B. X. Xodjaev umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun darslik «Sano-standart»


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 3.51 Mb.
bet130/152
Sana01.11.2023
Hajmi3.51 Mb.
#1738094
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   152
Bog'liq
ХОДЖАЕВ

Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Kommunikativ qobiliyat deganda nimani tushunasiz?

  2. Kommunikativ qobiliyatning qanday turlari mavjud?

  3. O’z-o’zini anglash va o’z-o’zini tahlil etish tushunchalarini qanday izohlash mumkin?

  4. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning samarali metodlariga nimalar kiradi?

  5. Ishontirish metodining afzalliklari nimada?

  6. Ishontirish metodini qo’llashda qanday qoidalarga rioya qilish lozim?

  7. Uqtirish metodining mohiyatini bayon eting.



VI BOB. PEDAGOGIK TAKT VA PEDAGOGIK ODOB

Tayanch tushunchalar: takt, taktika, pedagogik takt, taktikani tanlash, pozitsiya, shroit, usul, odob, pedagog odobi, pedagog odobi fazilatlari




Pedagogik takt tushunchasi. Takt ahloqiy tushuncha bo’lib, u insonlarning o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g’oyalariga asoslangan bo’lib, andishali hulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o’qituvchidan andishali bo’lish talab qilinadi.
Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o’qituvchining ta’lim oluvchilar oldida o’zini tutishni bilishi, ta’lim oluvchining holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta’sir yo’lini topa olishidir.
Pedagogik takt – o’qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo’lib, o’quv­chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o’tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg’ulari asosida o’rnatish o’lchovi, o’quv­chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko’nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o’qi­tuvchining o’quv­chilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi­lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o’qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to’liq shakllanmagan, ta’s­irlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo’lgan murg’ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
O’quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo’lgan qo’pollik, adolatsizlik, qo’rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo’lgan jazolash usullarini qo’llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so’zlar ishlatish o’quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo’yishi, yoki o’qituvchining obro’siga putur etka­zishi mumkin. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi bunday qarama-qarshi­liklar, ko’pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo’ladi. Bunda ayniqsa yosh o’qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
O’qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o’rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o’quv­chilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida peda­gogik mahoratning asosi bo’lmish pedagogik taktga ega bo’lish o’qi­tuvchi uchun juda zarurdir.
Shunday qilib, pedagogik takt bu o’qituvchining ta’lim oluvchilarga nisbatan amalga oshiradigan ta’sirining mezonidir.

Download 3.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling