B. X. Yunusov, M. M. Azimova


Download 33.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana05.12.2019
Hajmi33.64 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
73192

•  Himmov,  A .A zim o v a
ISSIQLIK TA’MINOTI 
VA  
ISSIQLIK 
TARMOQLARI

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS  TALIM VAZIRLIGI
B .X .  YUNUSOV,  M .M .  AZIMOVA
ISSIQLIK  TA’MINOTI 
VA ISSIQLIK  TARMOQLARI
O 'zbekiston Respublikasi  Oliy va o'via m axsus ta ’lim  vazirligi 
tomonidan  5310100 -  «Energetika»  (Issiqlik energetikasi)  ta ’lim 
yo'nalishi talabalari  uchun  o'qux qo'llanma sifatida  tavsiya etilgan
TASHKENT
«VORIS-NASHRIYOT»
2014

UO‘K:  620.9 
KBK  31.38 
Yu57
T a q r i z c h i i a r :
ToshD TU  E nergetika  fakulteti  « E lek tro m ex an ik a va kabel  texnikasi» 
kafedrasi  dotsenti, t.f.n. A .  S h o isla m o v;
«Teplotexnika»  firm asining  bosh m uhandisi.  t.f.n.,  dotsent.  N.T.  Toshbayev
Yunusov  B.X .,  Azimova  M.M .
Issiqlik  ta’minoti  va  issiqlik  tarm oqlari  fani  bo‘yicha  o'quv 
qoMlanma /B .X .  Yunusov,  M.M.  Azimova.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy va  o'rta  maxsus  ta'lim  v a z irlig i.- T.:  «Voris n a s h riy o t» .-168 b.
ISBN  978-9943-4214-7-9 
l  o ‘K:  KBK   31.38
Issiqlik ta ’m inoti va issiqlik tizim lari  bo'yicha  adabiyotlarning.  jihozlari  bo'yicha 
esa  maxsus  kataloglarning  mavjudligi,  shuningdek.  jihozlarning  uzluksiz  ravishda 
takom illashishi,  ushbu  qo'llanm a  m ualliflarini  o'quv  qo'llanm ada  m azkur  jihozlar 
bo'yicha to'la tafsilotlarni keltirm aslikka  undadi.
Olingan  bilim larni  tekshirish  uchun  har  bir  bo'Iimda  nazorat  savollari  berilgan. 
U lardan  talabalarning  o'quv-tadqiqot  ishlarida,  shuningdek.  mutaxassislik  bo'yicha 
davlat im tihonlarini o'tkazishda foydalanish mumkin.
M utaxassislik  bo'yicha  ta ’lim  olayotgan  m agistrantlar  ham  o'zlarining  ilrrtiy 
tadqiqot  ishlari  ham da  bakalavrlar  bilan  mustaqil  olib  boradigan  ilmiy  pedagogik 
amaliyotlarida  foydalanishlari mumkin.
Qo‘lanm a  «IssiqliK 
energetiK asi» 
vo'nalishlari  bo'yicha  bakalavrlarni  tayyor-

K IR ISH
Hozirgi  vaqtda  respublikam izda  aholini  issiqlik  va  suv  bilan 
uzluksiz  ravishda  sifatli  ta’m inlashga juda  katta  e’tibor  berilmoqda. 
Shu  bois  m am lakatim izda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishda 
m azkur  soha yettinchi  asosiy  ustuvor yo‘nalisb  deb  belgilangan.
M arkazlashtirilgan  issiqlik  ta'm inoti  g'oyasining  paydo  b o iish i 
o‘tgan  asrning  80-j?iIiariga  to‘g ‘ri  keladi.  1877-yili  AQSH  ning 
L okport  shahrida  m arkazlashtirilgan  issiqlik  ta ’m inoti  uchun 
birinchi  qurilm a  barpo  etildi.  1908-yilda  G erm aniyaning  D rezden 
shahrida  Yevropada  birinchi  bo‘lgan  issiqlik  va  elektr  energiyasini 
quram a  usulda  ishlab  chiqaruvchi  qurilm a  ishga  tushirildi. 
B undan  keyin  Yevropaning  boshqa  m am lakatlarida  ham  shunday 
qurilm alar  ishlatila  boshlandi.  Am m o  bu  qurilm alarning  elektr 
quvvati  nisbatan  ju d a   kichik  b o ig an .  Faqat  o‘ttizinchi  yillarning 
oxiriga  kelib,  y a’ni  ikkinchi jahon  urushi  arafasida  energetikaning 
bu  yo‘nalishiga  katta  e'tibor  berila  boshlandi.
Rossiyada 
inqilobgacha  bo‘lgan 
davrda  m arkazlashtirilgan 
issiqlik  ta'm inoti  qoilanilm agan.  1924-yilning  noyabrida  Sank- 
Peterburg  shahrida  3  ta  shahar  elektr  stansiyasi  ishga  tushurildi 
va  birinchi  m arta  um umiy  foydalanish  quvuri  orqali  bir  necha 
iste’molchilarga  issiqlik yetkazib  berildi.  M oskva  shahrida  bu  tadbir 
1928-yilga  kelib  amalga  oshirildi.
1928—!930-yillarda  ishga  tushurilgan  Toshkent  to'qim achilik 
kom binatining  issiqlik  va  elektr  m arkazi  O 'rta  Osiyoda  m arkaz­
lashtirilgan 
issiqlik  ta’m inotini 
yaratish 
uchun 
asos 
boidi. 
0 ‘zbekiston  sharoitida  m arkazlashtirilgan  issiqlik  ta’minoti,  asosan, 
ikkinchi jahon  urushidan  keyin rivoj  topa  boshladi.
3

M a’lum ki,  barcham izga  m uhim   hayotiy  aham iyatga  ega 
b o ig a n   ushbu  sohada  y illar  davom ida  jiddiy  m uam m olar 
to ‘planib, 
hozirgi 
kunda 
o‘z 
yech im in i 
kutm oqda. 
U lar 
orasida  issiqlik  bilan  ta ’m inlash  va  uni  bo sh q arish n in g   butun 
tiz im in i  kesk in   o‘z g a rtirish ,  m uqobil  (alternativ)  y o q ilg ‘i  va 
energiya  m anbalaridan,  x u susan,  quyosh  energiyasidan  foyda- 
langan  holda,  lokal  issiqlik  va  issiq  suv  ta'm in o ti  tiz im larig a  
bosqichm a-bosqich  o’tish n i  ta ’m in lash   ham da  eskirgan,  yoqil- 
g ‘ini  ko‘p  s a rf qiladigan  qozonxonalarni  tab iiy   gazni  tejab  sarf- 
laydigan  u sk u n a la rg a   alm ash tirish ,  bino  va  in sh o o tlarn i  isitish, 
sham ollatish,  havosini  konditsiyalash  tiz im la rid a   zam onaviy 
energiya  sa rfla n ish i  jih a td a n   tejam kor  jih o z la r,  rostlash  asbob- 
u sk u n a la ri,  shuningdek,  yangi  tex n o lo g iy alard an   respublika 
sh aro itid a  unum li  va  keng  foydaianish  kabi  m asalalar  alohida 
aham iyatga  egadir.
M azkur m asalalarni muvaffaqiyatli  hal  etish  uchun  ushbu  sohaga 
zamonayiy  issiqlik,  gaz  ta’minoti  va  ventilatsiya  tizim larining 
tuzilishi,  ishlash  prinsiplari,  asosiy jihozlari,  hisoblash  va  loyihalash 
asoslari,  ishga  tushirish,  sozlash.  sinash  va  foydaianish  qoidalari 
to‘g‘risida  chuqur  bilimga,  m alaka  va  ko‘nikm aga  ega  bo‘lgan 
bakalavr m utaxassislarini  tayyorlash  darkor.
Issiqlik  ta ’m inoti  xalq  xo’jaligining  y irik   tarm og'idir.  Uning 
ehtiyojiga  har  yili  respublikam izda  qazib  olinadigan  va  ishlab 
chiqariladigan  yoqilg’ining  taxm inan  20%  i  sarflanadi.  M arkaz­
lashtirilgan  issiqlik  ta ’m inoti,  odatda,  y irik   tum an  qozonxona- 
laridan  foydalanishga  asoslangan  b o ia d i.  M asalan,  hozirgi  kunda 
Toshkent  shahrida  10  ta  issiqlik  m arkazi  IM  (teplosent)  lar  va  1  ta 
Toshkent  issiqlik  elektr m arkazi  TIEM   (teploelektrosentral)  mavjud 
(1-rasm).  U larning  y illik  issiqlik  ishlab  chiqarish  unum dorligi 
15401  m ing  Gkal  ga teng.  Issiqlik tarm oqlarining  um umiy  u /u n lig i 
1442  km ,  shu  jum ladan  m agistral  quvurlar  244  km  ni  tashkil 
etadi.
4

1-rasm.  Toshkent  shahrining  issiqlik  manbalari va  issiqlik  tarmoqlari:
J i ’-I  -   TS-IO-  issiqlik m arkazlari: 
IE M -   issiqlik elektr m arkazi.
Toshkent 
issiqlik 
elektr 
m arkazi 
—  ToshlEM  
Toshkent 
to'qim achilik  kombinatini  issiqlik  va  elektr  bilan  ta’m inlash  uchun 
qurilgan  boMib,  1939-yildan  boshlab  ishlatib  kelinmoqda.  U   O 'rta 
Osiyoda  m arkazlashtirilgan  issiqlik  ta’m inotini  yaratish  uchun  asos 
bo‘lgan.  0 ‘zbekiston  sharoitida  m arkazlashtirilgan  issiqlik  ta'minoti. 
asosan,  ikkinchi jahon  urushidan  keyin  rivoj  topa boshladi.
XX  asr  boshida  elektr  yuritgichlarning  ko‘p  miqdorda  ish- 
lab  chiqarilishi  y o lg a   qo‘yilganligi  munosabati  bilan  suvli  issiqlik 
ta’minoti  rivojlana  boshladi.
Yuqorida  qavd  etilganidek,  hozirgi  kunda  m arkazlashtirilgan 
issiqlik  ta'm inoti  o 'zining  rivojlanishida  yangi  bosqichni  boshi- 
dan  kechirm oqda.  C hunki  o‘tgan  asrning  o‘ttizinchi  yillaridagi 
g ‘oyalarga  asoslangan  m arkazlashtirilgan  issiqlik  ta'm in o tin in g  
istiqbolli  rivojlanishi.  asosan,  issiqlik  m anbalarining  donabay 
quvvatini  oshirish  (issiqlik  uzatilishining  radiusini  ko‘paytirish
5

m aqsadida)  va  tarm oqlardagi  issiq  suv  p aram etrlarini  yuqori 
darajaga  k o 'tarish   (150°C  o‘rniga  200-225°C   va  hattoki  250°C 
gacha)  hisobiga  am alga  oshirilishi  m um kin  [2J.  Bundav  m ark az­
lashtirilgan  issiqlik  ta'm in o ti  tizim larin in g   ishonchliligini  oshi- 
rish  va  u larni  boshqarish,  odatda,  jiddiy  m uam m olar  bilan 
b o g iiq d ir.
Zamonaviy  tasavvurlarga  ko‘ra,  issiqlik  ta’minoti  kelajakda 
muqobil  yoqilg‘i  va  energiya  m anbalaridan,  xususan,  quvosh 
energiyasidan  foydaianish,  lokal  issiqlik  va  issiq  suv  ta'm inoti  ti- 
zim lariga  bosqichma-bosqich  o‘tish,  eskirgan,  yoqilg'ini  ko‘p 
sarflaydigan  qozonxonalarni  tabiiy  gazni  tejab  sarflaydigan  usku- 
nalarga  almashtirish,  issiqlik  tarm oqlarida  issiqlikning  befoyda 
yo'qolishini  kamaytirish,  iste’m olchilarda  issiqlik  o‘lchagichlarni 
o‘rnatish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanadi.
Issiqlik  ta’minoti  singari.  gaz  ta’m inoti  ham   xalq  xo‘jaligining 
yirik  tarm og‘idir.  Birlamchi  energiya  resurslari  orasida  tabiiy 
gazning  iste’moli  (2-rasm)  0 ‘zbekiston  Respublikasida  birinchi 
o‘rinda turadi  (83%).
0 ‘zb ek isto n d a 
tabiiy 
gazdan 
foydaianish 
1943-yildan 
H ojiobod-A ndijon  gaz  q u vuri  q u rilish i  bilan  boshlandi.  G az 
san o atin in g   riv ojlanishida  0 ‘zb ek isto n d a  o ch ilgan  S etolantepa 
(1953-yil),  G azli  (1962-yil)  va  boshqa  gaz  konlari  k a tta   rol 
o‘y n ad i.  Bu  gaz  k o n lari  asosida  eiliginchi  -   oltm ishinchi 
v illard a   k a tta   diam etrd ag i  (700  mm)  B uxoro-S am arqand- 
T oshkent-B eshkek-O lm aota, 
B uxoro-U ral 
va 
0 ‘rta 
O siyo- 
M arkaz  M ag istral  gaz  q u v u rla ri  qurilib  ishga  tu sh irild i  [4], 
H ozirgi  k u n d a   tu rli  xil  d iam etrli  M ag istral  q u v u rlarn in g  
um um iy  uzu n lig i  13,0  m ing  km   dan  oshib  ketgan.  U larda  25  ta 
kom pressor  stan siy alari  va  uchta  yerosti  om borlari  (Shim oliy 
Sox,  H ojiobod  va  G azli)  ishlatilm oqda,  Toshkent  sh a h rim n g   gaz 
ta ’m in o tin i  yax sh ilash   m aq sad id a  O lim kent  yerosti  om borini 
qurish  rejalash tirilg an .

•   gaz 
mazut 
m  ko'mir 
m  GE
2-rasm.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  birlamchi  energiya 
za xir alarin ing  iste’moli.
1991-yilda  aholini  tabiiy  gaz  bilan  ta’m inlash  darajasi  jam i 
44,6%   ni  tashkil  qilgan  bo‘lsa,  2008-yilga  borib  u  83,4%,  shu 
ju m lad an   shahar  aholisi  uchun  94,3%  va  qishloq  aholisi  uchun 
76,4%  gacha yetkazildi.
Bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishish  uchun  respublikada jam i 
121,9  ming  km  gaz  tarm oqlari  qurilgan.  shundan  yuqori  bosimli  -  
12,5  ming  km,  o‘rta bosim li -  26,5  ming  km   va  past  bosimli  -   82,9 
ming  km.
0 ‘zbekiston  bo‘yicha  hozirgi  davrda  bir  yilda  60,5  mlrd  m 3  dan 
ortiq  tabiiy  gaz  qazib  olinadi,  ya’ni  1992-yilga  qaraganda  1,4  m arta 
ko'p.  Asosiy  konlar  b o iib   Muborak,  Sho‘rtan  va  Ko‘kdumaloq 
hisoblanadi,  bulardan tashqari  boshqa kichik  konlari  ham  mavjud.
0 ‘zbekiston  iqlimi  sharoitida  fuqarolar  va  sanoat  binolarining 
havosini  yangilash  va  talab  etilgan  m ikroiqlim ni  ta'm inlash 
juda  katta  ijtimoiy  va  iqtisodiy  ahamiyatga  ega,  chunki  bunga 
odam larning 
sogiigi, 
m ehnatning 
unumdorligi. 
texnologik 
jarayonlarning  to‘g‘ri  amalga  oshirilishi  kabi  m asalalar  bevosita 
bogiiqdir. 
:
7

1-bob.  ISSIQ L IK   TA’M IN O T I
1.1.  Iste'm olchilarnin g  issiqlik  ta ’m inoti
Iste'm olchilarning  issiqlik  ta’minoti  energiya  manbalari  bo‘yicha 
oddiy  va  quram a  issiqlik  ta’m inotlariga  bo‘linadi.  Oddiy  issiqlik 
ta ’m inotida  energiya  m anbalari  bo‘lib  qozonxona.  ikkilamchi 
energiya  manbalari  va  boshqalar  xizm at  qiladi.  Issiqlik  va 
elektr  energiyasini  quram a  usulda  ishlab  chiqarishga  asoslangan 
m arkazlashtirilgan  issiqlik  ta ’m inotida,  energiya  manbayi  bo‘lib 
IEM  xizm at  qiladi.  Issiqlik  elektr  stansiyalarida  elektr  energiyasini 
ishlab  chiqarish  va  iste’molchilar  uchun  issiqlik  olish  jarayonlarining 
birlashtirilishi  natijasida  yoqilg'idan  foydaianish  jiddiy  ravishda 
yaxshilanadi.
Ourama  usulda  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  uchun  yoqilg‘i- 
mnp  solislitirnia  sarli  kondensator  issiqlik  elektr  stansiyalaridagiga 
nisbalan  ikki  barobar  kam  boladi.  Bu  usul  m arkazlashtirilgan 
issiqlik  ta'm inotining  eng  oliy  formasi  b o iib ,  eng  ko‘p  miqdorda 
yoqilg'i  tejalishini  ta'm inlaydi.
Zamonaviy  kondensatsion  stansiyalarda  elektr  energiyasini  3 5 - 
40%   foydali  ish  koeffitsiyenti  bilan  ishlab  chiqariladi,  ammo  issiqlik 
ishlab  chiqaruvchi  qozonxonaning  foydali  ish  koeffitsiyenti  esa  50— 
90%  ga teng  bo'ladi.
Shuning  uchun  quram a  usuldagi  issiqlik  ta'm inotining  samara- 
dorligini  voqilg'i  issiqligidan  fovdalanishni  ifodalovchi  koeffitsiyent, 
ya’ni  IEM  dan  berilgan  issiqlik  bilan  elektr  energiyasining  issiqlik 
ekvivalentiga nisbati  bilan baholash m um kin  emas:

_   Q + 3600-E
b o
'
k
 
’ 
11
bunda:  Q -   iste’molchiga  berilgan  issiqlik  miqdori.  [kJoul];
E  -   ishlab  chiqarilgan  elektr  energiyasining  miqdori,  [kW. 
soat];
5 - y o q il g a n  yoqilg‘ining  miqdori,  [kg];
Q'
k
  -   yoqilg'ining  quyi  issiqlik  ekvivalenti  (3600  kJoul/ 
k W so at).  yordam ida  baholanib,  iste’molchiga  berilgan 
issiqlik  bilan  uning yigMndisi  olingan.
1EM  da  issiqlik  ishlab  chiqarishning  ortishi  hisobiga  elektr 
energiyasining  ishlab  chiqarilishining  kam ayishi  yoqilg'i  issiqli- 
gidan  foydalanish  koeffitsiyentining  biroz  kam ayishiga  olib 
keladi.  A m m o  quram a  usuldagi  issiqlik  ta'm inotining  xalq 
xo'jaligi  m anfaatlari  nuqtayi  nazaridan  qaralgandagi  sam a- 
radorligi  keskin  kam ayadi,  chunki  IE M   da  ishlab  chiqarilm ay 
qolgan  elektr  energiyasining  past  foydali  ish  koeffitsiyenti 
3 6 -4 0 %   ga  ega  boMgan  kondensatsion  stansiyalarda  ishlab 
chiqarishga  to 'g 'ri  keladi.  E lektr  energiyasini  foydali  ish  koeffit­
siyenti  taxm inan  7 5-80%   bo‘lgan  quram a  usul  bilan  ishlab 
chiqarish  m um kin.
Iste’m olchilarning 
issiqlik  va  elektr  energiyasiga  bo’lgan 
talablarini  qondirish  pavtida  tejab  qolingan  yoqilg‘i  miqdori  bilan 
issiqlik ta’minoti  samaradorligini  baholash  eng to‘g‘ri  natija  beradi.
1.2.  Issiqlik va  elektr  energiyasini  quram a  usulda  ishlab 
chiqarishdagi y o q ilg ‘i  sarfini  aniqlash
IEM  da  issiqlik  va  elektr  energiyasini  quram a  usulda  ishlab 
chiqarish  uchun  yoqilg'ining  umuiy  sarfi  quyidagi  tenglik  asosida 
aniqlanishi  mumkin:
BIE^ B E+Br  
(1.2)
9

bunda:  Bf — elektr  energiyasini  ishlab  chiqarish  uchun yoqilg‘i  sarfi; 
B -  issiqlik  ishlab  chiqarish  uchun yoqilg'i  sarfi.
Issiqlik  ekvivalenti  asosida  (1.2)  tenglam aga  kiruvchi  har  bir 
qo‘shiluvchi  quyidagicha aniqlanishi  mumkin:
bunda:  Bp -   elektr  energiyasini  quram a  usulda  ishlab  chiqarish 
uchun yoqilg'ining  solishtirma sarfi,  [kg/kW- soatj;
B j—  issiqlik  ishlab  chiqarish  uchun  yoqilg'ining  solishtirma 
sarfi,  [kg/gJoul];
Q
b
 -   turbinadan  olib,  iste’molchilarga  berilgan  issiqlik  miq- 
dori.  [gJoul];
3 r  -   quram a  usulda  elektr  energiyasini  ishlab  chiqarish 
uchun  shartli  yoqilg‘ining  solishtirma sarfi.
Elektr  energiyasini  quram a  usulda  ishlab  chiqarish  uchun 
yoqilg‘ining  solishtirma  sarfi:
Issiqlik  ishlab  chiqarish  uchun  shartli  yoqilg'ining  solishtirma 
sarfi:
BE=BE ' 3 r BP , ' Q r
B r B ,Q B,  [kg],
(1.4)
(1.3)

1U 
_  J'+.Z
E  ~  293HM!,' "   n^T’
106 
34.2
kg/Joul.
(
1
.
6
)
Yoqilg'i  sarfi:
(1.7)
( 1.8)
10

bunda:  rj  —  elektr  stansiyasi  qozonxonasining  foydali  ish  koeffit- 
siyenti;
r\! M~   turbina  va  generatorning  elektro-mexanik  foydali  ish
koeffitsiyenti.
Zamonaviy 
IEM larda 
elektr  energiyasining 
asosiy 
qismi 
issiqlikning  tashqi  iste'moli  asosida  ishlab  chiqariladi.  Bundan 
tashqari,  elektr  stansiyasida  issiqlikning  ichki  iste'moli  mavjud. 
Stansiyaning  ta’m inlash  suvi  va  sarflanadigan  issiqlik  shular 
jum lasiga  kiradi.  IEM   turbinalaridan  regenerativ  m aqsadlar  uchun 
issiqlik  (bug‘)  olinishi  asosida  ishlab  chiqariladigan  elektr energivasi 
issiqlikning  tashqi  iste’moli  asosida  ishlab  chiqariladigan  elektr 
energiyasining  15-20%   ni  tashkil  qiladi.  IEMda  qurama  usul 
bilan  ishlab  chiqarilgan  bu  qo‘shimcha  elektr  energiyasini  hisobga 
olm aslik  o‘z  navbatida  issiqlik  ta'm inotining  energetik  sama- 
radorligini  keskin  pasaytirib yuboradi. 
>
1.3.  Q uram a  usulda  energiya  ishlab  chiqarishda  tejalgan 
,  y o q ilg ‘i  m iqdorini  aniqlash
Iste’molchilarga  beriladigan  elektr  energij'asi  bilan  issiqlikni 
IEM da  quram a  usulda  yoki  alohida  usulda,  ya'ni  elektr  energiyasini 
kondensatsion  elektr  stansiyalarida  va  issiqlikni  esa,  mahalliy 
qozonxonalarda 
ishlab  chiqarish 
m umkin. 
Energiyani 
ishlab 
chiqarishning  quram a  usuli  m ukam m alroq  usul  bo‘lib,  alohida 
usulga  nisbatan  unda  tejalgan  yoqilgining  miqdori  quyidagi 
tenglam adan  aniqlanishi  mumkin:
A B = A B r.+ ABp 
(1.9)
bunda:  AB£-  KES  va  IEM  da  bir xil  miqdordagi  elektr  energiyasini 
shlab  chiqarish  uchun  sarflangan  yoqilg'i  m iqdorlarining 
farqi;
Afl  -   mahalliy  qozonxona  va  IEM  da  issiqlikni  ishlab 
chiqarish uchun  sarflangan  yoqilg'i  m iqdorlarining  farqi:

bunda:  B
mahalliy  qozonxonada  issiqlikni  ishlab  chiqarish  uchun 
yoqilg'i  sarfi;
BjkM -   lEM da  issiqlikni  ishlab  chiqarish  uchun  yoqilg‘ining 
sarfi;
Q -  iste’molchiga  berilgan  issiqlik miqdori; 
r\T-  issiqlik tarm og'ining foydali  ish  koeffitsiyenti  (FIK)i; 
t
]k s t-  stansiya  qozonxonasining  FIKi: 
m ahalliy  qozonxonaning  FIKi.
(1.10)  tenglamadagi  ABl  m iqdor  issiqlik  ta’m inotining  m arkaz- 
lashtirilishi,  ya’ni  iste’m olchilarning  mayda  qozonxonalarini  foydali 
ish  koeffitsiyenti  ancha  yuqori  bolgan  IEM  qozonxonasi  bilan  al- 
m ashtirish  natijasida tejalgan yoqilg'i m iqdorini  ifodalaydi.
A gar  iste’m olchilarning  issiqlik  ta ’m inoti  m ahalliy  qozon- 
xonalardan  em as,  balki  tu m an   qozonxonasidan  am alga  oshirila- 
digan  bo 'lsa,  u  holda  tejalgan  yoqilg'i  m iqdori  quyidagi  tengla- 
m adan  aniqlanadi:
bunda:  t]K ,  -  tum an  (rayon)  qozonxonasining  FIK.
Agar  iste’molchilarining  issiqlik ta ’m inoti tum an qozonxonasidan 
emas  balki  IEM  amalga  oshirilsa,  tejalgan  yoqilg'i  quyidagicha 
aniqlanadi:
lEM da  alohida  usul  (KESQ  qozonxona)dagiga  nisbatan  tejalgan 
yoqilg'i  miqdori  quyidagicha  ifodalanishi  mumkin:
12
AB,  = Q - 2 ^ .
q
{ ^  
- l  \   kg.
’I K.ST 

1\KM
( 1.11)
(
1
.
12
)

(1.13)
yok
Q
=   3  
/ n - 3  
= 3  
- ( 1 / n - l ) .
qur. 
*t 
q u r  
qur.
 
x  
*/ 
'
Iste'molchiga  berilgan  issiqlikka  (QIST)  nisbatan  tejalgan  solish- 
tirm a  issiqlik miqdori:
q  - Q   .IQ  r 3  /O  ( l / t i - l )  = 3   (
1
/rj -
1
), 
(1.14)
“ lej. 
tej. 
is t 
qur.  *— is l .x 
' t  
'  
q u r . K
 
• /  
'
 
v  
y
bunda:  3 qJ Q jst  -q u ra m a   usulda  ishlab  chiqarilgan  elektr  energiya­
sining  solishtirma miqdori.
(1.14)  tenglam adan  ko‘rinadiki,  IEM  da  tejalgan  solishtirma 
elektr  energiyasining m iqdori  (Q q)  stansiyada  qurama  usulda  ishlab 
chiqarilgan  solishtirma  elektr  energiyasining  miqdori  3   m  ga  to'g'ri 
proportsional va  t ga teskari  proportsional  b o lad i.
1.4.  Issiqlik  yu k lam alari
M arkazlashtirilgan 
issiqlik  ta ’m inoti  tizim larid a 
issiqlik 
binolarni 
isitishga, 
ventilatsiya 
va 
havoni 
konditsiyalash 
q u rilm alarida  xonalarga  uzatiladigan  havoni  qizdirishga,  issiq 
suv  ta ’m inotiga,  shuningdek,  sanoat  korxonalarida  past  haroratli 
(300-350°C   gacha  bo‘lgan)  texnologik jarayonlarga  sarflanadi.
Yil  davomida  issiqlikni  iste’mol  qilish  rejimiga  ko‘ra  yuqorida 
qayd  etilgan  iste’molchilar  ikki turga  boiinadi:
1)  m avsumiy  iste’molchilar;
2)  yil  davomidagi  iste’molchilar.
M avsum iy  iste ’m olchilar  issiqlikni  tashqi  havoning  haro- 
ratiga  bogMiq  b o ‘lgan  holda  sarflay d i.  M asalan,  isitish  va  ven- 
tilatsiy a g a   b o 'lg an   issiqlik  y u k lam a la r  tashqi  havoning  haro-
13

liiliga  va  boshqa  sh art-sh aro itlar  (quyosh  radiatsivasi,  sham ol 
te/.ligi,  havo  n a m lig i)g a   b o g iiq d ir.  A gar  tashqi  havoning 
h arorati  isitilayotgan  xonadagi  havoning  h a ro ra tig a   teng  yoki 
undan  yu q o ri  b o is a ,  u  holda  isitish  va  v en tilatsiyaga  issiqlik 
energiyasi  talab  etm aydi.
Demak,  isitish  va  ventilatsiya  tizim larida  yil  davomida  faqat 
tashqi  havoning past haroratlarida  sarflanadi.  Shuning  uchun  bunday 
iste’molchilar mavsumiy  istemolchilar  deyiladi.
Yil  davomidagi  iste’molchilar  issiqlikni  yil  davomida  tashqi 
havoning  haroratiga  deyarli  b o g iiq   boim agan  holda  sarflaydi. 
Masalan,  issiq  suv  ta’minoti  tizim lari  va  turli  xil  texnologik 
jarayonlarga  issiqlik  yuklam alar  tashqi  havoning  haroratiga  b o giiq 
bo'lmaydi.  Shuning  uchun  bunday  iste’molchilar  y il  davomidagi 
istem olchilar  deyiladi.
Issiqlik  iste’mol  qilish  bo‘yicha  binolarni  uch  guruhga  bo‘lish 
mumkin:  turar  joy  binolari,  jam oat  binolari  va  ishlab  chiqarish 
korxonalari.
Turar joy  binolari  uchun  isitish,  ventilatsiya  m avsum iy  iste’moli 
bo'lsa,  issiq  suv ta’minoti  yil  davomidagi  iste’moli  boladi.  Turar joy 
binolari  uchun  xonalarga  havo  ventilatsiya  orqali  hamda  oyna  va 
tashqi  to’siqning tirqishlaridan  kiradi.
K o'pchilik  jam oat  binolarida,  asosan,  iste’mol  m avsum iy  bok- 
lib,  isitish,  ventilatsiya  va  havoni  konditsiyalash  uchun  issiqlik 
sa rf  qilinadi.  Ishlab  chiqarish  korxonalarida  esa  m avsum iy 
va  yil  davom idagi  iste'm oli  bo‘lib,  issiq  suv  sarflanadi.  Bino- 
larning  issiqlikka  boMgan  talabi  o‘zgaruvchan  bo'lib,  isitish, 
ventilatsiyaning 
issiqlik 
sarflari 
tashqi 
haroratga 
bog‘liq 
b o la d i.  issiq  suvga  boMgan  talablar  esa  binolarda  yashaydigan 
odam larning  issiq  suv  iste'm ol  qilish  tartibiga  (issiq  suv 
akkum ulatorlarining  bor-yo’qligiga)  b o g iiq   bo'ladi.  Texnologik 
uskunalar  uchun  issiqlikdan  foydaianish  esa  u skunalarning  ish 
tartibiga  b o g iiq   boTadi.
14

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 30%20Техника%20фанлар
30%20Техника%20фанлар -> Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. Vasiyev M.G'.pdf [Aberdin-angus qoramol zoti]
30%20Техника%20фанлар -> Gidravlika va
30%20Техника%20фанлар -> U. T. Berdiyev, N. B. Pirm atov elektromexanika
30%20Техника%20фанлар -> O. O. Xoshimov, S. S. Saidaxmedov
30%20Техника%20фанлар -> Qishloq qurilish texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> S. turobjonov, M. Shoyusupova, B. Abidov moylar ya maxsus suyuqliklar texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> I. K. Umarova, G. Q. Solijonova
30%20Техника%20фанлар -> M am ajanov Т., Atamov A
30%20Техника%20фанлар -> Texn ologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> Elektr yuritma asoslari

Download 33.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling