Bajardi: bkt(bha)-70 guruhi talabasi Xamraeva Durdona


Download 1.24 Mb.
Sana19.04.2020
Hajmi1.24 Mb.
#100199
Bog'liq
budjet hisobi Xamraeva Durdona

Bajardi: BKT(BHA)-70 guruhi talabasi Xamraeva Durdona

Reja:

  • “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi farmon.
  • Jamg‘armaning vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
  • Jamg‘armaning huquqlari
  • Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish”

  • Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2018-yil 25-sentabr, PF-5545-son farmonga imzo chekdi. 

Faoliyatni tashkil etishdan maqsad:


Xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida hamda O‘zbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar bilan ta’minlash.

“Iste’dod” jamg‘armasi

  • Jamg‘arma Xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va o‘qishini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasini asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:

  • xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim va tibbiyot muassasalarida, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi materiallar va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo‘llash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar o‘rnatish;
  • davlat organlarining kadrlar bo‘yicha xizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan jahon mamlakatlari va mutaxassisliklar bo‘yicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarning elektron reyestri (ma’lumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish;
  • xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarni ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga, ayniqsa, yangi, istiqbolli tarmoqlarga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish;
  • ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida ishlayotgan vatandoshlar orasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha ularning g‘oya va fikrlarini to‘plash, umumlashtirish va tegishli tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, to‘plangan materiallarni tayyorlash va tarqatishning samarali tizimini yaratish;

Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

xorijda O‘zbekistonning ijobiy imidjini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish;

  • xorijda O‘zbekistonning ijobiy imidjini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish;
  • rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida magistratura va doktorantura hamda malaka oshirish va stajirovka dasturlari bo‘yicha ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislar, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish va ta’lim olishini tashkil etish;
  • nufuzli xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda istiqbolli mutaxassislarni o‘qishini monitoring qilish, ularning O‘zbekistonda munosib ishga joylashishiga ko‘maklashish, ushbu mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan o‘sishiga va mansab pillapoyalarida ko‘tarilishiga ko‘maklashish;
  • mamlakatimizdagi hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatanadoshlarimizning O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari chop etiladigan jurnallar, ilmiy to‘plamlarni tayyorlash va keng tarqatish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlarda kadrlarni xorijda tayyorlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish borasidagi ishlar holatini monitoring qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularni hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish.

Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

Jamg‘armaning huquqlari

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlardan xorijda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar holati, xorijiy mutaxassislarga talab va ularni, shu jumladan vatandoshlarni jalb etish, shuningdek, jalb etilgan mutaxassislar faoliyatining samaradorligiga doir tegishli axborotni so‘rash;
  • xorijiy mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarni vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari va respublikaning boshqa tashkilotlariga jalb etish;
  • xorijda ta’lim olgan, malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan mahalliy mutaxassislarni ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
  • respublikaga ilg‘or xorijiy o‘qituvchilar, olim va mutaxassislarni oliy ta’lim muassasalari va pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish markazlarining ta’lim jarayonida ishtirok etish uchun belgilangan tartibda taklif etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar hududida o‘z nomidan va o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzish va imzolash;

Jamg‘arma o‘z vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

Jamg‘armaning huquqlari

  • O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda turli ko‘rgazmalar, tanlovlar, konferensiyalar, boshqa ilmiy va ta’lim tadbirlarini tashkil etish;
  • Jamg‘arma faoliyatiga vazirliklar, idoralar, ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar xodimlari va mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
  • respublika hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan xalqaro ta’lim va ilmiy tashkilotlar, turli nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda ta’sischisi va hammuassisi bo‘lish;
  • shartnoma asosida turli ilmiy va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.
  • Fond qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.

Jamg‘arma o‘z vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish


Jamg‘arma boshqaruvining oliy organi Vasiylik kengashi hisoblanadi.

Jamg‘arma Vasiylik kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Jamg‘arma Vasiylik kengashining majlislari rais yoki uning topshirig‘iga ko‘ra rais o‘rinbosari rahbarligida o‘tkaziladi.

Jamg‘arma Vasiylik kengashining majlislari zaruriyatga qarab, lekin bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Jamg‘arma Vasiylik kengashining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish


Jamg‘armaga umumiy rahbarlikni amalga oshirish va uning faoliyatini nazorat qilish;

Jamg‘armaning daromad va xarajatlari yillik parametrlari, ularning ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash;

yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda magistratura va doktorantura dasturlari, malaka oshirish va stajirovka o‘tash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va yillik maqsadli o‘quv dasturlarini (stipendiatlarning sonini) tasdiqlash;

 Quyidagilar Jamg‘arma Vasiylik kengashining vazifalari hisoblanadi:


Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish


xorijiy, shu jumladan vatandoshlar orasidan olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohasiga jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarni tasdiqlash;

xorijda O‘zbekiston to‘g‘risidagi ijobiy axborot muhitini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni tasdiqlash, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni rivojlantirish;

Jamg‘arma tomonidan xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish, malaka oshirish, stajirovka o‘tash uchun nomzodlarni tanlab olish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov natijalarini tasdiqlash;

 Quyidagilar Jamg‘arma Vasiylik kengashining vazifalari hisoblanadi:


Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish


xorijda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan mahalliy mutaxassislarni ishga joylashtirish va kasbiy o‘sishi masalalarini muvofiqlashtirish;

xorijda ta’lim olgan, malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan pedagoglar, ilmiy kadrlar va mutaxassislarning bilimlari, qobiliyati, malakaviy imkoniyatlarining to‘laqonli ro‘yobga chiqishini ta’minlash;

Jamg‘arma faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

Jamg‘arma Vasiylik kengashi a’zolari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha majburiyatlarini jamoatchilik asosida olib boradilar.



 Quyidagilar Jamg‘arma Vasiylik kengashining vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda

tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi

TUZILMASI

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling