Badiiy matn sintagmatikasi


Download 53.26 Kb.
bet9/14
Sana05.02.2023
Hajmi53.26 Kb.
#1168033
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi Mirxoliqova Sarvinoz

Xabar mazmunli matn:

Prezidentimiz I. Karimov irodasi bilan barpo qilinayotgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui bugun-erta tantanali vaziyatda ochiladi.
(Said Ahmad “Borsa kelmas darvozasi”)

  • Hissiy-ifoda mazmunli matn:

Men yo‘lakda o‘tirardim. Ichim o‘pirilib tushganday edi. Miyamga hech narsa kirmasdi. Men uning o‘lishini bilardim va Xudodan uning o‘lmasligini iltijo qilardim. Ilohim, u o‘lmasin, yo Rab, yo Rab, u o‘lmasin. Nimani buyursang, shuni ado etaman. Faqat u o‘lmasin. Yo‘q, yo‘q, yo‘q, jonim Xudoyo, u o‘lmasin. Yo‘q, u o‘lmasin. Parvardigorim, uni o‘z panohingda asra. Sen bolani olding, endi uni o‘z panohingda asra. Xudo, jonim Xudo, uni o‘z panohingda asra.
(E. Xeminguey “Alvido, qurol!”)

  1. Matnning kognitiv-diskursiv xususiyatlari

Odamzod kechagi kunini eslashi, qo‘msashi, u bilan faxrlanishi mumkin, ammo o‘tmishi uchun yashamaydi. Buning iloji yo‘q. Besamar ham.
Payg‘ambar ham bugunini ko‘ribdi”, “Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema”, “Buguningni ko‘rib tursangchi, ertaga bir gap bo‘lar” degan naqllar foniy umrning barcha fasllariga birday daxldor qat’iy aqida yoki hikmat emas, anchayin bir mavridi gap, xolos. Lekin atrofga nazar soling-a: oxiratni-ku qo‘ya turaylik, oqibatini, hatto ertasini ham unutib, yakkash ayni shu o‘tayotgan kuni, dami, daqiqasining quliga aylanib qolganlar qancha!
Ertangi savol-javobdan qo‘rqsa, andisha qilsa, odam odamni xo‘rlarmidi, odam odamga firib berib, riyo qo‘llarmidi, o‘tkinchi dunyo matohiga insonlik sha’nini almashtirarmidi?!
Ajdodlar ertasini, ya’ni bugungi kunni o‘ylamaganida – siz-u biz dunyoga kelarmidik, bug‘doy boshoq tortarmidi, og‘och meva tugarmidi, yurt ko‘rib turganimizdek ko‘rkam, obodon bo‘larmidi...
Ertaga ham kun bor. Ertaga ham , xudo xohlasa, tong otajak, bobo Quyosh yuz ko‘rsatajak. Unga tik qaramoq-ku mushkuldir, bir-birovimizning yuzimizga, ko‘zimizga qarash azobidan qo‘rqaylik, bugunning zavqi bilan mast yurgan ey hoziriylar!

Download 53.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling