Mikrokredit qaytarlishini ta`minlash: - Mikrokreditlar ta`minot va ishonch asosida beriladi. MULK garovi mikrokreditni ta`minlashning asosiy shakli bo`lib xizmat qiladi. Har qanday mulk, shu jumladan buyumlar va «Garov to`g`risida»gi O`zbekiston Resrublikasi Qonuniga muvofiq mulkiy huquqlar (talablar) garov predmeti bo`lishi mumkin. Mikrokredit ta`minot qiymatining 80% dan ko`p bo`lmagan miqdorda ajratiladi.
Ta`minot sifatida quyidagilardan biri qabul qilinishi mumkin: - • mol-mulk garovi yuqori likvidlikka ega bo`lgan qimmatli qog`ozlar
- • likvidli tovarlar, xorijiy valyuta va garov shaklida rasmiylashtiriladigan valyuta boyliklarining boshqa turlari;
- • benuqson to`lov qobiliyatli sub`yekt obro`siga ega bo`lgan yuridik shaxslar kafilligi:
- Markaziy Bank banklarning banki sifatida bank va moliya muassasalari faoliyatining barqarorligini ta`minlaydi. Birinchi navbatda, u ko`pchilik moliya institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o`z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda moliyaviy sarosima paydo bo`lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi pog`ona - tijorat banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank majburiyatiga tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi. Markaziy bank tijorat banklarning me`yoriy boshqarilishi, ularning to`lovga qobiliyatliligi va likvidliligini ta`minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi kerak.
Markaziy bank pul siyosatini o`tkazish yo`li bilan muomaladagi pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyatsiya, ishsizlikning past darajasini ta`minlash va iqtisodiy o`sish uchun shart - sharoitlar yaratishi kerak. Bunda Markaziy Bank emission bank vazifasini bajaradi, ya`ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo`ladi. - Markaziy bank pul siyosatini o`tkazish yo`li bilan muomaladagi pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyatsiya, ishsizlikning past darajasini ta`minlash va iqtisodiy o`sish uchun shart - sharoitlar yaratishi kerak. Bunda Markaziy Bank emission bank vazifasini bajaradi, ya`ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |