Badiiy matn sintagmatikasi
Baiiy matnning sintagmatik bo‘linishi
Download 53.26 Kb.
|
Kurs ishi Mirxoliqova Sarvinoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Vahob Rahmonov “Sehrli ko‘zgu”) Matnning tipologik tasnifi Hikoya mazmunli matn
2.2.Baiiy matnning sintagmatik bo‘linishi
Har qanday matnni tahlil qilganimizda quyidagi tasniflarga diqqat qaratishimiz mumkin: Supersintaktik butunliklar va abzas. Tema va rema. Navoiy chin insonga xos xususiyatlarni birma-bir tizadi: eng oliysi – saxovat: el(muhtoj)ga ehson, hadyadir. Ehtiyojmandlarga qilingan yaxshilik, hadya, tortiqlar Alloh yo‘lida qilingan ehsondir. Yaxshi xulq namunasi hayodir. Bu fazilat ikki jinsga bab-baravar farzdir, insoniy chin ziynat shudir. Hayo – ma’sumlik, poklik belgisidir. Yovuzlik va fisq-u fujur behayolikdan boshlanadi. Ezgu xulqning uchinchisi – odob. Odob – odamgarchilik mezonidir. Odob – kishining kimligini bildiruvchi tashqi belgidir. Odob – odamgarchilikning amaldagi ko‘rinishidir. Ana shu uch fazilat egasi axloqan barkamol insondir, deya uqtiradi Navoiy. Chunki ana shu uchta fazilat egasi bo‘lgan insonning shaxsiy umri boshqalarni baxtiyor etishga yo‘naltirilganini biladi. Zero, el uchun yashash, el xizmatiga shaylik, avvalo, Alloh va uning yaratganlarini (xalqini) tanishdir, bilishdir. Ezgu fazilatlar sirasida rostgo‘ylik bordir. Rost gapirmaydigan kishini esa Navoiy er va musulmon emas deya uqtiradi. (Vahob Rahmonov “Sehrli ko‘zgu”) Matnning tipologik tasnifi Hikoya mazmunli matn: Bu voqea 1950-yilning 10-avgust kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida sodir bo‘lgan. Men bundan aslo pushaymon emasman: tug‘ilgan sanamdan ham, ko‘z ochgan joyimdan ham. Dunyoning Toshkent yoki, deylik, Parij degan manzillarida tug‘ilmoqni havas qilmaganman, buning iloji ham yo‘q. Men go‘daklik chog‘imda otam Termizdagi ped-texnikumni bitirib, maktabda muallim bo‘lganlar. Esimni tanigach, ba’zilar u kishiga “domla, domla” deb murojaat qilganida dastlab taajjublanganim shundan. Chunki otam keyinchalik Toshkentda o‘qib, tuman miqyosidagi katta-kichik lavozimlarda xizmat qildilar. Boysunning boobro‘ odamlaridan hisoblanib, keksalikda o‘zlari oqsoqollik qilgan yirik bir mahalla hozir u kishining nomi bilan yuritiladi. Onamiz maktab ko‘rmagan, lekin ko‘p dono ayol. Maqol-matalsiz gapirmaydilar. Bularning aksariyatini o‘zlari to‘qiganiga shubham yo‘q. “Mening akademik enam” deb hazillashib qo‘yaman gohida. Men maktabda yaxshi o‘qiganman. Hamma fandan ilg‘or bo‘lishga intilardim. Ammo o‘lgudek ta’sirchan, xayolparast ham xiyla aks-qaysar edim. O‘zimcha zo‘r adolatparast edim. Kitob, kitobxonlikdan boshqa mashg‘ulotlardan qochganim rost. Download 53.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling