Badiiy gimnastikaning rivojlanish tarixi


Download 94.47 Kb.
bet2/5
Sana24.11.2020
Hajmi94.47 Kb.
#151146
1   2   3   4   5
Bog'liq
Badiiy gimnastikaning rivojlanish tarixi

BADIIY GIMNASTIKA TARIXI


Badiiy gimnastika o‗z shakllanishi va rivojlanishida sport va sa‘atdan eng yaxshi xislatlarni o‗ziga mujassam qilgan holda uzoq davrni o‗tdi.

Barchaga ma‘lumki, odamlar juda qadim zamonlardan boshlab raqsga tushishgan. Raqs hissiyotlar va sezgilarni ifodalash usuli sifatida odamzotning barcha tarixida mavjud. Bu, o‗zida odamning musiqiy, jozibali, sport, estetik va badiiy rivojlanishi va ta‘limi vositalarini o‗zida uyg‗unlashtirgan raqsning ko‗p qirraligi bilan bog‗liq. Raqs har xil asrlar davomida, shu davr uchun o‗ziga xos xarakterga ega bo‗lgan. Raqs borgan sari o‗zgargan va yangidan-yangi yo‗nalishlarni qamrab olgan. Keyinchalik, raqs studiyalari va teatr san‘ati studiyalari paydo bo‗lgan.

X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida Fransua Delsartning ifodali gimnastika studiyasi, Emil Jak-Dalkrozning ritmik gimnastika, Jorj Demenining raqs gimnastikasi va Aysedora Dunkanning erkin raqs studiyalari juda katta ommaviylikka erishgan. Ularning ijodiy merosi butun dunyoda tan olindi va badiiy harakatning yangi yo‗nalishni rivojlanishiga asos bo‗ldi, aynan shu, qizlar uchun sport turini yuzaga kelishining boshlanishi bo‗ldi.

Fransua Delsart (1811 yil 11 noyabr – 1871 yil 20 iyul, Parij) fransiyalik qo‗shiqchi, vokal bo‗yicha pedagog va sahna san‘atining nazariyachisi hisoblanib, akterlar va raqqosalar uchun ifodali gimnastika tizimini yaratgan. O‗z hissiyotlarini mimika va imo-ishoralar bilan ifodalayotgan katta odamlar va bolalarning harakatlarini kuzatishi hamda yunon san‘atini o‗rganishi oqibatida, u, imo-ishoralarni mohiyatiga, mazmuniga va hissiy qirralariga ko‗ra tizimlashtirgan. Delsart jadvallar tuzgan va qo‗llar harakatlarining barchasini tasniflagan bo‗lib, ularda u yoki bu ifodali harakatlar va kayfiyat matematik aniqlik bilan aks ettirilgan. Masalan, faqatgina qo‗llar uchun harakatlarning 243 ta turlari nazarda tutilgan. Lekin, Delsart qo‗llar

harakatlari tizimini yaratishi orqali har bir hissiy holatga tananing, qo‗llarning, boshning ma‘lum bir holati va ma‘lum bir mimika mos kelishi kerakligini nazarda tutgan. U, odamning har xil kechinmalarini, kayfiyatlarini va fikrlarini sun‘iy harakatlar bilan emas, balki tabiiy harakatlar orqali etkazishga qobiliyatli odam gavdasi harakatlarining erkin va hissiy ifodaliligi ustida ishlashning yangi usullarini ishlab chiqqan. U, artistlarni oddiygina boshni ko‗tarishga, egilishga, burilishga, yurish va yugurishga emas, balki har bir harakatga ma‘lum bir mazmun va mohiyatni kiritishga o‗rgatgan. Uning gapiga ko‗ra, his qilish kam va o‗zidan sinovdan o‗tkazish etarli emas, balki hissiyotni harakatga aylantirish va boshidan o‗tgan kechinmani ifodalash zarur. Delsart harakatlarning har xil tezkorligiga va kuchiga katta e‘tibor qaratgan, bu, harakatlarning sun‘iyligini oldini olishga yordam beradi, deb o‗ylagan.

Delsart harakatning asosini, uning kelib chiqishini tabiiyligida ko‗ra bilgan, gimnastik mashqlarni musiqa bilan uyg‗unlashtirishga intilgan. U, quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda mashqlarni yaratgan:

  • ko‗pchilik bo‗g‗imlarni harakatlarga bir butun sifatida kirishishini;

  • odamning hissiy holati bilan gavda harakatlari o‗rtasidagi aloqadorlikni;

  • harakatlanishlar paytida qo‗llar va oyoqlarning qarama-qarshi harakatlarini (yurish va yugurishning turli xarakterlarini).

    1. elsart tomonidan ishlab chiqilgan ushbu barcha g‗oyalar va tamoyillar badiiy gimnastika uchun juda qimmatli hisoblanadi va uning bazaviy harakatlari asosiga kiritilgan. Masalan, badiiy gimnastikaning to‗lqinsimon va prujinasimon harakatlari ko‗pchilik bo‗g‗imlarni bir butun sifatida harakatlarga qo‗shilishi asosida, sekin-asta gavdaning bir zvenosidan boshqasiga o‗tish orqali bajariladi. Badiiy gimnastikada yurish, yugurish va sakrashlarning har xil bazaviy turlari, ularni bajarilishi paytida qo‗llar va oyoqlarning qarama-qarshi harakatlanishini talab qiladi.

Shveysariyalik bastakor va pedagog Emil Jak-Dalkroz (1865 yil 6 iyul, Vena, 1950 yil 1 iyul, Jeneva) ritmik gimnastika deb ataladigan mualliflik tizimini yaratgan bo‗lib, unda u, musiqiy ritmni odam gavdasining harakatlariga olib o‗tishga uringan. Emil Jak-Dalkroz, o‗zining tizimi asosiga musiqa ritmi va musiqani jozibali amalga oshirish tushunchasini qo‗ygan. Musiqa va joziba ritmdan boshlanadi. Tanani, qalbni, ruhni va umuman odamni tarbiyalash va shakllantirish uchun eng ifodali ritm zarur. Emil Jak-Dalkroz dunyoning yaratilishi sirlaridan voqif bo‗lish va misli ko‗rilmagan qudratga, o‗z tanasi va o‗z hayotida ritmni his qilishga qobiliyat faqatgina insonga xos, deb hisoblagan. Raqqosa musiqa va harakatlardagi ichki aloqani har doim anglashi kerak. Musiqa bilan shug‗ullanishdan oldin, ritm va tovushlarni yaratadigan hissiyotlar ichiga kirish, uni o‗zining tani-joni bilan his qilish va idrok qilishni o‗rganishi kerak. Emil Jak-Dalkroz bolalar uchun maktab ta‘limi tizimiga ritmikaning kiritilishini ahamiyatini alohida aytgan, chunki harakat ularning zaruriy ehtiyoji hisoblanadi. U, ritmni har qanday san‘atni, jumladan she‘riyatni, haykaltaroshlikni, me‘morchilik va musiqani bilish uchun baza sifatida belgilagan. Musiqa odamning xulq-atvorini sokinlashtirishi va qo‗zg‗aluvchanligini tinchlantirishi orqali umumiy tarbiyaviy ahamiyatga ega, deb hisoblagan. Emil Jak-Dalkroz barkamol rivojlangan shaxs odamning antik idealiga qaytadi. Uning maqsadi odamni o‗zini-o‗zi bilishiga, hayotdan quvonishiga olib kelish, jismoniy va psixologik qiyinchiliklarni bartaraf qilish va o‗zining kuchi va ijodiy imkoniyatlari to‗g‗risida yorqin tasavvurlarni yaratish bo‗lgan. Emil Jak-Dalkrozning asosiy tamoyillari: Musiqa gavda harakatlarini ruhlantirish kerak, toki u korinadigan tovushgaaylansin. Tovushlar musiqasi va imo-ishoralar musiqasi bitta hissiyotlar bilan ruhlantirilishi kerak. Emil Jak-Dalkroz raqsni ritmik harakatlarning uygunligi sifatida belgilagan bolib, ularning yordamida odam o‗z hissiyotlarini namoyon qiladi. Lekin, u, buni mumtoz raqsda kormagan. Oz uslubiyotini ritmni qars urish bilan oqitishi va qiyin ozlashtirayotgan o‗quvchilarga davomiylikni uyg‗unlashtirish maqsadida o‗zining tizimini musiqa ritmidagi erkin harakatlarda tuzgan (ritmik gimnastika). Ularning tarkibiga musiqa nazariyasi, xor tarkibida ashula aytish, solfedjio, shved gimnastikasi, ruhlantirilgan gimnastika, raqs kursi va hokazolar kabi predmetlarni kiritgan. Ritmik gimnastika darslarida qo‗llaniladigan vositalar badiiy gimnastikaning bazaviy elementlariga o‗xshash. Bunday harakatlarga yurish, yugurish,

sakrashlarning har xil turlari kiradi. Harakatlarning variantlari uzilib va sokin ijro etish, musiqa ritmiga bog‗liq holda, musiqaning har bir tovushiga mos keladigan sekinlashish va tezlashish bilan qo‗llaniladi. Bunday mashqlarning barchasi qiyinlik darajasi bo‗yicha aniq ketma-ketlikda berilgan va shakli bo‗yicha juda xilma xil bo‗lgan. Mashg‗ulotlar tizimida ohang va ritmdagi juda kichik o‗zgarishlarni harakatlarda aks etuvchi musiqa ostidagi individual va guruhdagi improvizatsiya ancha sezilarli joy egallaydi.

Emil Jak-Dalkroz o‗z davrida keng tarqalgan gimnastik harakatlar musiqa bilan uyg‗un bo‗lgan har xil yo‗nalishlarni o‗rgangan va tahlil qilgan. U, ulardagi ijobiy va salbiy tomonlarini ajratgan bo‗lib, bu, uning ritmik tizimini betakror stilini shakllantirish imkonini bergan. Badiiy gimnastikada bunday yondashuv o‗z qo‗llanilishini topdi va yanada rivojlantirildi.

Fransiyalik fiziolog va pedagog Jorj Demeni (1850-1917) fiziologiya va anatomiya yutuqlari asosida tuzilgan gimnastik jismoniy tarbiya tizimi muallifi. Jorj Demeni o‗z davrida mavjud bo‗lgan gimnastikaning asosiy kamchiligi deb, harakatlarning o‗ta keskinligini, to‗g‗ri chiziqliligi va sun‘iyligini hisoblagan. U, fiziologik jarayonlarga asoslangan holda mushaklarni cho‗zishga va bo‗shashtirishga qaratilgan mashqlarning, ortiqcha davomiy statik kuchlanishlarsiz to‗liq amplituda bilan va keskin siltashlar va beso‗naqay harakatlarsiz bajariladigan mashqlarni maqsadga muvofiqligini isbotlagan. U, jismoniy tarbiyaga bo‗lgan quyidagi prinsipial talablarni ishlab chiqqan:

  • gimnastika dinamik bo‗lishi kerak, statik mashqlardan qochish kerak;

  • harakatlarda to‗liq amplitudaga erishish zarur. Agarda, bir xil mushaklar to‗liq kuchlangan bo‗lsa, unda qarama-qarshi mushaklar to‗liq bo‗shashgan bo‗lishi kerak;

  • harakatlar tabiiy ko‗rinishga ega bo‗lishi, burchakli va uzilib bajariladiganlari bo‗lmasligi kerak;

    Download 94.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling