Badiiy asar tili. Badiiy tasvir vositalariyatlari


Download 0.87 Mb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1127892
1   2   3
Bog'liq
BADIIY ASAR TILI. BADIIY TASVIR VOSITALARIYATLARI

Badiiy reallik esa voqelikning oddiygina aksi emas, balki uning ijodkor qalbiyu ongida qayta yaratilgan aksi — badiiy obrazdir. Bu obrazda esa ijod onlarida shoir qalbida kechgan his-tuyg`ularu o`y-fikrlar badiiy til vositasida muhrlandi, o`quvchini o`sha holatga olib kiruvchi tashqi bir manzara tasvirlandi. Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan obraz badiiy so`z vositasida moddiylashadi, shu bois ham badiiy til obraz yaratish vositasi sanaladi.

  • Badiiy reallik esa voqelikning oddiygina aksi emas, balki uning ijodkor qalbiyu ongida qayta yaratilgan aksi — badiiy obrazdir. Bu obrazda esa ijod onlarida shoir qalbida kechgan his-tuyg`ularu o`y-fikrlar badiiy til vositasida muhrlandi, o`quvchini o`sha holatga olib kiruvchi tashqi bir manzara tasvirlandi. Boshqacha aytsak, ijodkor tasavvurida yaralgan obraz badiiy so`z vositasida moddiylashadi, shu bois ham badiiy til obraz yaratish vositasi sanaladi.

Badiiy asar tili haqida gap borganda uning yana bir jihati — differensatsiyalanganligiga (ya`ni, farqlangan) alohida to`xtalish zarur. Albatta, biz "badiiy asar tili" deganimiz holda, aslida gap badiiy nutq haqida borayotgani ma`lum, chunki til unsurlari ma`lum kontekstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. Ta`kidlash kerakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik xarakterdagi asarlarga xosdir.

  • Badiiy asar tili haqida gap borganda uning yana bir jihati — differensatsiyalanganligiga (ya`ni, farqlangan) alohida to`xtalish zarur. Albatta, biz "badiiy asar tili" deganimiz holda, aslida gap badiiy nutq haqida borayotgani ma`lum, chunki til unsurlari ma`lum kontekstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. Ta`kidlash kerakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik xarakterdagi asarlarga xosdir.

Bu xil asarlarda voqea, voqea kechayotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga berilayotgan ta`rif, muallifning fikr-mulohazalari kabilar bevosita muallif tilidan beriladi. Muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy voqelikni yaxlitlashtiruvchi subyektiv asos bo`lganidek, avtor nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashtiruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga - badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til normalariga to`la muvofiq bo`lishini talab qilishlik xato bo`lur edi.

  • Bu xil asarlarda voqea, voqea kechayotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga berilayotgan ta`rif, muallifning fikr-mulohazalari kabilar bevosita muallif tilidan beriladi. Muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy voqelikni yaxlitlashtiruvchi subyektiv asos bo`lganidek, avtor nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashtiruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqealar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga - badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til normalariga to`la muvofiq bo`lishini talab qilishlik xato bo`lur edi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling