Badiiy gimnastikaning rivojlanish tarixi


XALQARO  MAYDONDALARDA  O`ZBEKISTON  BADIIY  GIMNASTIKACHI


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#252491
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
badiiy gimnastikaning rivojlanish tarixi

XALQARO  MAYDONDALARDA  O`ZBEKISTON  BADIIY  GIMNASTIKACHI 

QIZLARIMIZNING  O`RNI 

O‗zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi,  Milliy  olimpiya  qo‗mitasi, 

Gimnastika  federatsiyasi  hamkorligida  Xalqaro  gimnastika  federatsiyasi  shafeligida  tashkil 

etilgan  turnirlarda  ishtirok  etish  uchun  O‗zbekiston,  Janubiy  Koreya,  Yaponiya,  Rossiya, 

Latviya,  Belarus,  Bolgariya,  Malayziya,  Ozarbayjon,  Armaniston,  Janubiy  Afrika  Respublikasi, 

Ispaniya,  Italiya,  Argentina,  Shveytsariya,  Finlyandiya,  Isroil  va  boshqa  mamlakatlardan  eng 

kuchli  gimnastikachilar  kelgan.   

O‗zbekiston 

gimnastika 

federatsiyasi 

prezidenti 

L.Karimova-Tillayeva 

xalqaro 

musobaqalarni  ochiq  deb e‘lon  qildi.   

Mamlakatimizda  sportni  rivojlantirishga  qaratilayotgan  ulkan  e‘tibor  yuksak  samaralar 

berayotgani  alohida  ta‘kidlandi.  Bu  jarayonda  sportning  qizlarga  xos  turlari,  ayniqsa,  badiiy 

gimnastikani  yanada  ommalashtirish,  malakali  murabbiylar  tayyorlash,  ularning  faoliyatini  har 

tomonlama  qo‗llab-quvvatlash  borasida  tizimli  ishlar  amalga  oshirilmoqda.   

Prezidentimiz  Islom  Karimov  rahnamoligida  sog‗lom  va  barkamol  avlodni  voyaga 

yetkazishga,  jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirishga  qaratilayotgan  g‗amxo‗rlik  tufayli 

mamlakatimizda  yangi  iste‘dodlar,  mahoratli  sportchilar  yetishib  chiqmoqda,  ular  xalqaro 

maydonlarda  O‗zbekiston  shon-shavkatini  yanada  yuksaltirmoqda.   

Gimnastika  bilan  shug‗ullanish  insonning  jismoniy  go‗zalligini  shakllantirish  bilan  birga, 

uning  fe‘l-atvori,  fazilatlarini  rivojlantiradi,  irodasini  chiniqtiradi.  O‗zbekiston  gimnastika 

federatsiyasi  mamlakatimizda  ushbu  sportning  barcha  asosiy  turlari  –  sport  gimnastikasi,  badiiy 

 Тренировка  машғулотлари 

юкламаси ҳажмини ўсиши 

 Терма жамоаларни тайѐрлаш 

жараѐнида умумий ва индивидуал 

тайѐргарликни  программалаштириш 

 Йиллик  макроциклда мусобақалар 

сонини  кўпайиши 

 Энг юксак индивидуал 

имкониятларни  амалга 

ошириш 



53 

 

gimnastika,  trampolin,  akrobatikani  ommalashtirishga  doir  izchil  ishlarni  amalga  oshirmoqda. 



Davlatimiz  ko‗magida  iqtidorli  sportchilarni  aniqlashga  yordam  berayotgan  mintaqaviy  va 

respublika  musobaqalari  muntazam  o‗tkazilayotir.   

Mamlakatimizning  barcha  viloyatlarida  gimnastika  bilan  shug‗ullanish  uchun  xalqaro 

talablarga  to‗liq  javob  beradigan  markazlar  tashkil  etildi,  ularda  har  kuni  minglab  o‗g‗il-qizlar 

ushbu  sport  turi  bilan  muntazam  shug‗ullanmoqda.  Ularning  eng  iqtidorlilari  gimnastika 

bo‗yicha  o‗smirlar  va  milliy  terma  jamoalar  safiga  jalb  etilmoqda.  Nafaqat  sport  komplekslari  va 

ixtisoslashtirilgan  sport  maktablari,  balki  umumta‘lim  maktablarining  sport  zallari  ham 

zamonaviy  gimnastika  inventarlari  bilan  jihozlangan.   

2011-yilda  Badiiy  gimnastika  bo‗yicha  bolalar-o‗smirlar  ixtisoslashtirilgan  respublika 

olimpiya  zaxirasi  sport  maktabi  tashkil  qilindi.  Olimpiadaga  tayyorlash  markazi  hisoblangan 

ushbu  maktab  O‗zbekiston  terma  jamoalari  sportchilari  uchun  turli  musobaqalarga  tayyorgarlik 

ko‗rish  va yirik  turnirlarni  tashkil  etish  imkonini  bermoqda. 

   Jahon  tajribasi  hisobga  olingan  holda,  murabbiylar  malakasini  oshirishga  katta  e‘tibor 

berilmoqda.  Bu  borada  istiqbolli  ilmiy  va  tibbiy  yangiliklarni  o‗rganish,  sportchilarni  tayyorlash, 

sport  uskunalarini  ishlab  chiqarish  –  bularning  barchasi  sportni  yanada  ommalashtirish, 

salomatlik  omiliga  aylantirishga  xizmat  qilayotir.  O‗zbekiston  gimnastika  federatsiyasi  shu 

maqsadda 

Xalqaro 


gimnastika 

federatsiyasi 

va 

Osiyo 


gimnastika 

ittifoqi 

tomonidan 

o‗tkazilayotgan  xalqaro  forumlarda  faol  ishtirok  etib  kelmoqda.  Ilg‗or  tajribani  ommalashtirish 

uchun  poytaxtimiz  va  viloyatlarda  xalqaro  hamda  mahalliy  mutaxassislar  ishtirokida  murabbiylar 

va hakamlar  uchun  seminarlar  muntazam  tashkil  etilmoqda.   

– O‗zbekistonda  bolalar  sportini  rivojlantirish,  ayniqsa,  qizlarni  sportga  keng  jalb 

qilishga  katta  e‘tibor  qaratilayotgani  diqqatga  sazovor,  –  deydi  yaponiyalik  murabbiya  Oka 

Kurumi.  –  Barcha  shahar  va  tumanlarda  bunyod  etilgan  zamonaviy  sport  majmualarida  qizlar 

sportning  bir  necha  turi  bilan  shug‗ullanib,  sog‗lom  bo‗lib  ulg‗aymoqda,  katta  sportga  qadam 

qo‗ymoqda. 

Mamlakatingizda 

badiiy 

gimnastika 

tez 

rivojlanmoqda. 



O‗zbekiston 

gimnastikachilari 

xalqaro 

musobaqalarda 

muvaffaqiyat 

qozonayotgani, 

yurtingizda 

nufuzli 


turnirlar  muntazam  tashkil  etilayotgani  buning  yorqin  ifodasidir.   

Maqomiga  ko‗ra  Olimpiya  o‗yinlari  va  jahon  chempionatiga  yaqin  turadigan  bunday 

yuksak 

saviyadagi 

badiiy 

gimnastika 

musobaqalari 

O‗zbekistonda 

birinchi 

marta 


o‗tkazilayotgani  yo‗q.  Toshkent  shahri  badiiy  gimnastika  bo‗yicha  jahon  kubogi  bosqichlari, 

2010  va  2013-yillarda  Osiyo  chempionati,  2014-yilning  aprel  oyida  sport  gimnastikasi  bo‗yicha 

qit‘a 

chempionatiga 



mezbonlik 

qilgani 


mamlakatimizda 

sport, 


xususan, 

gimnastikani 

rivojlantirishga  qaratilayotgan  e‘tiborning  yana  bir  amaliy  ifodasidir.   

Davlatimiz  rahbarining  2013-yil  25-fevraldagi  "O‗zbekiston  sportchilarini  2016-yilda 

Rio-de-Janeyro  shahrida  (Braziliya)  bo‗lib  o‗tadigan  XXXI  yozgi  Olimpiya  va  XV  Paralimpiya 

o‗yinlariga  tayyorlash  to‗g‗risida‖gi  qarori  ijrosini  ta‘minlash  yuzasidan  ishlab  chiqilgan 

tayyorgarlik  dasturiga  ko‗ra,  gimnastika  ham  mamlakatimizda  yetakchi  sport  turlari  qatoridan 

joy  oldi.  Gimnastikaning  Olimpiya  o‗yinlari  dasturiga  kiritilgan  turlari  –  badiiy  gimnastika,  sport 

gimnastikasi 

va 


trampolin 

bo‗yicha 

o‗tkaziladigan 

musobaqalarda 

qatnashayotgan 

sportchilarimiz  ko‗rsatkichlarini  tobora  yaxshilash,  olimpiya  yo‗llanmalarini  qo‗lga  kiritish 

hamda  Braziliyada  bo‗ladigan  Olimpiada  sovrindorlari  qatoridan  o‗rin  olish  uchun  astoydil  bel 

bog‗lashgan. 

Joriy  yilgi  sport  mavsumida  O‗zbekiston  badiiy  gimnastikachilari  nufuzli  musobaqalarda 

yuqori  natijalarga  erishmoqda.  Gretsiyaning  Afina  shahrida  o‗tkazilgan  "Aphrodite  Cup–2015‖ 

xalqaro  turnirida  O‗zbekiston  gimnastikachilari  uchtadan  oltin  va  kumush  hamda  bitta  bronza 

medalni  qo‗lga  kiritdi.   

Yaqinda  Bolgariyaning  Varna  shahrida  sport  gimnastikasi  bo‗yicha  jahon  chaqiruv 

kubogining  navbatdagi  bosqichida  hamyurtimiz  Oksana  Chusovitina  oltin  medalga  sazovor 

bo‗ldi.  Badiiy  gimnastika  bo‗yicha  Fransiyada  o‗tkazilgan  Gran-pri  turnirining  jamoaviy 

bahslarida  ishtirok  etgan  terma  jamoamiz  a‘zolari  bronza  medalni  qo‗lga  kiritdi.   




54 

 

Toshkent  shahrida  boshlangan  badiiy  gimnastika  bo‗yicha  jahon  kubogi  va  "Happy 



Caravan‖  xalqaro  turnirida  dunyoning  eng  kuchli  yuzga  yaqin  gimnastikachisi  o‗z  iste‘dod  va 

mahoratini  namoyish  etmoqda.   

– Musobaqa  juda  yuqori  saviyada  tashkil  etilgan,  –  deydi  italiyalik  gimnastikachi 

Lititsiya  Chikkonelli.  –  O‗zbekistonda  badiiy  gimnastikani  rivojlantirish  borasida  ulkan  ishlar 

amalga 

oshirilayotganining 

guvohi  bo‗ldik.  Mamlakatingiz  sportchilari  juda  mahoratli, 

musobaqaga  yaxshi  tayyorgarlik  ko‗rgani  ham  sezilib  turibdi.  Ushbu  jahon  kubogi  bosqichi 

g‗oyat  ahamiyatli.  Men  ham  unda  bor  mahoratimni  namoyish  etib,  g‗alaba  qozonish 

niyatidaman.  Bu  musobaqa  har  bir  ishtirokchi  hayotida  yorqin  va  o‗chmas  sahifa  bo‗lib  qolishiga 

ishonchim  komil.   

Mazkur  xalqaro  turnirning  yakkaliklar  o‗rtasidagi  bahslarida  Anora  Davlatova,  Nilufar 

Shomurodova,  Jasmin  Yusupova,  Yelizaveta  Nazarenkova,  Anastasiya  Serdyukova  va  Ravilya 

Farxutdinova 

singari 

gimnastikachilarimiz 

Vatanimiz 

sharafini 

himoya 

qilmoqda. 

Guruh 

bahslarida  Luiza  G‗aniyeva,  Marta  Rostoburova,  Zarina  Qurbonova,  Valeriya  Davidova  va 



Samira  Amirovadan  iborat  jamoamiz  qatnashmoqda. 

 

Braziliyaning 

Rio-de-Janeyro 

shahrida  badiiy  gimnastika  bo‗yicha  o‗tkazilayotgan 

litsenzion  musobaqada  o‗zbekistonlik  sportchilar  jamoaviy  bahslarda  muvaffaqiyatli  ishtirok 

etib,  XXXI  yozgi  Olimpiada  o‗yinlariga  yo‗llanmani  qo‗lga  kiritdi.  Bu  haqda O‗zbekiston  Milliy 

olimpiya  qo‗mitasi      

Jamoaviy  bahslarda  O‗zbekiston  sharafini  himoya  qilgan  Samira  Amirova,  Valeriya 

Davidova,  Luiza  Ganiyeva,  Zarina  Qurbonova  hamda  Marta  Rastoburova  final  bellashuvlarida 

umumiy  hisobda  32,832  ochko  jamg‗arib,  Germaniya  terma  jamoasidan  keyin  ikkinchi  o‗rinni 

band etdi  va Rio–2016  Olimpiada  o‗yinlari  yo‗llanmasiga  ega bo‗ldi. 

Jamoaviy  bahslarda  1–3-o‗rinlarni  band  etgan  jamoalar  Olimpiada  o‗yinlariga  yo‗llanma 

oldi.  O‗zbekistonlik  badiiy  gimnastikachilar  final  bahslarida  Gretsiya,  Finlyandiya,  Braziliya, 

Ozarbayjon  va  Janubiy  Koreya  terma  jamoalarini  ortda  qoldirishga  muvaffaq  bo‗ldi.  Ta‘kidlash 

joizki,  badiiy  gimnastika  bo‗yicha  jamoaviy  bahslarda  shu  paytga  qadar  o‗zbekistonlik 

sportchilar  Olimpiada  o‗yinlariga  yo‗llanma  olmagan  edi.              Avvalroq  Rio–2016  Olimpiada 

o‗yinlariga  yo‗llanmalarni  Anton  Fokin  (

sport  gimnastikasi

),  Oksana  Chusovitina  (

sport 


gimnastikasi

),  Yekaterina  Xilko  (

trampolin

)  va  Anastasiya  Serdyukova  (

badiiy  gimnastika

qo‗lga  kiritgan  edi. 



Shu  tariqa,  o‗zbekistonlik  sportchilar  tomonidan  Rio–2016  o‗yinlariga  qo‗lga  kiritilgan 

yo‗llanmalar  soni  70 taga  yetdi.  Shulardan  25 tasi  paralimpiyachilarga  tegishli. 




Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling