Bajardi: Abduvaliyev Doniyor Tekshirdi: G’ofurov Xamidullo


Download 75.62 Kb.
bet2/3
Sana08.11.2023
Hajmi75.62 Kb.
#1754813
1   2   3
Bog'liq
alias

“Xalqlar do'stligi kuni” deb belgilashni taklif etaman... Qo'shni davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta'sirini yumshatishga qaratilgan harakatlarni qat'iy davom ettiramiz. Dengizning qurigan tubida yuz minglab gektar o'rmon va butazorlar tashkil etilayotgani, Orolbo'yi hududlarida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonchilik ishlari xalqimizni yuksak marralar sari ruhlantirmoqda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tuzilgan Orolbo'yi mintaqasida inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'p tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytiramiz...”, deb alohida ko'rsatib o'tganligi O'zbekistonning BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslarida yangi tendentsiyalarni namoyon qildi.
BMT xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga, davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan, davlatlar xalqaro hayoti va hamkorligining barcha yo'nalishlarida faoliyat ko'rsatadigan betakror, tarixan muhim va universal tashkilotdir. Ma'lumki, bundan 29 yil oldin, 1992 yil 2 mart kuni yangi suveren davlat —O'zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi. SHundan buyon biz o'z masalalarimizni hal etishda har doim BMTning ko'magiga tayanib kelmoqdamiz.
Dunyoda kechayotgan hozirgi globallashuv jarayoni insoniyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatish bilan birga, o'zida turli tahdid va xavf-xatarlarni ham namoyon etmoqda. Ana shunday sharoitda davrimizning eng obro'li xalqaro tuzilmasi — BMT bilan tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash yo'lida samarali hamkorlik qilish xalqimizning tub milliy manfaatlariga to'liq mos keladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqi O'zbekiston—BMT munosabatlarining yangi bosqichini boshlab berdi. Prezidentning sessiyada so'zlagan nutqida, “Biz qat'iy ishonamiz, BMT bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o'rin tutadi” degan fikri respublikamizning tashqi siyosiy pozitsiyasini izohlab berdi. Mazkur mustahkam siyosiy-diplomatik pozitsiya davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan global va mintaqaviy ahamiyatga ega tashabbuslarda yana bir bor o'z ifodasini topdi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda BMTning o'ndan ortiq dasturlari, jamg'armalari va agentliklari, bir qator ixtisoslashgan muassasalari faoliyat olib bormoqda. O'z navbatida Nyu-York shahrida Doimiy vakolatxona va Jeneva shahridagi BMT bo'linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxona faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston keyingi yillarda BMTning Jenevadagi bo'limi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirmoqda. O'zbekiston BMTning Bosh Assambleyasi va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalari faoliyatidagi o'z ishtirokini ham faollashtirdi.
Mamlakatimizga BMT Bosh kotibi, Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissar, BMTning Diniy e'tiqod bo'yicha, Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi bo'yicha maxsus ma'ruzachilarining amalga oshirgan tashriflari katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, 2020 yil 13 oktyabr` kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga — 2021-2023 yillarga saylanishi va a'zo sifatida Kengashning dastlabki uchrashuvida birinchi marta ishtirok etishi olamshumul va tarixiy voqelikdir. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning Inson huquqlari bo'yicha kengashning 46-sessiyasida so'zlagan nutqida ilgari surilgan tashabbuslar bevosita O'zbekiston va BMT doirasidagi ikki tomonlama hal etiladigan masalalar bilan birgalikda, mintaqaviy va global darajada keng xalqaro hamkorlar bilan amalga oshirilishi talab etiladi. Ushbu nutqda belgilab berilgan yangi vazifalar Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqi hamda Oliy Majlisga yo'llangan Murojaatnomasidagi vazifalar bilan hamohangdir.
Shu tariqa O'zbekiston hamda BMT o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlik muvaffaqiyat bilan ravnaq topmoqda. Bundan keyin ham O'zbekiston Respublikasining jahondagi yirik xalqaro tashkilot BMT bilan munosabatlari tenglik va manfaatli sheriklik asosida rivojlanib boraveradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning
tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan
tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 17-moddasidan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 193 mamlakatni birlashtirgan eng yirik xalqaro muassasadir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan olti oy o‘tib – 1992-yil 2-mart kuni ushbu nufuzli tashkilotga a’zo bo‘ldi. BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida davlatimiz bayrog‘i mag‘rur hilpirab turibdi.
O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligi keng qamrovli. Prezidentimiz Islom Karimovning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligini mustahkamlash, ilm-fan va san’atni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari hayotda o‘z ifodasini topmoqda.
BMT faoliyatining eng muhim yo‘nalishi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, tinchlikka tahdidlarning oldini olishdir. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan tinchlikparvar siyosat bu ezgu intilishlarga tayanch bo‘lmoqda, kuch-quvvat bag‘ishlamoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning yadro qurolidan xoli hududga aylantirilishi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash ishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Prezident Islom Karimov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Istanbul sammitida BMT huzurida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doirasida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bu g‘oyaning amaldagi natijasi bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimiz tinchliksevar siyosatining yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur konsepsiyada O‘zbekistonning harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi, davlatlararo aloqalar va hamkorlikni faqat ikki tomonlama asosda tashkil etishi bayon qilingan.
Mamlakatimizda BMTning qator tarkibiy tuzilmalari – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Bolalar jamg‘armasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Taraqqiyot dasturi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatayotir.
O‘zbekistonning YuNESKO bilan hamkorligi alohida e’tiborga molik. Yurtimizdagi ko‘plab tarixiy-madaniy obyektlar YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Prezidentimiz tomonidan asos solingan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali madaniyat va san’atni rivojlantirish, millatlararo do‘stlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yil 15-16-may kunlari Samarqand shahrida “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan YuNESKO Bosh direktorining o‘rinbosari Xubert Gizen YuNESKO uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu muhim tadbirni tashkil etgani hamda ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot sohalarini rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
Shu yilning 6-iyun kuni poytaxtimizda “O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur xalqaro forumda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish fondi, Jahon banki kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, qirqdan ortiq mamlakatdan yetakchi ekspert va ishbilarmonlar ishtirok etdi.
Anjumanda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Joze Gratsianu da Silva nutq so‘zladi. Konferensiya arafasida Toshkentda ushbu xalqaro tashkilotning vakolatxonasi ochildi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, soha xodimlarining malakasini oshirish, jahonning ilg‘or tajribalarini joriy etishga ixtisoslashgan mazkur vakolatxona O‘zbekiston va BMT hamkorligini yanada kengaytirdi.
Mamlakatimizda xalqaro turizm izchil rivojlanmoqda. Bunda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1993-yilda a’zo bo‘lgan. Samarqandda YuNVTOning Buyuk ipak yo‘lida sayyohlikni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy markazi faoliyat yuritmoqda.
Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi 99-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishi O‘zbekiston va BMT hamkorligining yana bir ifodasi bo‘ldi. Prezidentimiz ushbu sessiyada nutq so‘zladi. BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Taleb Rifai mamlakatimizning turizm salohiyatiga, Prezident Islom Karimov rahbarligida sohani yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.
Mazkur xalqaro anjuman jahon jamoatchiligini mamlakatimizning sayyohlik borasidagi ulkan imkoniyatlari bilan tanishtirish, xorijning turizm kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish, chet ellik mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashishda muhim bosqich bo‘ldi.
2010-yil aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Orolbo‘yida bo‘lib, u yerdagi ekologik bo‘hron oqibatlari bilan bevosita tanishgan edi. Ushbu tashrif yakunlari bo‘yicha tayyorlangan Orol dengizi inqirozi oqibatida zarar ko‘rgan aholining muhim hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirish o‘zaro hamkorlikning yana bir ustuvor sohasiga aylandi.
Mamlakatimizda Amudaryo va Sirdaryo suvidan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligiga tejamkor texnologiyalarni joriy etish, Orolbo‘yini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qilayotgan O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan “Orol dengizi qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” BMT Bosh assambleyasining 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.
Oktabr oyi oxirida Urganch shahrida bo‘lib o‘tadigan “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlangani ham O‘zbekiston va BMTning intilishlari mushtarak, sa’y-harakatlari hamohang ekanidan dalolat beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston bilan munosabatlarga alohida e’tibor qaratayotgani bejiz emas. Chunki O‘zbekiston tinchlik tarafdori, hamkorlik tashabbuskoridir. Bunday ezgu siyosat barchaga manfaat keltiradi, umumiy taraqqiyotga xizmat qiladi.

Download 75.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling