Bajardi. Berdimurodov hasan tekshirdi. Xolyorov asror


Download 0.81 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1562678
Bog'liq
hasan333

MAVZU.O’ZBEKISTONDAGI TABIIY TOSH MATERIALLARINING ZAXIRALARI VA ULARGA ISHLOV BERISHNING INOVATSION TEXNOLOGIYALARI.

BAJARDI.BERDIMURODOV HASAN

TEKSHIRDI.XOLYOROV ASROR

REJA.

1 TABIIY TOSH MATERIALARI 


2Tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash
3Tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash mamlakatning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda 101 ta tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit, gabbro va h.k.) konlari davlat zahirasiga kiritilgan (umumiy zahirasi – 118,7 mln.m3) bo‘lib, shundan 51 ta kondan yoki 43%dan (50,9 mln.m3) foydalanilib kelinmoqda.
2018 yilda tabiiy pardozbop tosh konlaridan jami 209,0 mln.m3 marmar, granit, gabbro va boshqalar qazib olingan. Bu 2017 yilga (131,5 mln.m3) nisbatan 37 % ga ortganligini ko‘rsatadi.
Tabiiy tosh materiallar turli tog' jinslaridan mexanik yo'l bilan olinadi. Ulardan qurilish materiallari sifatida hamda beton, g'isht, qorishma va shu kabi sun'iy qurilish materiallari tayyorlanadigan xom ashyo tarzida keng foydalaniladi.Tosh materiallarning fizik, mexanik va ximiyaviy ko'rsat­kichlariga bog'liq bo'lgan, qurilish xossalaridan eng muhimlari materialning zichligi, pishiqlik chegarasi, sovuqbardoshligi, uzoqqa chidamliligi, ya'ni mustahkamligi va issiq o'tkazuvchan­ligidir. Mexanik pishiqlik marka bilan, boshqacha qilib aytganda, materialning siqilishga, egilishga va cho'zilishga chidamlilik darajasi bilan ifodalanadi
Yirik loyihalar Toshkent ("Best Stone Service" MChJ - 60 ming kvadrat metr), Jizzax ("Granit Hill" MChJ - 50 ming kvadrat metr), Surxondaryo ("Comfort inert service" MChJ - 300 ming kvadrat metr), Navoiy ("Marmarobod" MCHJ - 1,2 mln.kvadrat metr, "Faridbek Zafarbek" MChJ - 100 ming kvadrat metr, "TRADE PRODUCTION INTERNATIONAL" MChJ QK - 250 ming kvadrat metr, "GAZGAN STONE" MChJ - 180 ming kvadrat metr, "STONE STANDART GROUP" MChJ - 40 ming kvadrat metr) viloyatlarida amalga oshiriladi.
Tosh materiallar quyidagicha klassifikasiyalanadi: zichligiga ko'ra – og'ir (zichligi 1800 kg/m3 dan ziyod) va yengil (zichligi 1800 kg/m3 dan kam) materiallar; siqilishga chidamlilik chegarasiga ko'ra – 4-1000 markaga ajratiladi; shu bilan birga, yengil tosh materiallarning markasi 200 gacha bo'ladi; og'ir tosh materiallarning markasi 100 dan boshlanadi va ancha yuqori bo'ladi; sovuqqa chidamlilik darajasiga ko'ra – Mrz 10 markadan Mrz 300 markagacha ajratiladi.
Xarsangtosh – noto'g'ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog' jinslari bulaklari - tosh devorlarga nshlatiladi va betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi; chaqirtosh – yirikligi – 5-150 mm keladigan turli shakldagi, o'tkir qirrali mayda toshlar (toshmaydalagichlarda olinadi) – betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi, poydevor tagiga solinadi va hokazo; shag'al – yirikligi – 5-150 mm keladigan, sirti tekis toshlar—karyerlar, daryo, dengizlar va ko'llar tubidan olinadi, beton tayyorlaganda to'ldirgich sifatida qo'shiladi, trotuar va yo'llar qurishda to'shama sifatida solinadi va hokazo;
arralangan devorbop tosh – kattaligi 390x190x188 mm, 490x240x188 mm, massasi 40 kg gacha bo'lib, ohaktosh va tufdan arralab olinadi, devorlar va pardevorlar uchun ishlatiladi; ohaktosh, tuf va gips toshdan arralab olingan bloklar – hajmi kamida 0,1 m3; devorbop material hisoblanadi; devorlarga qoplanadigan pardoz toshlar – sirti turlicha naqsh­langan koshinlar – ichki va tashqi devorlar sirtiga qoplanadi. Poydevor va devorlarga ishlatiladigan material hamda buyumlar: noto'g'ri shakldagi xarsangtoshlar (kattaligi 150x150 mm) – poydevorlarga ishlatiladi; yotqizishga qulay, yassi xarsangtosh – taxminan ikkita qirrasi parallel bo'lib, poydevor qurish va boshqa yerosti konstruksiyalari uchun ishlatiladi;
Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar: yo'nilgan plitalar granit, qumtosh va zich ohaktoshlardan tayyorlanadi; qalinligi tayyorlash texnologiyasiga mos qilib olinadi, lekin 100 mm dan yupqa bo'lmaydi; sirti naqshdor (bo'rtiq, taram-taram, chiziq-chiziq va xol-xol) bo'ladi. Bunday koshinlar tashqi devorlarning sirtiga qoplanadi;
2018 yilda tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 155 ta korxona tomonidan 4,5 mln.m.kv dan ortiq marmar, granit, gabbro va boshqalardan plitalar, me’moriy mahsulotlar (yo‘l va yo‘lak bordyurlari, arxitekturaviy mahsulotlar va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalarning ishga tushirilishi natijasida respublika hududida tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling