Bajardi: Abdullayeva Zulayho
Balans va strategik rejalashtirish
Download 0,79 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayeva
Balans va strategik rejalashtirish
Balans moliyaviy hisob-kitoblarni boshqarishda strategik rejalashtirishning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qismidir. Strategik rejalashtirish orqali biz, kompaniya moliyaviy resurslarini samarali ishlatish, kengaytirish va saqlashni ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirishimiz mumkin. Strategik rejalashtirish balansning saqlanishiga ham yordam beradi. Agar kompaniya strategik rejalashtirishni yaxshi boshqarsa, unda moliyaviy resurslar samarali ishlatilishi mumkin bo‘ladi. Buning natijasida kompaniya daromadini oshirishi va kengaytirishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, balansning saqlanishi va strategik rejalashtirish bir-biriga juda yaqin bog‘liqdir va har ikkisi moliyaviy hisob-kitoblarni boshqarishning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qismlaridir. "Passiv" – tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag‘larga nisbatan, ya'ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo‘llanar edi. Keyinchalik "passiv" atamasi manbaalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo‘lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag‘lar turlarini qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo‘ldi. Manbaalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning majburiyatlari - bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni natijasi yoki kelajakda o‘zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi. Majburiyatlar uch xil xususiyatga ega bo‘lishi kerak: a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan to‘lashni vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o‘zida mujassamlashtirishi; b) subyekt uchun majburiyatni bajarilishi majburiyligi va qariyib muqarrarligi; c) oldingi bitim yoki oldingi voqealar natijasi bo‘lishi. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 0,79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling