Qizlar uchun mos, go‘zallikka xos
Prezidentimiz raisligida o‗tgan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‗armasi Homiylik
kengashi yig‗ilishida alohida ta‘kidlanganidek, sport bilan musiqa chambarchas bog‗liqdir. Sport
tanani pishitadi, chiniqtiradi, irodani mustahkamlaydi, musiqa – ko‗ngilni poklaydi, ruhni
tetiklashtiradi. Badiiy gimnastika esa aynan musiqa sadolari jo‗rligida bajariladigan nafis
harakatlardir. ―Sog‗lom ona – sog‗lom bola‖ g‗oyasining zamirida, mazmun-mohiyatida ham
ayni shu jihatlar o‗z aksini topgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu vazifalarni o‗zida
mujassam etgan dastur asosida keng ko‗lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy
etilayotir. Zamonaviy sport inshootlari, tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diagnostika, skrining
va perinatal markazlarini barpo qilish asnosida onalar va bolalar salomatligini himoyalashga
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Zero, sog‗lom ona – sog‗lom bola, sog‗lom bola – sog‗lom kelajak,
demakdir.Ana shu hayotiy da‘vat, ezgu g‗oyaga uyg‗un tarzda sportning eng nafis turi
hisoblangan, qizlarning jismoniy tarbiyasida muhim o‗rin tutadigan badiiy gimnastikaning
yurtimizda keng rivojlanayotgani barchamizni quvontiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |