(Erkin A’zam “Hoziriylar”)
Matnning kommunikativ-pragmatik xususiyatlari
Osmon baravar plan berdilar.
– Bajarasan! – dedilar.
– Bajarolmayman, – dedi.
– Bajarasan!! – dedilar.
– Bajarmayman!! – dedi.
– Qamalasan!!! – dedilar.
Bajardi... bola-chaqasi ko‘p edi...
Orden berdilar... Planni oshirib bajargani uchun...
Keyin... qamadilar... Qo‘shib yozgani uchun...
Bola-chaqasi ko‘p edi...
(O‘. Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”)
Martin yakshanba kunlarining birida tushki ovqat paytida Xigginbotamning qarshisida o‘tirarkan, quyidagi so‘zlarni qichqirib aytib yuborishdan o‘zini zo‘rg‘a tiyib qoldi:
“Axir bularning hammasi ilgari yozilgan edi-ku! Mana hozir meni mehmon qilyapsan, lekin ilgari ochimdan o‘lib ketsam ham parvo qilmagan bo‘lar eding, xizmatga kirmaganim uchun uyingga kiritmagan eding. Lekin asarlarimning hammasini o‘sha paytlarda yozgan edim. Endi bo‘lsa gaplarimni ehtirom bilan tinglab, jimgina o‘tiribsan, menga ixlos bilan tikilasan, har bir so‘zimni e’tibor bilan tinglaysan. Men senga, sening partiyang poraxo‘rlar va firibgarlardan tashkil topgan deyapman-u, sen jahling chiqish o‘rniga xayrxohlik bilan bosh irg‘itasan, hattoki, fikrimni ma’qullashga ham tayyorsan. Xo‘sh, nega bunday? Negaki, mening pulim ko‘p! Lekin durustgina, aqli raso yigit Martin Iden bo‘lganim uchun emas! Agar men oy yashil pishloqdan qilingan, deb aytsam, shu zahoti fikrimga qo‘shilgan bo‘larding, hech bo‘lmaganda e’tiroz bildirmasding, negaki, mening oltinlarim ko‘p. Ammo bu oltinlarni men ishlab topganman, sen meni sariq chaqaga olmagan, odam qatorida hisoblamagan paytlarda ishlab topganman”.
(J. London “Martin Iden”)
Matnni lingvostatistik usullarda o‘rganish.
To‘y bozor oqshomi bo‘ldi.
To‘yga ayta-ayt bo‘ldi.
Qizlar kelin tarafga aytdi, bo‘zbolalar kuyoov tarafga aytdi.
Qizlar kelinnikiga bordi, bo‘zbolalar kuyovnikiga bordi.
Kuyovnikida necha-necha qo‘ylar boshi ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |