Bajardi Abdupattoyev I ilmiy rahbar prof. Ismatov R


Download 364.01 Kb.
bet1/5
Sana28.08.2023
Hajmi364.01 Kb.
#1670952
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bozor o\'zgarishlariga moslashuvchan


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti
Menejment kafedrasi
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish
Fanidan
Kurs ishi
65sa-ICHTB-19 guruh talabasi
Bajardi Abdupattoyev I
Ilmiy rahbar prof. Ismatov R

Namangan -2023 yil


MUNDARIJA




KIRISH.............................................................................




I-BOB.

Bozor o'zgarishlariga moslashuvchan ishlab chiqarish tuzilmasi va uni boshqarish tizimini tanlashning iqtisodiy samaradorligi.




1.1

Ishlab chiqarishni boshqarishga tizimli yondashish.




1.2

Ishlab chiqarish tizimlarining va tuzulmalarining turlari.




II-BOB.

Boshqaruv tizimining iqtisodiy samaradorligini baholash.




2.1

Marketing faolligi tushunchasi va uning ko‘rsatkichlari.







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar






KIRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming samarali amalga oshirilishi uchun boshqarishning turli sohalarida o‘zgarishlar bo'lishi o‘ta muhim. Bozor munosabatlarining shakllanishi natijasida korxonalarni boshqarishda yangi talablar paydo bo‘lmoqda. 0‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy o'tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va turli xil mulkchilik shakllariga o‘tish bilan tavsiflanadi. Bu o‘z navbatida samarali boshqarishning zarurligini taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda shakllangan ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi umumiy sharoitlar haqida gapiradigan bo‘lsak, boshqarish fani va amaliyotiga muvofiq ravishda rivojlanayotgan bir necha yo‘nalish va konsepsiyalami ajratish mumkin. Birinchidan, bu ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida qayta qurish, boshqarish yoki feinjeringlashdir. Ikkinchidan, bu korporatsiyalar ichki bozor konsepsiyalarining rivojlanishi boiib, bu o'z navbatida xo‘jalik yuritishning bozor tamoyillaridan kompaniyaning ichki faoliyatida foydalanishni anglatadi. Umuman korxonani, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarish uchun menejer awalo aniq belgilangan maqsadlarga ega bo‘lishi kerak. Chunki, har bir korxona o‘z strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatidan yiroqdir. Korxonaning barcha faoliyati maqsadli ko‘rsatkichlarga (foydalilik, sotuvning o‘sishi va boshqalarga) erishishga yo‘naltirilgan bo'lishi zarur. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatida boshqarish va rejalashtirishning zamonaviy tamoyillaridan foydalanish lozim.Respublikamiz korxonalaridagi shakllanayotgan erkinlik xodim- laming ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini oshirmoqda. Rivojlangan davlatlarda va o‘zimizda ishlab chiqarish sohasini boshqarish va tashkil etishdagi to'plangan boy tajribalardan mahalliy sharoitlarga mos holda samarali foydalanish ko‘zlangan natijalarga erishishda muhim omil bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish tizimi alohida elementlami foydali mahsulotga aylantiruvchi maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir. Hozirgi paytda zamonaviy o‘zbek korxonalarini boshqarish amaliyotida ko‘pgina muammolar kelib chiqmoqda. Bulaming ba’zilari korxonaning haqiqiy mulk egalari va boshqaruvchilar (menejerlar)ning o'zaro munosabatlardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Sababi oldingi korxonaning bitta mulk egasi o‘miga endilikda bir nechtasi paydo bo'lmoqda. Korxona menejerlarining korxonaning yangi mulk egalari oldida yechishi lozim bo‘lgan va javob berishi talab etiladigan vazifalarining doirasi tubdan o‘zgardi. Bu vazifalar nafaqat tashkilot va xodimlami boshqarish (bu o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lsa-da), balki nomenklaturani, chiqarilgan mahsulot hajmini aniqlash va bozor imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish bilan resurslami (eng awalo moliyaviy) izlash va jalb etish, mahsulotni sotishni ta’minlash, iste’molchi va ta’minotchilar bilan o'z vaqtida hisob-kitoblami amalga oshirish, mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirish va boshqalami o‘z ichiga oladi. Mazkur o‘quv qo'llanma menejment ta’lim yo'nalishida tahsil ko‘rayotgan talabalarga mo'ljallangan bo‘lib, talabalar undan foydalanish jarayonida ishlab chiqarish menejmentining nazariy asoslarini o‘rganishadi va amaliyot uchun ba’zi bir ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tatbiq etishda biz avvalambor uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Bozor munosabatlari, bozor garchi sharqona mazmunga ega bo’lsada, uning hozirgi mohiyati butinlay boshqacha. To’g’ri, bozorlar (bizning an’anaviy tushunchamizga ko’ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O’rta Osiyo va Yaqin sharq, so’ngra O’rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga-Ispaniya va Portugaliyaga o’tgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin bozor so’zi Atlantika okeanidan o’tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana shunday evolyutsiya va geografiyaga ega bo’lgan bozor o’zimizga yangi ma’no kasb etgan holda qaytib keldi.
Qadim-qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan uyg’unlashtirishgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo’lishi, qo’shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak pul pulni topadi, deyishadi).
Demak, pul harakatda bo’lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana bir xususiyati kelib chiqadi, ya’ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati nihoyatda oshadi, davr zichlashadi, intensivlashadi, chunki vaqting ketdi, naqding ketdi, deb bejiz aytishmagan.
Bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to’g’risida aytib o’tdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to’laligicha ifodalaydi. Sabab-bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko’rimli, xaridorgir bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog’lom, madaniy bo’lishi talab etiladi.


Download 364.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling