Badiiy tahlil asoslari


Download 280.19 Kb.
bet18/19
Sana15.11.2023
Hajmi280.19 Kb.
#1774896
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Badiiy tahlil asoslari

XVII- MAVZU


BADIIY ASARNING RUHIY(PSIXOANALIZ) TAHLILI


REJA:

  1. Badiiy asarni ruhiy tahlil etish usulining paydo bo’lishi va taraqqiyoti

  2. G’arb adabiyotshunosligida ruhiy tahlil va psixoanaliz masalasi

  3. Asarni ruhiy tahlil etish tarixi va uning salmoqdorligi

  4. Adabiyotshunoslikda ruhiy tahlil muammosi

  5. O’zbek adabiyotshunosligida ruhiy tahlil taraqqiyoti

  6. H.Umurovning asarni ruhiy tahlil etish haqidagi tadqiqotlari

  7. Asarni ruhiy tahlil etish omillari, tamoyillari va ruhiy tahlil formalari

  8. Asarni ruhiy tahliliga oid asosiy epizodlar talqini

  9. Asarda tush epizodi, badiiy nutq ruhiyati, xarakter ruhiyati



ADABIYOTLAR:

  1. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik ­– T.: “Fan”, 1991-1992

  2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil.

  3. Ҳ.Умуров. Адабиётназарияси. –Т.: «Шарқ», 2002.

  4. Mustaqillikdavriadabiyoti, – T.: “G`.G`ulomnomidagimatbaaijodiyuyi”,200

  5. Фрейд З. Психология безсознательного. –М.: Просвещение.-1989.

  6. Фрейд З. Введение в психоанализ. Лекции.-М.: Наука.-1989.

  7. Фрейд З. «Я» и «Оно»  В кн.: Психология безсознотельного.-М.: Просвещение.- 1989.-С. 432.

  8. Бассин Ф.В., Ярошевский М.Г. Фрейд и проблемы психической регуляции поведения человека В кн.: Фрейд З. Введение в психоанализ. Лекции.- М.: Наука.-1989.-С. 428.

  9. Фрейд З. Введение в психоанализ.Лекции. –М.: Наука.-1989.-С. 425.

  10. Фрейд.З. Психология безсознательного. –М.: Просвещение. – 1989. С. 311.

  11. Фромм Э. Душа человека. – М.: Республика. –1992. –С. 182.

  12. Фрейд З. Психопатология обыденной жизни / В кн.: Психология безсознательного. – М.: Просвещение. – 1989. – С. 202-309.

  13. Фрейд З. По ту сторону принципа удовольствия / В кн.: Психология безсознотельного. – М.: Просвещение. –1989. –С. 405

  14. Райкрофт Ч. Краткий словар психоанализа.-Санкт-Петербург.-1990.

  15. Фрейд З. Психология безсознательного. –М.: Просвещение. – 1989, С. 225-242.

  16. Фрейд З. Достоевский и отцеубийство / В кн.: «Я» и «Оно»-Тбилиси. –Мерини. –1991.-С. 407

  17. Зигмунд Фрейд даҳоми ё сохта олимми? // Ёзувчи.-2001.-27 январь.

  18. Фрейд З. Психология безсознательного.- М.: Просвещение.- 1989.-С. 422.



XIXasrningoxirlariXXasrboshlaridashakllannishbosqichigakirib, butunyuzyildavomidadunyonita’sirdoirasidatutibkelayotganpsixoanalizavstriyalikvrach-psixologZigmundFreyd (1856-1939) nomibilanbog’liq. Z.Freydo’ziningko’pyillikamaliyfaoliyati, izlanishlarinatijasio’laroq «Ruhiybezovtaliktadqiqi» (1895), «Tushlartalqini» (1900), «Kundalikhayotpsixopatologiyasi» (1904), «Chechanlikvauningongsizlikkamunosabati» (1905), «Seksualliknazariyasixususidauchocherk» (1905), «LeonardodaVinchipsixoseksualliknazariyasigachizgisifatida» (1910), «Totemvatabu» (1913), «G’ayriodatiylazzatlanishtamoyili», «Ommapsixologiyasivainson «men»itahlili» (1921), «MenvaU» («Iendit»- 1923), «Tamaddunvaundannorozilar» (1929), «Musovayakkaxudolik» (1939) kabiqatortadqiqotlaryozgan, psixoanalizningmarkaziykonsepsiyalariniishlabchiqqan, asoslashgauringanvaamaliyotdaqo’llagan. ShuboisZ.Freydtomma’nodapsixoanalizamaliyotivanazariyasiningasoschisihisoblanadi. Psixoanalizfalsafasivanazariyasigatatbiqanfreydizmistilohiningqo’llanishihamshusabablidir.Freyddanso’ngpsixoanaliztaxminanuchyo’nalishdadavometdi. Birinchiyo’nalishfreydizmningo’zakmuammolarini, konseptualjihatlarinirivojlantirish, ba’ziholatlardaboshqacharoqtalqinetishgaqaratilganbo’lib, A.Adler, K.Yung, J.Klayn, J.Lakan, Ye.Frommkabimashhurvakillarigaega. Ularfreydizmningnazariyotchilarisanaladilar. Ikkinchiyo’nalishanchayinkengmiqyoskasbetadiva, asosanfreydizmnazariyasiniturlisohalargatatbiqetishgaqaratilgan. Buyo’nalishvakillarisirasigadunyomiqyosidagifaylasufvafalsafashunoslar, siyosatchivasiyosashunoslar, san’atkorvasan’ashunoslar, pedagoglar, antropologlar, etnograflarkiradi. Uchinchiyo’nalishesatorprofessionalfaoliyatbilancheklanadi. Ruhiybemorlarnipsixoanalizusulidamuolajaqilishbilanshug’ullanadi. Ularvrach-psixoanalitiknomlanib, hozirdadunyoningbarchahududlaridafaoliyatyurgizadilar.Freydizminsongatomma’nodagibiologikmavjudotsifatidayondashadi. Aynisababdanodamganisbatano’zigachaan’anabo’lganatamalarniemas, individuum (individuum) atamasiniqo’llaydi. Freydizmningo’zakfalsafasigako’ra, «insoniyatfaoliyatiniijtimoiytaraqqiyotqonunlariemas, g’ayrishuuriypsixikkuchlarboshqaradi. Aqlesarealvoqyelikniaksettirmaydi, balkig’ayrishuuriymayllarniniqoblovchivositavazifasinio’taydi. Aniqroqaytganda, inson (individ) vaijtimoiymuhitdoimiy, sirlikurashholatidabo’ladi».1Bundaykonsepsiyaningshakllanishipsixoanalizningibtidositarixi, metodologikprinsiplaribilanizohlanadi.InsonfaoliyatiningFreydgachabo’lganpsixologiktalqinlaridatadqiqotobyektivazifasiniasosan, ongvaubilanbog’liqjarayonlarbajararedi. Freydesamanashuonglijarayonlarortidayashirinfaoliyatmavjudliginikashfetdivauniongostipsixologiyasi, debnomladi. Avstriyalikmunaqqid-adibStefanSveyg (1881-1942)yozadi: «Freydo’zdavrian’analaribilanzarrachahisoblashmasdan, zamondoshlarioldigayashirinvaanglanmagano’zliknianglashmuammosiniqat’iyqilibqo’ydi»2. S.Sveygningushbufikrlarihissiyunsurlardanxolibo’lmasa-da, psixoanalizmohiyatinio’zidaifodalaydi. Darhaqiqat, psixoanalizongostipsixologiyasinikliniktadqiqetishnatijasio’laroqtug’ildi. Freydo’ziningklinik-muolajaviyfaoliyatidavomidainsonongostipsixologiyasinitadqiqetarekan, psixoanalizgadoirqonun-qoidalarnibosqichma-bosqichtizimgasolabordi. Shutariqao’zqarashlariniasosladi, ilmiydoiralarga, jamoatchilikkatatbiqetdi.
Psixoanalitiktalqinda, psixoanalizgadoirlug’atlardaongostipsixologiyasigaikkima’nodaizohberiladi. Birinchisikengma’nodabo’lib, psixikholatningvaqtinchalikanglanmaganyoanglashqiyinbo’lganyokiumumananglabbo’lmaydiganko’rinishidir. Mazkurholatningo’zihamikkixiltushunchanikeltiribchiqaradi: anglashmumkinbo’lganvamustaqilholatdamavjudbo’lganongsizlik. Ikkinchisimuqarraro’zgarmas, torma’nodagiongostipsixologiyasihisoblanadi. Buanglashmutlaqoqiyin, jilovlashmumkinbo’lmaganongsizlikshaklibo’lib, Freyduniinsonpsixologikfaoliyatining «engtuban» yoki «engoliy» tarzdanamoyonbo’lishi, debtushuntirgan3.Psixoanalizinsonningonglivaongostijarayonlaridankelibchiquvchifaoliyatitabiatinimaxsusistilohlaryordamidatushuntiradi. Bungako’ra, insonintilishvaistaklariniharakatgakeltiruvchikuchlibido (libido), debnomlanadi. Freydningqaydetishicha, «libido-psixikfaoliyatningdvigateli» hisoblanib, uningasosidainsonninganglanmaganseksualmayllariyotadi4. ButushunchaFreydningizdoshlaritomonidanrivojlantirilgan. AgarFreydlibidoistilohiostidafaqatinsongaxosbiologikintilishlarnitushunganbo’lsa, A.Adler, K.Yung, Ye.Frommlarinsongaxosbarchaistaklarini (xususan, hokimiyatga, boylikka, maishiyturmushga) libidoasosidatalqinetishgan. MazkurtushunchaningharikkitalqiniSharqinsonshunoslikilmidaazaldanborbo’lganshahvattushunchasigato’g’rikeladi. Chunkisharqdashahvattushunchasitorma’nodainsonningjinsiymayllarini, kengma’nodaumumannafsoniyistaklariniifodalaydi.Psixoanalizo’zagidalibidoturganinsonfaoliyatiniId, Yego, Superegodebnomlanganuchtushunchaningsistematikmunosabatinatijasi, debhisoblaydi. Idijtimoiyqoidalarnitanolmaydigan, insoniyatyokiinsonhayotiningilkdavrlaribilanbog’liqbo’lganprimitivxirsiyintilishlarinio’zidamujassamlovchitushuncha. AniqroqaytgandaIdtafakkurdanmutloqxolio’z-o’zichatiyilishxususiyatigaegabo’lmagannafsdir. Freydgako’ra, Id (u-it) libidoningasosiyenergiyamanbaidir. Shuningdek, birinson (individuum) hayotiniumuminsoniyat (universum) hayotiningbiologikmodeli, debbilganZ.FreydIdningjilovbilmasintilishlarinegizidao’zining «Yedipkompleksi» konsepsiyasiniilgarisuradi. BundaShohYediphaqidagiqadimyunonmifologiyasisyujetiniasosqiliboladi. /ayriixtiyoriytarzdaotasinio’ldirib, o’zonasigauylanganYedipqismatinibutuninsoniyatuchunxarakterlihodisasifatidatalqinetadi. Uningfikricha, o’ziningongostiistaklaridang’ofilYedip, aslidaijtimoiyvoqyelikkaxossababvaoqibatlarnatijasidaemas, anglanmagannafsoniyintilishlari (Id) boisshuholatgatushgan. Uningcha, umuminsoniyat hayoti modeli(universum)ning bir bo’lagini tashkil etuvchi Yedip holati har bir inson (individuum) bosib o’tishi muqarrar bo’lgan holatdir. Shu konsepsiyasiga asosan Freyd 3-4 yosh orasidagi go’dakda seksual intilishlar mavjud; go’dak uchun dastlabki seksual qoniqish obyekti bo’lib uning onasi xizmat qiladi, degan xulosaga keladi. Ya’ni, 3-4 yoshli go’dak ayni g’ayrishuuriy istaklari sabab, o’z otasini raqib sifatida yo’lidan olib tashlashni istaydi. Freyd xuddi shu yoshdagi qiz bolada ayni holatning teskarisi mavjud, deb hisoblaydi.Uni Yedipning qizi Yelektra nomi bilan bog’laydi va mazkur psixologik jarayonni «Yelektra kompleksi», deb ataydi. Yedip yoki elektra kompleksiga xos holat muayyan tashqi ta’sir natijasida insonning keyingi faoliyatida bevosita rol o’ynaydi. Buning ijobiy yoki salbiy natija berish masalasini psixoanaliz Id – Yego- Superego munosabati bilan bog’lab tushuntiradi.5 Yego istilohi ostida psixoanaliz Id va Superego o’rtasida vositachilik qiluvchi, ijtimoiy–axloqiy nuqtai nazardan ideal darajaga yetgan inson fenomeni bilan, tuban nafsoniy fenomen markazda turuvchi psixologik faoliyat shaklini tushunadi. Bir so’z bilan aytganda, Yego muayyan individuumning jamiyat yoki tashqi muhitdagi qiyofasi. Yego va Id munosabati Freyd tomonidan shunday tushuntiriladi: «Id va Yego aro munosabat suvoriy va ot o’rtasidagi munosabatga o’xshaydi. Farq shundaki, suvoriy otning kuchidan foydalanar ekan, o’z xohishini aqli va kuchi orqali amalga oshiradi. Yego ham Idning kuchidan foydalanadi. Faqat buni o’zining kuchi vositasida emas, balki har ikki kuchni birlashtirish yo’li bilan amalga oshiradi. Yanada aniqroq qiyoslaganda, suvoriy otini xafa qilmaslik uchun uning istaklarini bajarganidek, Yego ham Idning kuchini muayyan maqsadga yo’naltirar ekan, bu aslida Idning ham istagi bo’ladi».6 Demak, Id va Yego munosabatida Yego o’z-o’zicha mustaqil, shu bilan birga mutloq ozod bo’lmagan psixologik holatni ifodalydi. Ya’ni Yego ko’p o’rinlarda Idning tiyiqsiz, o’ta murakkab istaklarini nazorat qiluvchi maqomida turadi. Ammo, shunga qaramasdan uning faoliyatini Idning qutqularidan xoli, deb bo’lmaydi.
Psixoanalizda Superego «Oliy-men» yoki «Ideal-men» deb ham yuritiladi. Superego ko’p jihatdan oliy nozir funksiyasini bijaradi. Id va Yego harakatlarini nazorat qilar ekan, bu harakat individuumning umumfaoliyatida ba’zan ijobiy, ba’zan esa salbiy natijalar berishi mumkin. F.Bassin, M.Yaroshevskiylar tomonidan berilgan mazkur tushuntirish Superego talqin doirasini yanada kengaytiradi, aniqlashtiradi: «Agar Yego Idning foydasiga biron harakatni amalga oshirsa yoki biror qarorga kelsa-yu, bu Superego xohishiga zid bo’lsa, unda Yego vijdon azobi, gunohkorlik iztirobi shakllarida jazo oladi».7Umuman, psixoanalizda Id insonning genetik, biologik, Yego individual-shaxsiy tajribalari, Super-ego esa o’zgalar (oila, ijtimoiy muhit)ning ta’siri sifatida vujudga keldi, deb tushuntiriladi. Shu ma’nodaki, Id sof biologik, Super-ego sof ijtimoiy asosga ega bo’lsa, Yego ham biologik, ham ijtimoiy omillarga ega bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Bu uch tushunchaning sistematik birligi Freyd tomonidan «Yerkin assosiasiya» konsepsiyasi hosilasi, deb tushuntiriladi. «Yerkin assosiasiya» o’z xarakteriga ko’ra, inson hayotining o’tish bosqichidan energiya olsa-da, aslida universal funksiya bajaradi.Freyd o’z faoliyatining boshlang’ich davrida parijlik nevrolog Sharko bilan hamkorlikda mijozlarini gipnoz usulida davolar ekan, «Yerkin assosiasiya» tomonidan keladigan ruhiy iztiroblarni bemorda katarsis holatini tug’dirish orqali davolashga uringan edi. Katarsis Freydning kasbdoshi doktor Breyr tomonidan qadim yunon faylasuflarining estetikaga doir atamalaridan o’zlashtirilgan bo’lib, bu usul bemorni ichki iztiroblarini to’kib solish orqali poklashni ko’zda tutar edi. Gipnoz esa mijozning tortinish, xijolat chekish hislaridan ozod qilish uchun qo’llangan. Ammo bu usul, gipnoz holatidagi mijozning ixtiyorsiz ravishda psixoanalitik talablariga bo’ysundirishini anglangach, samarasiz deb topiladi. Psixoanalizning sistemaga tushishi, muayyan natija berishi «Yerkin assosiasiya» va Id, Yego, Super-ego aro bevosita munosabatda aks etadi. Ruhiy bemorlik yoki ruhiy bezovtalikning ildizlari, psixoanalitik talqinga ko’ra, insonning ongsizlikka asoslanuvchi assosiativ ekskurslari bilan bog’liq. Yekskurs masofasi qanchalik uzoq, anglanmagan voqyelik qanchalik murakkab va chigal bo’lsa, uning oqibati ham shunchalik og’ir bo’ladi. Oqibatning salbiylik darajasi sababning hajmi bilan belgilanadi. Psixoanaliz metodi ong ostidagi assosiativ dunyo aro yo’lga chiqib, ruhiy iztirob sababini aniqlash va uni ongga yetkazishdan iborat. Bu nihoyatda og’ir jarayon. Chunki anglanmagan ruhiy iztirob qachonlardir inson psixologiyasida paydo bo’lgan kuchli istak yoki qo’rquv bo’lib, ularning ilk kurtaklari Idda boshlanadi. Bunday favqulodda holatni talqin eta boshlagan Yego uni Super-egoga uzatadi. Super-ego esa ayni holatni tashqi muhit mezonlari bilan qiyoslaydi. Muqoyasa natijasi ijobiy chiqsa, muammo yechiladi va bu hyech qanday ruhiy tushkunlikka olib kelmaydi. Agar muqoyasa natijasi salbiy chiqsa, kurtak holatidagi iztirob ayni holatda Yegoga qaytariladi va uning yo’liga Super-ego tomonidan to’siq qo’yiladi. Iztirobning yuqoriga bo’lgan harakati to’siqqa uchrab, taqiqlangani bilan ish tugamaydi. Arosatda qolgan Yego uni yana Idga qaytaradi va kurtak holatidagi iztirob Id maydonida yuksala boshlaydi. Shu darajada yuksaladiki, endilikda uning ko’lami Yegoni ham, Super-egoni ham qamrab olishi hyech gap bo’lmay qoladi.So’z yuritilgan jarayon, psixoanalizga ko’ra, uch shaklda maydonga chiqishi mumkin. Bularning birinchisi sirli g’oyib bo’lishi (vo’tesneniye), deb nomlanadi.8 Anglanmagan iztirobning ongdan quvilishi bilan bog’liq holatini ifodalaydi. U ong ostiga tushgach, inson faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, kuchli ruhiy qiynoqlar, hatto ruhiy xastalikni keltirib chiqaradi. Ikkinchisi regressiya deb nomlanadi va Id darajasida faoliyat yurgizar ekan, insonning aqliy faoliyatini inqirozga uchrashiga sabab bo’ladi. Oqibatda inson yashirin iztirob iskanjasida qolib ketadi. Masalan, o’sha anglanmagan iztirob inson o’tmishidagi shamoldan qo’rqish holati bilan bog’liq bo’lsa, u yetmishga kirganda ham shamoldan qo’rqaveradi. Uchinchisi esa sublimasiya bo’lib, psixoanalizda yuzaga chiqmagan inson istaklarining shaxs va jamiyat uchun favqulodda namoyon bo’lish shaklidir. Bu jihat, asosan, yuksak darajadagi ijodiy faoliyat ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Freyd qarashlariga ko’ra, yuqorida tushuncha berilgan har uchala holat ostida insonning amalga oshmagan jinsiy mayllari yotadi. Neofeydistlar ayni masalada Freyd qarashlarini chuqurlashtiradilar. Ya’ni ong osti faoliyati energiya manbai deb, individuumning barcha biologik, ijtimoiy, iqtisodiy istak va intilishlarini tushunadilar (xususan, K.Yung. A.Adler, Ye.Fromm).Psixoanaliz ayni jarayonlarning namoyon bo’lishga doir bir necha murakkab manbaviy nuqtalarni kashf etgan. Ularning har biriga nisbatan muayyan tahlil usullarini ishlab chiqqan. Bunga ko’ra, insonning amalga oshmay qolgan intilishlari inson hayoti va faoliyatning turli bosqichlarida turli shakllarda namoyon bo’ladi. Bularning birinchisi va psixoanalizda anchayin keng ishlangan shakli tush bo’lib, Z.Freyd bunday o’ziga xos voqyelik tahlilini inson ong osti dunyosiga eltuvchi «shohona yo’l» (via regia), deb atagan.9 Tushlarning hyech qanday ma’no va mantiqni tan olmaydigan sirli tabiatida inson ong osti dunyosida tinimsiz harakatda bo’lgan jilovbilmas istaklarining simvollari, belgilari mavjud, deb qaragan. U yozadi: «Tush haqidagi mengacha bo’lgan turlicha talqinlardan qat’i nazar, tushning murakkab va tushuniksiz dunyosi ostida muayyan ma’no yotadi. Faqat ma’no qulfi aniq talqin yo’li bilan ochilishi mumkin. Talqin metodi shunga asoslanadiki, xotirada saqlanib qolgan tush mazmuni yo boshqa mazmun bilan chambarschaslikda yopiq qulfga nisbatan kalit bo’ladi yoki tushning bir butun mazmuni yashirin mazmun uchun simvol vazifasini o’taydi»..Freydning izdoshlaridan biri Yerix Frommning fikricha: «Aksariyat tushlarga xos umumiylik shundaki, ular uyg’oq ong mantiqini, qonun qoidalarini tan olmaydi. Tushda zamon qonuniyatlari o’z ma’nosini yo’qotadi. Chunki tushda biz qachonlardir vafot etgan odamlar bilan muloqotga kirishamiz, o’tmishda bo’lgan voqyealarga guvoh bo’lamiz yoki vaqt nuqtai nazaridan katta farqqa ega bo’lgan ikki mustaqil voqyeaning bir zamon ichida sodir bo’lganini kuzatamiz. Shuningdek, makonlarga xos qonun-qoidalar ham tushda o’z qiymatini yo’qotadi. Biz eng kichik lahza ichida ulkan makon chegaralarini bosib o’tamiz yoki bir paytning o’zida bir necha makonda «mavjud» bo’lishimiz mumkin. Tushda ikki odam bir kishida va ayni paytda bir odam ikki kishida namoyon bo’lishi yoxud bir kishi tamoman boshqa kishiga aylanib qolishi ... uyg’oqlikda mutlaqo xayolga kelmagan kishilar, voqyealar, bilim va tajribalar tushda kashf etilishi mumkin».11Psixoanalizga ko’ra, tushlar ong ostida mavjud bo’lgan, ammo to’g’ridan-to’g’ri namoyon bo’lish imkoniyati cheklangan inson intilishi va istaklarining ramziy ishoralariga kalit vazifasini o’taydi. Bunday kalitga ega bo’lish uchun esa, chuqur psixoanalitik tadqiq talab etiladi. Z.Freyd o’zining psixoseksuallik nazariyasiga asosan tush bilan bog’liq talay simvollarning lug’atlarni ishlab chiqqan. Masalan, «Silliq devorli uy»- erkakni «zinali uy»-ayolni; suv bilan bog’liq tushlar – to’lg’oqni; tayoqlar, shamsiyalar, havo sharlari – shahvoniylikni; tishning sinishi - jinsiy ma’nodagi tartibsizlik uchun jazoni bildiradi va h.k. Frommning yozishicha: «Freyd nafaqat tush tabiatini belgilashiga urindi, balki tushning uyg’oqlikda taqiqlangan inson irrasional istaklarining amalga oshish maydoni ekanligi haqidagi o’zigacha bo’lgan qarashlarni asoslab berdi»12.Freyd tadqiqotlarida turli-tuman tushlar, ularning tabiati va talqin darajasidagi farqlar haqida fikr yuritiladi. Individuum faoliyatini tashkil etuvchi uch sistematik birlik Id-Yego-Super-ego tush olami aro tom ma’noda faol harakatda bo’ladi. Inson uxlayotganda uning real ongi harakatdan to’xtasa ham, bu sistema «ishlayveradi». Yendilikda nazoratlar, taqiqlashlar, ziddiyatlar tush dunyosi ichra davom etadi. Biroq bunday konflikt shakllari o’z dunyosiga yarasha, ya’ni: «Tushda o’zaro zid ikki tasavvur ayni bir elementda namoyon bo’ladi. «Yo’q» so’zi baayni tush leksikasida mavjud emas. Bu holat tushda o’ta g’ayrimantiqiy tarzda ifoda topadi. Bitta voqyea yoki syujet bir paytning o’zida muayyan intilishning ham iqroriga, ham inkoriga xizmat qildi».Z.Freyd tushga xos bu holatni «ixtiyoriy konflikt», deb ataydi. Uningcha, tush voqyeligida «yo bunday yoki unday» qoidasi emas, «bunday va bunday qoidasiga asoslanuvchi konflekt shakli xosdir».Z.Freyd tush tabiatidagi bunday o’ziga xosliklardan kelib chiqib, uning ochiq va yashirin mazmun aro munosabatini uchta kategoriyaga ajratadi. Bularning birinchisi aqlga to’g’ri keladigan, tushunarli tushlar. Ikkinchisi, aqlga to’g’ri keladigan, tushunarli, ammo g’alatiroq tushlar. Chunki biz bunday tushlar mazmunining ongli hayotimizga bog’liq nuqtalarini topa olmaymiz. Uchinchisi, aqlga to’g’ri kelmaydigan, tushunib bo’lmaydigan, chigal va murakkab tushlar. Psixoanaliz ushbu har uch kategoriyaga oid tushlar ustida ishlar ekan, yuqorida so’z yuritilgan metodik prinsiplarga asoslanishni tavsiya etadi.Fikrlar tushunarli bo’lishi uchun bir tushning psixoanalitik tomonidan olib borilgan talqin jarayonini kuzatamiz.
28 yoshli advokatning tushi:
-Tushimda oq otga minib harbiy ko’rik qabul qilyapman. Askarlar izdihomi meni sharaflamoqda.
Tush syujeti bor-yo’g’i shu. Jo’n yondashganda bu shunchaki bir tush bo’lsa, psixoanaliz usuli bilan yondoshganda tamomila o’zgacha talqin topadi. Kishining xayoliga kelmaydigan sirlarini namoyon qiladi.Psixoanalitik bilan kechgan uzoq muloqotdan ma’lum bo’ladiki, advokat yoshligida o’sha nimjon, qo’rqoq va uyatchan bola bo’lgan. O’z tengdoshlari uni ayni sababdan kamsitishgan. Shuningdek, otasining jismonan baquvvatligi, o’ktamligi va o’ziga bee’tiborligi bolani bundan ham kuchliroq iztirobga solgan. Bola ojizligi bois o’ziga nisbatan nafrat hissini tuygan. Ayni paytda hammadan kuchliroq, o’ktamroq bo’lishini orzu qilgan. Orzulari ro’yobini buyuk sarkarda Napoleon siymosida ko’rgan. U bilan bog’liq ma’lumotlarni o’rgangan, rasmlarni yiqqan. Oradan bir-ikki yil o’tib, jamiyatda o’rnini topa boshlagach, Napoleon haqidagi orzulari, intilishlari uning uchun ortiqcha bo’lib qolgan. Bular advokatning psixologik holati bilan bog’liq assosiativ voqyelik. +achonlardir Super-ego tomonidan noto’g’ri topilgan, Yego tomonidan Idga yo’llangan bolalikdagi hissiyot. Advokat bu haqda allaqachon unutib yuborgan. Biroq advokatning ayni damdagi hayotida shunday voqyealar sodir bo’lgan: Ishda boshlig’i bir xatosi uchun unga tanbeh bergan. Advokatni bu holat bir oz cho’chitgan. Ammo tez orada ushbu holatining to’g’ri izohini topgan va boshliq bilan bo’lgan voqyeani esdan chiqargan. Shunga qaramasdan ishda o’zini horg’in sezgan. Ishdan so’ng kinoga borgan. Kino qahramonining qashshoqligi, azobu uqubatlari va, nihoyat g’alabaga erishishi voqyealarini tomosha qilgan, hatto yig’lagan. Shundan so’ng mijoz uyquga yotgan va bizga ma’lum tushni ko’rgan.Yechim shunday: Advokat bolalgidagi uyatchanlik, qo’rqoqlik hissi (Id)dan nafratlangan, iztirobga tushgan. Real muhit (oilasi, atrofdagilar)dan najot bo’lmagach, u (Yego) butun najotni o’z fantaziyasidan qidirgan. Jamiyatda qisman o’rnini topgach, u (Superego) o’zining xayoliy dunyosidan qocha boshlagan va u haqdagi tasavvurlarini quyi (Id)ga yo’naltirgan. Ammo 28 yoshda ham to’la shakllanib ulgurmagan Yego arzimas tashqi ta’sir (boshliqning tanbehi, kinofilm) oqibatida bolalik hayotini qo’msab qolgan. Bu holat ongli faoliyatda anglanmagan, balki ong ostida, tushda ishora bergan. Bu o’rinda psixoanalitikning vazifasi anglanmagan ong osti holatini mijozga anglatish va uni ismsiz iztirobdan xalos etishdir.Psixoanaliz o’ta muhim sanaydigan holatlardan yana biri Freydning «Kundalik hayot psixopatologiyasi» asarida tatqiq etilgan faoliyatlar tizimidir14. Mazkur tizim o’z nomi bilan inson faoliyatini barcha hududsiz kengliklari bo’ylab qamrab oladi. Tadqiqotda shunday holatlardan bir nechtasi xususida fikr yuritilgan. Bular quyidagilar: «O’z ismini unutish», «Xorijiy so’zlarni unutish», «Ot va fe’llarni unutish» «Bolalikni xotirlash va qoliplovchi xotiralar haqida» «Noto’g’ri talaffuz» «Xato sanash va xato yozish», «Taassurot va burchlarni unitish» «Ixtiyoriy «xatokorlik» faoliyati» «Simptomatik hamda tasodifiy faoliyat», «Adashib xato qilish» «Rejalashtirilgan xatokor faoliyat» «Tasodifiyatga ishonish va xurofiylik».Freyd bunday faoliyat shakllarini o’rganar ekan: «Ular qachonlardir ongda paydo bo’lib, keyin undan quvilgan, ammo o’zini namoyon qilish qobiliyatini tamomila yo’qotmagan fenomenlardir», degan xulosaga keladi.15Yuqorida sanab o’tilgan faoliyat shakllari inson hayotiga bo’lgan ta’sir darajasi, struktural o’ziga xosligi, sodda yoki murakkabligi jihatdan bir xil emas. Ularning biri o’ta jo’n va ko’p takrorlanadigan, boshqasi esa o’ta murakkab va nihoyatda kam uchraydigan holat bo’lishi mumkin. Lekin, shunga qaramasdan, Freyd kelgan xulosa ularning har biri uchun xarakterli hisoblanadi. Mazkur faoliyat shakllarining yana bir muhim jihati: «ularning sog’lom odamlar kundalik turmush tarzida uchraydigan arzimas ruhiy holatlar» ekanida ko’rinadi.16Freyd yuqorida sanab o’tilgan holatlarning har birini o’nlab misollar bilan asoslashga uringan. Shulardan birini ma’lumot uchun keltiramiz. Bu misol bevosita Freydning o’z hayoti bilan bog’liq17. U yozadi: «Tez-tez xabar olib turadiganim bir bemorning eshigiga yaqinlashar ekanman, qo’ng’iroq tugmasini bosish o’rniga beixtiyor cho’ntagimdan o’z kvartiram kalitini chiqarardim. Uyatdan kalitni cho’ntagimga yashirayotib, o’zimda ro’y bergan bu holatning – «Ixtiyoriy xatokorlik faoliyati» ekanini anglardim. Bu holat mening ongim ostida mavjud «bu yerda men o’zimni uydagidek his qilaman», degan fikrdan dalolat edi».18Freydning inson kundalik faoliyati ustida o’tkazgan tajribalaridan chiqargan xulosasi shunday: inson faoliyatida tasodifiy holatlar bo’lishi mumkin emas; har bir «xato» o’zining muayyan tarixiga ega; inchinun, bunday xatolar ostida insonning ong osti istak va intilishlari yotadi. Xususan, nimanidir tasodifan unutish, ixtiyoriy istak tarzida, shu narsani eslashni istamaslikdan kelib chiqadi.Inson faoliyatining yana bir psixoanaliz asoslashga uringan yashirin jihati Freydning «/ayriodatiy lazzatlanish tamoyili» asarida o’z aksini topgan. Bunga ko’ra, insonning o’z vujudini saqlash, uzoq yashashga, hayotdan lazzat olishga bo’lgan istaklariga zid ravishda, o’z vujudini mahv etaroq, o’limga intilishdan lazzatlanish istagi ham mavjud. Bu istak hayotga bo’lgan istak bilan parallel ravishda, teng proporsiyada yashaydi. Freydning fikricha, inson yoki insoniyat hayoti faqat dinamik-progressiv qonuniyatlarga asoslanmaydi, balki uning uchun permanent (aylanma harakat) qoidasi xosdir. Sof biologik instinktlar boshqaruvida bo’lgan hayvonot, go’daklar va nevrotik holatdagi kishining o’sish, yangilanishdan ko’ra, biror narsa yoki hodisaning takroriga ko’proq ruju qo’yishi bunga misol bo’ladi. Freyd bunga qushlarning, baliqlarning dastlabki makonlariga qayta-qayta intilishlarini yoki bolaning bir ertakni takror-takror eshitishini yaxshi ko’rishni misol qilib keltiradi. O’rta asr italyan adibi Tarkvato Tossoning «Ozod etilgan Iyerusalim» asaridan quyidagi voqyeaga ayni ruhiy holat ifodasi sifatida qaraydi. Ya’ni asar qahramoni Tankred jangda tasodifan seviklisi Klorindani o’ldirib qo’yadi. Uning dafn marosimi o’tar-o’tmas Tankred qo’rqinchli, sehrlangan o’rmonga yo’l oladi. U yerda baland bir daraxtni qilichi bilan chopib tashlaydi. Shunda daraxtdan qon tomchilab seviklisi Klorindaning alamnok ovozi eshitiladi. Joni daraxtga sehrlangan Klorinda Tankredning o’ziga yana azob berayotganidan noliydi. Freydning talqiniga ko’ra, Tankred o’z sevganini tasodifan o’ldirmagan, balki bu bilan o’zining ongi ostidagi yashirin istaklarini ikkinchi bor ro’yobga chiqargan. Daraxtni ham go’yo ayriliq iztiroblari bergan g’azabdan qutulmoq uchun beixtiyor chopgan bo’lsa-da, aslida sevgilisiga ikkinchi marta ozor berib, uning azobi evaziga azoblaridan xalos bo’lgan, hatto rohatlangan. Bunday g’ayrimantiqiy holatlarni Freyd shunday asoslashga urinadi: «Agar biz faktlarga asoslanadigan bo’lsak, barcha tirik jonzot botiniy sababiyatlar bois o’ladi, ya’ni organik modda noorganik moddaga aylanadi. Demakki, har qanday tiriklikning asl maqsadi alal-oqibat o’lim tomon yo’nalgan bo’ladi»19. Uningcha, inson tabiatidagi aylanma harakat (permanent) tizimi hayotning davomiyligini ta’minlaydi. Har qanday tirik jonzot hayotining davomiyligini ta’minlashga intilar ekan, bunga o’z tirikligini mahv etish evaziga erishadi. Uning o’limga tomon harakati hayotga bo’lgan intilish niqobi bilan o’ralgan bo’ladi. Freyd insonning hayotga bo’lgan intilishlarini Yeros, o’limga bo’lgan intilishini esa Tanatos20 instinkti, deb ataydi. Bir qarashda, hayot va o’lim abadiy kurashda, bular o’rtasidagi murakkab kontrast hayot dialektikasini belgilaydigandek tasavvur beradi. Ammo Freyd ushbu zohiriy kontrast asosida o’zgacha mazmun-estafeta prinsipi bor, deb hisoblaydi. Yeros bilan ifodalanuvchi jinsiy mayllar o’zidagi hayot elementlarini boshqa organizmga uzatar ekan, yangi hayot shaklini maydonga keltiradi. Shuning barobarida o’zi va yo’ldoshining o’limga tomon harakatlarini ta’minlaydi. Bu jarayon Yeros va Tanotos o’rtasidagi doimiy va ixtiyoriy munosabatdir. Barcha harakatlar markazida turuvchi libido mohiyatini faqat Yeros funksiyasi emas, balki Yeros va Tanatos aro sistematik butunlik funksiyasi tashkil etadi. Shu ma’noda, libido insonning hayotga bo’lgan intilishlaridan qanchalik lazzatlansa, o’limga tomon intilishlaridan ham shunchalik lazzatlanadi.Bunday aylanma harakat jarayoni Yeros va Tanatos funksiyasi aro tenglik bo’lganidagina normal hisoblanadi. Bu ikki kuch munosabatida tenglik muvozanati buzilganda esa, individuum hayoti uchun anormal holat yuzaga keladi. Muvozanatning buzilishi qay darajada bo’lsa, uning oqibati ko’lami ham shunday bo’ladi. G’ayriodatiy lazzatlanish tamoyilining funksional shakllari oddiydan murakkabga, sarkashlikdan vahshiylikkacha bo’lgan bepoyon makon va zamon ko’lamiga ega. Chekish, ichish, qimorvozlik, betartib turmush kechirish kabi qator umuminsoniy qusurlar mazkur tamoyilining eng oddiy va kundalik shakli hisoblanadi. Inson aqlan bunday qusurlari vositasida o’z hayotini yemirayotganini ko’pincha anglamaydi. Ayni faoliyatlarni amalga oshirayotib, hayotdan zavqlanishini, unga bo’lgan intilishini qo’ymaydi. Bunday tushuncha uni hatto narsissizm, sadizm, mozaxizm, nekrofillik21 kabi anormal holatlarda ham tark etmaydi. U o’z holatini hayotiy funksiya, deb anglaydi. Yerix Fromm ayni holatga doir shunday misol keltiradi. «Tabiatida sadistik istak mavjud bo’lgan ota bolalarini tez-tez jazolab turishga, ular bilan qo’pol muomala qilishga, moyil bo’ladi. Lekin u bolalarini urar, jonini og’ritar ekan, bu ishini bola tarbiyasidagi eng samarali usul, deb ishonadi. Uning maqsadi bolalarida ezgulik, yaxshilik fazilatlarini kuchaytirish bo’ladi. Aslida esa, ota bu bilan bolalarini tarbiyalashni emas, o’zining sadistik istaklarini qondirayotganini anglamaydi»22.G’ayriodatiy lazzatlanishning eng tuban shakli – bu nekrofillik hisoblanadi. «Nekrofil odamlar tiriklikni emas, jonsiz narsalarni: yiring va fotonatga botgan murdani ko’rganda lazzatlanishadi. Nekrofillar, ayniqsa, kasallik, dafn marosimlari, o’lim haqida so’z yuritishni sevishadi. Shundagina ularning doimiy tund yuzlariga hayot sharpasi ko’rinadi».23Freyd va freydchilar insonga xos ayni holatlarni tush ko’rish, «xatokor» faoliyat kabi chuqur o’rganganlar. Juda ko’plab jihatlarini kashf etganlar. Uning nafaqat individuum hayotidagi balki ijtimoiy voqyelikdagi sabab va oqibatlarini asoslab berishga uringanlar.Umuman, psixoanalizning shakllanish prinsiplari, mohiyati, metodologik o’ziga xosliklari haqida juda ko’p gapirish mumkin. Psixoanaliz kashf etgan eng kichik elementlardan tortib, eng katta sistematik birliklargacha inson borlig’i (individuum) va uning faoliyatidan kelib chiqadi. Ularning barchasi o’ta murakkab hodisalar hisoblanadi va ayni paytda har tomonlama keng talqinni talab etadi. Shu ma’noda, yuqorida so’z yuritilgan masalalar psixoanalizni to’liq tadqiq etishga emas, balki u haqda muayyan tasavvur uyg’otishga qaratilganini ta’kidlash joiz. Chunki bizning asl maqsadimiz psixoanaliz va adabiyot aro munosabat masalasini yoritishdan iboratki, buning uchun so’z yuritilgan masalalar kifoya, deb o’ylaymiz.
Psixoanaliz va adabiyot o’rtasida qanday aloqadorlik bor?
Savolning eng oddiy va haqqoniy javobi har ikkisining obyekti, talqin usuldagi mushtaraklikda ko’rinadi. Adabiyotning ham psixoanaliz kabi (yoki aksincha) yagona talqin obyekti – bu inson. Adabiyot ham psixoanaliz kabi inson borlig’iga universal yondashish xususiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, yuqorida bayon etilgan fikrlar faqat psixoanalizga emas, balki adabiyotga ham tegishlidir. Ishning asosiy qismini ayni masalaga qaratilishiga ham sabab shu. Endi adabiyot va psixoanaliz aro munosabatning xususiy jihatlari, aniqrog’i psixoanalizning tahlil usuli sifatida adabiyoshunoslikdan tutgan o’rni haqida fikr yuritamiz.Adabiyot psixoanalizga nisbatan ham obyekt, ham subyekt vazifasini bajaradi. Adabiyotni psixoanaliz obyekti sifatida qaraganimizda, psixoanaliz nazariy adabiyoshunoslikning bir tadqiq usuli o’laroq uning tarkibiy qismiga aylanadi. Aksincha bo’lganda, psixoanaliz adabiyoshunoslikning obyekti o’laroq namoyon bo’ladi.Psixoanaliz hyech qachon obrazli tafakkursiz ish ko’ra olmaydi. +olaversa, freydizm nazariyasining asos konsepsiyasini tashkil etuvchi «Yedip komleksi» ham bevosita obrazli tafakkur namunasiga tayanadi. Hatto, aytish mumkinki, obrazli tafakkur Freydga psixoanaliz usulini ishlab chiqish uchun xamirturush vazifasini o’tagan.Shuningdek, Freyd, Yung, Froim, Adler va Lakan kabi mashhur psixoanalitiklar ijodida bevosita adabiy asarlar tahlili o’laroq yuzaga kelgan tadqiqotlar talaygina.Freyd o’z nazariyasining o’ta nozik nuqtalarini talqin etishga, asoslashga urinar ekan, albatta biror adabiy asarga murojaat qiladi. Uning tadqiq usulidagi bu jihat bir paytning o’zida ikkita funksiya bajaradi. Avvalo, Freyd isbot etmoqchi bo’lgan fikrga dalil vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan shu asarning insonshunoslik nuqtai nazaridan tutgan darajasini namoyon etadi. Masalan, Freydning «Kundalik hayot psixopatalogiyasi» nomli tadqiqotida Shillerning «Vallenshteyn» asarining 1 parda 5 -ko’rinishdan bir misol keltiriladi. Bunda asar qahramoni Oktavio o’z suhbatdoshi Kvestenbergga «Ketdik. Gersogning oldiga!» deyish o’rniga «Uning oldiga!» (K ney!), degan so’zni ishlatib qo’yadi. Freyd talqinicha, bunday hardamxayollik (obmolovki) tasodifiy emas, balki Oktavio ongi ostidagi yashirin istakning hardamxiyollik tarzida namoyon bo’lishidir. Bu birinchi tomoni. Ikkinchidan, qahramon holatining bunday chuqur psixologizmda ochilishi asar muallifi Shillerning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Shuningdek, ayni tarzdagi nomantiqiy, tushunarsiz ifodalar mohiyatini anglamay turib, yozuvchining ifoda uslubiga to’g’ri baho berib bo’lmasligini Freyd alohida ta’kidlaydi.24«Dostoyevskiy va padarkushlik» Freydning badiiy asar va muallif biografiyasi asosisda olib borgan tadqiqotlaridan hisoblanadi.25 Psixoanalizning sof nazariy-metodologik, tibbiy-psixologik jihatlarini asoslashga qaratilgan («Seksuallik xususida uch ocherk», «/ayriodatiy lazzatlanish tamoyili», «Kundalik hayot psixopatalogiyasi kabi» ) asarlarda adabiyot, badiiy tafakkur bilvosita xizmat qilgan bo’lsa, ushbu asarda bevosita xizmat qiladi. Tadqiqotda Freydning nazari birinchi navbatda muallifning ijodiga emas, shaxsiyatiga qaratiladi. «Dostoyevskiyning serqirra shaxsiyatini to’rt tomondan o’rganish mumkin: yozuvchi sifatida, nevrotik sifatida, mutafakkir-etik sifatida va gunohkor sifatida», deb yozadi Freyd ushbu asarida26. Freydning fikricha, Dostoyevskiy asarlaridagi shahvatparastlar, jinoyatchilar, qotillar, xudbin va telbalar obrazi aynan muallif ichki dunyosida yashirin istaklaridan va uning biografiyasi bilan bog’liq ba’zi hodisalardan kelib chiqadi. Shuningdek, yozuvchi ijodidagi padarkushlik talqini ham ayni sabablar oqibati o’laroq namoyon bo’ladi.
Ma’lumki, F.Dostoyevskiy 18 yoshida otasidan ajragan. Shu yoshga qadar Dostoyevskiyda kuchsiz shaytonlash va qo’rquv holati yuz berib turgan. Faqat 18 yoshga kelib, ya’ni otasining o’limidan keyin, bu ruhiy simptom epilepsiyaga27 aylangan. Freyd ushbu holatni yozuvchining bolalik yillari bilan bog’liq dalillar asosida isbotlashga urinadi. Bunga ko’ra: «Uning bolaligidagi shaytonlashi bilan bog’liq bo’lgan mazkur holat o’lim vahimasi nomlanib, letargik tushlar ko’rinishida namoyon bo’ladi... Akasi Andreyning hikoya qilishicha, yosh Feodor uxlash oldidan uyqusida o’lib qolishidan qo’rqishi, agar shunday holat yuz berib qolsa, uni faqat besh kundan so’ng dafn etishlarini so’rab xat qoldirar ekan».28 Freyd bunday ruhiy holat ong ostida birovning o’limini istab yurgan kishilarda ro’y berishini aytadi. Shundan kelib chiqib, yosh Feodordagi ayni holatni uning otasiga bo’lgan munosabati bilan izohlaydi. Uningcha, yosh Feodorning ongi ostida seksual raqib sifatida otasining o’limini istash holati bo’lgan. Otasining o’limidan so’ng undagi ruhiy kasallikning zo’rayishi esa o’ta murakkab ong osti jarayoni bilan bog’liq. Ya’ni otasiga munosabatda Dostoyevskiy shaxsiyati bir paytning o’zida ikki xil pozisiyaga ega bo’lgan. Bu psixoanalizda «ambivalentlik», deb atalib, bir paytning o’zida bir obyektga nisbatan ham muhabbat, ham nafratni ifoda etadi. Freydga ko’ra, yosh Feodor bir tomondan otasining o’limini istagan va undan nafratlangan, ikkinchi tomondan otasini sevgan va uning o’limidan vahimaga tushgan. 18 yoshida otasining o’lim topishi unda qoniqish hissini o’yg’otishi bilan birga, kuchli iztirob o’z-o’zidan nafratlanish hissini kuchaytirgan. Natijada kuchli ruhiy kasallikni keltirib chiqargan.
Umuman, Freyd talqinidagi Dostoyevskiy shaxsiyati ambivalent munosabatning tipik namunasidir. Bunday munosabat yozuvchining nafaqat yaqinlariga, atrofidagi begona kishilarga, o’quvchilariga nisbatan, balki o’ziga nisbatan ham ko’zga tashlanadi: «Har holda uning shaxsiyati sadistik qirralardan holi emas. Undagi qahru g’azab, sabrsizlik, azoblashga moyillik istaklari o’z yaqinlariga munosabatida, o’quvchi bilan ichki muloqotida yaqqol ko’zga tashlanadi. Arzimas masalalarda u o’zgalarga nisbatan, asosiy holatlarda o’ziga nisbatan sadist hisoblansa, ayni paytda hyech kimdan yordamini ayamaydigan, yumshoq ko’ngil, ezgu qalbli kishi sifatida namoyon bo’ladiki, bu undagi mozaxizmdan dalolat»,30 deb yozadi bu haqda Freyd. Otasining o’limi, garchi bunda jismonan sababchi bo’lmagan bo’lsa-da, Dostoyevskiyda chuqur gunohkorlik hissini uyg’otgan. Bunday hissiyot manbai uning ongi ostidagi otasining o’limiga bo’lgan intilish bo’lib, aybdorlik hissining yozuvchi faoliyatida namoyon bo’lish shakli esa, ayni mozaxistik sublimasiyadir. Freyd Dostoyevskiy psixologiyasidagi mana shunday murakkab va chigal holat ifodasini «Aka-uka Karamazovlar» romanida ko’radi. Ma’lumki, romanda otasining o’limini maqsad qilib yashayotgan Ivan Karamazov istagi boshqa Karamazov (o’gay o’g’il Smerdyakov) tomonidan amalga oshiriladi. Dostoyevskiy ifoda usulida aynan o’sha qotil Karamazovga nisbatan simpatiyaning yetakchilik qilishi Freyd uchun kalit vazifasini o’taydi. Uningcha, aslida qotil bir ijrochi xolos. Haqiqiy qotil esa, otasining o’limini ich-ichdan istab yurgan Ivan. Shu ma’noda Ivanning ichki iztiroblari, o’z navbatida Dostoyevskiyning ham iztiroblaridir. Uning ruhiy bemorligi aynan Dostoyevskiyning dardidir. Shuning uchun muallif bu qahramonidan nafratlanar ekan, ayni nafrat barobarida qotil Karamazovni o’zining xaloskori, deb biladi.Tahlil asnosida Freyd «Aka-uka Karamazovlar» romanini jahon adabiyotining ikki buyuk asari «Shoh Yedip» va «Gamlet»dan yuqori qo’yadi. Dostoyevskiy romani haqida: «Bu yo’nalishda rus yozuvchisining romani bir qadam olg’a ketadi», degan so’zlarni yozadi.31«Chechanlik va uning ongsizlikka munosabati» Freydning bevosita adabiy manbalar, ijodiy jarayonlar tahlili orqali yozilgan muhim tadqiqoti hisoblanadi.32 Mazkur asar chechanlikning estetik funksiyasini psixologik omillar tizimi sifatida asoslashga qaratilgan. Chechanlik va uning genezisi, chechanlikning ongsizlik bilan munosabati, chechanlik va komizm turlari masalalari psixoanalitik usulda tahlil etilgan.
Freyd chechanlikning «favqulodda subyektiv komizm» , «mulohazalar uyini» (K.Fisher), «g’oyalar bilan o’ynashish»(J.Paul), «tasavvurlar ziddiyati», «ma’nisizlik ichidagi ma’ni» (Ch.Lupps), «anglanmagan ma’nining bir lahzalik anglovi»(Kant,Gemmans)kabi ta’riflarini asosan inkor etadi. Uningcha, chechanlik so’zning ifoda usuli (texnikasi) va an’ana-xotira (assosiativ ekskurs)ning mushtarak funksiyasi o’laroq namoyon bo’ladi. Bunda, albatta, aytuvchi bilan eshituvchi munosabati bo’lishi shart. Mushtarak funksiya mohiyati ham shundagina reallashadi. Freydning fikricha, mazkur usullarning barchasi so’z iqtisodi, zichlash ataluvchi asosiy nuqtada umumlashadi. Chechanlikning o’z aytuvchisi va tinglovchiga ko’rsatadigan ta’sir kuchi ham avvalo gapning ifoda shakli bilan bog’liq. Ayni paytda aytuvchi uchun nozik lutfning kulgili joyi yo’q. Uni o’z lutfining boshqa birov tomonidan qabul qilinishi qiziqtiradi. U shundan lazzat oladi. Uning lutfidan ta’sirlanib kuluvchi kishi esa lutfning ma’nosidan emas, balki bu lutf xotirasi qatida yashirin nimanidir eslatgani uchun kuladi. Mana shu «nimadir» aynan an’ana-xotira hisoblanadi. Freydga ko’ra, insonning qachonlardir ta’qiqlagan istak va intilishlari chechan aytgan lutf orqali ozodlikka chiqadi. Bundan olingan lazzat, qoniqish kulgini yuzaga keltiradi. Bir so’z bilan aytganda, Freyd chechanlikning mohiyatini kulgidan olinadigan qoniqish hissida emas, balki kulgi orqali yuzaga chiqadigan ong osti istaklarining g’alaba qilishida, deb tushuntiradi. Chechanlik va tush munosabatidagi umumiylik ularning har ikkisida ong osti motivlarining mavjudligida ko’rinadi. Tushda inson ongi ostidagi istaklar, ramzlar vositasida yuz ko’rsasa: «Chechanlik assosiativ munosabatda haqiqiy mohiyat kasb etadi. Ular ko’pincha bizning xotiramizga bo’ysunmaydi. Biz ularni xotira qatlaridan izlaganimizda topa olmaymiz. Kutilmagan o’rinlarda esa, favqulodda paydo bo’ladiki, ularning nega yuzga qalqib chiqqanini anglay olmaymiz. Bunday arzimas jihatlarning o’zi ham chechanlikning ongsizlikdan kelib chiqishini ko’rsatadi», 34 deb yozadi Freyd. Shuningdek, chechanlikda ham tushdagi kabi ma’nisizlik va ziddiyatlilik hukm suradi. Buni tushunish uchun uzum o’g’irlashga kirgan afandining uzumzor egasiga nisbatan qilgan chechanligini eslash kifoya. Bu mashhur latifaga ko’ra, birovning bog’iga uzum o’g’rilikka tushgan afandini bog’ egasi tutib oladi va unga «Nega birovning uzumini o’g’irlayapsan?» deya o’shqiradi. Shunda afandi bog’egasiga: «Nega xotiningga kalish olib bermading?» deb javob bergan ekan. Bu o’rinda afandining javobida ma’no yo’q. Ammo ayni bema’ni javob orqali u o’zini himoya qila oladi. Favqulodda kontrast, garchi haq bo’lsa ham, bog’ egasini bir lahza dovdiratib qo’yadi. Psixoanalizchechanlikvakomizmniaynanbirnarsaemas, balkiinsongaqoniqishberuvchiikkihisningketma-ketkeladiganbosqichlarisifatidatalqinetadi. Ya’nichechanlikbevositaongsizlikpsixologiyasiningmahsulibo’lsa, komizmanglatisharafasidagiongsizlikdir. Shuma’noda: «Chechanlik – bu, komizmgaongsizlikhududidanko’rsatilganta’sir» hisoblanadi.35Psixoanalitiktalqindagikomizminsonningbolalikdavrixotiralaribilanbog’liq. Bolakattalarbilano’ziniqiyoslaganidao’zidaularganisbatanustunliksezsa, kulaboshlaydi. Masalan, birodamko’chadayiqilibtushsa, bolakuladi. Bundaykulgigasabab, «uyiqildi – menesayo’q» deganavtomatikxulosadanlazzatlanishdir. Komizmningassosiativxarakterihamaynanshubilanizohlanadi. Agarkattakishikattakishiningustidankulaboshlasa, undabolagaxosharakatvaholatlarniko’rganbo’ladi. Kulgiobyektiningbolalarchaharakatiunibolalikkaqaytaradi. Yendio’ziningbolaemasliginianglagankishi, shuhaqiqatnianglamagankishiholatidanzavqlanadivakuladi. Freydushbuholatniyuzagakeltiruvchiuchjihatnialohidata’kidlaydi: «Birinchiholatdao’zgaodammengabolabo’libko’rinadi, boshqasidauodamo’ziniboladaytutadi, uchinchisidaesa, o’zimdabolagaxosholatnikuzataman».Freydyumornichechanlikvakomizmdanfarqlio’laroq, «himoyamexanizmi», debta’riflaydi. Uningcha, yumorinsonniiztirobdanhimoyaqiluvchiavtomatikvositadir. «Yumoriztiroblarqurshovidaturib, lazzatlanaolishdir», debyozadibuhaqdaFreyd.37Yumorgaxosushbuspesifikjihat /./ulomning «Shumbola» asaridao’zifodasinitopgan. Asardapochchasiningzotdor, qimmatbahoqushlarinitasodifano’ldiribqo’ygan Qoravoyo’zqilmishini «zotdorqushlaranashunaqayotadi»,deganso’zlarbilanizohlaydi. Mushkulvaziyatdanyumorvositasidanchiqibketadi. Shuyo’lbilano’zigataskinberadi. Umuman, Freydningchechanlik, komiklikvauningturlarihaqidagiqarashlarisofpsixoanalitiktalqingaega. Uadabiyasarhaqidafikryuritarekan, muallif, qahramonvao’quvchiaromunosabatdaham, muallifningbadiiytalqinusullaridahamo’ziningpsixoanaliznazariyasigaxosongostijarayonlarisistemasiniko’rishgaharakatqiladi. Aniqrog’i, badiiytafakkurFreydgapsixoanalizmetodiniasoslashuchunbirvositabo’libxizmatqiladi. Adabiyotgapsixoanalizmetodiasosidayondashish, Freydningbirqatorizdoshlari, shogirdlariijodidahamuchraydi. Xususan, YerixFrommpsixoanalizgadoirqatorqarashlariniadabiymanbalarvositasidatalqinetgan. Masalan, uinsontabiatidaginekrofillikholatihaqidafikryuritayotib, inglizyozuvchisiRichardXyuz (1900-1976)ning «Chordoqdagitulkinisa» asarigamurojaatetadi. Ushbuasardanfashizmningasoschisibo’lganAdolfGitlerningtushigadoirbirepizodkeltiradi. Bungako’ra, tushidatalvasaichracho’kibketayotganGitlersuvbetidaonasiningyuzini, ko’zlariniko’radi. GitlerningendigiholatiXyuztomonidanshundaytasvirlanadi: «Shundaginauqarshilikko’rsatishnibasqildi. Tirsaklariniiyagitomonko’tardivahomila-bolaholatidatekqotdi: cho’kishmicho’kadi, vassalom». YerixFrommtalqinicha: «Bukichikiqtibosda «inqirozsindromi»gaxosbarchaunsurlartajassumtopgan. Bundaytasvirfaqatbuyukyozuvchigamunosibbo’lib, bizaynitasvirdaGitlertabiatidaginarsissizmniko’ramiz. Shuningdek, undauyg’ongancho’kishistagiuningo’limnisevishidandalolat. Suvbuo’rindaGitlerningvafotetganonasibo’lib,uningo’limni, jonsiznarsalarnisevishiniifodaetadi. Suvdacho’kayotganGitlerningtanatuzilishi, iyaktomontortilgantirsaklar, onaqornigaqaytishistaginibildiradi».38Nekrofilodamhayotniemas, o’limnisevadi. Taraqqiyotdaninqirozniustunqo’yadi. Onaqorninekrofilodamuchunyerosti - qabryokixaotikdunyoramzidir. FrommR.XyuzasaridagitasvirorqaliGitlershaxsiyatidaginekrofilliksandrominiasoslabberishgaurinadi. Uningbutunfaoliyatininevrozholati, deyatalqinetadi.
Ye.FrommFransKafkaning «Jarayon» romaninihampsixoanalitikusuldatadqiqetgan. RomanqahramoniYozefK. faoliyatidatushgaxosramzlartiliyetakchilikqilishiniasoslashgauringan. «Buromannitushunishuchununiuzunvamurakkabtushkabiqabulqilmoqlozim», debyozadibuhaqdaFromm.39Uningtalqinicha, xibsYozefK. hayotidagiturg’unlikning, bosibo’tilayotgan, ammoyashalmayotganumruchunberilayotganmavhum (ongosti) jazodir. YozefK.ningbutunfojeasio’ziyashabkelganodatiyhayotigaqaytishgaurinishida, shuhayotinihimoyaqilishidako’rinadi. Umuman, FrommKafkaning «Jarayon» romanidagiharbirobrazvoqyeavadetallarniramzlar, debhisoblaydi. Xuddishubois, asargaZ.Freydningtushtalqinigadoirnazariyqarashlariasosidayondashadi. Asardagixibs, sudgachabo’lganjarayonlarvaboshqatalaydetallarsistemasiniYozefK. ongiostidakechayotganmurakkabvachigalpsixologikjarayon, deganxulosagakeladi. FransiyalikpsixoanalitikJ. LakanvauningzamondoshlariM.Fuko, A.Greymas, R.Bart, Levi-Stroslarijodidatilhodisalariganisbatanpsixoanalitikyondashuvyetakchilikqiladi. BundaytalqinmetodiYevropada «Yangitanqid» nominiolgan. J. Lakan «Yangitanqid»ningasoschilaridandir. Tadqiqotchilar «Yangitanqid»gafreydizmnazariyasiasosbo’lganinita’kidlaydilar.
J. Lakanning «Matnlar» asaristrukturalpsixonalizningnamunasihisoblanadi. Uinsonshaxsiyatinichuquranglashningengsamaraliusulisifatidanutqtahliliniko’rsatadi. O’ziningpsixoanalitiktadqiqotlarinatijasigasuyanib, nutqelementlariniindividuummohiyatiniaksettiruvchiramzlarsistemasi, deganxulosagakeladi. Insonningnutqi, uningcha, boshqariladiganjarayonemas, aksinchaboshqaruvchifunksiyasinibajaradi. Aynishujihatinsonnibilishdauningfaoliyatigaemas, tiligaasoslanishinitaqozoetadi. Agartadqiqotchinutqkodlarinito’g’riyechaolsaginaindividuumningongostiolamigayo’ltopishimumkin. J.Lakannutqtahlilijarayonidaanglanganindividuummohiyatiniuchqatlamlisistema, debtushunadi:a)real;b)tasavvurdagi; v)ramziy. Uningcha, tilfenomenisizshaxsmohiyatinianglashmumkinemas.J.Lakano’ziningstrukturalpsixoanalizmetodihaqidashundayyozadi: «Biztilhodisalariniishlashdao’tamurakkabvachuqurketamiz.Chunkishuyo’lbilanijodkorruhiyativaijodasoslarigatayanmayturibhampoetikaqonunlariniyarataolamiz».40 «Lakanpsixoanaolitikkursiningo’zigaxosligishundaki, ufaqattilhodisalaribilancheklanmaydi, balkio’z-o’zidanadabiyoshunoslikkahamdaxlqiladi», debyozadibuhaqdarusolimiL.Filippov.41Umuman, ma’lumcheklanishlarigaqaramasdan, psixoanalizmetodijahonadabiyoshunosligidaqo’llabkelinyapti. AmmoZ.Freyd, Ye.Fromm, J.Lakan, K.Yung, A.Adlerkabimashhurpsixoanalitiklartadqiqotlaribevositaadabiyotnio’rganishgaemas, balkipsixoanalitiknuqtainazarniasoslashgaqaratilganinita’kidlashjoiz. Yuqoridaqaydetganimizdek, adabiyotpsixoanalizganisbatannafaqatobyekt, balkisubyekthamdir. Sababiadabiyotqanchalikadabiy-estetik, ijtimoiy-falsafiyhodisabo’lsa, shunchalikpsixologikhodisaekanima’lum.Shubhasizaytishmumkinki, psixoanalizbadiiyjihatdanyuksakharqandayasarganisbatansubyektbo’laoladi. Bundabadiiyasarningqaysiadabiymetodgadaxldorligiuqadarahamiyatkasbetmaydi. Shuma’noda, adabiyotningantikdavridanbugungikungachayaratilganyuzlabasarlarnisanashmumkin. Aynipaytdaadabiyottarixida, ayniqsaXXasrdashundaybadiiyasarlarmaydongakeldiki, ularnibevositapsixoanaliznazariyasita’siridayuzagakelgan, deyishto’g’ribo’ladi. Psixoanalizadabiyotyokiadabiyasarsubyektideyilgandaikkiholatnidiqqatmarkazidatutishlozim. Birinchiholatdaadabiyasarmuallifijodiyjarayoni (ilhomonlari)dagimurakkabongostioqiminio’zidamuhrlaganvositao’laroqnamoyonbo’ladi. Bundamuallifham, asarqahramoniham, asarvoqyeligihamshuholathukmi, boshqaruviostidaharakatqiladi. Ayniholatningbadiiyasaruchununiversalmohiyatkasbetish-etmasligiikkinarsabilanbog’liq: a) muallifdagihaqiqiyijodjarayoniningdavomiyligi, iste’doddarajasi; b) asarningzamonnuqtainazaridanmaydongakelishko’lami, uningqaysiadabiyturyokijanrdayozilganligi. Masalan, lirikasarhajmankichik, ba’zijihatlarniistisnoetganda, kichikvaqtbirligidatug’iladi. Bujihatijodjarayoniningrealvoqyelikta’siridauzilibqolmasliginita’minlaydi. Natijadabadiiyasarpsixoanalitik-subyektsifatidauniversallashadi. Lekinbundaasosiyomilsifatidavaqtniginako’rsatisho’zinioqlamaydi. Buo’rindamuallifningiste’doddarajasi, geniysimuhimliginialohidata’kidlashlozim. Kattaepikasarlarda, dramaturgiyadabundayholatlarninguniversalmohiyatkasbetishio’taog’ir. Hattojahonadabiyotiko’lamidahamyuzfoizuniversallikholatikuzatilmaydi. YengsinchkovtadqiqotchilarhambundayholatlarhaqidagapirgandaShekspir, Servantes, Tolstoy, Dostoyevskiykabimashhurnomlarnisanashdannarigao’taolmaydilar.Yuqoridaso’zyuritilganholato’takamyobbo’lib, bundayasarlarningo’ziham, mualifihampsixoanalizdebatalgantahliltizimihaqidatasavvurgahamegabo’lmaydilar. Bundamuallif, ijodjarayonivabadiiyasaro’z-o’zichasubyektmaqomidabo’ladi. Yokiaksinchaaytganda, psixoanalizhaqidazarrachatasavvurgaegabo’lganmuallifasaribirinchitoifagakirmaydi. Psixoanalizningadabiyasarsubyektiekanibilanbog’liqikkinchiholatko’proqkeyingidavradabiyjarayoni, aniqrog’ipsixoanaliznazariyasipaydobo’lgandanso’ngyozilganadabiyotnamunalaridakuzatiladi. Ishningoldingisahifalaridaaytdikki, XXasrdako’plabsohalarnita’sirdoirasigaolganpsixoanaliz, san’atsohasigahamkiribkeldi. Psixoanalizningsan’atsohasigakiribkelishidaungabo’lganommaviyqiziqishlar, maxsusma’ruzalar, psixoanalitikmuolajalar, uningta’siridayuzagakelganfalsafiyqarashlarasosiyrolo’ynaydi. DastlabYevropaadabiyotida, so’ngraAmerikavaboshqamillatlaradabiyotidapsixoanalizasosidayozilganbadiiyasarlarmaydongakelaboshladi. To’xtalibo’tganimizbirinchiholatdabadiiyasarmuallifiyonevrotikyokifavquloddagenialijodkorsifatidanamoyonbo’lsa, mazkurholatdaijodkorko’proqmohirpsixoanalitiksifatidako’zgatashlanadi. Bundabadiiyvoqyelik, qahramon, syujet, kompozisiyamuallifningpsixoanalitikobyektigaaylanadi. Oqibatdabundaybadiiyasargapsixoanalitikyondashuvboshiberkko’chagakiribqoladi. Ayniasartahlilidapsixoanalizo’zkashfiyotlarinitakrorlashdanboshqahyechnarsatopmaydi. Badiiyasarningo’zihamsun’iylikxavfiostidaqoladi. Albatta, bundayholatjahonadabiyotiningbutunko’lamioldidazarradekgap. Ammobirinchiholatganisbatan (XXasradabiyotida) ko’proqkuzatilganibois, badiiytafakkuruchunjiddiyxavftug’diradi. Xavfshundaki, psixoanalizbilanqurollanganbadiiytafakkuro’ziningasltabiatidanchekinadi, o’zliginiyo’qotadi. XXasrdamodernizmnomibilanmashhurhodisaasosanpsixoanaliznazariyasigatayanadi. Uningnegizidayotuvchifuturizm, abstraksionizm, dadaizm, syurrealizm, ekzistensializm, absurdizmkabiqatorfalsafiykonsepsiyalarinsonvavoqyelikkapsixoanalitikyondashuvdankelibchiqadi. J.Joys, M.Prust, S.Bekket, A.Rob-Grey, F.Kafka, A.Kamyukabiqatoryozuvchilarijodifikrimizgadalil. Shuningdek, afrika, lotinamerikasi, yapon, xitoy, hind, eron, turkvaarabadabiyotlaridahamshundayholatnikuzatishmumkin. Keyingiyillardao’zbekijodkorlarining-daba’zieksperimentlarqilishgaurinayotganlarima’lum. Endiqisqachajahonafkorommasiningpsixoanalizgabo’lganmunosabatixususida. Xo’sh, psixoanalizinsoniyattomonidandoimhamijobiyqabulqilinganmi? Yokiunganisbatantanqidiymunosabatlarhammavjudmi? RossiyalikolimlarF.Bassin, M.Yaroshevskiylarningyozishicha: «Ayniqsa, ikkinchijahonurushidanso’ngu (psixoanaliz – U.J. ) badiiyadabiyot, san’at, kino, shuningdek, psixosomatikmedisinasohasigachuqurkiribbordi. Hattofreydizmkatolik-diniydoiralarnihamasta-sekinishg’olqilabordi».42Ammo, aynipaytda, unga «tanqidiymunosabatto’lqini» hamyuksalabordi.43Tanqidiyyondashuvgaasosiysababpsixoanalizmuolajalarininghardoimhamijobiynatijabermagani, go’daklarganisbatberilgan «Yedipkompleksi» sistemasiningqatortajribalardao’zinioqlamagani, oqlashihammumkinemasligiedi. FransuzpsixiatoriA.Bryukpsixoanalitikyondashuvinsonsalomatligiuchunkattaxavftug’rishimumkinligidanogohetganedi. HattoS.Vidermankabipsixoanalitiklaro’zfaoliyatlaridavomidapsixoanalitikmetodiningijobiynatijaberishigashubhabilanqaraganlar. Ba’zixulosalargako’ra, insonruhiyholatigapsixoanalitikyondashuvpsixoterapiyasohasiniboshiberkko’chagaolibkiribqo’ygan.44Freydningpsixoseksualqarashlariuhayotligidayoq, o’zshogirdlari, izdoshlaritomonidanshubhaostigaolinganima’lum. Xususan, K.Yung, A.Adler, Ye.Fromm, J.LakankabimashhurpsixoanalitiklarFreydningbarchaaqliyvanoaqliyfaoliyatlarnegizidaseksualmayllaryotadi, deganqarashlariniinkoretganlar. +atortajribaviyizlanishlari, falsafiy, psixologikasarlariorqalio’zkonsepsiyalariniisbotlabberganlar. +olaversa, Freydqarashlarigailmiy-tanqidiyvasatirikyondashuvniifodalovchiqatormaqolalarmatbuotsahifalaridachiqibturgan.45Arab, turkvaerontafakkurdoiralaridaFreydniayniaxloqiymasalalarda, insongabirongsizmaxluqsifatidaqarashdaayblaydilar. Umuman, bizkeltirgandalillarfreydizmgamunosabatningengkichikepizodlarixolos. Biroqshuningo’zihampsixoanalizningo’tabahsli, hattoso’ngigayetishigumonbo’lganmuammoekanidandarakberadi.Bizningcha, Freydizmningengnoxolisvainkoretishgamahkumjihatiinsongafaqatbiologikmavjudotsifatidayondashganidir. TadqiqotchilarFreydningmaterialistikqarashlarg’alabaqilaboshlagandavrlardayashaganini, Darvinorganikdunyoningevolyusiontaraqqiyotihaqidagikashfiyotlariruhidatarbiyatopganinialohidata’kidlaydilar.46 +olaversa, Freydningo’zi: «Biologiyaneorganikimkoniyatlarpodsholigidir. Bizundanbemislkashfiyotlarkutishimizmumkin»,47deganso’zlarniyozadi. Dinni «ommaviynevroz» debatagan, insonpsixologiyasinifaqatbiologikjarayonlarhosilasihisoblaganFreydham, insonfaoliyatinifaqatnafsoniyintilishlarbilanbog’labtushuntirishgauringanuningizdoshlarihambirasosiyjihatniunutganlaryokiunitanolishniistamaganlar. Buinsoniyatningfaqatbiologikelementlaridanemas, balkiruhvavujuddaniboratmukammalmavjudotekanligidir. Aynanbirtomonlamayondashuv, qanchalikilmiyasoslangan, tajribalardankelibchiqqanbo’lmasin, o’zinito’laoqlamaydi. +olaversa, insonshunoslikilmio’zobyektimohiyatinito’laanglamasdanturib, muvaffaqiyatgaerishishigahyechqandaykafolatyo’q. Freydizmtalqinetabilmaganyokixatotalqinetganko’pholatlarinsonmohiyatinitashkiletuvchinobiologikunsurlarbilanbog’liqki, buxususdaSharqva /arbinsonshunoslikilmiallaqachonmuayyanxulosalarbildirgan.
Xullas, psixoanalizqo’lgakiritganyutuqlarinsontabiatidamavjudmurakkabholatlarni -ongosti (ongsizlik)nima’lumma’nodakashfetaroqo’zinioqlaydi. Ammoayniholatlarsababinitushuntiribberishdaboshiberkko’chagakiribqoladi. Holbuki, insonmohiyatibiologiknuqtainazardanto’lanamoyonbo’lishimumkinemas. Shuma’noda, psixoanalizdoimiytanqidiyyondashuvnitaqozoetadi. Adabiyoshunoslikningbirtadqiqmetodisifatidahamo’zinito’laoqlamaydi. Soffreydizmnazariyasibilanadabiyotgayondashgantadqiqotchifaqatpsixoanalizmanfaatlariyo’lidaxizmatqilaboshlaydiki, buholathaqiqiyma’nodagiadabiyoshunoslikningtaraqqiyotigasoyasoladi.

Download 280.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling