Bahslarni boshqarish
Download 20.83 Kb.
|
Bahslarni boshqarish o‘rganish trening mashg‘ulotini o‘tkazish Soft
9-Mavzu: “Bahslarni boshqarish” (Soft skills) Mashg‘ulot maqsadi: O‘quvchilar oladigan ko‘nikmalar: •Bahslarni va nizolarni boshqarishdagi sog‘lom va nosog‘lom usulni o‘rganish •Samarali muzokaralar bosqichlarini o‘rganish va tajribada qo‘llash •Muzokaralar bosqichlarini haqiqiy va gipotetik holatlarda qo‘llash Zarur bo‘lgan jihozlar: •O‘qituvchi avvaldan "bahslar va nizolarni boshqarish imkoniyatlari" deb yozilgan plakat yoki flip-jadvalni tayyorlashi zarur (batafsil ma’lumot uchun quyidagi jadvalga qarang). •Guruh qoidalari aniq yozilgan plakat Mashg‘ulotning borishi: O‘quvchilarni qutlang va bugungi mavzu “Bahslarni boshqarish” tushunchasiga bag‘ishlanishini ayting Guruhning asosiy qoidalariga qisqacha murojaat qiling (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling): •Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning •Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir •Bir biringizni tinglang •Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering •Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang •Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi 1 Mashq.” Bahslarni mojarolarni boshqarish usullari”. Yo‘q deyishni mashq qilish va chegaralarni belgilashda siz bahslar yoki mojarolar hayotingizning yana bir ajralmas qismi ekanligini anglashingiz mumkin. Birortangiz bahs yoki mojaroga ta’rif bera olasizmi? •O‘quvchilarning javoblarini tinglang; javoblardagi kalit so‘zlarni doskaga yoki flipchartga yozing. Talab etilsa izohlang Umumiy ta’rif sifatida mayda kundalik mojarolarni o‘z ichiga olgan har qanday kelishmovchilik yoki tortishuvni aytish mumkin.-Hayotingizda uchragan mojarolar yoki nizolarga misollar keltira olasizmi? •O‘quvchilarning javoblarini tinglang; javoblardagi kalit so‘zlarni doska yoki flipchartga yozing •Oldindan tayyorlagan "bahslar , nizolarni boshqarish imkoniyatlari" plakatingizni ko‘rsating (ushbu darslar jadvali so‘nggida keltirilgan jadvalga qarang). •Mojarolardan nari yuring — Shunchaki mojarolarga aralashmang. •Uni yo‘qqa chiqaring — O‘zini ziddiyat yo‘qdek tutish. •Har qanday holatda ham g‘alaba qozonish — O‘zingiz istagan narsani oling; boshqa odam yo‘qotadi. •Murosaga keling — O‘zingiz istagan narsani olish uchun biron narsangizdan voz keching. •Yutqazishsiz muzokaralar — Ikkala taraf ham istagan narsaga ega bo‘lishi uchun muammolarni yechishga ijodiy yondashing. (O‘quvchilarni juftlarga bo‘ling ,agar talabalar soni ko‘p bo‘lsa, guruh 3 kishidan iborat bo‘lishi yoki boshlovchi ham yakka o‘quvchi bilan juftlikda ishlashi mumkin). •Barcha variantlarni o‘qib eshittiring •Ular tanlagan usul nima uchun samarali yoki samarasiz bo‘lishi mumkinligiga asoslanib jadvalni to‘ldirishlari lozimligini tushuntiring va ular ushbu usullarni qo‘llashlari mumkin bo‘lgan yoki ishlatgan vaziyatlar haqida misollar keltirishni ayting •So‘nggi ustunda o‘zlari tanlagan usulni bahslar va nizolarni boshqarishning qandayy usuli ekanligi haqida hulosalarini aks ettirishlari lozim. •O‘quvchilarga ustunni to‘ldirishlari uchun 10 daqiqa bering (kelajakda foydalanish uchun ham talabalar ish daftarlariga qayd etib borishlari lozim) •Keyin, munozaralarni boshqarishda eng samarali bo‘lgan usulni ko‘rsatishlarini ayting. •Dastlabki uchtasi odatda muammolarga olib kelishi, ammo so‘nggi ikkitasi juda samarali strategiyalar ekanligini tushuntiring. 2 Mashq. “Muzokara bosqichlari”. Barcha taraflar uchun yutuqli bo‘lgan kelishuvlar bosqichlari 1.Tinch yo‘l bilan yechimini topish uchun birgalikda ishlashga va asosiy qoidalarni (masalan, nomlash, ayblash, qichqirmaslik yoki gapni to‘xtatish) belgilashga kelishib oling.2.Fikrlarni tinglang. Ishtirokchilar kelishmovchiliklar nimaligini o‘z nuqtai nazaridan chiqib ta’riflaydi. Faol tinglash qobiliyatidan foydalaning va o‘zgalarning fikrini tushunish uchun o‘zingizni ularning o‘rniga qo‘yishga harakat qiling. Boshqalar nimani va nima uchun istashlarini ham ko‘rib chiqing. Masalan, kimdir sizni biron narsada ayblab, sizdan pul to‘lashingizni talab qilsa, ular buni pul topish istagida emas, balki siz ularni hurmat qilmayotgandek tuyulgani uchun qilishlari mumkin. Mojaroni hal qilishda boshqa odamga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish asosiy kalit bo‘lishi mumkin. 3.Umumiy qiziqishlarni toping. Barcha ishtirokchilar qaysi faktlar va masalalar ustidan kelishuvga erisha olishlarini va har xil masalalar har bir kishi uchun nima sababdan muhimligini aniqlang. Zo‘ravonlikka murojaat qilmasdan yoki obro‘ni saqlab qolish zaruratisiz muammoni hal qilishga intilishdek oddiy bo‘lgan umumiy qiziqishlarni aniqlang. 4.Tanlash imkoniyatini yarating. Muammoni hal qilish uchun ikkala tomon uchun birgalikda fikr almashish uchun imkoniyat yarating. Darhol hukm qilmasdan variantlar ro‘yxatini tuzing. Ikkala taraf ham biron narsaga erishadigan yechimlarni o‘ylab ko‘ring! Ko‘pincha biz bitta odam yutishi kerak bo‘lsa, boshqasi yutqazishi kerak, deb taxmin qilamiz. Aslida, ko‘pincha ijodiy fikrlash orqali ikkala taraf uchun manfaatli yechimni topish mumkin. 5.Baholash va yondashuvni tanlash. Bir nechta yondashuv taklif qilingandan so‘ng, har ikki tomon o‘zaro muhokamaga kirishadi 6.Kelishuvga erishing. Shartnoma to‘g‘risida qaror qabul qilganingizni yozma shaklda belgilab oling. Zarur bo‘lsa, kelishuv qanday samara berishini tekshirish uchun vaqt belgilang. 3 Mashq. “Muzokara bosqichlarini qo‘llash”. Bosqichlarni ko‘rib chiqdik, endi ularni amaliyotda qo‘llaylik. Kundalik mojarolar yoki nizolar haqida o‘ylashingizni istardim. Bugungi kunda guruhimiz a’zolari turli xil qarashlarga ega bo‘lgan ba’zi masalalar to‘g‘risida fikr yuritishga ko‘mak bering. Flipchart va doskada ro‘yxat yozaman. •Izoh: O‘z takliflaringizni ilgari surishga tayyor bo‘ling. Agar ishtirokchilar g‘oyalarni shakllantirishda muammolarga duch kelsalar, sizning guruhingizdagi qarama-qarshi fikrlarni keltirib chiqaradigan ba’zi tavsiyalarni beramiz. Fikrlarni ilgari surishda yoki qo‘llashda madaniyat doirasidan chetga chiqmang:Do‘stlari bilan uchrashishdan avval o‘quvchilar har doim uy vazifalarini bajarishlari lozim. Yoshlar ota-onalarining aytganlarini bajarishlari shart. 4 Mashq. “Rolli o‘yinlar”. •O‘quvchilarning muzokaralarning barcha 6 bosqichidan foydalalanishlarini ko‘zda tutuvchi rol o‘yinlari uchun kichik guruhlarga bo‘ling •Guruhdan ikki tomon manfaat ko‘rishini ta’minlash uchun barcha 6 bosqichdan foydalanishlarini so‘rang • Guruhlar ishlayotganda sinfni aylanib chiqing va muzokaralarda qanday rol o‘yinlardan foydalana olishlari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq va g‘oyalarni taklif qiling. •O‘z rolli o‘yinlarini barcha guruhlarga namoyish etish istagida bo‘lganlarni davraga chorlang. Ular o‘z chiqishlarini tugatgach, guruhdan muzokaralar jarayonida qo‘llanga 6 bosqichni aniqlashlarini so‘rang. •Bironta bosqich qolib ketgan bo‘lsa, ushbu bosqichni qo‘shish yoki mustahkamlash uchun guruh bilan ishlang. •Vaqt yetsa, bara guruhlar rol o‘yinlarini namoyish etishlariga imkon bering. Download 20.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling