Xolid Husayniy 1965-yil 4-martda Afg`onistonning Kobul shahrida tug`ilgan. Uning otasi elchi bo`lib ishlagan. U 11 yoshga to`lganda ular Fransiyaga ko`chib ketishadi. 4 yildan so`ng esa AQSHga borib joylashishadi. U yerda kollejni tamomlagandan so`ng Kaliforniyada doctor sifatida ish olib boradi. So`ng uning yozgan birinchi romani unga misli ko`rilmagan shuhrat olib keladi bu “Kite Runner” Varrak uchiruvchi edi. So`ng u doktorlikdan yozuvchilikka o`tadi. Ikkinchi “Ming quyosh shu`lasi” romani ham unga shuhrat keltiradi. U jami 3 ta roman yozgan.