Bahorda daraxtlarni uyg'onoshi hayvonlar va hashorotlar haqida suxbat o'tkazish va tabiat qo'ynida turli XIL o'yinlarni tashkil etish Reja
Download 116.5 Kb.
|
TURLI FASLLARDA TURLI YOSH GURUHLARIDA TABIATGA EKSKURSIYA REJALASHTIRISH
Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli bilan o’rganadilar o’quvchilar mo’ljallangan o’simlik yoki hayvonni mustaqil o’rganiladilar, material yig’adilar. Bu ishlar yuzasidan o’quvchilar tegishli topshiriq olgan bo’lishlari kerak. Topshiriq aniq, qisqa va o’quvchilar uddalay oladigan bo’lishi kerak. Bu topshiriqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
1.Ekskursiya davomida o’quvchilarning maxsus daftar yuritishlari zarur. Ular daftarga o’zlari olib borgan kuzatish natijalarini o’rganilgan va yig’ilgan o’simlik yoki hayvonning nomlari, harakterli belgilari va xususiyatlari, qanday sharoitda uchragani, hamda boshqa tafsilotlarni yozib boradilar. 2.Ekskursiya ob’yektlarini o’rganish oxirida mashg’ulotga dastlabki yakun yasaladi, bunda o’rganilgan o’quv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish bo’yicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi to’g’risida zveno (gruppa) boshliqlarining axborotlari tinglanadi, o’quvchilar faoliyatidagi ijobiy va salbiy tomonlar qayd qilinadи. 3.Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda o’quvchilar mavzuga bevosita aloqador bo’lmagan xilmaxil savollar berishlari mumkin. Bunday hollarda qanday yo’l tutish kerak? Agar har qanday savollarga to’liq javob beriladigan bo’lsa, asosiy mavzudan chekinishga to’g’ri keladi. Javob qisqa va aniq bo’lsin. 4.Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida bo’ladi; ekskursiyaning yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda bo’lmog’i lozim. O’qituvchi ekskursiyaning tamom bo’lganligi to’g’risida e’lon qiladi. Eng yaxshisi, ekskursiyani maktabga qaytib kelgandan keyin tugallangani ma’qul. 5.Ekskursiyadan yig’ib kelingan materiallar ularni kelgusida o’rganish uchun tartibga solinadi. Ekskursiya materiallarini ishlash va undan foydalanish. Ekskursiya materiallarini ishlash 2 xil bo’ladi: 1.Boshlang’ich ishlash: Bu ishda material topish bilan o’z vaqtida yozish, hayvonning nomi topilgan sanasi, yashash sharoiti qisqacha yoziladi. Issiq kunlarda efirga paxtaga ho’llab hayvonni og’ziga tikiladi. 2.Keyingi ishlash: Bu ishlarda material tartibga solinadi. Bu yerda kundaliklar tartibga solinadi, etiketka yoziladi. Sudralib yuruvchilarning qornini yorib formalin yoki spirt qo’yiladi. Dalada nomini bilmagan materialni markazga keltirib aniqlagich bilan aniqlab yoziladi. Ekskursiyadan olib kelingan materiallar: A. Dars vaqtida mahalliy material sifatida foydalaniladi; B. To’garak ishlari uchun yaxshi material bo’ladi; V.Biologiya kabinetini boyitishda ishlatiladi; G. Foto ko’rgazma tashkil etishda foydalaniladi; . D. o’quvchilar o’rtasida ma’ruza qilish uchun foydalaniladi. Yuqoridagi qayd qilingan ma’lumotlarga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin. Ekskursiya davomida o’quvchilar o’simliklar olamining turlitumanligini, ular o’rtasidagi: o’zaro bog’lanishlarni chuqurroq idrok etadilar. 2.Tabiatni ilmiy nuqtai nazardan tushunishga imkon beradi. 3.Bundan tashqari, tabiiy landshaftlar bilan tanishish jarayonida tabiat go’zalliklaridan voqif bo’lish orqali o’quvchilar talaygina estetik tarbiya oladi, turli xil daraxt, buta, o’t o’simlik urug’larining respublikamizda qishlovchi qushlarga ozuqa bo’lishidan xabardor bo’ladilar. 4.Ekskursiya paytida o’quvchilar tabiat biotsenozlarining bir butunligi to’g’risida tasavvurga ega bo’ladilar. O’simlik bilan tuproq, suv, harorat o’rtasidagi bog’lanishdan xabar topadilar, shu yo’l bilan ozuqa zanjirlari haqida dastlabki bilimga ega bo’ladilar. 5.O’simlik va hayvonlar bilan o’quvchilarning tabiiy sharoitda tanishi, ularning bilimini kengaytirish, chuqurlashtirishdan tashqari, biologiya o’quv predmetini o’rganishga bo’lgan havasini orttiradi. 0 ‘quv materiallarining mazmunini ochib berishda xilmaxil o ‘qitish metodlaridan foydalanishga turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o'qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlash metodlar rivojlantiruvchi ta‘limning vazifalarini ta'minlasin, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirsin va bir paytning o ‘zida qayta axborot bersin, ya’ni muvaffaqiyatsizlik sababini aniqlash va o ‘z vaqtida yordamga kelish uchun o ‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilayotganligini tez va aniq ko‘rsatib bersin. Shunga ko‘ra tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni qo‘zg‘atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko‘proq foydalanish kerak, bunda tadqiqiy yondashish, murakkab bo‘lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat hodisalari o'rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni aniqlash o'sha ishlarning majburiy tarkibiy qismlari bo‘lishi lozim. Bularning www.ziyouz.com kutubxonasi hammasi o ‘quvchilar xotirasi, e’tibori, tasavvuri, tafakkurir faollashtiradi, tushuncha va ishonchning vujudga kelishiga bilimni yaxshiroq egallashga, o'zlashtirgan bilimlarni yang vaziyatlarda qo‘llay olish uquvlarini rivojlantirishga yordam beradi 0 ‘quvchilarning sezgilari qabul qilib olishlari va zehni rivojlanishlariga ta’sir etuvchi ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalari hamda ekskursiyalar o'tkazilishi bilimlarning o ‘zlash tirilishiga yordam beradi. Tabiatshunoslikni o'qitish jarayonid; maktab bolalarida ilmiy dunyoqarash asoslari shakllantirilad (o'qituvchi tabiat jismlari va voqea-hodisalarining moddiyligini ulaming o ‘zaro bog‘liqligini izchillik bilan ochib beradi, tabiatd; sodir bo'lib turadigan doimiy o ‘zgarishlarni xarakterlaydi v hokazo), estetik tuyg'u, tabiatga muhabbat, uning to‘g‘risid: g‘amxo‘rlik qilish va muhofaza etishga intilish tarbiyalanadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun eng muhimi ta’lim-tarbiya tizimini tushunib olish, tabiatshunoslikni o'qitisl asoslarini, uning uchun xos bo‘lgan shakl, metod va uslublarni o'quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o'rganil olishdir. Shuningdek, o‘z o‘lkasining tabiati va qishloq xo'jalig xususiyatlarini yaxshi bilishi, o‘quvchilar bilan ish olib borishd; o ‘lkashunoslik materiallaridan muntazam ravishda foydalanil borishi zarur. Bu masalalarning barchasi mazkur o‘quv qo‘llan mada to‘liq yoritilgan bo‘lib, unda asosan «Tabiatshunloslikn o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasining pedagogik va uslubi; asoslari, o‘qitish usullari, yangi zamonaviy pedagogik texnologiya lar bayon etilgan. Shunday qilib, tabiat bilan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o‘z harakati va ishini o‘zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy me’yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas’uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o'rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. Shuningdek, tabiatshunoslikni o‘qitish jarayoni faqat o'qituvchinigina emas, balki o'quvchilar faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. 0 ‘qitishning natijasi dasturda mo'ljallangan materialning puxta www.ziyouz.com kutubxonasi o'zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o'qitisl metodlari va o'quvchilarga o'quv jarayonini tashkil etish shakllarin o ‘rganish, ularning materialni o'zlashtirib olish jarayonin o‘rganishlari bilan birga boradi. Tabiat bilan tanishtirish metodlari MTT da bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Tabiat bilan tanishtirish metodlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: Ko‘rgazmali metod — kuzatish, rasmlarni ko‘rish, diafilm, kinofilm, ekskursiyalar; Amaliy metod — o‘yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar; Og‘zaki metod — tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o‘qish, suhbat. Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlari, psixologiyasi, bilimlari, dastur talablari, o‘z o‘lkasi iqlimining tabiati, pedagogik tamoyillarga moslashadi. Yuqoridagi metodlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.MTT da turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi ko‘rgazmali metod — kuzatishdan keng foydalanadi. Kuzatish — tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo‘nalgan va bevosita shu hodisalarning borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo‘lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaror diqqat talab etiladi. Hozirgi kunda “Ilm-fan va tabiat markazi”da bolalar kuzatish va amaliy faoliyatda kichik tajribalar qilishmoqdalar.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning turli yosh guruhlarida tarbiyachi kuzatishlarni tashkil etar ekan, uning turli xillaridan foydalanadi. Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar haqidagi bilimlarning jamg‘arilishi uchun kuzatishning ancha murakkabroq turi — uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. Bunda bolalarning obyektning kuzatilayotgan holatini ilgarigisi bilan qiyoslashlariga to‘g‘ri keladi.Qisqa muddatli kuzatish Qisqa muddatli kuzatish jarayonida bolalar narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvi, sathining xarakterini farqlashni, hayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri, ularning chiqaradigan tovushlarini o‘rganadilar. Bu kuzatish turiga masalan, qor yoki yomg‘ir yog‘ishi, kamalakning hosil bo‘lishi kabi holatlar kiradi.Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi Kuzatishni tashkil etishda obyekt tanlash katta ahamiyatga ega. Tanlangan obyekt yaxshi holatda bo‘lishi kerak, ya’ni o‘simlik so‘limagan, navlari o‘ralmagan, hayvon qo‘lga o‘rgatilgan, sog‘lom, bolalardan cho‘chimaydigan bo‘lishi zarur. Kuzatish tabiat burchagida bo‘lsa, obyekt yaxshi yoritilgan bo‘lishi, unga yaqinlashish qulay bo‘lishi uchun yorug‘lik yon tomondan tushib turishi lozim. Bolalar hayvonlarning harakatini kuzata turib, ovqat berishlari, silashlari, ular bilan o‘ynashlari mumkin.Bunda hayvonlar o‘zlarini erkin tutishlari, bemalol harakat qilishlari zarur. Buning uchun bolalar tabiat burchagida qulay joylashib o‘tirishlari maqsadga muvofiqdir. Kuzatishni boshqarish Tarbiyachi kuzatishni birinchi marotaba o‘tkazayotgan bo‘lsa, dastlab bolalarda hosil bo‘lgan qiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayotgan narsa haqida birinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1–2 daqiqa tomosha qildirib turadi. Kuzatishni boshqarish jarayonida tarbiyachi xilma-xil usullardan — bolalarning yoshlariga mos savol va topshiriqlar, narsani ushlab ko‘rish, qiyoslash, o‘yin harakatlaridan foydalanadi. Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, kerakli ma’lumotlarni aytishi, kuzatiladigan obyektning muhim xususiyatlarini ajratishi zarur.Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish Bu kuzatishlar o‘rta yosh guruhlardan boshlab o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish birgina obyektni kuzatishdan ko‘ra ancha murakkabroqdir. Bu o‘rinda tarbiyachi o‘z diqqat e’tiborini taqsimlay bilishi, bolalardagi harakatni uyushtira olishi talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‘rsatmalariga aniq rioya qilishlari, bir-birlarini tinglashlari, boshqalarning kuzatishlarini o‘zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari kerak bo‘ladi. Kuzatishning bu usuli katta rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Bolalar turli xil tadqiqotchilik harakatlaridan foydalanib, o‘quv ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z navbatida ularda aniqroq tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi. Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularning bargi, mevasi, urug‘i, shoxchalari, shuningdek, sabzavot va mevalardan keng foydalaniladi. Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri ekologik muammodir. Shu sababdan ham bolalar bog’chalarida ham ekologik ta`lim-tarbiya berishga alohida e`tibor berilmoqda. Tabiat bilan tanishtirish metodika fanida talabalarga ekologik ta`lim-tarbiya berish usullari, «Qizil kitob» haqida qisqacha ma`lumot va «Qizil kitob»ga kiritilgan, noyob o’simlik va hayvonot olami haqida ham bilim berishga katta o’rin berilgan. Shunindek, talabalar bolalar boqchasilagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish sohasidagi yangi tajribalarni ham o’rganib olishlari zarur Buni ular o’sha boqchalarda amaliyotda bo’lgan davrlarida o’rganadilar. Bolalarni tabiat qonun-qoidalari bilan tanishtirishning ahamiyati shundaki, ularning to’g’ri o’sib ulg’ayishiga, tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarni ilmiy asosda tushunishga olib keladi. Bu bolaning shakllanishida, tabiatga, ona-Vatanga, tabiat boyliklariga bo’lgan mehr-muhabbatni oshiradi. Darhaqiqat, tabiatni muhofaza qilish ayrim kishilarning ishi deb qaralmasdan barchamizning ishimiz ekanligi zedan chiqarmasligimiz kerak. Bog’cha yog’adagi bolalarning xar tomonlama kamol topishida tabiat bilan tanishtirishning o’ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari bor. Bu jarayon turli vositalar, metodlar orqali amalga oshiriladi. Tabiat rang-barang. Uning imkoniyatlari ham cheksiz. Biz. tarbiyachilar, ana shu rang-baranglikni, imkoniyatlarni ko’ra bilishimiz, ulardan tarbiya jarayonida oqilona foydalanishimiz kerak. Biz nima uchun bolalarni har tomonlama kamol toptirish kerak deymiz? Chunki inson organizmining imkoniyatlari beqiyosdir. Bu imkoniyatlar ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda ko’proq foizini tashkil etadi. Faqat biz tarbiyachi-murabbiylar uni vaqtida parvarish qilsak. uning o’sib voyaga etishi uchun sharoit yaratsak. u, albatta, kurtak yozib xosil beradi. Ma`lumki, har bir odam shaxsining o’ziga xos xususiyatlari ya`ni ehtiyoji, temperament tinlari, xarakter xislatlari, iste`dodi, qobiliyatlari bo’ladi. Bu xususiyatlarning rivojlanishi shakllanishi bevosita bola yashaydigan muhitga, tevarak-atrofga bog’liq. Demak, bola psixologiyasi ham tabiat bilan chambarchas bog’langan bo’ladi va ular bir-birini to’ldiradi, mustahkamlaydi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi boqcha sharoitida xilma-xil bo’lib bunda bolalarning xususiyatlari, tabiat haqidagi tushunchasi hisobga olinib, elementar tushunchalardan tortib, bolalarga mos eng murakkab tabiat haqidagi tushunchalarni va tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarni bilib olishga o’rgatadi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasining ana shunday o’ziga xos shakllari bilan chegaralanmasdan, mavjud o’zgartirish, yangi ish shakllarini ishlab chikish, haet tajribalarini umumlashtirib har bir tarbiyachi uzining yashaydigan muhiti, sharoitiga moe usullarni topib amalda qo’llashlari kerak. Har bir tarbiyachi ijodiy izlanuvchan, kuzatuvchan, tabiatdan ilhom oladigan. hayotda dadil qadam tashlaydigan bo’lmogi kerak Bugungi talaba - ertangi mutaxassis. Shunday ekan hozirgi talabalarga qoyilayotgan talab yanada kattadir. O’rta asrlarda tabiat haqidagi tushunchalar Evropa mamlakatlarida deyarli rivojlanmadi- G’arbiy. Evropada fan tushkunlikka tushgan bir davrda O’rta Osiyo olimlari uni rivojlantirdilar. O’rta aerlarda O’rta Osiyo olimlari hali ekologiya fani umuman yo’q bulgan davrda tabiat, undagi muvozanat, tabiatni e`zozlash haqida qimmatli fikrlarni aytganlar. Buyuk alloma, entsiklopedik olim bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy (783-847) bir risolasida shunday yozadi: "Bilginki, dunyoningko’zlari yoshlansa. uning boshiga g’am kulfat tushgan bo’ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig tutmang". Demak tabiat va uning maxsuli inson uchun ekan, undan oqilona va odilona foydalanish kerak. Erga, suvga, hayvonlarga bo’lgan munosabatlarimizni yaxshilashimiz bilangina ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin. Hayvonlar na`rasiga to’la urmonlarni, parrandayu darrandalar makoni to’qayzorlarni zilo ko’llarni va o’tloqlarni qayta tiklashning imkoni bor. Bu ishlarga faqat insongina krdir. Zero, shoir aytganidek: "Mulki jahon ichra xoqon ham uning uzi ya`ni inson, demak tabiatni ham u saqlab kola oladi". O’rta asrlarda Urta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muxammad Muso al - Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanining rivojlanishiga ulkan hissa qushganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e`zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Mana shunday zabardast buyuk allomalarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy, o’zining "Kitob surat al - arz" asarini Abu Nasr Farobiy (870-810) "al - hajmi va al - mikdor", "Kitob almabodi al - insonia" aerlarini Abu Rayhon Beruniy "Saydana", "Minerologiya" aerlarini Abu Ali ibn Sino, u "Kitob al - shifo", "Tadbir ul - manzil" kabi asarlari!sh yozganlar. Hadisi sharifimizdagi tabiat, tabiatni avaylab asrash, uni ko’paytirish, parvarish qilishga oid bandlari bilan ham tanishib. uni chuqur tahlil qilinadi.Shunday ekan tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: - Bolalarni o’z o’lkasini sevishga o’rgatish. - O’zining, tengdoshlari va kattalarning mehnatini qadirlashga o’rgatish. - tabiat orqali psixik jarayonlarni rivojlantirish (sezgilar,idrok, xotira, xayol, tasavvur, nutq diqqat). - Bolalarni xissiyotini irodasini rivojlantirish. - Tabiat in`om etgan ne`matlarni avaylab asrashga o’rgatish. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan xolda, bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat orqali – Aqliy tarbiya; - Axloqiy tarbiya; - Nafosat tarbiyasi; - Jismoniy tarbiya; - Ekologik tarbiya; Iqtisodiy tarbiya berish lozim. Yosh avlodga aqliy tarbiya berish umumiy tarbiyaning tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi. Aqliy tarbiya berish ko’zlangan maqsadb maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak – atrofdagi hayotning eng oddiy xodisalari haqida turli tasavvurlar hosil qila olishga o’rgatib borishdan iborat. Tabiat vositasida bolalarga aqliy tarbiya berish biz yashaydigan muhitdagi o’simlik va xayvonot olami bilan tanishtirish, jonlig’jonsiz tabiat haqida tushuncha berish haqidagi, uning elementlari, tabiatda bo’ladigan hodisalar, yomg’ir, yulduzlar, oy haqida, er haqida tushunchalarini mashg’ulot vaqtida so’rab bilish mumkin. Bola tevarakg’atrofdagi narsalar, ularning shakli, rangi, kattag’kichikligini ko’rib ular xaqida fikir yuritadi. Aqliy tarbiyaning eng muhim vazifalaridan yana biri bolalarni tarbiyalash. Bolalarga aqliy tarbiya berishda tabiat vositalardan foydalanish ma`lum bir tizim asosida amalga oshirilishi kerak. Buning uchun eng avvalo tabiat bilan tanishtirishning eng oddiy tushunchalaridan boshlab tabiat haqidagi ilmiy dunyoqarashlar hosil qilinadi. Natijada bolalarda ko’rgazmali obrazli, ko’rgazma xarakatli tafakkur rivojlanadi. Buning ahamiyati shundaki tanishtirilgan tabiatning xar bir vositasi bola ongida fikrida tushunchasida mustaxkam iz qoldiradi. Axloqiy tarbiya deyilganda yosh avlodni Vatanga, kishilarga muhabbat, ularga va ular mexnatiga hurmat tuyg’ulari, baynalminallik kurtaklari, kishi – kishiga do’st, tinchlik, xarakterning irodaviy xislatlari va shaxsning ijobiy axloqiy sifatlar, poklik,to’g’rilik, xullas olijanob inson uchun nimaiki zarur bo’lsa, hammasini mujassamlashtirilgan holda tarbiyalash tushuniladi. Yosh avlodda bu xislatlarni kamol toptirish uchun tabiat omilidan keng foydalanish kerak.Tabiat vositasida axloqiy tarbiya berish uchun bog’cha uchastkalariga ekilgan ekinni parvarish qilish, gullarning har bir gulni nixolni asrash, uni parvarish qilish, gullarni tagini yumshatish, sug’orish kabi ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirish mumkin. Bolalarni bog’cha maydonchasida, tabiat burchagida, o’simlik yoki xayvonni tanishtirish jarayonini tashkil etish kerak bunda tarbiya tanishtirishni qiziqarli jonli sharoitga bog’lab bolalarning e`tiborini o’ziga rom etib tashkil etish kerak. Tabiat vositasida bolalarga axloqiy taribya berishning yo’llari juda ko’p va xilma-xil. Yoshlarga nafosat tarbiyasini berishdan maqsad shaxsning didini, go’zallikni his etib doimo unga intilib yashash xislatini tarkib toptirishdir. Chindan xam tabiatni uning go’zal manzaralarini tog’ rog’larni sevmagan undan roxatlanmagan kishi bo’lmasa kerak. Gullarning, mevalarning hidi, shakli va rangi, qushlarning sayrashi, ariqlardan suvlarning shildirab oqishi, oyoq ostidagi qorning g’ijirlashi - bularning barchasi balalarda tabiatdagi narsa va xodisalarni his qilishga imkon beradi va ularda estetik hissiyotni tarbiyalash va o’stirish uchun boy material bo’lib xizmat qiladi. Ma`lumki, yosh bolalar chiroyli, yorqin, rang, predmetlarni yaxshi ko’radilar. Go’zallik xavas, qiziqish xar bir bola ongida mavjud. Biz bola ongidagi fikridagi ana shu qiziqishni rivojlantirishimiz zarar. Bunda asosiy vosita rolini tabiat oynaydi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning tabiat vositasida nafosat tarbiyasini istagan faslda amalga oshirish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mexnat tarbiyasini berish ularni mexnatsevarlik ruhida tarbiyalash mehnatga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, kattalar yaratgan mexnat maxsulini e`zozlash, uning qadriga etish ruxida tarbiyalashni bolalik davridan boshlashi lozim. Bolalarning mexnat tarbiyasi burchagida ulzorda, o’simliklar va xayvonlarni parvarishlash jarayonida amalga oshiriladi. Mexnat tarbiyasi xar bir guruxning yosh xususiyatini xisobga olgan xolda amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Kichik guruxda mehnat tarbiyasinn berishda bolalar tarbiyachi bilan birga xonadagi o’simliklarga.suv quyadilar, akvariumdagi baliqlarga ovqat beradilar, qushlarga don tashlaydilar, boqcha hovlisidagi poliz ekiilarini yig’ib-terib olishda ishtirok etadilar. O’rta guruhda mehnat tarbiyasi bir oz murakkablashadi, boqcho maydonchasidagi o’simliklarni o’zlari parvarish qiladilar. Tabiat burchagidagi hayvonlarni o’zlariovqatlantiradilar, parvarishlaydilar Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling