Badiiy gimnastika haqida ma'lumot Reja: Badiiy gimnastika sportini rivojlanish tarixi O’yin qoidalarini tashkil topishi
Download 40.54 Kb.
|
Badiiy gimnastika haqida ma\'lumot
Yuksak e’tibor samarasi
Joriy yil fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati va gimnastikachi qizlarimiz erishgan yuksak natijalar bu sport turiga e’tibor va qiziqish mamlakatimizda muttasil oshayotganidan dalolat beradi. Bu Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, qizlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun, ayniqsa, qishloqlarda tegishli shart-sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilganining amaldagi samarasidir. Bugungi kunda poytaxtimizdan tashqari Buxoro, Navoiy, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ham gimnastika markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. O ‘zbekistonlik gimnastika mutaxassislari, murabbiylari va hakamlarining malakasi va saviyasini oshirish maqsadida poytaxtimizda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro gimnastika federatsiyasi bilan hamkorlikda seminar-treninglar o‘tkazish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Badiiy gimnastika bilan shug‘ullanayotgan sportchilarimizning xalqaro miqyosdagi ko‘rsatkichlari o‘sib borayotgani muxlisu mutaxassislarni xushnud etmoqda. O‘tgan yili Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz jamoaviy bellashuvlarda uchinchi o‘rinni egalladi. Ulyana Trofimova shaxsiy birinchilikda bir juft bronza medalni qo‘lga kiritdi. Umidli sportchimiz Yaponiyadagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, eng kuchli o‘n ikki nafar gimnastikachi qatoridan joy oldi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 2009 yilgi sport mavsumida gimnastikachilarimiz turli xalqaro musobaqalarda jami 39 medal qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shundan 15 tasi oltin, 10 tasi kumush yana 14 tasi bronza medallaridir. 2010 yilgi sport mavsumining eng nufuzli musobaqalaridan biri hisoblangan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatiga Toshkent shahri mezbonlik qilgani ham ushbu sport turi yurtimizda tobora rivojlanib borayotganining xalqaro miqyosdagi e’tirofidir. To‘rt kun davom etgan Osiyo chempionatida Sarvina Xoliqova, Aziza Mamajonova hamda Husniyabonu G‘ulomova shaxsiy birinchilik bellashuvlarida, Zarina Qurbonova, Luiza G‘aniyeva, Veronika Ugay, Olga Kiryakova esa guruh bahslarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. Chempionat ishtirokchilari yakkalik va guruh bellashuvlarida arg‘amchi, xalqa, to‘p, tasmada mashq bajarish va ko‘pkurash bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Download 40.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling