Badiiy publitsistik janrlar


janrini belgilashga asos bo‘ladi. Janrning to‘g‘ri tanlanishi esa publitsistning


Download 0.49 Mb.
bet5/6
Sana23.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1046212
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Badiiy publitsistik janrlar Jahongir

janrini belgilashga asos bo‘ladi. Janrning to‘g‘ri tanlanishi esa publitsistning

ma’lumotlar ustida samarali ishlashiga, faktlarni to‘g‘ri tanlashi va talqin qilishiga

yordam beradi.

Ilmiy manbalarda publitsistik janrlar voqeiy-informatsion, analitik va badiiypublitsistik

kabi turlarga ajratib o‘rganiladi

Rus adabiyotida publitsistika

Rus adabiyotshunosi M.S. Cherepaxov publitsistikada janrlar masalasi

ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida ekanligini, bu borada yagona, qat’iy

mezon yo‘qligini qayd etadi. Shu sababli olim publitsistik janrlarning muhim

xususiyatlarini qat’iy mezon sifatida ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi. Haqiqatan

ham, ocherk, maktub, pamflet, esse, suhbat kabi janrlar mohiyatan ba’zida sof

publitsistik, ba’zida badiiy-publitsistik, ba’zan esa adabiy-tanqidiy xarakterga ega

bo‘lishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan badiiy-publitsistik janrlar olimlar tomonidan turlicha tasnif

qilinadi. R. Muhammadiev “Publitsistika janrlari” kitobida o‘zbek gazeta va jurnallari

asosida publitsistik janrlarga qisqacha ta’rif berib, ularning bir-biridan farqlarini

sharhlaydi.

Yozuvchi publitsistikasi

Yozuvchi publitsistikasi maktub (ochiq xat), maqola, esse (badia), adabiy suhbat

kabi rang-barang janrlarda o‘z ifodasini topadi. Bu janrlar guruhi voqelikni zamon va

makon jihatidan keng qamrab olishi, atrofimizni o‘rab turgan hayot muammolariga

yanada chuqurroq kirib borishi, o‘quvchiga hissiy ta’sir ko‘rsatishi, badiiy usullari,

obrazliligi jihatidan sof publitsistik janrlardan ajralib turadi.


Yozuvchilarning adabiyot va san’atning rivojlanishi, maqsadi va rejalari haqidagi fikrlari doimo badiiy ijod orqali ifoda etiladi. Badiiy publitsistikada esa yozuvchining o‘ziga xos individual uslubi, esseistik qarashlari aks etadi. Yozuvchining bevosita o‘z fikri ifodasi, uning dunyoqarashi, davr muammolariga munosabati esse janri orqali ham ifodalanishi mumkin.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling