XULOSA..........................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................................
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartlaridan biri xalqning boy intellektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat va san’at, iqtisodiyot, fan, texnika va taxnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirishdir. Chunki har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki bilimlarni o‘rganish va o‘zlashtirish vazifasi turadi. Zero, ilm bobidagi izlanish insonni ma’naviy, axloqiy – estetik kamolot sari yetaklaydi. Bu kamolotda badiiylikning o‘rni beqiyos.
Bugungi kunda badiiy matnni har jihatdan tahlil qilish tadqiqotchilarning ayni e’tirofida turibdi. Xususan, badiiy matnni lingvistik tomondan o‘rganish eng samarali ishlardan bo‘lmoqda. Badiiy matn sintagmatikasiga oid tadqiqotlar yaratilmoqda va matn tilshunoslik nuqtayi nazaridan alohida tadqiq qilinishi quvonarli hodisa. Ammo bu borada hali bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ham talaygina. Jumladan, badiiy matnni sintagmatik butunlik sifatida o‘rganishning metodologik asoslari ishlab chiqilishi zaruriy muammolardan biridir. Shu ma’noda kurs ishimizda badiiy matn sintagmatikasi turli rakursdan tadqiq etilishi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishida badiiy matn sintagmatikasining tadqiqi misollar asosida badiiy matn bilan aloqador holda o‘rganilishi asosiy maqsad qilib olindi. Bu maqsadni amalga oshirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– matn haqidagi nazariy ma’lumotlarni to‘plash va ular bilan tanishish;
– misollarda qo‘llanilgan matnlarni tahlil qilish;
– matnni sintagmatik butunlik sifatida tadqiq etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |