Badiiy asar matnidan fonetik xodisaga uchgragan so`zlar uchragan gaplarni topish va to`plash
Download 68.93 Kb.
|
BADIIY ASAR MATNIDAN FONETIK XODISAGA UCHGRAGAN SO
BADIIY ASAR MATNIDAN FONETIK XODISAGA UCHGRAGAN SO`ZLAR UCHRAGAN GAPLARNI TOPISH VA TO`PLASH Ma'lumki, stilistika yunoncha stylos — yozuv, xat tayoqchasi so'zidan olingan bo'lib, tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksik, frazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtai nazaridan funksional qatlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilma xil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyorlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi hisoblanadi. O'zbek tilida uslubshunoslik, uslubiyat atamalari bilan yuritiladi. Sitilistikada parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganiladi. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi. Adabiyotlar tahlili va metodlar Badiiy nutq stilistikasining taraqqiyotida akademik V.V.Vinogradovning xizmati kattadir, chunki u badiiy asar tili haqidagi fanning asooschisi hisoblanadi. V.Vinogradov stilistikaning uch yo‗nalishini belgilashda, uning uchinchisi – badiiy adabiyot stilistikasining ham ob`ektini ko‗rsatib, uning maqsadi ma'lum bir tahlil etish yo'llari bilan asarni tashkil etuvchi qonuniyatlar va usullarni ochish va muallifning o'ziga xos uslubini, adabiy maktabini shu bilan birgalikda asarning tuzilish tizimining individualligini tasvirlash va aniqlash deya e'tirof etgan. Keyinchalik o'zbek tilshunosligida ham uslublarni o'rganish, tilning uslubiy manbaalarini belgilash bo'yicha tadqiqotlar olib borila boshlandi. Buning natijasida, o'zbek tilshunosligida ham ilmiy asarlar va maqolalar yaratildi. Shular asosida o'zbek tili stilistikasi mustaqil fan sifatida 1950-yillardan so'ng shakllana bordi. 1980-yillarga kelib, uslublar bo'yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi va bugungi kunda ham davom ettirilmoqda. Masalan, Sh.Shoabdurahmonov, A.Rustamov, G'.Abdurahmonov, P.Qodirov, Q.Samadov, R.Qo'ng'urov, I.Qo'chqortoyev, B.O'rinboyev, M.Mukarramov, R.Qilichev, A.Shomaqsudov, Y.Tojiyev, H.Rustamov, M.Iminov, T.No'monov, S.Sultonsaidova, O'.Sharipova, X.Doniyorov, B.Yo'ldashev, E.Begmatov, N.Mahmudov. Natijalar va muhokama Badiiy adabiyot ya'ni badiiy nutq stilistikasi tilning badiiy adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniqlab tahlil qiladi. Vazifaviy stillar sistemasida alohida uslub sifatida o'rganilgan badiiy nutq uslubi ham , boshqa uslublardagi kabi, o'ziga xos uslubiy xususiyatlar va lisoniy belgilarga ega. Til materialini qamrab olish imkonining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo'lgan barcha lug'aviy birliklarning ishtirok etishi estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Chunki bunday imkoniyat boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangandir. Badiiy asar stilistikasi faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralanadi. Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniqlashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzuiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani stilistika ham, adabiyotshunoslik ham oʻrganadi. Badiiy nutq stilistikasi til materialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga uringanligi uchun ham undagi eng muhim tadqiqot mavzui yozuvchi va muayyan badiiy asar tilidan iborat boʻladi, yaʼni individual uslub muammosi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Aniq bir asar tilini taxlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi. Bunga misol qilib, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat, Tohir Malik ijodlarining oʻziga xos uslubiy xususiyatlarini keltirishimiz mumkin. Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik prinsiplari ishlab chiqiladi. Demak, badiiy adabiyot stilistikasi yozuvchi yoki uning ma`lum asari, adabiy maktablar, yo‗nalishlar hamda ma`lum davr adabiyotining uslubiy o‗ziga xosliklarini o‗rganadi. Download 68.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling