Bahodirov b 12-13-Laboratoriya ishi


Fayllar bilan ishlash buyruqlari


Download 340.76 Kb.
bet11/14
Sana28.07.2023
Hajmi340.76 Kb.
#1663127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
614 20 Bahodirov B Linux 2- dedlayn.

Fayllar bilan ishlash buyruqlari

  • cat — Bu buyruqni oddiy matn fayl bilan birgalikda ishlatsangiz uning tarkibini ko’rsatadi. Agar bir nechta matn fayl bilan ishlatsangiz ularning tarkibini ketma-ket ko’rsatadi. Qayta yo’naltirish operatori (“>“) bilan birga qo’llaganingizda bir nechta fayl tarkibidagi ma’lumotlarni bitta faylga birlashtirishingiz mumkin.



  • chmod/chown —chmod buyrug’i faylni o’qish, yozish va ishga tushirish ruxsatlarini o’zgartiradi. chown buyrug’i faylga egalik qiluvchi foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhini o’zgartiradi.





  • cp — Faylning nushasini yaratadi. Odatda fayl nushasi joriy katalogda ko’rinadi, lekin siz uni o’zgartirishingiz mumkin.



  • find — Ko’rsatilgan direktoriya (yoki butun tizim) dan ko’rsatilgan shartlar asosida qidirishni amalga oshiradi. Bu buyruq bilan fayl nomi, fayl tipi, fayl hajmi, ruxsatlari, egalari, yaratilgan vaqti, o’zgartirilgan vaqti va boshqa juda ko’p qo’shimcha parametrlarni ishlatishingiz mumkin.

  • grep — Ko’rsatilgan fayl yoki faylllardan matn bo’yicha qidirishni amalga oshirib, natijani fayllarda qayerda joylashganini ham ko’rsatib beradi. Bu buyruq juda ham moslashuvchan(masalan berilgan shablon bo’yicha butun fayllardan qidiruvni amalga oshirish) va ko’pincha dasturshilarga foydali.

  • locate — Butun fayl tizimidan mos fayl yoki direktoriyalarni qidiradi, so’ngra natijalarning barchasini absolyut yo’lini ko’rsatadi. Odatda bu buyruq sizga ruxsat etilgan direktoriyalardan qidiradi. Bu fayllarni topishning eng oson va qulay usuli.

  • mkdir/rmdir — Direktoriya yaratadi/o’chiradi. Odatdagi holatda joriy direktoriyada yaratiladi /o’chiriladi. Lekin boshqa direktoriyalarni ham ko’rsatish mumkin. O’chirayotgan vaqtda direktoriya bo’sh bo’lishi kerak.

  • mv — Faylni (qirqib olib) bir joydan boshqa joyga ko’chiradi, ko’chirilayotgan joyda faylga yangi nom ham berish mumkin. Bu buyruqni joriy direktoriyada faylni qayta nomlash uchun ishlatishingiz mumkin.

  • nano/emacs/vim — Deyarli barcha Linux tizimlarida mavjud bo’lgan matn tahrirlagichlar. Boshlovchilar nano bilan ishlashlari mumkin, emacs va vim juda imkoniyatlari ko’p va murakkab hisoblanadi.

  • rename — Faylni yoki fayllar to’plamini nomini o’zgartiradi. Berilgan shablon asosida ko’plab fayllarni qayta nomlash uchun ko’plab qiziq parametrlari bilan ishlatish mumkin.

  • rm — Fayllarni o’chiradi. Ba’zi parametrlar bilan ishlatilganda butun diektoriyani ichidagilari bilan birgalikda o’chirish mumkin. Shuningdek buyruq shartlarga to’g’ri keladigan bir necha fayllarni ham o’chirishi mumkin.

  • touch — Faylning ko’rilgan yoki o’zgartirilgan vaqtini joriy vaqtga o’zgartiradi.


  • Download 340.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling