Biznes qiymatini baholashning mazmun – mohiyatini va baholash faoliyatining asosiy tushunchalarini ochib bering.
Biznes qiymatini baholash vazifalarining murakkabligi mutaxassislarning tadqiqot ob’ekti bozor qiymatining metodologiyasi masalalari bo‘yicha fikrlarining bir ma’noli emasligi, hamda yuzaga keladigan vazifalarning ko‘p xilligi va turlitumanligi bilan bog‘liqdir. Biznes qiymatini baholash vazifalarini hal etishning bir qator usullari bor.
Bunda vazifaning mohiyatini tahlil qilmay turib, ularning birortasini afzal ko‘rish mumkin emas. Oxirgi yillarda biznes qiymatini baholashga yangi takoimllashtirilgan yondashuvlar paydo bo‘ldi. Bu kitobning maqsadi – o‘quvchini biznes qiymatini baholashning amaliy usullari bilan tanishtirishdir. Korxona rahbariyatining asosiy vazifalaridan biri aksiyadorlar manfaatida korxonaning iqtisodiy qiymati o‘sishidir. Bu paragrafda biz ushbu vazifani hal etishda korxona qiymatining turli tushunchalari qanchalik foydali bo‘lishi mumkinligini tahlil qilamiz. Iqtisodiy qiymat deganda har qanday aktivning ushbu aktiv egasiga odatdagi faoliyatidan yoki kelajakda ushbu aktivning sotilishidan olingan foyda hisobiga pul mablag‘larining oqimini ta’minlash xususiyati tushuniladi. Iqtisodiy qiymat investitsion loyihalarni ularning pul oqimlarini baholash asosida tanlashni belgilab beradi.
Aktivlar va majburiyatlarning balans qiymati – balans hisobotida aks ettiriladigan qiymati bo‘lib, uning kattaligi va o‘zgarishi buxgalterlik hisobi prinsiplari bilan belgilab beriladi. Baholash vazifalari uchun balans qiymatidan foydalanish katta shubha tug‘diradi. CHunki balans qiymati – bu iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishi sababli va vaqt o‘tishi bilan «buzilgan» iqtisodiy qiymatidir.
Bozor qiymati – korxonaning majburiyatlar solinmagan aktivlarining uyushgan bozorda sotilishi holatidagi yoki tomonlarni majburlash mumkin bo‘lmaganda muzokara natijasida hosil qilingan narxidir. Istalgan muayyan vaqtda bozor qiymati bitimda ishtirok etuvchi tomonlarning afzal ko‘rgan jihatlari, aktivlar yoki qimmatli qog‘ozlar savdolarining hajmi bilan va korxonaning, tarmoqning, mamlakatning hayotidagi voqealarni baholash bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |