Badiiy asar tahlili
Download 317.9 Kb.
|
Badiiy asar tahlili-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- BADIIY ASAR TAHLILI (Talqinlar, tahlillar, sharhlar) Farg„ona-2018 yil
Badiiy asar tahlili O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI FARG„ONA DAVLAT UNIVERSITETI Go`zalxon Muhammadjonova BADIIY ASAR TAHLILI (Talqinlar, tahlillar, sharhlar) Farg„ona-2018 yil 2
Mas‘ul muharrir: Y.SOLIJONOV filologiya fanlari doktori Taqrizchilar: A.SABIRDINOV FarDU, filologiya fanlari doktori F.TURSUNOVA Farg‗ona politexnika instituti katta o‗qituvchisi Muhammadjonova G. Mutolaa tuhfasi. Uslubiy ko‗rsatma. Farg‗ona, 2017 Milliy va jahon adabiyoti namunalarini o‗quv-didaktik va ilmiy-filologik tahlili mushtarakligida yaratilgan ushbu uslubiy ko‗rsatma o`zbek tili yo`nalishi 3-4 kurs talabalariga ―Badiiy tahlil asoslari‖ fanidan olgan nazariy bilimlarini boyitishda va asar tahlili bo`yicha amaliy ko`nikmlarni shakllantirishda, kitobxonning mutolaa madaniyatini yuksaltirishda yaqindan ko‗mak beradi. Uslubiy ko‗rsatmadan oliy o‗quv yurtining filologiya yo‗nalishi talabalari, akademik-litsey, kasb-hunar kollejlari talabalari foydalanishlari mumkin. Mazkur ko‗rsatma Farg‗ona davlat universiteti Ilmiy kengashining 2015 yil mart oyi 7–yig‗ilishida muhokama etilib, nashrga tavsiya etilgan. 3
KIRISH Inson ma‘naviy kamolotida badiiy adabiyotning roli katta. U boshqa ijtimoiy ong shakllari – fan, din, huquq, siyosat kabilardan inson tafakkuri, dunyoqarashini obrazlilik, estetik ta‘sir vositasida o‗zgartirish orqali jamiyat va tamaddunga ta‘sir etishi bilan xarakterlidir. Ayni shu xususiyatlariga va badiiy adabiyotning insonga beradigan estetik-didaktik ta‘sir ko‗lamiga ko‗ra xalq yozuvchisi O‗tkir Hoshimov ―Adabiyot – sakkizinchi mo‗jiza‖, deya e‘tirof etadi. Uning mo‗jizaviy qudratini yillar, asrlar silsilasida bardavom yashab kelayotgan durdona asarlar misolida ko‗rish mumkin. ―Insonga xos orzu-intilishlarni ro‗yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‗lgan moddiy va ma‘naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak‖ 1 , ma‘naviy qanotning quvvatini, parvozini kitob mutolaasi belgilashi tabiiy. Badiiy asar qimmatida asarning poetik xususiyatlarini teran anglay bilish juda muhim. O‗zbek tili yo‗nalishi talabalariga o`quv rejada ko`zda tutilgan ―Badiiy tahlil asoslari‖ fani saboqlarida ana shu maqsad nazarda tutiladi. Ushbu uslubiy ko‗rsatma talabalarning mazkur fandan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va boyitish, ularda badiiy tahlil ko‗nikmalarini shakllantirish maqsadida yaratilgan. O‗zbek va jahon adabiyoti namunalarini tahlil va talqinlari asosida yaratilgan mazkur uslubiy ko‗rsatmadan filologiya yo‗nalishlarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida adabiyot darslarining asar tahliliga bag‗ishlangan qismlarida, fan to‗garaklarining mavzuga oid qismlarini tashkillashda, umuman, kitobxonlar o‗rtasida mutolaa madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarda keng foydalanish mumkin. 1
4
Download 317.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling