Bajardi: fayoziddinova madina


Download 58.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi58.25 Kb.
#1462958
TuriReferat
Bog'liq
1. Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash Iqtidorli



XALQARO NORDIK UNIVERSITETI
Referat
Bajardi:FAYOZIDDINOVA MADINA
Fan: Yozish va taqdimot qilish konpetensiyasi
Kirish
Asosiy qism
1.Iste’dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash
2. Iqtidorli bolalar bilan o`tkaziladigan tadbirlar.
3. Kashf qilish texnologiyalari
4. Ta’lim berish uchun sharoit
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish. Iste’dodning o’z vaqtida namoyon bo’lishi, tarbiyaga va
qo’llab-quvvatlashga bog’liqdir. Har qanday jamiyatga iste’dodli
shaxslar zarur. SHu nuqtai nazardan iste’dodli bolalarni aniqlash,
NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY


tarbiyalash va o’qitish respublikaning bo’lajak aql-zakovatli va ijodiy
fikrlovchi kuchlarni tayyorlashning yagona manbaidir.
Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amlga oshirish uchun
o’quvchilar iste’dodini aniq taxlil etish, bolalarning o’ziga xos
psixologik jihatlarini va fazilatlarini hisobga olish zarur.
Turli yoshdagi iste’dodli o’quvchilarni namoyon etishda xozirgi
kunda, avvalo maktab pedagogika jamoasi ruhiy-diagnostika
tajribalardan unumli foydalanishlari zarur.
Yoshlar iste’dodining namoyon bo’lishiga qobiliyaьlarni aniq
tahlil etish, bolaning o’ziga xos fazilatlarini hisobga olish ijodiy
qobiliyatlar rivojini samarali amalga oshirish uchun zarur.
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jaraja va bosqichlari yangicha
munosabatlar bilan bog’liq bo’ladi.
Qobiliyatning
ma’lum
bir
darajadaistalgan
o’quvchida
shakllangan bo’lishi mumkin. Bu esa tashkil etilgan tarbiya va o’quv
jarayoni sharoitlarida rivojlantiriladi.
Asosiy qism. O’quvchi yoshlar qobiliyatini rivojlantirish
maqsadida iste’dod va iqtidorni ongli rag’batlatirish, mukammallik
uchun sharoit yaratish, ularning ijobiy qiziqishlari rang-barangligini
oshirish, turli ko’rgazmali tadbirlarda ishtirok ettirish, olimpiadalar,
tanlovlar, uchrashuvlarga jalb etish lozim.
Iste’dodli
bolalarning
taniqli
olimlar
laboratoriyalarida
shug’ullanishi, shoir, yozuvchi, rassom kabi san’at namoyondalari
bilan hamkorlik qilishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Bolalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda oila va muhitning
ahamiyati yuksak. Ayniqsa respublikaning qishloq joylarida iqtidorli
bolalarni izlash, topi shva ularning ta’lim va tarbiyasini muntazam
ravishda to’g’ri yo’lga qo’yish muhimdir.
Iste’dodli bolalarni joylarning hududiy xususiyatlarini hisobga


olib, ijodiy kamol toptirishda diagnostik uslubiyatlar, o’quv rejalari va
o’quv uslubiy, tarbiya va ta’lim dasturlari bilan ta’minlash lozim.
SHuningdek, iqtidorli bolalarni izlash, toppish va tarbiyalash
uchun zamonaviy moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan to’liq ta’minot
zarur.
Iste’dodli bolalar salomatligini muhofaza qilish uchun ularni
ruhiy zarbalardan asrash yo’llarini aniqlash, ruhan yordam ko’rsatish,
ruhiy
xayajonlanish
holatlarini
o’rganish

ularning
ijodiy
qobiliyatlarini rivoji uchun sharoit yaratish bo’yicha tavsiyalar ishlab
chiqish darkor.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tarkibiga Xalq ta’limi,
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari xodimlari, yetakchi olimlar va
mutaxasislar,
ijodkorlar,
amaliyotchi
o’qituvchilar,
to’garak
rahbarlaridan iborat Respublika metodik kengashi tuzulishi lozim.
Turli yoshdagi guruhlar iste’dodlarni qidirishning umumiy dasturi
zarur. Ommaviy o’quv yurtlarida bo’lganidek, maktabdan tashqari
ta’lim muassasalarida ham bu borada o’quv dasturi rejalarini ishlab
chiqish kerak bo’ladi.
Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlash
quyidagi omillarga bog’liq:
- ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyatini, respublikaning
zakovati, ijodkorligi, kuch-qudratini tayyorlashning istiqboli bilan
bog’liqligini tushunishga;
- ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo’lgani holda
turli
yoshdagi
guruhlarda
aniqlashning
umumiy
dasturlari
yaratilishiga;
- iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar va
ilmiy asoslangan uslubiyat va hokazo bo’yicha) bilan ishlash uchun
ixtisoslashgan muassasalarning yagona tarmog’ini targ’ib etishga;


- ommaviy o’quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash uchun
zarur o’quv-dasturiy qo’llanmalarini ishlab chiqishga;
- joylarda mahsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq
ta’limi, davlat va jamoat muassasalari, ijodiy uyushmalar tomonidan
tasdiqlangan dasturlarga (bu dasturlarda iste’dodli bolalar bilan
ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o’z xududida bunday faoliyat
va ko’pgina boshqa tadbirlar uchun mablag’ ajratish ularni
ta’minlashga);
- qo’yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqatini
jalb qilishga, respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu
kengash tarkibiga Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari,
xalq ta’lim boshqaruv organlari xodimlari, yetakchi olimlari va
mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi o’kituvchi, maktabdan
tashqari ta’lim muassasalari to’garak raxbarlari kiradilar);
- ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy xujjatlar, sinf
ishlanmalari majmuiga, iste’dodli o’kuvchilar haqida ma’lumotlar
manbaini
yaratishga,
ularni
o’qitish
va
tarbiyalashning
(tabaqalashtirish, individuallashtrish, insonparvarlashtirish) yagona
uslubiy asosini yaratishga bog’liq.
Iste’dodli va iqtidorli bolalarning o’kituvchi hamda tarbiyachilari
alohida iste’dodlar uchun turlicha o’kuv reja va dasturlariga ega
bo’lishlari maqsadga muvofiq.
Iqtidorli bolalar va istedodli yoshlarni aniqlash va o’qitish
uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish.
maxsus o’kuv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar
ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlarni faol ishtirokini
ta’minlash.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va
kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o’tkazishga qaratilgan sobit qadam


faoliyatni amalga oshirish. Akademik litseylarning o’quvchilariga,
birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning
tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy
qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob
iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish.
Iqtidorli o‘quvchi bilan qanday ishlash kerak? Bu — ko‘pchilik 
o‘qituvchilar oldida muammo bo‘lib kelayotgan savol. Har bir sinfda
iqtidorli bolalar bor. U qanday bola? Iqtidorli bola — ziyrak, qiziqqon,
xotirasi kuchli, e’tiborli, mantiqiy fikrlaydigan, ko‘p savol berib,
bilishga intilayotgan, turli masalalarni tez va oson yecha oladigan
o‘quvchidir. Aqliy sog‘lom bolalarni oddiy, iqtidorli va o‘ta iqtidorli
guruhlarga ajratish mumkin.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Iqtidorli bolalar va
iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-
pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va
yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi
shakllanadi. Maxsus o‘quv dasturlari va progressiv pedagogik
texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar
jalb qilinadi, o‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki siyosat va
iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni o‘rgatish markazlari qabilidagi
hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va
kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobit qadam
faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o‘quvchilariga,
birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning
tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha tabiiy
qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob
iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi»,


deyilgan. Bu vazifalarni bajarish har birimizdan tinimsiz mahorat va
ijodiy izlanishni talab etadi.
Hozirgi kunda ta’limda iqtidorli o‘quvchi-yoshlarga alohida e’tibor
berilayapti. Ularga chuqur bilim berish, qobiliyatini rivojlantirish,
iqtidorini o‘stirish ishlari tobora rivojlanmoqda.
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan
maktablar va sinflar tashkil etilgan. Iqtidorli o‘quvchilarning
aksariyati san’atga, she’riyatga, musiqaga, sportga qiziqadi. Shuning
uchun fan va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat ko‘rsatayotir.
Iqtidorli bolalarni qobiliyatiga qarab musiqa maktablari, sport
maktablari, san’at studiyalari, ijodiyot klublari va saroylari,
kutubxonalarga jalb etish shu kunning dolzarb vazifalaridan bo‘lib
turibdi.
Ma’lumki, har bir sinfda iqtidorli bolalar bor. O‘qituvchilar, sinf rahbari
ulardan guruhlar tuzib, qo‘shimcha topshiriqlar bersalar, ular bilan
alohida ishlasalar, darslar davomida ham bunday o‘quvchilarga
mavzuni kengroq, qo‘shimcha manbalardan foydalangan holda
tushuntirsalar, muammoli savollar bersalar o‘quvchi uchun ham
o‘qituvchi uchun ham yaxshi bo‘lar edi. Ixtisoslashtirilgan, ya’ni
iqtidorli bolalar uchun darslarni yuksak saviyada qiziqarli, ilmiy
jihatdan yuqori darajada qilib o‘tkazish zarurdir. Bu o‘qituvchidan
katta mas’uliyat va mahoratni talab etadi.
«Matematika» faniga yo‘naltirilgan (ixtisoslashtirilgan) sinflarni
olaylik.
Bunday sinfga matematik qobiliyatga ega bo‘lgan, ziyrak, kuchli
xotiraga ega, aqlli, mantiqan fikrlaydigan zukko bolalar tanlab olinadi.
Tanlab olingan bolalar ixtisoslashtirilgan sinfning o‘quvchilari
hisoblanib, ular ixtisoslashtirilgan sinf (maktab)ning qoidalariga
to‘liq rioya qilishlari kerak.


Iqtidorli o‘quvchilar haqida nimalarni bilish lozim?
Iqtidorli bola bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishini, unga qanday
kitoblar yoqishini, qanday ko‘rsatuv, eshittirish, gazeta-jurnallarga
qiziqishini qanday o‘yinlar, mashg‘ulotlarni ishtiyoq bilan bajarishini
aniqlash zarur bo‘ladi. Bu ma’lumotlar o‘quvchilar bilan yakka
tartibda ishlanganida hamda dars jarayonida asqotadi.
Darslarda faqat matematika bilan chegaralanibgina qolmay, balki
o‘quvchilarga kompyuter savodxonligini, shaxmat o‘yinini ham
o‘rgatish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki kompyuterni o‘rganish
matematikani yanada chuqur bilishga yordam bersa, shaxmat o‘yini
o‘quvchini
fikrlashga,
aqlini
charxlashga
xizmat
qiladi.
Matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarda «Matematik kechalar»,
«Kompyuter bilimdoni», «Geometrik jismlar yasash», «Eng yaxshi
matematik boshqotirma tuzish» tanlovlari, o‘quvchilar orasida
shaxmat musobaqasini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Darslarda
o‘qituvchi
darslikdagi
barcha
misol-masalalarni
yechishdan
tashqari,
qo‘shimcha
matematik
adabiyotlardan
foydalanib, o‘tilgan mavzuga mos masala, misol, topshiriqlar berilsa,
o‘quvchining
bilimi
oshishi
bilan
bir
qatorda,
unda
turli
murakkablikdagi misollarni yechishga malaka hosil bo‘ladi.
Matematikaga ixtisoslashgan sinflarda o‘quvchilar DTS talablariga
asosan berilgan masalalarni mustaqil, qisqa shart tuzib yechishlari,
misol-tenglamalarni mustaqil yechishlari, darslikdagi mavzularning
savollariga qiynalmay javob berishlari kerak.
Darsda mavzuga bog‘lab va darsdan tashqari bunday sinf (maktab)
o‘quvchilariga kompyuter savodxonligi va shaxmat o‘yini o‘rgatib
boriladi. Chunonchi, matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarning
o‘quvchilari bilan darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarni hafta
davomida quyidagicha rejalashtirish mumkin:


Haftalik tadbirlar
№ Kunlar O‘tkaziladigan tanlov — musobaqalar
1 Dushanba «Yosh matematik» tanlovi
2 Seshanba «Geometrik jismlar yasash» tanlovi
3 Chorshanba O‘quvchilar orasida shaxmat musobaqasi
4 Payshanba «Kompyuter bilimdoni» tanlovi
5
Juma
«Eng yaxshi matematik boshqotirma
tuzish» tanlovi
6 Shanba «Matematik kecha» yoki «Zakovat» o‘yini
Eslatma: Shanba kuni toq sanaga to‘g‘ri kelsa «Zakovat» o‘yini
o‘tkaziladi, juft sanaga to‘g‘ri kelsa «Matematik kecha» o‘tkaziladi.
Agar bu reja bo‘yicha o‘quv yili davomida darsdan keyin yuqoridagi
tadbirlar o‘tkazilsa, o‘quvchilarning bilimi, qobiliyati, mantiqiy
fikrlashi ortadi.
Matematikaga ixtisoslashtirilgan sinflarning o‘quvchilari bilan
darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarni oy davomida quyidagicha
rejalashtirish mumkin:
Oylik tadbirlar
№ Oylar O‘tkaziladigan
tadbirlar
1 Sentyabr «Matematika tarixini o‘rganamiz»
2 Oktyabr «Raqamlar olamida»
3 Noyabr «Buyuk matematiklar ijodidan»
4
Dekabr 
«Kim
ko‘p
matematik
yangiliklarni
biladi?» viktorinasi
5 Yanvar «Matematika mamlakatining qiroli» tanlovi
6 Fevral «Matematik she’riyat kechasi»
7 Mart «Matematika mamlakatining qirolichasi» tanlovi
8 Aprel Texnika olamiga sayohat


9 May «Eng yaxshi matematik o‘yinni tuzish» tanlovi
Bu tanlov-tadbirlar yil davomida oyma-oy o‘tkaziladi. Agar
matematikaga
ixtisoslashtirilgan
sinf
(maktab)
o‘qituvchilari
yuqoridagi haftalik va oylik reja-jadvallardan foydalanib, iqtidorli
o‘quvchilarning darsda va darsdan keyin ta’lim olishini rejalashtirsa,
yaxshi natijaga erishadi. Yuqori natijalar esa, yurtimizning kelajagi
bo‘lgan yoshlarning barkamol, yetuk, ilmli bo‘lib voyaga yetishlariga
zamin yaratadi va bu yurtimizning ravnaq topishida o‘z ifodasini
ko‘rsatadi.
Iqtidorli bolalarni, shuningdek, diqqatni nimagadir yuqori
darajada jamlay olish, unga qiziqarli bo‘lgan sohada natijaga
erishishga qunt bilan intilishi ajratib turadi. Shu bilan birga, ularning
ko‘pchiligiga xos bo‘lgan turli-tuman qiziqishlari ba’zan shunga olib
keladiki, ular bir nechta ishni bir vaqtda boshlashadi, shuningdek,
nihoyatda murakkab vazifalarni o‘z zimmalariga oladilar. Ularda,
shuningdek, aniq sxema va klassifikatsiyalarga qiziqish bo‘ladi.
Masalan, ular turli xil jadvallar tuzish, tarixiy faktlar, sanalarni
sistemalashtirishni yaxshi ko‘rishadi.
Biroq, umuman olganda, iste’dodli bolalarni diagnos-
tikalash mumkin, agar ular ulkan fikrlash mustaqilligi bilan ajralib
turishsa, nozik yumor tuyg‘usi, ishni tashkil qilish va tartibga e’tibor
bermaslik ularga xosdir. Ularning asosiy ustunliklaridan biri shundan
iboratki, ular umumqabul qilingan tushunchalarga jur’at bilan shubha
bildiradilar, ular hamma narsaga istehzo bilan qarashadi hamda
avtoritetlarni ham hurmat qilishadi. Ularni, odatda, atrofdagilarning
mavqei va qarashlarini idrok qilish hayajonga solmaydi, ular umum
qabul qilingan nuqtai nazarlarni ajratmaydilar. Shuning uchun ular
bolaligida — o‘qituvchilariga, ulg‘ayganlarida — boshliqlariga ko‘plab
tashvish keltirishadi... Ammo aynan ular to‘g‘risida mashhur


pedagog va psixolog Sh.Amonashvili mehr bilan o‘rinli gap aytgan:
«Shumtakalar — taraqqiyot dvigatelidir»...
Xulosa: Davlatimiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda buyuk
bobomiz Navoiy merosini yosh avlodga chuqur o’rgatishimiz zarur.
Zeroki,u o’z asarlarida milliy iftixor, xalqqa, ona tiliga,Vatanga mehr-
muhabbat bilan qarash g’oyalarini targ’ib qilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va
shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi
bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag‘ishlangan
majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq
so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob
xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.
3. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
2017yil, 6-son,70-modda.
4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini
ta’minlash
taraqqiyoti
va
xalq
farovonligining
garovi.
“O‘zbekiston”, 2017.
5. R.A.Mavlonova,D.Abdurahimova. Pedagogik mahorat. O‘quv
qo‘llanma T:.Fan va texnologiya 2012-yil
6. S.Nishonova, M.Imomova, R.Xasanov. Pedagogika tarixi.
Darslik T.: O‘qituvchi 1996-yil.
7. M.Ochilov. Muallim qalb me’mori. O‘quv qo‘llanma T:.O‘qituvchi.
2004-yil.
8. N.Egamberdieva, Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy


nomidagi O‘zMKN.T.: 2009-yil.
9. K.Xoshimov,
S.Ochilov.
O‘zbek
pedagogikasi
antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
10. R.A.Mavlonova,
N.H.Vohidova,
N.H.Raxmonqulova.
Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar.
2010-yil
11. Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary
Schools. Michael Uljens. School Didactics and Learning:
A
School Didactik Model Framing an Analysis of Pedagogical
Implications of Learning Theory 2008-yil.
12. John Dewey,How we think(1910).Martin, Jay.The Education
of John Dewey. (2003) Columbia University Press. Gutek Gerald
L. (2009) New Perspectives on Philosophy and
education.
Pearson Education Inc.

Download 58.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling