Badiiy asar va unda "badiiylik" tushunchasining mohiyati


Download 107.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana02.06.2024
Hajmi107.21 Kb.
#1837240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
badiiy-asar-va-unda-badiiylik-tushunchasining-mohiyati

KIRISH (Introduction) 
IX asrda yashagan arab filologi Ibn al-Mu’tazz suyangan fikrga qaraganda
arabcha “badaa” masdari (fe’li) “yangilik” degan ma’noni bildiradi.
1
Badiiylik iborasi 
esa go’zallik, ohorlilik, nafislik demakdir. Shu sababli “badiiylik” atamasi 
1
Крачковский И.Ю. Избранные сочинения а 6-томах. Т.6. М.-Л. Наука, 1960. – С.281.


 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
359 
www.birunijournal.uz 
adabiyotning eng nozik jihati bilan aloqador, shunga e’tiborimizni tortadi. Chunki 
asarda yangilik bo’lmasa, uning o’rniga qaytariq, takror bo’lsa, badiiy asar 
adabiyotga nokerakdir. Har bir asar taqdirini ritorika emas, balki yangilik, nafosat hal 
qiladi. Shuning uchun yaxshi badiiy asar millat va jahon adabiyoti tarixiga kiradi. 
Yangilik esa asarning mazmun tomoniga ham, shakl tomoniga ham tegishli bo’ladi. 
Yangi narsa esa ohorlidir. Diqqatni tez tortadi va jozibador va maftunkor bo’ladi. 
Har qanday yangilik ruhiy va ma’naviy ehtiyoj tufayli kelib chiqadi va kishilar 
talabini qondiradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Ma’lumki, adabiyot badiiylik , ya’ni go’zallik qonunlari to’g’risida bahs yuritadi 
va ana shu o’zanda rivoj topadi. Go’zallik tashqi va ichki bo’ladi, ikkalasi uyg’un 
holda yashaydi. Inson badiiy asarni ana shu go’zallik tufayli o’qiydi, undan bahra 
oladi. Unga intilib yashaydi. Ana shu holat go’zallik bilan o’quvchi inson orasidagi 
aloqani keltirib chiqaradi. Bu hol badiiylik bilan aloqador ekanligi ham tabiiy hodisa 
ekanligini ko’rsatadi, chunki badiiylik yangilik ma’nodan, shakldan, go’zallikdan 
tashqarida yashay olmaydi. 
Mazkur tushuncha, ya’ni “badiiylik” istilohi buyuk fors tojik shoiri 
Abdurahmon Jomiy asarlarida ham uchraydi. U Salmon Sovajiy haqida shunday 
yozadi: “Uning ikkita masnaviy kitobi bor, biri “Jamshidi Xurshid” bo’lib, uning 
uslubi sertakallufligidan badiiyat chegarasidan chiqib ketgan. Ikkinchisi – 
“Firoqnoma” deb ataladigani badiiyatda yuksak va nazmiyotda latif”.
2

Download 107.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling