Baholash ishi


Download 127.64 Kb.
bet5/16
Sana26.08.2023
Hajmi127.64 Kb.
#1670383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-kurs. hisobot1 (2)

Ko‘chmas mulkdan eng samarali foydalanish
Aksariyat baholash bazalaridan kelib chiqib baholovchi ko‘chmas mulkdan eng samarali foydalanilishini hisobga olishi lozim. Eng samarali foydalanish tahlili ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish ko‘chmas mulkdan uning eng yuqori unumdorligini ta’minlaydigan (uning eng katta qiymatiga mos keladigan), jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan, huquqiy jihatdan yo‘l qo‘yilgan (baholash obyekti qiymatini aniqlash sanasida) va moliyaviy jihatdan o‘zini oqlaydigan foydalanishdir.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish uning haqiqiy foydalanilishiga mos kelishi yoki undan boshqacha tarzda foydalanishni, masalan, yer uchastkasida mavjud kapital qurilish obyektlarini ta’mirlash (yoki rekonstruksiya qilish)ni nazarda tutishi mumkin.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili ko‘chmas mulk obyektidan eng ko‘p foyda olinadigan tarzda foydalanish imkonini beradi, zero, bozor ishtirokchilari (xaridorlar va sotuvchilar) bitim narxini shuni mo‘ljallab shakllantiradilar.
Bozor qiymatini aniqlashda baholovchi baholash obyektini baholash yondashuvlari va usullarini tanlash hamda har bir yondashuvni qo‘llaganda taqqoslanuvchi ko‘chmas mulk obyektlarini tanlash uchun ushbu tahlil natijalariga asoslanadi.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlilini amalga oshirish chegarasi va ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan muqobil foydalanish variantlari soni baholashga oid vazifa shartlari va baholash obyektining xususiyatlariga qarab belgilanadi.

  • Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili baholovchi tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • bo‘sh turgan (yaxshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasi uchun;

  • yaxshilashlar mavjud bo‘lgan yer uchastkasi uchun.

Ko‘chmas mulkni baholashda baholash yondashuvlari va usullarini qo‘llash
Ko‘chmas mulkni baholashda qo‘llaniladigan baholash yondashuvlari va usullarini qo‘llash 6-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulkni baholashda qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlari qo‘llaniladi.
Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash (12-son MBS)
Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash 1 ― 6-son MBSlari talablari asosida amalga oshiriladi. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash (12-son MBS) xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholashga doir qo‘shimcha talablarni belgilaydi.
Baholovchilar xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholashda mazkur Standartning 6-ilovasida kelitirilgan Metodikadan foydalanishlari mumkin
Quyidagilar xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining baholash obyektlari hisoblanadi:

  • ijara shartnomasi shartlari asosida foydalanayotgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);

  • qayta qurilishi, ta’mirlanishi tugallangandan keyin aholi ko‘chib kirmagan hamda bo‘shatilgan kvartiralar, bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);

  • yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.

Baholashga oid vazifa va baholash uchun zarur bo‘lgan axborotni to‘plash 2va 3-son MBSlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Baholash obyektini identifikatsiya qilish baholovchi tomonidan buyurtmachi va (yoki) u vakil qilgan shaxs taqdim qilgan hujjatlar ― uy-joy yoki turar joyga doir inventar hujjatlar yig‘majildi asosida baholash obyektini ko‘zdan kechirish, o‘lchab ko‘rish, fotosuratga olish, uning amalda mavjudligi va haqiqiy holatini o‘rganish, obyektning nomini, joylashgan erini, miqdor va sifat tarkibini, texnik tavsiflarini hamda baholash obyektining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan tavsiflash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Turar joyning umumiy maydoni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilingan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
(443-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Baholovchining ma’lumotlari balansda saqlovchi tomonidan taqdim qilingan inventar yig‘majildi ma’lumotlariga mos kelmasligi faktlari aniqlanganda, balansda saqlovchi vakillari hamda kvartirada yashovchining baholovchi tomonidan kiritiladigan tuzatishlarga ularning roziliklarini tasdiqlovchi imzolari qo‘yiladigan, baholovchi tomonidan turar joy va yordamchi xonalarning texnik tavsifi kartochkasi tuziladi.
Baholash obyektlarini baholashda buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan taqdim qilingan dastlabki axborot, shuningdek baholovchi tomonidan buxgalteriya, birlamchi va statistika hisoblaridan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Quyidagilar buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan taqdim qilinadigan dastlabki axborot hisoblanadi:

  • turar joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan order;

  • balansda saqlovchining baholash obyekti to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

  • uy-joy va/yoki turar joy inventar hujjatlari yig‘majildining nusxasi.

Baholovchi tomonidan baholash obyektining xususiyatlariga qarab balansda saqlovchidan boshqa qo‘shimcha axborot ham so‘rab olinishi mumkin.
Baholash usullarini tanlash, asoslash va qo‘llash
Xususiylashtirish maqsadida baholash obyektining qiymatini baholash baholovchi tomonidan qoldiq balans qiymati usulidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Qoldiq balans qiymati usuli bilan xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan turar joyni hisoblashda kvartiralarning umumiy maydoni 1 kv.m.ning qiymati uy-joy qoldiq balans qiymatining uyning barcha kvartiralari umumiy maydoni yig‘indisiga nisbati sifatida aniqlanadi. Uy-joyda noturar joylar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning qiymati va umumiy maydoni hisobdan chiqarib tashlanadi.
Agar baholash obyektining yig‘ilgan amortizatsiyasi 90 va undan yuqori foizni tashkil qilgan taqdirda, qoldiq qiymati sifatida boshlang‘ich balans qiymatining 10 foizi qabul qilinadi.
Turar joyning iste’molchilik sifatlari jamlangan koeffitsiyenti baholovchi tomonidan iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yig‘indisini chiqarish yo‘li bilan hisoblanadi.
Baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotda xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan turar joyning hisoblangan qoldiq qiymatini hamda turar joyning iste’molchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yig‘indisini ko‘rsatadi.




  1. Download 127.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling