Bahordinova fahrinsaning mustaqil ishi
Download 44.18 Kb.
|
Mustaqil ishi FAHRINSA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-ilova «Qarama-qarshi munosabat» metodi.
- Ma’naviy-axloqiy tarbiya
- 6- ilova Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari.
4-ilova
Blits-so’rov Ma’naviy barkamol inson tushunchasi sizningcha. Qanday inson axloqiy yetuk hisoblanadi? Ma’naviy qadriyatlar degani nimani anglatadi? Saxovatlilik tushunchasini izohlab bering. 5-ilova «Qarama-qarshi munosabat» metodi. Guruhlarda ishlarni tashkil etish
6- ilova Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari. O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi. Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilьm va spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-odatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xatti-harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish, o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi. Debat, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur. Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir. O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
Download 44.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling