Badiiy tahlil "SO'nggi yaproq" (O. Genri)


Download 13.74 Kb.
Sana09.11.2021
Hajmi13.74 Kb.
#172433
Bog'liq
BADIIY TAHLIL ILHOM XOLXO'JAYEV 203-A


BADIIY TAHLIL

"SO'NGGI YAPROQ" (O.GENRI)

Mashhur amerikalik yozuvchi Uilyam Sidney Porter (O.Genri) qalamiga mansub mazkur jajji hikoya o'z hajmidan-da bir necha barobar ko'proq mazmunni satrlarda ifodalay olganligi bilan kitobxonlar orasida qadrlanadi. Garchand muallif bundanda ko'proq, yirikroq, mashhurroq asarlarni ijod etgan bo'lsa-da, mazkur hikoya bilan ko'pchilikni diqqat markazida bo'la olgan.

Asar sujetida kitobxon eng asosiy g'oya sifatida hayotga muhabbat, insonning yashashga bo'lgan motivlari qanchalik ahamiyat kasb etishini ko'rishi barobarida insonning insonga bo'lgan mehri, odamgarchilik va yuksak insoniy fazilatlar tarannumi o'z ifodasini topganligini ilg'aydi. Asar prologida asar yozilgan vaqtdagi Amerikaning ko'rimsizgina bir burchidagi odamlar qo'nim topgan joy haqida manzarali tasvir guvohi bo'lamiz. Yozuvchi qalam kuchi bilan asar personajlari tanishtirilgungacha bo'lgan jarayon tasvirini-da jonlantira olgan. Voqealar tizmasining keyingi rivojida asar asosiy qahramonlari bo'lmish Syu va Joannalaring tanishuvi va mazkur jarayonga muallif tomonidan berilgan tasvir o'quvchini qizitirmasdan qolmaydi. "Ular sakkizinchi ko'chadagi "Delmoniko" oshxonasining tabldoti atrofida tanishib qolishgan va ularning san'at, sachratqi salati va urf bo'lgan keng ko'laylar borasidagi qarashlari shunchalik mos kelgan ediki, natijada ular birgalikda ustaxona ochishga qaror qilishgandi."

Insondagi eng kuchli, eng intim xarakter xususiyatlarini ko'p asarlarda tasvirlanganining guvohi uchratamiz. Kitobxonlar odatda anchagina salmoqli, hajmdor qissa va romanlar orqali insonlarning yuqorida aytib o'tilgan xislatlarini ilg'ash, his qilish va ongga singdirish oson deb hisoblashadi. Ammo ayrim yozuvchilaring yuksak mahorati biz o'rganayotgan mazkur jajji hikoyaga ham ko'p mazmun jo qilish mumkinligini ko'rsatadi. O.Genri mana shu ishni uddalagan inson edi. Ta'bir joiz bo'lsa badiiy jihatdan tugun deb ataladigan, asardagi voqealarga nisbatan chigallashish holati sifatida baholasa bo'ladigan epizod bu hikoyadagi zotiljam kasalligining asar qahramonlari yashaydigan hududga kirib kelishidir. Aynan mazkur "mehmon" sifatida ta'riflanadigan kasallikning tashrifi asarning qizg'in nuqtaga o'tganligini ishora qilib ketadi. Ming afsuski, "mehmon" qizlarning ham uyiga yo'qlab keladi va Joanna bilan birga qolib ketadi. Neapolitan ko'rfazining suvratini chizishni orzu qiladigan beg'ubor qiz borgan sari yashashdan umidini uzadi. Shifokorning ta'birida aytilganidek, insonda yashashga xohish bo'lmasa, unda hech nima yordam qilolmaydi.

Shu yerdagi badiiy tasvirlar orqali ham adib insonda avvalambor hayotdan mamnunlik, yashashga bo'lgan ehtiyojning umuman so'nmasligi lozimligi haqidagi g'oyalarni ilgari suradi. Eng yuqori darajadagi tasvir mahoratini biz kasallikdan sillasi qurib borayotgan Joannaning qo'shni devorga chirmashib o'sgan va izg'rin shamol hamda qor-yomg'irlar tahdidlaridan sanoqli barglari qolgan pechakgulga o'z hayotini qiyoslashidir. Joni uzilishini kutib qiynalayotgan odam shundan najot topadiganday go'yo. Asarda yana bir personaj borki, usiz asar anchagina salobatini yo'qotgan bo'lardi. Mazkur obraz asar kulminatsiyasida bosh rolni ado etadi. "Qariya Berman pastki qavatda yashaydigan bir rassom edi. U oltmishdan oshgan, Mikelanjelo yasagan Muso haykaliniki kabi jingalak soqoli ixchamgina jussasiga yarashib turardi." Aynan qariya rassom Berman asarda "najot farishtasi" yanglig' gavdalanadi. Hayoti davomida rassomchilik sohasida aytarli natijaga erisha olmagan bu inson bir kun kelib o'zining "shoh asari" ni yaratishini o'ylab-la ham aytib yurardi. Ojizgina ikki qiz-Syu va Joannaning himyochasiligini o'ziga vazifa qilib olgan bu shaxs aslida badjahl va xayolparast sifatida tilga olinadi. Ammo uning eng samimiy va sof insoniy tuyg'ulari asar kulminatsiyasida namoyon bo'ladi. Joannaning so'nggi yaproq tushishini kutishi barobarida hech uzilishni xohlamagan bargning irodasi qizni hayotga qaytaradi. O'zbek adabiyoti gultoji Alisher Navoiy o'z ijodida quyidagi jumlani bejiz aytmagan: "Lola tuxmicha g'ayrating yo'qmi?! Ipak qurticha himmating yo'qmi?!" Birgina bargning tabiat injiqlariga dosh berib, qadrdon poyasini tark etishni xohmagani hamohangligida Joanna o'zida yashasga motivatsiya oladi.

Asar epilogi biroz qayg'uli, ammo ta'sirli. Joannani hayotga qaytargan pechakgulning so'nngi yaprog'i aslida haqiqiy bo'lmay, rassom Bermanning "shoh asari" sifatida namoyon bo'lgan edi. O'z hayotini tikib bo'lsa-da shu ishni amalga oshirgan Berman yosh insonning umrini saqlab qolgani bilan hayotiy maqsadini ro'yobga chiqardi.



Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, inson doimo hayotni sevishi, yaxshilikga intilib yashashi va ezgu maqsadlar bilan hayot kechirishi uning yashashdan asosiy maqsadini belgilab beradi. Zero, biz amalga oshirishni orzu etgan ishlar bir kun kelib o'zimiz kutmagan, ammo hayotimizning-da mazmunini ko'rsatib beradigan yo'sinda amalga oshar ekan.

Ilhom Xolxo'jayev 203-A guruh
Download 13.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling