Bajardi: 101-21 myamt majidova g tekshirdI: Salimjonov j farg’ona-2022
Download 13.58 Kb.
|
Farg’ona politexnika instituti “qurilish” fakulteti “qmbkich” ka-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Portlandsementning xom ashyosi va turlari. Sement xom ashyo aralashmasini kuydirish klinkerni olish.
Farg’ona politexnika instituti “qurilish” fakulteti “qmbkich” kafedrasi “o’zbek tilini sohada qo’llash” fanidan Bajardi: 101-21 MYAMT Majidova GTekshirdI: Salimjonov JFarg’ona-2022Taqdimot ishi farg’ona politexnika instituti “qurilish” fakulteti “qmbkich” kafedrasi “Qurilish materiallari va xomashyoviy bazasi fanidan Mavzu: Portlandsementning xom ashyosi va turlari. Sement xom ashyo aralashmasini kuydirish klinkerni olish.Reja:1.umumiy tushunchalarPortlandsement (inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan olingan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali hisoblanadi Portlandsement – tarkibida ohaktosh va tuproq bo‘lgan aniq tarkibli sun’iy bir xil xom ashyo aralashmasini bir tekis kuydirish natijasida olingan o‘ta maydalangan klinkerning mahsulidir. Klinkerning maydalash jarayonida 3,5 % gacha miqdorda gips toshi qo‘shiladi.Portlandsement klinkerini olishuchun xom ashyo aralashmalari tarkibi ko‘p miqdorda karbonat kalsiy (toza ohaktosh, mel, ohakli tuflar, mergelli ohaktoshlar va boshqalar) mavjud bo‘lgan jinslar va loy tuproq xom ashyosiga qarashli jinslar (og‘ir tuproq, mergelli tuproq, tuproqli slanets va boshqalar)dan tayyorlanadi. Xom ashyo qorishmasini tayyorlash xarakteriga ko‘ra portlandsement ishlab chiqarishning quruq, ho’l va aralash usullari mavjud. Bu usulning har biri o‘z xususiyati, afzalligi va kamchiligiga ega. Mamlakatimizdagi sement zavodlarida ho’l usul ko‘proq ishlatiladi, ammo ko‘pgina zavodlar iqtisodiy jihatdan afzal bo‘lgan quruq va aralash usullariga moslashtirilmoqda. Ho‘l usulda xom ashyo qorishmasini ko‘p miqdordagi suv ishtirokida quruq modda massasining 36-42 % gacha sharsimon tegirmonlarda maydalanadi va shlam deb nomlanuvchi suyuqlik massa olinadi. Shlam – basseyndan massa quritish uchun aylanma pechga yo‘naltiriladi. Bu usulda transpartirovka va xom ashyoni tashash engillashsa ham lekin quruq usulga ko‘ra yonilg‘i sarfi 1,5-2,0 baravar ko‘pdir. Quruq usulda boshlang‘ich materiallarning quruq kukun qorishmasi (xom ashyo uni) tayyorlanadi, uni aylanma pechda kuydiriladi. Ishlab chiqarishning aralash usulida, kuydirish uchun xom ashyo qorishmasi granula ko‘rinishida tayyorlanadi. Aralash usul, ho‘l usulga qaraganda, yonilg‘ini 20-30 % gacha iqtisod qiladi. Kuydirish uchun uzunligi 150 dan 230 m gacha bo‘lgan (ho‘l usulda), diametri 5-7 m va kaltaroq 60 dan 95 m gacha bo‘lgan (quruq usulda) aylanma pechlar ishlatiladi. Pechda quydirish jarayonida material avvalo quritiladi va to‘planadi, so‘ngra 200 °S dan 700 °S gacha bo‘lgan temperaturada organik qo‘shilmalar yonadi, kimyoviy suv yo‘qoladi, temperatura 1100 °S gacha ko‘tarilganda kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladi, natijada portlandsement klinkerning quyidagi asosiy minerallari hosil bo‘ladi %: – uch kalsiyli silakat (alit): 3SaOxSiO2(S2S) – 40-65 % – ikki kalsiyli silikat (belit): 2SaOx SiO2(S2S) – 15-40 % – uch kalsiyli alyuminat: 3SaOxAl2O2(C3A) – 3-15 % – to‘rt kalsiyli alyumoferrit: 4SaOx Al2O3xFe2O3 (C4AF) – 10-20 %. Download 13.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling