Badiiy gimnastika


Download 276.5 Kb.
Sana26.07.2023
Hajmi276.5 Kb.
#1662768
Bog'liq
Badiiy gimnastika




Mavzu: “Badiiy gimnastika”




Bajardi: Ergasheva Moxinur
Tekshirdi: Gapparov Furqat.
Badiiy gimnastika
B adiiy gimnastika — sport turi, buyum (tasma, koptok, halqa, arg’amchi) bilann va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish bo’yicha ayollar musobaqalari.

Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida ko’p kurash (bitta majburiy va buyumlar bilann uchta erkin mashqlar) hamda buyum bilan guruh bo’lib erkin mashqlari mavjud. G’oliblar ko’p kurashda, alohida va guruh bo’lib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib bo’yicha baholanadi. 40- yillardan badiiy gimnastika musobaqalari o’tkazila boshlandi. 50-yyillar oxirida Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963-yildan toq yillari jahon chempionatlari o’tkazilmoqda, 70-yillar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda. 1984-yildan Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.


O’zbekiston badiiy gimnastikachilari terma jamoasi 1991-yil Simferopolda o’tgan ittifoq chempionatida 1-o’rinni oldi. 1996-yil Osiyo chempionati (Xitoy)da, 1997-yil jahon chempionati (Germaniya)da ishtirok etdi (terma jamoa bosh ustozi A. Malkina, xoreograf V. Vasilyev, jamoa aʼzolari I. Zamyatina, T . Budarina, F. Sharipova, L. Meshcheryakova).


Toshkentlik Gulnora Yo‘ldosheva ham ana shunday niyatda olti yoshli qizi Zulfiyani 168-umumta’lim maktabida ochilgan badiiy gimnastika to‘garagiga olib bordi. Avvaliga Zulfiyaga yengil tuyulgan mashqlar bosqichma-bosqich murakkablashib, keyinchalik mashg‘ulotlar mas’uliyatli musobaqalarga ulanib ketdi.

Zulfiyaning irodasi toblanib, qunt bilan mashq qilishga odatlandi, musobaqalarda qatnashish orqali qat’iyatlik, maqsad sari dadil intilish kabi xususiyatlari shakllandi. Unda kamol topgan bu fazilatlar hayotidagi dastlabki katta sinov – davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2011-yilda ochilgan Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabiga kirish imtihonlarida o‘z samarasini berdi. Zulfiya Yo‘ldosheva eng iqtidorli 12 nafar gimnastikachi sifatida maktabning ilk o‘quvchilari safiga qabul qilindi.


Ushbu maktabda mamlakatimizning yetakchi murabbiy va mutaxassislaridan gimnastika sir-asrorlarini puxta o‘rganayotgan Zulfiya endigina 13 yoshni qarshilagan bo‘lishiga qaramay, katta natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Bir necha marotaba mamlakat chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan iqtidorli qiz xalqaro miqyosda ham tajribasini oshirib borayotir. O‘tgan vaqt mobaynida Bolgariyadagi xalqaro turnirda oltin, Isroil va Estoniyadagi nufuzli xalqaro musobaqalarda kumush medallarni qo‘lga kiritdi.


Men avvaliga gimnastika, vaqt kelib, asosiy mashg‘ulotimga aylanishini o‘ylamagan edim, – deydi Zulfiya. – Borgan sari bu sport turiga qiziqishim ortdi. Professional sportchi bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Kelajakda Jamila Rahmatova hamda Ulyana Trofimova kabi xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarsam, deyman.


Sport – har qaysi millat, har qaysi xalqni dunyoga tanitishning, uning o‘z salohiyatini namoyon etishi, g‘urur va iftixorini yuksaltirishining eng samarali va ta’sirchan vositalaridan biri bo‘lishi bilan birga navqiron avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli etib tarbiyalashning muhim omili hamdir.


P rezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ana shunday ezgu maqsadlar mujassam.


Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan, chekka va olis qishloqlarda ham zamonaviy bolalar sporti inshootlari barpo etilmoqda. Xalqaro andozalar darajasida jihozlangan markaz va seksiyalar, sport komplekslari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Chunki millat genofondining salomatligi, avvalo, bo‘lajak onalar – qizlarga bog‘liqdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bugungi kunda badiiy gimnastika qizlar o‘rtasida eng jadal ommalashayotgan sport turiga aylandi. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilar soni 2003-yilda 1646 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ayni paytda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan qizlarning 35 ming nafardan ortig‘i ushbu sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarga muntazam qatnashmoqda.


B u ko‘rsatkichlarning o‘sishi yurtdoshlarimizning sportga, ayniqsa, qizlar sportiga nisbatan qarashlarining tubdan o‘zgargani, ota-onalar farzandining sportga mehr qo‘yishi qanchalik ulug‘ maqsadlarga poydevor bo‘lishini anglab yetayotganidan, bolalar sporti mamlakatimizda tom ma’noda umummilliy harakatga aylanib borayotganidan dalolat beradi.


– Oilamizda sportga muhim tarbiya vositasi sifatida qaraladi, – deydi buxorolik Ra’no Haqqulova. – Shu bois qizimiz Farangizni Buxorodagi “Nafis” sport saroyining badiiy gimnastika to‘garagiga olib bordik. Ko‘plab iqtidorli sportchilar yetishib chiqqan ushbu maskanda qizim badiiy gimnastikaning boshlang‘ich sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirdi. Ustozi Anjela Morozovadan yuksak orzularga yetishish uchun ko‘p mehnat qilishni, maqsad sari dadil intilishni o‘rgandi. Muttasil mashg‘ulotlar tezda o‘z samarasini berdi. Iste’dodini namoyish eta olgan Farangiz birinchilardan bo‘lib, Toshkent shahrida yangi ochilgan Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabiga o‘qishga kirdi.


Badiiy gimnastika qizlarimizga mos sport turidir. Unda jismoniy tarbiya, musiqa va xoreografiya kabi qizlar tarbiyasi uchun muhim jihatlar mujassam. Gimnastika mashqlari qizlar organizmining tayanch-harakat tizimini, tananing hamma qismlari proporsional rivojlanishini ta’minlaydi. Gimnastika bilan shug‘ullanish qizlarni ham jismonan, ham estetik tarbiyalashga, ularning musiqa va raqsga qiziqishini oshirishga, har tomonlama go‘zalligi va didini shakllantirishga xizmat qiladi. Badiiy gimnastikaning musiqa bilan hamohangligi esa insonning ma’naviy dunyosini boyitadi.


Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, sog‘lom avlod – sog‘lom nasl deganidir. Bugun sportga mehr qo‘ygan qizaloqlarning hammasi ham kelajakda chempion bo‘lmasligi mumkin. Ammo ular jismoniy mashqlarda toblangani uchun tani sog‘lom, ruhi tetik, fikri tiniq, irodasi mustahkam, kelajakda hayotning turli sinov va qiyinchiliklarini yengib o‘tishga qodir insonlar bo‘lib yetishadi.




Eng muhimi, har tomonlama barkamol voyaga yetgan qizlar kelajakda oila qo‘rg‘onida sog‘lom zurriyodni dunyoga keltiradi va farzandiga ham sportga mehr tuyg‘usini singdiradi, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatadi.
Download 276.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling