Badiiy mahorat masalalarini kengroq va chuqurroq tahlil qilishni taqozo etadi
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
navoiy-ijodida-badiiy-san-atlar
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 1079 www.ares.uz o‘tkarurlar”. Sharafiddin Romiy esa o‘zining “Haqoyiq ul xadoyiq”asarida (14 a.) mubolag‘ani uning yuqori darajasi bo‘lgan ig‘roqdan ajratish zarurligini ta'kidlaydi. Mubolag‘a va uning darajalari haqida nisbatan to‘liqroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning “Badoyi' us-sanoyi'” asarida berilgan bo‘lib, muallif mubolag‘aning tablig‘, ig‘roq, g‘uluvv, mardud g‘uluvv kabi turlarini keltiradi.M.ning quyidagi 3 darajasi mumtoz adabiyotimizda, xususan Alisher Navoiy ijodida keng qo‘llanilgan: 1) tablig‘ – (ar.) aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lgan mubolag‘a. Bunda bo‘rttirib tasvir qilinayotgan hodisa yoki xususiyat aqlga to‘g‘ri keladi va ba'zan qiyinchilik bilan bo‘lsa da, amalga oshishi ham mumkin. Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (“Badoyi' ul vasat”, 608 g‘azal) Visol va'dasini bergan yorning kelmagani oqibatida oshiqning kechasi bilan uxlamay chiqishi mubolag‘ali tasvir, lekin bu holatni aqlan tasavvur ham qilish mumkin va ba'zan hayotda ham uchrab turadi. 1) ig‘roq – (ar. kamonni qattiq tortmoq) – aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham, hayotda yuz bermaydigan mubolag‘a. Bunday tasvirda o‘quvchi voqea yoki xususiyatni ko‘z oldiga keltirib, tasavvur qila oladi, biroq uning amalda yoki hayotda sodir bo‘lishi mumkin emas. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida Shirinning oti yiqilay deganda, Farhodning otni va Shirinni yelkasiga ko‘tarib bir necha chaqirim yo‘l bosishini aqlan qabul qilish mumkin bo‘lsa ham, bunday voqea hayotda yuz berishi mumkin emas: Ko‘tardi orqasig‘a bodponi, Nechukkim bodpo, ul dilraboni... Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo, Bo‘lub ollinda qasru havz raydo. 1) g‘uluvv (ar. – qo‘lni imkon boricha baland ko‘tarish) – aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lmagan mubolag‘a: Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim, yetkach ohim shu'lasi, ani sarig‘ gul ayladim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling