Бахмал тумани хтмфмт ва тэб га карашли


Download 1.44 Mb.
Sana19.09.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1681645
Bog'liq
48 мaktab Баённома Korrupsiyaga qarshi kurashish 2


Baxmal tumani MMTBga qarashli 48-umumiy о‘rta ta’lim maktabida о‘tkazilgan yig‘ilish


B A YO N N O M A S I № 2

22” avgust 2023 yil Mustaqillik MFY





Qatnashdilar:

Maktab direktori – A.Toshboltayev, MMIBDO’ A.Suvonov, barcha pedagog xodimlar.

Tashrif buyurganlar:

O.Odilov - prokuror katta yordamchisi

Kun tartibida:


1. Korrupsiyaga qarshi kurashish

Yigilishda maktab direktori A.Suvonov so'zga chiqib, u o’z so’zida korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilayotganligi to’g’risida gapirib o’tdi. Shundan so'ng maktab direktori so’z navbatini Baxmal tumani prokuror katta yordamchisi O.Odilovga berdi.


Baxmal tumani prokuror katta yordamchisi O.Odilov o’z so’zida quyidagi jumlalar bilan boshladi. Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”. Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etilganligini ta’kidlab o’z so’zini yakunladi.
Shundan so’ng maktab o’qituvchisi D.Shodiyorov so’z olib, o’z so’zida bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Yig’ilish ishtirokchilari yuqoridagilarni eshitib va muhokama qilib


Qaror qiladi:

1. Maktab direktori A.Toshboltayev hamda Baxmal tumani prokuror katta yordamchisi - O.Odilovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bо‘yicha bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Maktabda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha targ’ibot tashviqot ishlari olib borish maktab ma’muriyati zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilib borish makktab MMIBDO’-A.Suvonov zimmasiga yuklatilsin.


Yig’ilish raisi: A.Toshboltayev


K o t i b i: A.Suvonov.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling