Badiiy metod, adabiy yo’nalish va oqimlar - Reja
- 1. Badiiy metod va uning tabiati.
- 2. Adabiy yo’nalish tushunchasi.
- 3. Adabiy oqimlar haqida ma’lumot.
- 4. Badiiy metod, adabiy yo’nalish va adabiy oqim mushtarakligi.
- Hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari 30-40-yillar adabiyotshunosldigida "metod" deb Yuritilib, unga ko‘ra badiiy adabiyotda ikkita - realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb sanalgan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. Ya’ni, metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, u badiiy adabiyot e’tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va baholashida namoyon bo‘luvchi hodisa sanalgan. Anglashiladiki, atamadagi keyingi ma’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini ilmiy asoslash jarayonida sodir bo‘lgan bo‘lgandir. Shunday bo‘lsa-da, atamaning keyingi ma’noda qo‘llanishi badiiy ijoddagi ikki muhim unsur - metod va uslubni alohida kategoriyalar sifatida tushunish va tushuntirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
- Badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metod gnoseologik (ya’ni, badiiy bilish bilan bog‘liq) kategoriya bo‘lsa, uslub antropologik (ya’ni, ijodkor shaxsi bilan bog‘liq) kategoriyadir. Bir adabiy yo‘nalish doirasida turli oqimlar kuzatilishi mumkin. Zero, adabiy oqim adabiy yo‘nalishning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos bir varianti sanaladi. Adabiy yo‘nalish va oqimdan farq qilaroq, adabiy maktab deganda nazariy jihatdan anglangan ijodiy dasturiga ega bo‘lgan, tashkiliy tuzilma sifatida shakllangan ijodkorlar guruhi tushuniladi. Masalan, XX asr boshlari rus adabiyotidagi futuristlar, akmeistlar shu xil maktab sifatida ko‘rsatilishi mumkin.
- San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning umumiy yo‘llari ijodiy metod deb Yuritiladi. Ijodiy metodga adabiyotlarda «Turmush hodisalarini tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi» (Shukurov N. Hotamov N. va b. Adabiyotshunoslikka kirish. – B. 103, T.: 1979 ), «san’atkorning anglayotgan voqelikka ijodiy munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy asarda voqelikni qayta tiklash prinsipi» (Sultonov I. Adabiyot nazariyasi.T.: 1980 ) turli xil ta’rif beriladi. San’at va adabiyotdagi ijodiy metodlar aslida inson dunyosini, uning ilgari anglanmagan jihatlarini ko‘rsatish borasidagi izlanish yo‘llaridir. Tadqiqotlarda ijodiy metodning ikki turi: romantizm va realizm qayd qilib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |