Badiiy o’qish asoslari va bolalar kitobxonligi fanining maqsad va vazifalari. Kitobxonlik madaniyati


Download 121.14 Kb.
bet4/5
Sana21.01.2023
Hajmi121.14 Kb.
#1107448
1   2   3   4   5
Bog'liq
ВУ 1-маъруза

ADABIYOT NIMA?

  • Adabiyot – so’z san’atidir.
  • Hayot – adabiyot va san’atning tasvir obyektidir.
  • Badiiy ijod jarayoni – hayotni o’rganish (uning mohiyatini chaqish), undan ma’lum xulosa va saboqlar chiqarish (hukmga kelish), hayotiy va jonli tushunchalardan dars olish (“hayot darsligi”), hayotni qayta qurish (orzu va umid) jarayonidir.

Inson – san’at va adabiyotning bosh predmetidir.

  • “O’zining intilishlari, ishlarining butun xilma-xilligi bilan, o’zining o’sishi va tanazzulga ketish jarayoni bilan odam badiiy adabiyotning materiali bo’lib xizmat qiladi” (A.Gorkiy).
  • Adabiyot – insonning tashqi va ichki hayotini, moddiy va ma’naviy dunyosini, ma’naviyati va salohiyatini to’la va atroflicha, yaxlit va jonli tarzda o’rganadi, tahlil qiladi, tasvirlaydi.

Badiiylik nima?

  • Badiiy-estetik xususiyatga, badiiy mazmunga egalik;
  • sanʼatga aloqadorlik.
  • badiiylik — asarning estetik taʼsir kuchi.

Badiiylik

  • Badiiylik — (arabcha “bada’a” fe’lidan kelib chiqqan bo’lib, yangilik kiritish, ijod qilish ma’nolarini beradi) hayotni jonli va ta’sirli qilib tasvirlashning umumiy belgisi, o’xshash qilib qayta yaratilgan olamning tirikligini, mo’jizakorligini, ta’sirchanligini ta’minlovchi hodisadir.

Badiiylik


Obraz
Xarakter
Tip,
detal
Syujet
Kompozitsiya
Janrlar
Badiiy til
Tasvir vositalari
Uslub

Obraz atamasi

  • “raz” (“chiziq”) so’zidan olingan bo’lib, “raz” so’zidan “razit” (“chizmoq”, “yo’nmoq”) va undan “obrazit” (“chizib, yo’nib, uyib, shakl yasamoq”) so’zi yasalgan. “Obrazit”dan “Obraz” (“umuman olingan tasvir”) vujudga kelgan.

Obraz

  • San’atdagi eng oliy predmet – inson hisoblanarkan, demak, “obraz” atamasi insonga (badiiy asardagi insonga) nisbatan qo’llanishi ma’quldir. (V.Belenskiy)
  • Obraz - “badiiy to’qima yordamida yaratilgan, estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va ayni chog’da manzarasidir”.

Download 121.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling