Badiiy sanʼatlar mumtoz qofiya Reja


Download 24.04 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi24.04 Kb.
#1231576
Bog'liq
7-mavzu. Adabiyotshunoslikka kirish


Badiiy sanʼatlar mumtoz qofiya
Reja:

  1. Sheʼr sanʼatlari haqida

  2. Maʼnaviy sanʼatlar

  3. Lafziy sanʼatlar

Badiiy (sheʼriy) sanʼatlar sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan oʻzbek adabiyotining oʻziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi, jozibadorligi va taʼsirchanligini ifodalovchi tasvir vositasidir.
Tarixiy anʼanaga koʻra, badiiy sanʼatlar qoʻyidagi navlarga ajratib oʻrganiladi: a) lafziy (soʻzning tovush jihati bilan bogʻliq) sanʼatlar; b) maʼnaviy (soʻzning maʼnosi bilan 6ogʻliqsanʼatlar; v) lafziyu-maʼnaviy (soʻzning ham tovush, ham maʼno jihatlari bilan bogʻliq) sanʼatlar.
Lafziy sanʼatlar, yuqorida aytganimizdek, sheʼriy nutqdagi soʻzning tovushi bilan bogʻliq, koʻproq shakl hodisasi sifatida koʻrinadi. Ammo ularning xam oʻz shartlari bor. “Bilgilki, — deb taʼkidlaydi Atoulloh Husayniy, — lafziy goʻzalliklarning asosi uldirkim, alfozni maʼnoga tobeʼ qilgaylar”.
Tarsiʼ ( arabcha — ziynatlash, bezash) — sheʼr (bayt)da birinchi misra soʻzlari bilan ikkinchi misra soʻzlarining bir-biriga ohangdosh, vazndosh, qofiyadosh boʻlib kelish usuli.
Layli ishqin tanimda jon qil,
Layli shavqin rangimda qon qil. (Alisher Navoiy)
Koʻz birla qoshing yaxshi, qabogʻing yaxshi,
Yuz birla soʻzung yaxshi, dudogʻing yaxshi. (Alisher Navoiy)
Sajʼ (arab. — hamohang) — badiiy matnda ishlatilgan ayrim gap boʻlaklarining yo vaznda, yo qofiyada yoxud har ikkalasi (vazn va qofiya)da moslashuvi. Sajʼ sanʼati dastlab xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan. Oʻzbek xalq ertaklari, dostonlaridagi anʼanaviy oʻrinlar (boshlanma, personajlar tavsifi, ruhiy holatlar, peyzaj, afsonaviy qasrlar)da sajʼ qoʻllanilgan. Sajʼ tasvirning taʼsirchanligini oshiradi — oʻquvchining diqqatini tortadi. U xalq ogʻzaki ijodidan yozma adabiyotga oʻtgan. Mumtoz adabiyotimizda sajʼ sanʼatida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadsharif Gulxaniylar mahorat bilan qoʻllagan.
Mulammaʼ (arab. — turli tilda yozilgan sheʼr) — sheʼrning bir qismini bir tilda, boshqa qismini ikkinchi tilda yozish sanʼati. Rashididdin Vatvot fikricha, mulammaʼning oʻn bayti arabcha, oʻn bayti forscha boʻlmogʻi ravodur. Shayx Ahmad Taroziy aytur: “Bu sanʼat aningdek boʻlurkim, sheʼr ayturlarkim, bir misrani bir til birla boʻlur, bir misrani yana bir til birla.
Mulammaʼ sheʼr ikki tilda yozilgan boʻlsa, “shiru shakar”, uch tilda yozilgan boʻlsa, “shahdu shakar” deb yuritilgan.
Dilbari xush adoi man muncha chuchuk boʻlurmusan?
Omad dar kanori man bir dame oʻltururmusan? (M ashrab)
Qaytarish sanʼati tarixiy poetikaga doir ancha-muncha manbalarda “radd ul-ajuz il-as-sadr”, baʼzilarida esa “mutobiqa”, ayrimlarida “tasdir” deb yuritilgan.
Bu sanʼatning turlari koʻp — adabiyotshunoslikda, ularning turi ellikdan oshadi. Shu vajdan mazkur sanʼatni “radd ul-ajuz ila-as-sadr” deb emas, balki jamlovchi nom — “qaytarish sanʼati” deb atash oʻrinlidir deydi Yo. Isʼhoqov
Radd ul-aks (arab. — aks sanʼati usulida qaytarish). Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy radd ul-aks sanʼatini “Al-radd v-al-aks” deb nomlagan. Radd ul-aks — baytning soʻnggi misrasi oʻrnida uning ilk misrasi (ikki nim nim misrasining aks sanʼati usulida qaytarilishi.

Jonu koʻngul ,marhami_//laʼli labing yodidur.


Laʼli labing yodidur / / jonu koʻngul marhami.
( Taroziy)

Erursen shoh / / — agar ogohsen sen.


Agar ogohsen. sen / / — shohsen sen.
(Alisher Navoiy)
Radd ul-matlaʼ (arab.— matlaning qaytarilishi) — gʻazal matlaʼdagi (qasida boshidagi) bosh misraning gʻazal maqtaʼning soʻnggi misrasi oʻrnida muayyan maqsad bilan takrorlanishi.
Qoshi yosinmu deyin, koʻzi qarosinmu deyin.
Koʻngluma har birining dard-u balosinmu deyin.
Ey Navoiy, dema qoshu koʻzining vasfini ayt,
Qoshi yosinmu deyin, koʻzi qarosinmu deyin.
(Alisher Navoiy)

Xat (kitobot) sanʼati — arab alifbosi harflari shaklidan lirik (epik) manzaralar chizishda, poetik obraz yaratishda foydalanish usuli.


Xat sanʼati kichik lirik janrlar (gʻazal, qitʼa, masnaviy, fard...)da uchraydi. Baʼzan epik asarlar (hikoyatlar) da qissadan hissa tarzida, pand-nasixat, didaktik xulosani ifodalab kelishi mumkin.
Tashbih — oʻxshatish) — nazmiy va nasriy asar tilida koʻp qoʻllaniladigan maʼnaviy sanʼatlardan biri. Tashbih xozirgi oʻzbek tilida asosan “oʻxshatish” deb yuritiladi. Tashbih ikki yoki undan ortiq narsa, hodisa, xususiyatlarni ular oʻrtasidagi oʻxshashlik, umumiylik (sifat, belgi yoki funksiya) nuqtai nazardan qiyoslash.
Koʻk — yuvilgan, artilgan shisha, Suvlar-tiniq, yaproqlar – oltin. (Uygʻun)
Iyhom (arab. — shubhaga solish, chalgʻitish) — murakkabroq maʼnaviy sanʼatlardan biri. Tarixiy poetikaga oid manbalarda uni “tavriya”, “ihom”, “taxyil” ham deb yuritishgan.
Labing bagʻrimni qon qildi, koʻzumdin qon ravon qildi,
Nega holim yamon qildi — men ondin bir soʻrorim bor.
(Bobur)
Ishtiqoq (arab. — soʻzdan soʻz chiqarish) — bir oʻzakdan hosil boʻlgan maʼnodosh soʻzlarni muayyan gʻoyaviy-badiiy maqsadda ishlatish sanʼati. Ishtiqoq sanʼati mumtoz sheʼriyatimizda ham, hozirgi zamon sheʼriyatida ham ishlatilgan. Ishtiqoq qoʻllash shartlari quyidagicha: ishtiqoqni vujudga keltiruvchi soʻzlar, birinchidan, bir oʻzakdan yasalgan boʻlishi, ikkinchidan, bir muayyan doira(gʻazal, qasida, masnaviy...)da yuz berishi lozim.
Jonimdek oʻzga joni dilafkor koʻrmadim,
Koʻnglum kibi koʻngulni giriftor topmadim. (Bobur)
Tazod (arabcha qarshilantirish) — bir-biriga zid tushunchalarni ifoda etuvchi soʻzlarni maʼlum bir estetik maqsadda bir-biriga bogʻlab ishlatish usuli.
Raqib kelgay dedim, yor keldi yolgʻiz,
Yamon sogʻinmaguncha yaxshi kelmay” (Mavlono Lutfiy)
Irsolu-l-masal (arabcha maqol koʻllash) — sheʼrda maqol, matal, hikmatli soʻzlarni muayyan maqsadda tamsil yoʻli bilan ishlatish. Irsol-l-masal nazmda ham, nasrda ham qoʻllanilaveradi.
Husni taʼlil (arab. — chiroyli asoslash) murakkab maʼnaviy sanʼatlardan biri. Adabiyotshunos Yo. Isoqovning yozishicha, “...shoir oʻzining birorta fikri yoxud maqsadini asoslash uchun munosib dalil keltiradi. Bu dalil shoir bayon qilgan fikr uchun real boʻlolmaydi, balki uni quvvatlash uchun keltirilgan poetik dalil hisoblanadi va shu sabab shoirning muddaosi bilan toʻgʻridan toʻgʻri emas, balki tashbihiy yoki istioraviy yoʻsinda bogʻlanib, uning fikrini quvvatlaydi”
Savol-u javob (qaytarmoq — sheʼrni yoxud yirik asarning muayyan parchasini savolu-javob usulida yozish sanʼati)
Dedi: qaydin sen, ey majnuni gumroh?
Dedi: majnun vatandin qayda ogoh. (Alisher Navoiy)
— Nega qadding egik, nega boshing ham,
Nega nigohingni tortadi tuproq?
— Mening yer ustida tanishlarim kam,
Mening yer ostida doʻstlarim koʻproq. (A. Oripov)
Muammo (arab. — yashiringan, berkitilgan) — mumtoz sheʼriyatimizda keng qoʻllanilgan sanʼat (ayni choqda, poetik janr)lardan biri, Muammo hajm jihatidan bir baytdan, baʼzan ikki baytdan tiziladi. Qofiyalanish tartibi: a-a yoxud a-a-b-a. Mazkur misralar zamirida koʻpincha biror nom yoki bir soʻz yashiringan boʻladi. Sheʼrda shunga maʼlum ishoralar qilinadi. Sheʼrdagi ishora va muayyan qoidalar (maʼnodosh yoki shakldosh soʻzlar ekvivalentini qoʻllash, muayyan soʻz(lar)ning arabcha yoxud forscha tarjimalarini ishlatish, suzdagi ayrim harflarni saralab olib soʻz yasash, abjad hisobi asosida soʻz hosil qilish) yordamida yashiringan narsa topiladi — muammo yechiladi. Albatta buning uchun arab grafikasi asosidagi eski oʻzbek yozuvi qoidalarini va abjad hisobini bilish, arab-fors tillaridan xabardor boʻlish lozim.
Bu gulshan ichraki yoʻktur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.
(Sad)
Firoqu rashk-u hajru oh ila dard.
Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Borin ustodi ishq etgach murakkab,
Tarakkubdin bu ism oʻldi murattab.
(Alisher Navoiy)
Muvashshax (arab, — ziynatlangan, bezalgan) — maʼnaviy sanʼatlardan biri (ayni choqda, poetik janr).
Muvashshahlarning oʻziga xos xususiyatlari quyidagicha:
a) sheʼr, asosan, gʻazal shaklida yoziladi, qisman musammat va, hatto, ruboiy shaklida xam yozilishi mumkin;
b) sheʼr misralari zamirida kishi yoxud predmet nomi muzayyan (yashirin) qilinadi. Zamirida biror narsa nomining yashirinishi jihatidan muvashshah chiston va muammo, hatto tarixga oʻxshab ketadi. Ammo, ayni chokda, ularni bir-biridan ajratib turadigan farqlari ham yoʻq emas: tarixda biror voqea yuz bergan muhim sana ifodalansa, chistonda biror predmet yoxud voqea topishmoq usulida beriladi; muvashshahda esa, asosan, shaxslar yoxud predmetlar nomi yashirinadi;
v) sheʼr misralaridan muayyan qoidalar asosida kishi ismi yoki narsa nomi kelib chiqadi, baytdagi toq misralar, baʼzan juft misralar yoki baytning va, hatto, har bir misraning birinchi harflarni terib olib bir-biriga qoʻshilsa, sheʼrda yashiringan ism yoki nom kelib chiqadi;
Maʼnaviy-lafziy sanʼatlar yuqorida aytganimizdek, sheʼrning ham tovush (shakl), ham maʼno (mazmun) tomoni bilan uzviy bogʻliq boʻladi. ham gʻoyatda rang-barang koʻrinishlarga ega.
Tanosib (arab. — bir-biriga munosib) — maʼnaviy-lafziy sanʼatlardan boʻlib, u sheʼriyatimizda keng qoʻllanilib kelingan.
Koʻz birla qoshing yaxshi, qabogʻing yaxshi,
Yuz birla soʻzung yaxshi , dudogʻing yaxshi,
Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshtin-oyogʻing yaxshi
Jonim badaning shifosi boʻlsin,
Boshim qadaming fidosi boʻlsin. (Alisher Navoiy)
Tajnis (arab. — o‘xshash bo‘lmoq — turli maʼnoli suzlar shakldoshligi va hamohangligi.
Asrlar davomida qofiya sanʼatlari shakllangan.
Zulqofiyatayn Bayt misralarida ikki soʻzni qofiya qilib keltirish sanʼati. Zulqofiyatayn qoʻshqofiya deb yuritiladi.
Koʻngliga xayolidan tafakkur,
Jonigʻa visolidan tahayyur.
Alisher Navoiy
Qofiyadosh ikki soʻz misralarda yonma-yon emas, balki ikki oʻrinda kelsa, ular mahjub qofiya deyiladi.
Boqqay desa dogʻi quvvati yoʻq,
Boqmay desa dogʻi toqati yoʻq. Alisher Navoiy
Zulqavofiʼ Bayt misralarida uch va undan oʻrtiq soʻzning qofiyadosh boʻlishi.
Yoʻldasa bu yoʻlda Nizomiy yoʻlum,
Qoʻldasa Xisrav bilan Jomiy qoʻlum.
Musajjaʼ ichki qofiyalari boʻlgan sheʼriy asarlar shunday ataladi. Bu xil qofiya usuli toʻrtta boʻlakka boʻlinib oldingi uch boʻlak mustaqil holda qofiyalanib, toʻrtinchi boʻlak esa sheʼrdagi asosiy qofiyaga ohangdosh soʻz bilan tugallanadi. Bu xil qofiya usuli toʻrtta teng boʻlakka boʻlinishi mumkin boʻlgan sakkiz ruknli (musamman) baytlardagina qoʻllanishi mumkin.


Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling