Badiiy mahorat masalalarini kengroq va chuqurroq tahlil qilishni taqozo etadi


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana05.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1749272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
navoiy-ijodida-badiiy-san-atlar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
Academic Research, Uzbekistan 1079  www.ares.uz 
o‘tkarurlar”. Sharafiddin Romiy esa o‘zining “Haqoyiq ul xadoyiq”asarida (14 a.) 
mubolag‘ani uning yuqori darajasi bo‘lgan ig‘roqdan ajratish zarurligini ta'kidlaydi. 
Mubolag‘a va uning darajalari haqida nisbatan to‘liqroq ma'lumot Atoulloh 
Husayniyning “Badoyi' us-sanoyi'” asarida berilgan bo‘lib, muallif mubolag‘aning 
tablig‘, ig‘roq, g‘uluvv, mardud g‘uluvv kabi turlarini keltiradi.M.ning quyidagi 3 
darajasi mumtoz adabiyotimizda, xususan Alisher Navoiy ijodida keng qo‘llanilgan: 
1) tablig‘ – (ar.) aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin 
bo‘lgan mubolag‘a. Bunda bo‘rttirib tasvir qilinayotgan hodisa yoki xususiyat 
aqlga to‘g‘ri keladi va ba'zan qiyinchilik bilan bo‘lsa da, amalga oshishi ham 
mumkin. 
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. 
(“Badoyi' ul vasat”, 608 g‘azal) 
Visol va'dasini bergan yorning kelmagani oqibatida oshiqning kechasi bilan 
uxlamay chiqishi mubolag‘ali tasvir, lekin bu holatni aqlan tasavvur ham qilish 
mumkin va ba'zan hayotda ham uchrab turadi. 
1) ig‘roq – (ar. kamonni qattiq tortmoq) – aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham, 
hayotda yuz bermaydigan mubolag‘a. Bunday tasvirda o‘quvchi voqea yoki 
xususiyatni ko‘z oldiga keltirib, tasavvur qila oladi, biroq uning amalda yoki 
hayotda sodir bo‘lishi mumkin emas. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida 
Shirinning oti yiqilay deganda, Farhodning otni va Shirinni yelkasiga ko‘tarib 
bir necha chaqirim yo‘l bosishini aqlan qabul qilish mumkin bo‘lsa ham, bunday 
voqea hayotda yuz berishi mumkin emas: 
 
Ko‘tardi orqasig‘a bodponi, 
Nechukkim bodpo, ul dilraboni... 
 
Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo, 
Bo‘lub ollinda qasru havz raydo. 
 
1) g‘uluvv (ar. – qo‘lni imkon boricha baland ko‘tarish) – aql ham bovar 
qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lmagan mubolag‘a: 
 
Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim,
yetkach ohim shu'lasi, ani sarig‘ gul ayladim. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling