urf-odatlari va diniy e‟tiqodlarini ham qamrab oladi. O‟zbek xalqi mentalitetinining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Shu davr mobaynida o‟zbek xalqi insoniyat moddiy va ma‟naviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitdi. MILLAT – kishilar uyushuvining eng oliy formasi bo‟lib, u kishilarning madaniy va psixologik ongi (mentaliteti) bilan ajralib turadigan shaklidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanib borishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi bilan elatlar va xalqlar millatga aylanadi. Millat bilan xalq ta‟rifi tashqaridan qaraganda bir-biriga o‟xshash ko‟rinsada, ammo, mohiyatan ular bir ma‟noni anglatmaydi. Birinchidan, xalq uzil-kesil shakllangan feodal (o‟rta asr) jamiyatining ijtimoiy mahsuli, millat esa kapitalistik jamiyatning ijtimoiy mahsulidir. Ikkinchidan, xalqni uyushtiruvchi etnik omillardan hududiy birlik chegaralari tarix taqozosiga ko‟ra, o‟zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‟ladi. Ammo, millat davlat chegaralari qat‟iy, mutlaqo dahlsiz, jahon jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tan olingan bo‟ladi. Uchinchidan, xalq shakllangan paytda hamma vaqt ham uning etnik nomi bo‟lavermaydi, xalq millat darajasiga ko‟tarilganda esa uning etnik nomi bo‟lishi shart. Masalan: o‟zbek xalqi nomi uning elat sifatida shakllanib bo‟lganidan ancha keyin (XVI asrda) paydo bo‟ldi. To‟rtinchidan, xalqning siyosiy uyushmasi – davlat tarix taqozosiga ko‟ra, hamma vaqt ham etnos nomi bilan atalaverilmaydi, ammo xalq millatga aylanganida davlat nomi millat nomi bilan yuritilishi shart. Beshinchidan, etnosning xalq darajasida o‟zlikni anglash, milliy g‟urur, vatan fidoiysi bo‟lish, o‟z xalqidan faxrlanish hissi o‟sha davr jamiyati tartib-qoidalariga ko‟ra, ko‟pchillikda bir xil, yuksak darajada bo‟lavermaydi. Ammo xalq millat darajasiga ko‟tarilganda bu sifatlar yuksak darajada bo‟ladi. Oltinchidan, etnosning til birligi elatning xalq darajasida hamma vaqt ham davlat maqomini olavermaydi, xalq millat darajasiga chiqqanida uning tili albatta davlat tili maqomini olishi shart. Millat o‟zining tili uchun qayg‟uradi va uni himoya qiladi, uning adabiy tili tarkibiga har qanday chet so‟zlarni tiqishtiravermaydi. Millat vakili har joyda o‟z ona tilida 15 gapiradi. Yettinchidan, mentalitet etnosning xalq darajasida emas, balki millat darajasida shakllanadi va nihoyat, sakkizinchidan, millat uzil-kesil shakllanganda davlat jamiyat tomonidan boshqariladi, ya‟ni davlat xalq xizmatchisi, barcha sohalarda millat talabi va hohish irodasini bajaruvchi mexanizmga aylanadi. ORIYLAR (ARIYLAR). Oriy so‟zi “erkin” degan ma‟noda tarjima qilinadi. Avestoga ko‟ra, ariylar ijtimoiy hayotda jamoaning erkin, ozod, jangovar mulkdorlar tabaqasi bo‟lib, mana shu tabaqa va uning oila a‟zolari o‟z urug‟-aymoqlaridan farqli o‟laroq “ozodlar” ya‟ni “oriylar” deb yuritilgan. Ular yashagan yurt oriylar vatani, oriylar kengligi, ya‟ni “Aryanam Vaychah” deb nomlangan. Oriylar Markaziy Osiyo chorvador qabilalarining iqtisodiy yuksalishidagi ko‟chmanchilik hayot bosqichining ijtimoiy mahsuli, ularning tashabbuskor va ishbilarmon qatlami, endi shakllanib kelyotgan sinfiy jamiyatning aslzodalar tabaqasi edi. Tarixiy tilshunoslik va arxeologik tadqiqotlarga ko‟ra, ular kelib chiqishi jihatidan eroniy til sohiblari bo‟lmay, balki turkiyda so‟zlashganlar. Miloddan avvalgi II ming yillikning o‟rtalarida Yevroosiyo cho‟llarining oriylari o‟z chorvalariga yangi yaylovlar qidirib, janubga tomon, nafaqat O‟rta Osiyoning ichki rayonlariga, hatto Eron va Hindistongacha kirib boradilar. Chorvador oriylarning shimoliy mintaqalardan kelib Eron adirlariga o‟rnashib qolgan joylar Avestoda “Ariana” nomini olgan. Demak, Eron Ariana so‟zining yangi shaklidir. Avesto va “Rigveda”ga ko‟ra, dastlab oriylar Eron va Hindistonga kelganda mahalliy aholiga nisbatan “begona”, “kelgindi”, “bosqinchi” ma‟nosini anglatgan. Keyinchalik esa “xo‟jayin”, “aslzoda” ma‟nosini kasb etgan. Ahmoniy podsholari Kir II va Doro I lar qoyatoshlarga bitilgan yozuvlarida o‟zlarini “haqiqiy oriy” ekanliklarini alohida ta‟kidlab ko‟rsatadilar. “Oriy” atamasi dastlab ijtimoiy ma‟noda qo‟llanilgan, keyinroq esa ular mahaliy aholi bilan qorishib ketgach, bu so‟z yangi etnik ma‟no va mazmun kasb etdi, ulardan son jihatdan bir necha marta ko‟p bo‟lgan Eronning mahaliy aholisi til muhiti ta‟sirida oriylar asta-sekin o‟z tillarini yo‟qotib, eroniylashib ketadilar. SAKLAR – O‟rta Osiyoning tog‟lik, cho‟l va sahro yerlarida istiqomat qilgan ko‟chmanchi chorvador qabilalar. Ahmoniy podsholarining qoyatoshlarga yozilgan bitiklarda O‟rta Osiyoning ko‟chmanchi chorvodor aholisi shunday nom bilan yuritilgan. Qadimgi yunon va rim tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch ijtimoiy guruhga bo‟lingan. Ularning ko‟pchilik qismi “saka-tigraxauda”, ya‟ni o‟tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‟iston yerlarida yashaganlar. Saklarning ikkinchi guruhi “saka tiay-tara-darayya”, ya‟ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo‟ylarida, Sirdaryo (Yaksart)ning quyi oqimida yashaganlar. Pomirning tog‟li tumanlarida va Farg‟onada “saka-xaumovarka” deb ataluvchi saklar yashagan. 16 SART – O‟rta asrlardan to o‟tgan asrning o‟rtalariga qadar jonli tilda va adabiyiotlarda keng ishlatilgan tarixiy tushuncha. Ushbu atama turli davrda turli ma‟nolarda qo‟llanilgan: 1) VI asrlarda turklar O‟rta Osiyoni bosib olgach, shaharlarda istiqomat qilayotgan fors-tojik tilida gaplashuvchi aholini sart deb atashgan. 2) XII-XIII asrlarda mo‟g‟ullar o‟z yurtlariga kelgan asosan musulmon savdogarlarini sart deb atashgan. 3) XVI asrda Dashti Qipchoqdan kelib, Temuriylar davlatini egallagan ko‟chmanchi o‟zbeklar mahalliy shahar va o‟troq aholini sart deb atagan. Sart atamasi etnik nom emas. Bu haqda fanda turli qarashlar mavjud. Uning muayyan bir etnosga tegishli ekanligi ma‟lum emas. V.V. Bartoldning fikricha, “sart atamasi tojik ma‟nosini beradi. Ammo u kelib chiqishi jihatdan turkiylashgan sug‟diylar bo‟lib, tojik va o‟zbeklarga tegishli muqim yashovchi, savdo-sotiq va hunarmandchilik ahlining yig‟indi nomi ekanligi tarixiy haqiqatdir. O‟rta Osiyodan Sharqiy o‟lkalarga savdo karvoni bilan borgan savdogarlar kelib chiqishi qaysi etnosga tegishli bo‟lishidan qat‟iy nazar, ular sartlar deb atalgan”. Mahmud Qoshg‟ariyning “Devoni lug‟atit turk” asarida sart qadimgi turkchada savdogar ma‟nosida berilgan. Dastlab sartlar forsiy va turkiyda so‟zlashgan bo‟lsalar, XVI-XVII asrlardan ular faqat turkiyda, eski o‟zbek tilida so‟zlasha boshlaganlar. Endi bu atama ko‟proq Farg‟ona vodiysi, Toshkent vohasi va Xorazmda turg‟un yashovchi o‟zbeklarga nisbatan qo‟llaniladigan bo‟ldi. Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgach, rus olimlari va tadqiqotchilarining asarlarida ham Turkistonning o‟troq aholisini shu nom bilan yuritishgan. Каталог: shaxsiyreja -> views -> majmua -> files files -> Нотам umurov adabiyotshunoslik files -> N iz o m iy n o m I d ag I t o sh k e n t d a V l a t p e d a g o g ik a u n IV e r sit e t I ibro h im karim o V files -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni files -> R IV o j L a n t ir is h I n s t I t u t I files -> A L i s h e r n a V o I y n o m I d a g I s a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I files -> O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi files -> Texnologiyasi 1-mavzu. Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari. Quyoshning yillik ko’rinma harakati. Ekliptika files -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling