Bajardi: Buxgalterya hisobi va audit fakulteti, sirtqi bo`lim, xbas-62 guruh talabasi H. Dehqonov Tekshirdi


Kassani taftish qilish va kassa intizomiga rioya


Download 85.63 Kb.
bet12/15
Sana07.11.2021
Hajmi85.63 Kb.
#171423
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Byudjet hisobi kurs ishi Dehqonov H

5.Kassani taftish qilish va kassa intizomiga rioya

etilishini nazorat qilish

Budjet tashkilotining rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda, ayni paytda har chorakda kamida bir marta har bir budjet tashkilotida kassa to‘ satdan taftish qilinib, kassadagi barcha pul va boshqa qiymatliklar 182 birma-bir sanaladi va tekshiriladi. Kassada taftish o‘tkazish uchun budjet tashkiloti rahbarining buyrug'i bilan komissiya tayinlanadi va bu komissiya dalolatnoma tuzadi. Taftish natijasida kassadagi kamomad yoki ortiqchalik aniqlansa, kamomad yoki ortiqcha summa miqdori va ular vujudga kelgan vaziyatlar dalolatnomada ko'rsatiladi. Kassada ortiqchalik aniqlanganda bu summa kassaga kirim qilinadi.

Kassani tekshirish jarayonida aniqlangan ortiqchalik kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 120 - «Kassa» subschyoti;

Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitob» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoilida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo'yicha kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun moliyalashtirish» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo'yicha kelib tushgan summalar» subschyoti).

Kassada kamomad aniqlanganda, bu summa kassiming hisobiga qo'yiladi. Kassada kamomad aniqlanganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 170 - «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyoti;

Kredit 120 - «Kassa» subschyoti.

Yuqori tashkilotlar tasarrufidagi barcha tashkilotlarda hujjatli taftishlar o'tkazayotgan vaqtda majburiy tartibda kassani taftish qiladilar va kassa intizomiga rioya etilishini tekshiradilar. Taftish o‘tkazilayotgan vaqtda pul va qiymatliklaming but saqlanishini ta’minlash masalasiga e’tibor berish lozim bo‘ladi. Kassa intizomining buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Kassa intizomiga rioya etish uchun javobgarlik budjet tashkilotlarining rahbarlari, bosh buxgalterlari, moliya xizmati rahbarlari hamda kassirlar zimmasiga yuklanadi. Bank muassasalari budjet tashkilotlari tomonidan amaldagi kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga qanday rioya qilinayotganligini 183 tekshiradilar. Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga rioya etilishini tekshirish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida kassalar va kassa tarmoqlarining texnik jihatdan mustahkamligini, pul va qiymatliklami but saqlash uchun shart-sharoitlar yaratilganligini tekshiradilar. Ularning o‘g‘rilik sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlaming oldini olishga doir ko‘rsatmalari bajarilishi shart.

Respublika budjetida turuvchi budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar ularga kredit oehilishi bilan budjet mablag'larini xarajat qilish huquqiga ega bo‘ladilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda turuvchi budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilar o ‘zlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlar bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga mablag1 tushgan vaqtda budjet mablag‘larini xarajat qilish huquqiga ega bo‘ladilar. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smetalarga va moliyaviy intizomga qat’iy rioya qilgan holda budjet mablag‘larini xarajat qilishlari kerak. Budjet tashkilotlarining xarajatlari kassa xarajatlari va haqiqiy xarajatlarga bo‘linadi. Kassa xarajatlari - budjet tashkilotining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘idan bank muassasasi tomonidan naqd pul va pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan to‘langan xarajatlardir. Budjet tashkilotining kassasidan to‘langan summalar kassa xarajatlariga kirmaydi, chunki bu summalar budjet tashkilotining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘idan olinganida ular kassa xarajatlariga qo‘shilgan. Haqiqiy xarajatlar-budjet tashkilotini saqlashga budjet mablag1 lari hisobidan qilingan xarajatlardir, ya’ni budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni tashkil qiluvchi summalar.

Budjet mablag'lari bo‘yicha haqiqiy xarajatlar quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarda (subschyotlarda) hisobga olinadi:

184 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo‘yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214-«Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag ‘lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

202 - «Boshqa budjetlar hisobidan xarajatlar» subschyoti;

203 - «Kapital qo‘yilmalarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti.

Bu subschyotlar aktiv subschyotlardir. Bu subschyotlarning debetiga haqiqiy xarajatlaming summalari qayd qilinadi, uning kreditida esa, budjet bo‘yicha moliyalashtirish hisobidan yil tugagandan so‘ng hisobdan chiqarilgan xarajatlar summalari bo‘ladi. Odatda, yil tugagandan keyin bu subschyotlarda qoldiq qolmasligi kerak. Bu subschyotlarda qoldiq bo‘lib, dekabr oyining ikkinchi yarmi uchun hisoblangan mehnat haqi hamda budjet tashkiloti tomonidan o'matilgan tartibda jalb qilingan mablag'lardan foydalangan, ular hisobidan yopiladigan xarajatlar summalari qolishi mumkin.

Budjet tashkilotiga ko‘rsatilgan xizmatlar (elektr encrgiyasi, issiq suv, suv, gaz va boshqalar) summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. Yuqorida ko‘rsatilgan xizmat(elektr energiyasi, issiq suv, suv, gaz va boshqa)laming summasi budjet tashkilotining budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'idan to'langanida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti;

Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo 'yicha budjet mablag ‘lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subschyoti) yoki Kredit 100 - «Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjet mablag'lari oluvchilar oldidagi majburiyatlar» subschyoti).

Budjet tashkilotining kassasidan haqiqiy qilingan xarajatlar to‘langanida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

Kredit 120 - «Kassa» subschyoti. Agar hisobdor shaxslar haqiqiy xarajatlar qilsa, u holda quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti)-,

Kredit 160 - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. Asosiy vositalar sotib olinganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi: 1) qabul qilingan asosiy vositalarning sotib olish qiymatiga:

Debet 010-013, 015-019-«Asosiy vositalar» subschyotlari;

Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. 2) qabul qilingan asosiy vositalarning sotib olish qiymati xarajatga qo‘shilganda:

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar sotib olinganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi: 1) qabul qilingan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlami sotib olish qiymatiga:

Debet 070 - «Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyum lar» subschyoti yoki Debet 072 - «Ombordagi ichki kiyimlar, ko'rpa-to'shaklar, kiyim-kechaklar va poyafzallar» subschyoti;

Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. 2) qabul qilingan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming sotib olish qiymati xarajatlarga qo‘shilganda:

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

Kredit 260- «Karn baholi va tez eskiruvchi buyumlardagi fond» subschyoti. Xarajat qilingan materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari hisobdan chiqarilganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi;

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

Kredit 06 0 -0 6 9 «Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari» subschyotlari. Hisoblangan ish haqi summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

Kredit 180 - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. Talabalarga va aspirantlarga hisoblangan stipendiya summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

Kredit 181 - «Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti. Hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:

Debet 200 - «Tashkilotni saqlashga va boshqa tadbirlarga budjet bo'yicha xarajatlar» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 214- «Budjet mablag'lari hisobidan qoplanadigan budjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlari» subschyoti);

Kredit 175 - «Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti.

Xulosa

Budjet tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar budjet tashkiloti hisob tizimini takomillashtirishga o’z ta’sirini ko’rsatdi. O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan “Budjet Kodeksi”ga asosan Davlat budjeti mablag’larini maqsadli sarflanishi tizimi yo’lga qo’yilishi byudjet tashkilotlari kassa operatsiyalari hisobini tashkil etishga qulay muhit shakllantirildi.

Kurs ishi maqsadi va unga erishish uchun belgilangan vazifalarni bajarish natijalaridan kelib chiqib quyidagi vazifalar bajarildiva kerakli xulosalarga ega bo’lindi:

1. Budjet tashkilotlari pul mablag’lari yagona g’azna hisob raqamlari orqali alohida ochilgan shaxsiy xisobvaraqlarda yuritiladi va ular bo’yicha muomalalar Davlat budjeti g’azna ijrosiga oid qonuniy xujjatlarga qatiy amal qilingan xolda tashkil etiladi;



  1. budjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobini tashkil etishning nazariy uslubiy asoslarini o’rganildi;

  2. budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobini tashkil etishni nazariy jihatdan asoslandi;

  3. budjet tashkilotlarida naqd pul bo’yicha hisoblashuvlarni tashkil etishda kassa muomalalarini yuritishni nazariy jihatdan o’rganildi;

  4. kassa operatsiyalari bo’yicha hisobotlarni tuzish va ular nazoratini tashkil etish masalalari bo’yicha tavsiyalar hamda tegishli xulosalar shakllantirildi.

Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobini yanada yaxshilash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobini tashkiliy jixatlarini takomillashtirish, bunda buxgalteriya bo’limida kassa hizmatini tashkil etish jarayonini doimiy nazorat qilib borilishi, byudjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobini yuritishga ma’sul xodimlarni o’zaro bir birlari bajargan ishlarini nazorat qilish tizimini yo’lga qo’yish; kassa operatsiyalari hisobini texnik jixatlarini takomillashtirish, bunda budjet tashkiloti tomonidan ishchi schyotlar rejasi tuzishda pul mablag’lar hisobini mablag’lar manbaalari bo’yicha aks ettirilishiga alohida e’tibor qaratish lozim; byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobini uslubiy jihatlarini takomillashtirishda asosiy e’tibor kassa operatsiyalari hisobini yuritish bo’yicha hisob siyosatini shakllantirib olish maqsadga muvofiq bo’ladi; Buxgalteriya bo’limi xodimlarini qonunchilikda bo’layotgan o’zgarishlarni o’z vaqtida xabardor bo’lib turishlarini ta’minlash shuningdek ular malakasini yiliga kamida bir marotaba oshirish; ishchi schyotlar rejasida byudjet va byudjetdan tashqari manbaalardan tushgan pul mablag’lar hisobini alohida shakllantirish, kassa operatsiyalari nazoratini tashkil etishda asosiy e’tibor o’z vaqtida belgilangan tartibda inventarizatsiyani tashkil qilish va natijalarini xisobda aks ettirib borish, ichki nazorat tizimini kuchaytirish va boshqalar.


Download 85.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling