Badiiy asar tahlili
Daftar hoshiyasidagi oila bitiklari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
badiiy asar tahlili
Daftar hoshiyasidagi oila bitiklari
Oila, ota-ona va farzand munosabati, farzand tarbiyasi kabi masalalar badiiy asarlar mavzusining asosiy rishtalaridan, o‗q tomirlaridan biri bo‗lib kelgan. Buni ―Qobusnoma‖, ―Qutadg‗u bilig‖, ―Hibatul haqoyiq‖ asarlaridan tortib, bugungi adabiy jarayonda yaratilayotgan asarlar misolida ham ko‗rishimiz mumkin. Ana shunday asarlardan biri O‗tkir Hoshimovning ―Daftar hoshiyasida bitiklar‖ asaridir. Bu asar ko‗hna adabiy an‘analar va yangicha izlanishlarni o‗zida mujassam etgan asar sifatida e‘tirofga loyiq.
Ma‘lumki, aforizm (yun. arhorismos - ta‘rif, ixcham ifoda) - muallifi ma‘lum bo‗lgan, ixcham shaklda va ta‘sirli ifoda etilgan umumlashma fikrdir. 18
―Daftar hoshiyasidagi bitiklar‖ asari janr jihatidan aforizmlar sifatida talqin etilsa-
18 Қуронов Д.,Мамажонов З.,Шералиева М.Адабиётшунослик луғати. Т.Академнашр, 2010. Б.39. 32
da, tarkibida muayyan voqeliklarning tasviri asosida kitobxonni o‗yga, mushohadaga chorlaydigan sujetli o‗rinlari ham talagina. Yozuvchi turmush tajribalari asosida shunday xarakterli epizodlarni talqin etadiki, bu kitobxonni o‗z hayot yo‗liga yana bir nazar tashlashga, uni taftish qilishga undaydi. Shu jihatlariga ko‗ra asardagi fikrlarni an‘analar asosida yaralgan aforizmlar , mantiqiy xulosalar va aforistik ma‘nosi yashirin syujetlilik mavjud aforizmlarga tarkiblashimiz mumkin. Bu esa yozuvchining o‗ziga xos novatorona tajribasidir. Ya‘ni yozuvchi didaktik mazmunni berishning yoqimli va qiziqarli usulini o‗ylab topgan. Oddiy nasihatdan ko‗ra oynadagi aks asosida xulosa chiqarish samaralidir. ―Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha benazir tarqatiladigan bir xazina bor. Bu – Ona mehri!‖, deya e‘tirof etiladi asarda. Bu fikrlar orqali muallif onaning oiladagi, jamiyatdagi beqiyos o‗rnini ta‘kidlab, uning mehrini bebaho xazina sifatida talqin etmoqda. Darhaqiqat, ona mehri jasoratlarga undovchi, dunyo yuzida ezgulik deb atalmish bo‗stonni yashnatuvchi sehr kuchiga egadir. Shuning uchun ham inson hamisha onaning mehr taftiga ehtiyoj sezadi. Asarda oilaning fayzi tinchlik, orastalik, mehr-oqibat bilan ekanligi o‗zbekona tavsiflar asosida e‘tirof etiladi. ―...qaldirg‗ochlar fayzsiz, noahil xonadonga in qurmaydi...‖, ―o‗zbekning xonadonidan non va rayhon isi keladi‖ kabi talqinlarida chinakam milliy ruhiyatni sezamiz. ―Farzandlarimga o‗gitlar‖ bo‗limiidagi fikrlar xuddi ―Temur tuzuklari‖ kabi Otaning farzandiga nasihatlari singari yangraydi: ―Qush bo‗lib, osmonda uchma. Toshbaqa bo‗lib, yerda sudralma. Daraxt bo‗l! Boshing osmonda, oyog‗ing yerda bo‗lsin! ―Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta ozor bersang, kechirmayman: onang senga mendan ko‗ra yuz hissa ko‗p mehr bergan!‖, ―Noningni yo‗qotsang ham nomingni yo‗qotma!‖ Odatda aforizmlarda muallif munosabati, xulosa va falsafiy mushohada asosida aks etadi. O‗tkir Hoshimov aforizmlarida esa hissiy munosabat ham yorqin aks etgan o‗rinlarni uchratishimiz mumkin. Ya‘ni muallif vaziyat- holatlarni oddiy kuzatuvchi va baholovchigina emas, unda jonkuyarlik, emotsiyali 33
munosabat ham ustuvor. Bu uning oila muammolarini yoritishida ham seziladi. ―Oshsiz uy bor, urushsiz uy yo‗q‖, deydilar. Oilangda janjal chiqsa, eng avval farzandlaringni o‗ylab ish qil‖, deya ta‘kidlagan muallif oilani yemiruvchi salbiy munosabatlarga qarshiligini ochiq ifoda etadi: ―Uyni qonuniy bo‗lishdingiz... Mol-mulkni qonuniy bo‗lishdingiz... Muhabbat bo‗laklandi... Sadoqat bo‗laklandi... Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bo‗lashasiz? Onasi bilan bo‗lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan bo‗lsa. Onasiz qolsa... Yaxshisi, uniyam ikkiga bo‗ling! Bir nimtasi –erga!. Bir nimtasi-xotinga! Qani ko‗taring boltani, bolani uvoli tutgurlar!‖ Bu tasvirlar orqali muallif ajralishlarning fojeasini yaqqol ko‗rsatib beradi. Ushbu muammoga har bir inson e‘tiborini qayta va qayta jalb qilish chinakam fojelikni anglashga undash bor. Asarda ta‘kidlanganidek, ―Oilani muqadddas bilmaganlar uchun muqaddas narsaning o‗zi yo‗q‖. Muqaddas narsalar xususida esa yonib so‗zlamaslik mumkin emas. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling